Научная статья на тему 'ABDULLA QAHHOR “DAHSHAT” HIKOYASINING KOREYS TILIGA TARJIMASIDA MILLIY XOS SO‘ZLAR IFODASI'

ABDULLA QAHHOR “DAHSHAT” HIKOYASINING KOREYS TILIGA TARJIMASIDA MILLIY XOS SO‘ZLAR IFODASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
179
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
realiya / xos so‘z / transformatsiya / transkripsiya / transletiratsiya / generalizatsiya. / reality / national words / transformation / transcription / transletration / generalization.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — To‘Raqulova, Dilrabo

Maqolada o‘zbek tilidan koreys tiliga tarjima qilingan asarlar, xususan, ulardagi o‘zbek milliy xos xususiyatlarini koreys tiliga qilingan tarjimasi misolidai tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF NATIONAL SPECIFIC WORDS IN KOREAN TRANSLATION OF ABDULLA QAHHOR'S STORY "TERROR"

The article analyzes works translated from Uzbek into Korean, in particular, the expression of Uzbek national features in them in Korean translation.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QAHHOR “DAHSHAT” HIKOYASINING KOREYS TILIGA TARJIMASIDA MILLIY XOS SO‘ZLAR IFODASI»

ABDULLA QAHHOR "DAHSHAT" HIKOYASINING KOREYS TILIGA TARJIMASIDA MILLIY XOS SO'ZLAR IFODASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7460618

Annotatsiya: Maqolada o'zbek tilidan koreys tiliga tarjima qilingan asarlar, xususan, ulardagi o'zbek milliy xos xususiyatlarini koreys tiliga qilingan tarjimasi misolidai tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: realiya, xos so 'z, transformatsiya, transkripsiya, transletiratsiya, generalizatsiya.

Аннотация: В статье анализируются произведения, переведенные с узбекского языка на корейский, в частности, выражение в них узбекских национальных особенностей в корейском переводе.

Ключевые слова: реалия, национальные слова, трансформация, транскрипсия, транслетирация, генерализация.

Abstract: The article analyzes works translated from Uzbek into Korean, in particular, the expression of Uzbek national features in them in Korean translation.

Keywords: reality, national words, transformation, transcription, transletration, generalization.

Dunyo xalqlari tarjima orqali bir-birining milliy adabiyotini boyitadi va shu bilan birga, bin ikkinchisining tarixi, o'ziga xos milliy koloriti, turmush tarzi, dini, madaniyati singari qator masalalar bilan yaqindan tanishadi. Badiiy asarda xos so'zlar asarning ma'lum bir milliy adabiyotga mansubligi, badiiy voqelikni esa ma'lum bir etnik gruppada sodir bo'layotganligidan dalolat beradi. Realiya-xos so'zlar, ko'pincha, tarjimaga bo'ysunmaydigan ekzotik leksikadir. Bundan, albatta, milliy koloritni, davr ruhini berish uchun kelsa-kelmasa original so'zlarni tarjima qilmay qoldiraverish mumkin ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Aksincha, tarjima asarida hadeb asl nusxa tilidagi so'zlar uchrayversa, unda tarjima ko'proq yutqazadi, kitobxonni o'zidan itaradi. Tarjimon milliy xos so'zlarni tarjima qilish jarayonida asliyat bilan mutanosib holda bermog'i lozim. Aks holda kitobxon muallif yoritmoqchi

Dilrabo TO'RAQULOVA,

Samarqand davlat chet tillari instituti tayanch doktoranti.

Samarqand, O'zbekiston. Tel: +998 90 966 88 91; E-mail: dilrabotoraqulova@gmail.com.

bo'lgan manzaralarni noto'g'ri yoki qisman tushunishi, hatto, muallifning fîkrlarini to'liqroq anglab yetmasligi ham mumkin. Shu sababli, bir tildagi leksik birliklarni ikkinchi tilga o'girayotgan paytda transformatsiya usullaridan foydalanib tarjima qilinadi. Professor A.V.Fedorov realiyalarni tarjimada aynan o'zidek qilib berishni quyidagilarda ko'rsatadi:

1. To'la yoki qisman transliteratsiya, ya'ni milliy xususiyatni aks ettiradigan so'zni fonetik moslashtirish yoki so'z negiziga o'z tilining qo'shimchalarini qo'shib berish yo'li;

2. Predmetni ifodalash uchun tilda mavjud bo'lgan unsurlardan foydalanib va morfologik biriktirish yo'li bilan yangi so'zlar yoki so'z birikmalarini hosil qilish.

3. Boshqa tildagi realiyalarni ifoda etuvchi so'zlarni ma'nosi va bajargan vazifasi jihatidan o'sha realiyaga yaqin (garchi aynan bo'lmasada) so'z yordamida tarjima qilish [1,98].

O'zbekiston xalq yozuvchisi A.Qahhorning "Dahshat" hikoyasining koreys tiliga tarjimasida uchragan milliy xos so'zlar tahliliga to'xtaladigan bo'lsak:

Ushbu tahlil jarayonida biz

• Joy nomlari

• Ism sharflar

• Unvon nomlari

• Kundalik turmushda qo'llaniladigan jihozlar nomlari

• Kiyim - kechak nomlariga oid so'zlar tarjimasini tahlilga tortdik.

Hikoyaning koreys tiliga qilingan tarjima matnida muallif qo'llagan

milliy xos so'zlarni o'girish jarayonida tarjimon transkripsiya, transliteratsiya va generalizatsiya usullariga murojaat qilganini kuzatdik. Bunda asardan olingan ayrim parchalar misolida milliy xos so'zlar tarjimasi muammosini ko'rsatib berishga, transletiratsiya, transkripsiya, generalizatsiya usullari o'zini qanchalik oqlaganini, tarjimon so'zlarni bu usullar orqali qanchalik mahorat bilan o'girganini izohlashga harakat qilamiz.

Asliyatda: "Olimbek dodxoning sakkiz xotini, katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig'ilib, sandal atrofida

o'tirishar edi" [2,78].

Koreyscha tarjimada:

R

^^ ^^ ^^ ^^ a. ^^ £0} &S4"[2,86].

Mutarjim ushbu parchani koreys tiliga tarjima qilish jarayonida, O'zbek tilining izohli lug'atida "adolat istovchi shaxs. Buxoro xonligida xonning oldiga kiruvchilarni qabul qilivchi shaxs" [3,1-jild] deya ta rif berilgan dodxo so'zi, amaldor ma'nosini beruvchi ^^ [kvalli] so'zi bilan tarjima qilingan. Tarjimon dodxo so'ziga yaqin bo'lgan ^^ - amaldor tarjimasiga ega bo'lgan so'zini qo'llash bilan, koreys kitobxoni uchun tushunarli bo'lgan tarjimani berishga harakat qilgan. Mazkur so'zlarning manosi yaqin va tarjimada bir birini qoplay oladi.

Sandal so'zi koreys tiliga ^^[takcha mite xvaro] ya'ni

(stol tagidagi o'choq), deb tarjima qilingan. Agar tarjimon transkripsiya usuliga murojaat qilgan holda "^^"[sandal] tarzida tarjima qilib, havolada "O'rta Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va Yaponiyada ma'lum bir joyni isitish uchun mo'ljallangan manqal; xonanning o'rtasiga yoki chekkaroq yeriga chorburchak chuqurchaga o'rnatilgan, ustiga ko'rpa yopilib, atrofiga ko'rpachalar to'shalgan xontaxtadan iborat bo'lib, ichiga saksovul yoki ko'mir cho'g'i solinadi; tancha (qish sovug'ida sandalga oyoq - qo'lni tiqib isiniladi, ayni paytda ustiga dasturxon yozib, undan stol sifatida foydalaniladi)"[3,438] deb, sandal so'ziga izoh berganida edi, koreys kitobxoni uchun sandal to'g'risida tasavvur uyg'onishiga ko'mak bergan bo'lar edi.

Asliyatda:

"Xotinlardan biri uning sallasini oldi, biri chakmoniga qo'l uzatdi, biri mahsisini tortgani chog'landi,.. ."[2,78].

Koreyscha tarjimasi: ^ ^i,

^1^4"[2,438].

Yuqoridagi parchada kuzatib turganimizdek, asliyat matndagi milliy liboslarning nomini anglatuvchi salla, chakmon, mahsi so'zlari koreyscha tarjimada o'z aksini topmagan va ushbu so'zlari tahlilga tortish jarayonida biz ba'zi kamchiliklarni uchtardik. Salla "uzunligi 1,5 metrdan 7 metrgacha

80

bo'ladigan, do'ppi, kuloh, telpak ustidan o'raladigan sidirg'a mato, doka; musulmon erkaklarning bosh kiyimi"[3,438]. Tarjimon tomonidan ushbu so'zni tarjima qilishda i^} [moja] bosh kiyim, shlyapa tarjimasiga ega bo'lgan so'z qollanilgan. Tarjima variantida asliyatdagi ma'no saqlanib qolgan, lekin, tarjimon salla so'ziga yuqorida berilgani kabi havolada ta'rif berib o'tganida edi, o'quvchida salla haqida tasavvur uyg'otib asliyatdagi milliy ruhni saqlab qolgan bo'lar edi. Chakmon "odatda jun matodan tikiladigan erkaklarning uzun, qishki, ustki kiyimi"[3,428]. hisoblanadi, lekin tarjimon chakmon so'zini hozirgi kunda urf bo'lgan, zamonaviy, pidjak tarjimasiga ega bo'lgan kalta turdagi ustki kiyim ma'nosini beruvchi ^^ [sangi ] so'zi bilan tarjima qilgan va so'z tanlashda xatolikka yo'l qo'yilgan [3,575]. O'zbek tilining izohli lug'atida quyidagicha Mahsi "qo'y yoki echki terisidan tayyorlanadigan, uzun qo'njli poshnasiz, tagcharmi yumshoq, kovush yoki kalish bilan kiyiladigan milliy oyoq kiyim" bed ta'riflanadigan ushbu so'z tarjimon tomonidan qismni butun bilan anglatishga harakat qilingan. Ya'ni tarjimon mazmun mohiyatiga ta'sir qilmagan holatda kitobxonga yetqazishga harakat qilgan. Lekin tarjimon muallif tomonidan yaratilgan milliy ruhni saqlab qolishga harakat qilib havolada milliy oyoq kiyim ekanligi haqida izohlab o'tganida edi maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi. Koreys tiliga qilingan tarjimada tarjimon salla so'zini S* (moja), mahsi so'zini ^^ (shinbal) shaklida tarjima qilib, generalizatsiya usuliga murojaat qilganini guvohi bo'ldik. "Tarjimon tarjimada shunday lisoniy vositalardan foydalanishi kerakki, xosil bo'lgan matn kitobxonga yaxshi tushunarli bo'lsin va shu bilan birga asar yaratilgan davr uning ko'z oldida jonlanib tursin. Buning ma'nosi shuki, tarjimada tilning arxaik va tarixiy qatlamlariga murojaat qilishda suistemollikka yo'l qo'ymasdan, ulardan kitobxonda asar yaratilgan davr to'g'risida tasavvur hosil qilish mumkin bo'lgan darajada foydalanish zarur"[4,60].

Tarjimashunos olim Z. Isomiddinov shunday deydi, "Adabiyot -san'atdir, har qanday san'at, jumladan, badiiy adabiyotning eng muhim xususiyati, joni - milliylik, milliy bo'lmagan san'at, milliylik yo'g'rilmagan so'z san'ati yo'q. Shunday ekan, badiiy tarjimada milliylikni saqlab qolish, boshqacha aytganda, uni qayta tiklash muvoffaqiyatning ko'rsatkichi, bosh omilidir". Darhaqiqat A.Qahhorning milliylikka yo'g'rilgan asarlarini boshqa tilga tarjima qilishda asarlarning joni bo'lgan ana shu milliylik xususiyatini saqlashga alohida e'tibor

qaratish kerak bo'ladi. Buning uchun tarjimon turli yo'llardan borishga majbur bo'ladi. Shunday ekan, xos so'zlar tarjimasini jiddiy muammo sifatida baholash lozimdir. REFERENCES

1. Исокрва Ш. Бадиий таржимада миллийлик ва тарихийликни акс эттирилиши. (Ойбекнинг "Навоий" романининг французча таржимаси мисолида): Ф. ф. н.дисс. - Тошкент: УзМУ, 2004.

2. Kim Hyon Yong, B.Shermatova Abdulla Qahhor hikoyalari (^Ш^

lug'ati.Toshkent.,"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat milliy nashriyoti. 2006.

4. Ходжаева.Н. Узбек адабиёти намуналари хинд тилида.(Узбекистон Рспубликаси Фанлар Академияси,Алишер Навоий номидаги Тил ва адабиёти институти.):Узбек тили ва адабиёти журнали 2015/6 Тошкент - 2015.

5. Xasanova, S. A. Q., & Abdurahimova, D. X. Q. (2022). Liao Zhai Zhiyi asarini yapon tiliga qilingan tarjimalari xususida. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 22), 229-235.

6. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

7. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

8. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

9. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

10. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.