Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARINING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
894
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / nutq / bilim / ko’nikma / malaka / obrazli bayon qilish / maktab ta’limiga tayyorlash / language / speech / knowledge / skills / competencies / figurative expression / preparation for school education

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Isomova, Farog’At Tojiddin Qizi

Maqolada MTTlari tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga tayyorlashda nutq o’stirish mashg’ulotlari va ushbu mashg’ulotlarning bolalar rivojlanishidagi ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF SPEECH DEVELOPMENT IN PREPARING CHILDREN FOR PRESCHOOL EDUCATION

The article discusses speech development exercises in the preparation of MTT students for school education and the importance of these exercises in children's development.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARINING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

О

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHDA NUTQ O'STIRISH MASHG'ULOTLARINING AHAMIYATI

Isomova Farog'at Tojiddin qizi

Samarqand davlat universiteti O'zbekiston -Finlandiya hamkorlikdagi pedagogika instituti 1- bosqich magistranti

Maqolada MTTlari tarbiyalanuvchilarini maktab ta'limiga tayyorlashda nutq o'stirish mashg'ulotlari va ushbu mashg'ulotlarning bolalar rivojlanishidagi ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar : til, nutq, bilim, ko'nikma, malaka, obrazli bayon qilish ,maktab ta 'limiga tayyorlash

ВАЖНОСТЬ РЕЧЕВОГО РАЗВИТИЯ В ПОДГОТОВКЕ ДЕТЕЙ К ШКОЛЕ В ДОШКОЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются упражнения на развитие речи при подготовке учащихся МТТ к школьному обучению и важность этих упражнений в развитии детей.

Ключевые слова: язык, речь, знания, умения, компетенции, образное выражение, подготовка к школьному образованию.

THE IMPORTANCE OF SPEECH DEVELOPMENT IN PREPARING CHILDREN FOR PRESCHOOL EDUCATION

ABSTRACT

The article discusses speech development exercises in the preparation of MTT students for school education and the importance of these exercises in children's development.

Keywords: language, speech, knowledge, skills, competencies, figurative expression, preparation for school education

Mustaqil taraqqiyot yo'lidan yuqori sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan mamalakatimizda nafaqat iqtisod hamda siyosat balki, ilm-fan, madaniyat va ta'lim sohasida ham ko'plab rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilmoqda. Shulardan biri "Maktabgacha talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" bo'lib ushbu

ANNOTATSIYA

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

konsepsiyada rivojlangan mamlakatlar (hozirgi kunda Janubiy Koreya) modellaridan namuna olib, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning yo'l xaritalari belgilab berildi. Zero prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu soha haqida quyidagicha fikr bildirganlar: "Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi." Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko'nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko'rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to'g'ri ifodalashi o'zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo'lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, MTTlarda nutq o'stirish mashg'ulotlarining o'rni, ahamiyati kattadir.

Ushbu mashg'ulotlarda bolalar tarbiyachi tomonidan beriladigan bilimlarni egallash bilan bir qatorda, tengdoshlarinining ham nutqini tinlab ularni tushuna olishlari kerak bo'ladi. Zero til (nutq) kishilarning o'zaro aloqa vositasi bolib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bolib, jamiyat taraqqiyotidagi o'zgarishlar, yangilanishlar tilda o'z aksini topadi. Nutq o'stirish mashg'ulotlari maktabgacha ta'limda bolalarni og'zaki nutqini o'stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so'zdan to'g'ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo'lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so'zlash odobini egallashni shakllantiradi. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so'z boyligiga ega bo'lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so'zlar yordamida hikoya tuzishga o'rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to'g'ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to'g'ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so'zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo'lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bola, eng avvalo, tilning tovush tomonini egallashi kerak, yani tovushlarni to'g'ri talaffuz etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o'zbek tilining

Scientific Journal Impact Factor

o

fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, so'zlarda urg'uni to'g'ri ishlatishga o'rganib oladi, ona tilining intonatsion tomonini o'zlashtiradi hamda so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishga odatlanadi. Ayniqsa, bola atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'layotganda samimiy ohangda, burro va aniq gapirishga o 'rgatiladi. Zero hozirgi kunda MTTlarida talim jarayonlarini tashkil qilishda ,,Ilk qadam "davlat dasturi hamda ,,Ilm yo'li" variativ dasturlaridan foydalanilmoqda.

Ushbu dasturlarning vazifasi ta'lim tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish va ushbu jarayonda maktabgacha talim yoshidagi bolalar egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar belgilab berilgan.Jumladan nutq o'stirish sohasi bo'yicha bolalarning ,,Nutq muloqot o'qish va yozish malakalari " sohasi kompetensiyalari belgilangan. ,,Ilm yo'li'' variativ dasturidagi ushbu sohadagi o'quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetgandan so'ng 6-7 yoshli(maktabga tayyorlov) bolalar quyidagi ko'nikmalarga ega bo'ladi: -nutqni eshitadi va tushunadi;

-o'z nutqida to'g'ri talaffuz ,qulay gramatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;

-ikkinchi tilni o'rganishga qiziqish namoyon qiladi; -ikkinchi tilni egallash bo'yicha dastlabki bilimlarni ko'rsatadi; -badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon bo'ladi ;

-so'zning lug'aviy bo'g'inli fonetik tuzilishi to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi ; -turli ma'no shakllarini mustaqil ravishta tuzish va so'zlab berishni biladi ; -yozishning dastlabki malakalari va vosotalaridan foydalanishni biladi; Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini tarbiyalash, kelgusi hayotida, yani maktabda, o'quv yurtlarida ta'lim olishda, mustaqil mehnat faoliyatida jamoa, jamiyat orasida o'z fikrlarini to'liq va tushunarli qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Anna Golubeva, D.Shankar, V.Nazarova, Y.Narolskaya, M.Ismoilova, Li Dong Vuk. "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat o'quv dasturi. Toshkent-2018.-107 b.

2. Grosheva I.V., Say Ye.F., Mirjalilova S.S., Medvedova N.I. "Ilm yo'li" variativ dastur. Toshkent: "Sano-standart", 2020.-16 b.

3. Fayzullayev Sh. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi. O'quvqo'llanma. Samarqand-2020. 60-63 betlar.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.