Научная статья на тему '6-7 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA SIFATLI TAYYORLASH'

6-7 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA SIFATLI TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"ilk qadam" / "Ilm Yo'li" / 6-7yoshli bola / ota-ona / tarbiyachi / boshlang'ich ta'lim / ta'lim-tarbiya / bilim

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ashurova Mohigul Sodiq Qizi

Ushbu maqolada 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash jarayoni,"Ilm Yo'li" variativ dasturi haqida ma’lumotlar aks etgan. Unda majburiy tayyorlov guruhlari faoliyatlari o‘zaro bog‘liqligi haqida bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «6-7 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA SIFATLI TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

6-7 YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA SIFATLI TAYYORLASH

Ashurova Mohigul Sodiq qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11209968 Annotatsiya. Ushbu maqolada 6-7yoshgacha bo'lgan bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash jarayoni,"Ilm Yo'li" variativ dasturi haqida ma'lumotlar aks etgan. Unda majburiy tayyorlov guruhlari faoliyatlari o'zaro bog'liqligi haqida bayon qilingan

Kalit so'zlar: "ilk qadam" ,"Ilm Yo'li", 6-7yoshli bola, ota-ona, tarbiyachi, boshlang'ich ta'lim, ta'lim-tarbiya, bilim,

Kirish O'zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o'qishga intilishini va bilim olishga bo'lgan dastlabki qiziqishini uyg'otadigan muhim bosqichga aylantirildi. O'zbekistonda milliy ta'lim va tarbiya, davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarildi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilgan "Ta'lim konsepsiyasi"ning muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta'lim tizimining to'rt bosqichi barpo etildi. Aytish kerakki, sobiq tuzum paytida maktabgacha ta'lim tashkiloti ota-ona ishda bo'lgan paytlarida ularning bolalari asosan "bexavotir saqlab turiladigan joy" sifatida amal qilib kelgan. Bugun esa maktabgacha ta'lim bolani intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatlarini rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo'g'iniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta'lim bola yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotiga bormagan bola to'g'ridan-to'g'ri maktabga kelganda dastlab boshqa bolalarga qo'shila olmaydi. Chunki ular ko'proq oila muhitida ulg'ayganligi sababli nisbatan tortinchoq bo'lishadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida esa bolalarni nafaqat tengdoshlari balki kattalar bilan ham muloqot qilish ko'nikmalari rivojlantirladi. Bu borada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda "Ilk Qadam" davlat o'quv dasturi hamda "Ilm Yo'li" variativ dasturi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda asosiy me'yoriy hujjatlar hisoblanadi. Bundan tashqari Steam, Play guruhlar kabi dasturlar ham bolani maktabga tayyorlashda zamonaviy xorij amaliyotini maktabgacha ta'lim o'quv jarayoniga olib kirishni taqozo etmoqda. Bolalarni bugun 6 yoshdan boshlab maktab ta'limiga tayyorlashda ota-onalar bilan kelishligan holda kunning birinchi va ikkinchi yarmida bog'chada, maktabda, kollejda, barkamol avlod sport maktablarida, musiqa va san'at maktablarida mahalla binolarida yoki shunga mosroq bo'lgan bino va inshootlarda ta'lim berilmoqda. Shu ma'noda, ushbu Dastur asosida maktabgacha ta'lim sifati tubdan yaxshilandi, undagi ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ilg'or tajribalar joriy etildi. Bola shaxsini kamol toptirish, unga faqatgina harfni o'rgatish emas, balki unda ijobiy fazilatlarni shakllantirish, uning ruhiyatida atrof-olam, jamiyat va ota-onasiga nisbatan hurmat hissini, ona Vatanni sevishdek muqaddas tuyg'ular singdirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan, Prezidentning 2017 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar haqida"gi 5198 - Farmoni ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

o'quv-metodik ta'minotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi "Boshlang'ich ta'limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma- bosqich o'tish bo'yicha chora-tadbirlar haqida"gi 999-sonli qarorini ijro etish doirasida O'zbekiston o'z zimmasiga 6-7yoshli bolalarning maktabga to'lovsiz majburiy bir yillik tayyorgarligi bo'yicha majburiyatni oldi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta'lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, "Ilm yo'li" dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta'lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, "Ilm yo'li" variativ dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi, O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dastur", maktabgacha ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasiasosidai

"Ilm yo'li" variativ dasturi bolaning to'laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o'qishini, uning maktabda ta'lim olishga samarali tayyorlanishini ta'minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo'lib sanaladi. Mazkur dastur o'ziga xos bo'lib, unga ko'ra, o'quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi. Dastur idoraviy bo'ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'llanilishi mumkin: Xulosa

Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab ta'limiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi o'zlashtirishlari, shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol o'ynaydi, jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qilad

REFERENCES

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

2. "Ilm yo'li" variativ dastur / LV. Grosheva, Ye.F. Say. S.S. Mirjalilova, N.L. Medvedeva. -Toshkent: «Sano-standart», 2020.-360 b

3. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari. T., O'z PFITI, 2000. Tuzuvchilar Rasulova.M, Abduraxmonova.X va boshqalar.

4. "Ilk qadam" o'quv dasturi takomillashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi. Toshkent-2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.