Научная статья на тему '“4+2” MODELI: “FIZIKADAN LABORATORIYA VA NAMOYISH” TAJRIBALAR YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING FAN KOMPETENSIYASINI SHAKLANTIRISH'

“4+2” MODELI: “FIZIKADAN LABORATORIYA VA NAMOYISH” TAJRIBALAR YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING FAN KOMPETENSIYASINI SHAKLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — B.A.Olimov

Ushbu maqolada umumta’lim maktab fizika o‘quvchilarida “Labaratoriya va namoyish” tajribalarini bajarishda tushinish va tushuntirish kompetensiyasini shaklantirishning metodologik asoslari asos qilib olingan. “Labaratoriya va namoyish tajribalarini bajarishda kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi o‘quvchilarda boshqa kompetensiyalarni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“4+2” MODELI: “FIZIKADAN LABORATORIYA VA NAMOYISH” TAJRIBALAR YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING FAN KOMPETENSIYASINI SHAKLANTIRISH»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

"4+2" MODELI: "FIZIKADAN LABORATORIYA VA NAMOYISH" TAJRIBALAR YORDAMIDA O'QUVCHILARNING FAN KOMPETENSIYASINI SHAKLANTIRISH

B.A.Olimov

O'zPFITI

https://doi.org/10.5281/zenodo.10680992

Ushbu maqolada umumta'lim maktab fizika o'quvchilarida "Labaratoriya va namoyish" tajribalarini bajarishda tushinish va tushuntirish kompetensiyasini shaklantirishning metodologik asoslari asos qilib olingan.

"Labaratoriya va namoyish tajribalarini bajarishda kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi o'quvchilarda boshqa kompetensiyalarni shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qilishi ochib berilgan.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonlariga kompetensiyaviy yondashuvlarni izchil tadbiq etish orqali o'quvchilarni har tamonlama yetuk shaxslar etib tayyorlash dolzarblik kasb etmoqda. Umumtalim maktab dasturlari hamma yo'nalishi uchun DTS asosida 2017-yilda ishlab chiqilgan "Fizika" fanidan o'quv dasturida ham o'quvchilarda fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish nazarda tutilgan bo'lib, uni amalga oshirish orqali kompetentli o'quvchilarni tayyorlash maqsad qilingan [1].

Fizika faniga oid ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda ham o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish masalalari chuqur tadqiq etilgan bo'lsada, aynan fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarning metodologik asoslari ya'ni ushbu kompetensiyalarning mohiyati va xususiyatlari yetarlicha ochib berilmagan. Natijada, turli tadqiqotlarda fizika faniga oid umumiy kompetensiyalarni tayanch va boshqa kompetensiyalar orqali izohlash holatlari uchramoqda.

Ushbu kompetensiyaga oid eng umumiy jihatlar haqida shuni aytish mumkinki, inson kuzatish orqali atrof-olamda yuz berayotgan voqea, hodisa va jarayonlar haqida dastlabki ma lumotlarni qabul qiladi ya'ni kuzatish olamni bilishda eng keng qo'laniladigan empirik usulidir. Ushbu usulda kuzatuvchi ya'ni o'quvchilar laboratoriya va namoish tajribalarni qanday bo'lsa, shundayligicha (unga ta'sir etmasdan, aralashmasdan) obyektiv tarzda o'rganadi. Natijada kuzatish o'quvchining ixtiyori, hissiyoti va xohish-irodasiga bog'liq bo'lmagan holda, fizik hodisa va jarayonlarning ob'ektiv xossa va aloqalariga oid bilimlarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Ushbu usul sezgi a'zolarining ma'lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida o'quvchi bilish obyektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim oladi. Kuzatish bevosita yoki turli, o'lchov asboblari yoki boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi mumkin[3].

Tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

1. "Tushunish" - insonning olam, undagi voqea-hodisalar va jarayonlarni anglashidi, idrok etishidir. Shu nuqtai nazardan tushunishga oid kompetensiya deganda, "inson tafakkurida shakllangan fikrlar, axborotlar umumiy tizimidan turli vaziyatlarda olamdagi ayni voqea-hodisa va jarayonlarni anglashda foydalana olish qobiliyatidir" deb ta'riflashimiz mumkin. O'quvchilarning fizika faniga oid tushunish kompetensiyasi deganda esa, ular tomonidan anglangan mavjud fizik qonun va qoidalarni turli vaziyatlarda fizik hodisa yoki jarayonlarni tushunish uchun qo'llay olish qobiliyati sifatida qarash mumkin bo'ladi. Inson tafakkurida tushunish bosqichi bilish bosqichidan keyin yuzaga keladi.

Tushunish ko'pincha biron - bir voqea yoki hodisani bilgandan keyingi qadam bo'lib, bu psixologik j arayondir.

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

Tushunch va tushuntirishni mohiyatini aynigasa fizikadan laboratoriya ishlarini bajarganda [2], to'liq anglab olish mumkin.

Misol tarigasida fizika elektr bolimida janjirdan oqayotgan tokni elektronlarni tartibli harakati to'g'risidagi bilimga ega bo'lish mumkin. Bunda o'quvchida jaryadni harakati va janjir bo'yicha qanday yo'nalishda harakat qilishini tushunishga oid kompetensiya shakllanadi.

Keyinchalik, o'quvchida aynan shu laboratoriya ishida kuzatiladigan har qanday jarayon uchun o'zi anglab yetgan (ya'ni tushungan) bilimlarini tadbiq eta olish kompetensiyasi shakllanadi.

Laboratoriya va namoyish tajribalarda tegishli bo'lgan qonun va qoidalarni tushunsa va harakatning ushbu turiga oid har qanday muammoli vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatiga ega bo'lsa, demak unda aynan shu mavzuga oid tushunish kompetensiyasi shakllangan bo'ladi.

2. O'quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda tushunishdan tashqari, tushuntirish kompetensiyalarini ham tizimli shakllantirish muhim hisoblanadi. Umumiy holda tushuntirish - atrof olamda sodir bo'layotgan voqea va hodisa yoki jarayon mohiyatini mantiqiy-metodologik asosda izohlash demakdir.

Tushuntirishga oid mavjud pedagogik va falsafiy adabiyotlardagi ta'rif va tasniflarni qiyosiy tahlil qilgan holda aytishimiz mumkinki, "Tushuntirish - o'quvchining o'zaro hamkorlik faoliyatida o'rganilayotgan voqea va hodisa yoki jarayonlar mohiyatini turli usullar (fikr uzatish, o'zaro ta'sir o'tkazish, ta'sirlanish, muloqot, taqlid) yordamida oydinlashtirish, tafakkurdagi mavjud bilimlar va tajribalar bilan ularni o'zaro uyg'unlashtirgan holda tushunish, anglash sari yetaklovchi aqliy faoliyatidir.

Tushunish va tushuntirish bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lsada, tushunish tushuntirishni, ya'ni o'rganilayotgan hodisani qonunga va sababga bog'lashni nazarda tutmasligini unutmaslik kerak.

Ilmiy tadqiqot ishlariga keltirilishcha "Tushuntirishda faqat bir ong, bir subyekt, tushunishda esa - ikki ong, ikki subyekt qatnashadi. Obyektga nisbatan dialogik munosabat bo'lishi mumkin emas, shuning uchun ham tushuntirish dialogik jihatlarga ega emas (formal-ritorik jihatdan tashqari). Tushunish har doim ma'lum darajada dialogik xususiyatga ega".

Xulosa qilib aytish mumkinki, o'quvchilarda fizik (laboratoriya va namoyish) tajribalarini kuzatishda tushunish va tushuntirishga oid kompetensiyani shakllantirish fizik bilimlarni puxta egallashlarida va boshqa kompetensiyalarni shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. N. Turdiyev, Y.Asadov va bosh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarda kompetensiyalarni shaklllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. Tashkent "Nizo Poligral" 2017y.

2. B. A. Olimov. Umumiy o'rta ta'lim maktablari fizika fanidan laboratoriya ishlari.- T., 2009.

3. Бахтин М.М. Автор и герой. К философским основам гуманитарных наук. - СПб.: Питер, 2000. -С.306.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.