Научная статья на тему 'MAKTAB LABORATORIYA XONASI EKSPERIMENTAL BILIMLAR MANBAI'

MAKTAB LABORATORIYA XONASI EKSPERIMENTAL BILIMLAR MANBAI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1117
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fizik tajribalar / kuzatish / hodisa / o’quv eksperimenti / sinab ko’rish / kо’nikma / malaka. / Physical experiments / observation / event / learning experiment / trial / skill / qualification.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Malikov, K.H., Begzatova, Sh.P.

Ushbu maqolada fizik hodisalarni tushuna olish va tasavvur qila olish, muhim fizik tushunchalarni va qonunlarni o’rganish, to’g’ri fikr yurita olishda laboratoriyaning o’rni va ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCHOOL LABORATORY ROOM SOURCE OF EXPERIMENTAL KNOWLEDGE

This article explains the role and importance of the laboratory in understanding and imagining physical phenomena, studying important physical concepts and laws, and being able to think correctly.

Текст научной работы на тему «MAKTAB LABORATORIYA XONASI EKSPERIMENTAL BILIMLAR MANBAI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MAKTAB LABORATORIYA XONASI - EKSPERIMENTAL BILIMLAR

MANBAI

K.H.Malikov

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi malikovkomiljon1995@gmail.com SH.P. Begzatova Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada fizik hodisalarni tushuna olish va tasavvur qila olish, muhim fizik tushunchalarni va qonunlarni o'rganish, to'g'ri fikr yurita olishda laboratoriyaning o'rni va ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Fizik tajribalar, kuzatish, hodisa, o'quv eksperimenti, sinab ko 'rish, ko 'nikma, malaka.

SCHOOL LABORATORY ROOM - SOURCE OF EXPERIMENTAL

KNOWLEDGE

K.H. Malikov

Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute malikovkomiljon1995@gmail.com SH.P. Begzatova Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article explains the role and importance of the laboratory in understanding and imagining physical phenomena, studying important physical concepts and laws, and being able to think correctly.

Keywords: Physical experiments, observation, event, learning experiment, trial, skill, qualification.

ШКОЛЬНАЯ ЛАБОРАТОРИЯ - ИСТОЧНИК ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ЗНАНИЙ

К.Х. Маликов

Преподаватель Чирчикского государственного педагогического института

malikovkomilj on1995@gmail. com Ш.П. Бегзатова

Преподаватель Чирчикского государственного педагогического института

Scientific Journal Impact Factor

АННОТАЦИЯ

В этой статье объясняется роль и важность лаборатории в понимании и представлении физических явлений, изучении важных физических понятий и законов и способности правильно мыслить.

Ключевые слова: физические эксперименты, наблюдение, событие, обучающий эксперимент, испытание, навык, квалификация.

Fizika tabiat haqidagi fandir. U ob'ektiv borliq tuzilishini, hodisa va jarayonlami va ularni tavsiflovchi kattaliklarni, ular orasidagi bog'lanishlarni, tabiiy qonun va qoidalarni o'rganadi. Fizik tajribalarni tadqiqiy va o'quv tajribasiga ajratish mumkin. O'quv maqsadiga yo'naltirilgan tajribalar o'quv tajribalari deyiladi. Fizikaviy qonunlar, qoidalar va nazariyalar tajribada isbotlangach qabul etiladilar. Shu bois o'quv eksperimenti bir vaqtning o'zida bilimlar manbai, o'qitish metodi va ko'rgazmalilik turi bo'lib hisoblanadi. O'quv tajribasi (O'T yoki O'E) sub'ektiv yangilik bo'lgan hodisalarni, qonunlarni kashf etish uchun xizmat qiladi.

Fizika faning eksperimental xarakterining ifodalanishi maktab kursida fundamental fizik nazariyalarni, xususan, faktlardan, fizik kattaliklar, tushunchalar, idealashtirilgan ob'ektlar, umumiy va xususiy qonunlardan tashkil topgan bilimlarni asosiy tashkil etuvchilarini o'rganishda turli ko'rinishdagi eksperimentdan-namoyish tajribasi (NT), frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum ishlari, eksperimental masalalar, sinfdan tashqari va uyda bajariladigan tajribalardan keng foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bu fizikadan o'quv tajribasi fizika kursining ajralmas qismi ekanligini ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILIVA METODOLOGIYASI

Eksperimental o'qituv tajriba asosida o'qitishdir.

Eksperiment so'zi lotincha "exrerimentum''-smash so'zidan olingan bo'lib hozirgi zamon adabiyotlarida 'sinab ko'rish'' yoki '' tajriba o'tkazish'' va sodda qilib aytganda ''tajriba '' ma'nosini anglatuvchi so'z sifatida qabul etilgan. Eksperiment (tajriba)-fizik hodisaning borishini kuzatishga imkon beradigan, tekshiriladigan hodisani kuzatish tahlil qilish xamda uni istagan paytda belgilangan sharoitda qaytadan takrorlash demakdir.

O'quv eksperimentining frontal va oddiy laboratoriya ishlarini hamda praktikum ishlarini bajarish jarayonida o'quvchilar ilmiy izlanish usullarini, foydalanilgan vositalar tuzilishi, ishlash prinsipi va ular bilan muomala qilish, ular yordamida o'lchash ishlari olib borib natijalar olishni ularni tahlil etib xulosalar chiqarishni

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

o'rganadilar. O'quvchilarning ushbu faoliyati unda tajribaga asoslangan malakani shakllantiradi va rivojlantirib boradi. Fizika o'qituvchisining kasbiy shakllanishida ushbu malakaning o'rni alohidadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tabiatda yuz beradigan hodisalarni, sodir bo'ladigan jarayonlarni tahlil qilib va fizika qonunlari asosida ularni tushuntirishga intilishni o'rganish kerak. Laboratoriya darslarida talabalar fizika kursi bilan amaliy tanishadilar.

Fizika fanini o'qitishda o'quv tajribasining o'rni va axamiyati kattadir. Fizika o'qitishda o'quvchilar tabiat hodisalarini bevosita kuzatadilar, ularni o'z ko'zlari bilan ko'radilar yoki ko'z oldilariga yaqqol keltiradilar, fizika o'qitishda namoyish tajribasi tayyorlash va uni ko'rsatish malakasini xosil qiladi. Amaliy ko'nikma va malaka xosil qilishda laboratoriya va praktikum ishlarining o'rni va axamiyati aloxidadir. Fizika tajribalari ishlab chiqarish bilan aloqadorligi tufayli o'quvchilarning bilish faoliyatlarida onglilik, ko'rgazmalilik tamoyilini va politexnik ta'limni amalga oshirishga yordam beradi. Fizika kursida fizika tajribasing axamiyati beqiyosdir:

- o'quvchilarda amaliy ko'nikma va malaka xosil qiladi .

- o'quvchilar tabiatdagi fizik hodisalarni kuzatish o'lchash va uning natijalarni hisoblash , xulosa chiqarishga o'rganadilar

- turli asboblardan foydalanishni o'rgatish va mustaqil tajriba o'tkazishga tayyorlaydi.

- o'quvchilar o'rgangan materialni xotiralarida yaqqol tiklaydi,

fizik hodisalar mohiyatini chuqurroq o'zlashtiradilar[1].

Kuzatiladigan fizik xodisani vositalar yordamida belgilangan sharoitda asosiy bo'lgan bog'lanishlarni hisobga olgan holda ro'y berishi yoki qayta sodir etkazish fizikaviy laboratoriya tajribasi deyiladi. Laboratoriya tajribasi o'tkazish texnikasi jixatidan uch turga ajratiladi: yalpi (frontal) laboratoriya tajribasi, oddiy laboratoriya tajribasi va praktikum (amaliyot) ko'rinishidagi laboratoriya tajribasiga ajratiladi. Yalpi va oddiy laboratoriya tajribasi biror mavzu va bo'lim tugagach dars jadvali va kalendar reja asosida uyushtiriladi. Laboratoriya ishi qurilma va uskunalari darsgacha xozirlab qo'yiladi. Yalpi laboratoriya ishida barcha sinf o'quvchilari bir xil tajribani uyushtiradilar . Oddiy laboratoriya ishida esa dastlab o'qituvchi o'quvchilarga tajribani namoyish etadi, so'ng o'quvchilar zvenolarga bo'linib tajribani mustaqil o'tkazadilar. Amaliyot tajribasida turli zvenolar tomonidan turli laboratoriya tajribasi uyushtiriladi. Yalpi va oddiy laboratoriya tajribasi o'rta maktab, kollej va litseylarda

Scientific Journal Impact Factor

quyi sinf va kurslarda uyushtiriladi. Amaliyot tajribasi oliy maktablarda, maktab, kollej va litsey yuqori kurslarida uyushtiriladi[2].

Laboratoriya metodi ta'lim jarayonida o'quvchilar tabiatdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o'zgarishi va taraqqiy etish qonunlari haqida yangidan-yangi bilimlar berish va mustahkamlash hamda ularning tegishli konikma va malakalar hosil qilishlarida muhim ahamiyatga ega. Oquvchilar tomonidan fizika xonasida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (olchov asboblari, tajriba jihozlari va tajriba uchun kerak bo'lgan asbob va anjomlar kabilar yordamida) bevosita o'rganishga laboratoriya ishlari deb aytiladi. Laboratoriya metodi VI-IX sinflarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining I,II, va III kurslarida fizika, ximiya, biologiya va tabiiy geografiya fanlarini o'qitishda qollaniladi. Laboratoriya mashg'ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya xonasi hamda tegishli apparat, asbob-uskunalar, mikroskop, lupa, kolba, menzurka, olchov asboblari bilan ta'minlangan oddiy sinf xonalarda, maktabning tajriba uchastkalarida olib boriladi. Odatda laboratoriya mashg'ulotlari o'qituvchi tomonidan ilgari og'zaki bayon qilish-tushuntirish, hikoya qilish, maktab ma'ruzasi va suhbat metodi bilan o'tilgan ma'lumotlarni aniqlash, isbot qilish va mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Ba'zan bunday mashg'ulotlar yuqori sinflarda ham yangi bilim berish maqsadida qollaniladi. Ko'pincha laboratoriya darsi mashg'ulotning tavsifiga qarab uch turda: kuzatish; tajriba yoki eksperiment o'tkazish; tegishli asbob uskunalar vositasida muayyan biror narsani o'lchab yoki tekshirib ko'rishda qo'llaniladi. Bitta laboratoriya mashg'ulotida ikki yoki uch xil metod qollanilishi mumkin. Oqituvchi o'quvchilarning mustaqil ish boshlashlaridan oldin tajribaning muvaffaqiyatli chiqishiga erishish uchun ularga tegishlicha yo'l-yo'riq berishi mumkin[3].

Fanni o'qitilishi jarayonida o'quvchilarga oddiy tajribalarni ko'rsatish, lozim bo'lsa uyda o'zlari mustaqil yoki ota-onalari ko'magida bajara olish mumkin bo'lgan tajribalarni topshiriq qilib berilishi mumkin. Masalan, boshlang'ich davrlarda avtomobil, velosiped, soatning harakatini, bolalar o'yin maydonchasidagi atraksionlarni harakatlanishini kuzatish, umuman kuzatishga oid topshiriqlar berilishi, so'ngra esa albatta bu topshiriqning bajarilganligi, bu jarayonlarning har biri yuzasidan o'quvchining fikri tinglanishi lozim. Keyingi bosqichlarda esa sekinlik bilan oddiy tajribalarni qanday bajarilishi tushuntirilgandan so'ng, mustaqil bajarish va xulosa chiqarish topshiriqlari beriladi.

- diffuziya hodisasiga oid tajribalar: suv va yog'ning aralashuvi temperature yuqori bo'lganda tezroq sodir bo'lishini (ovqat pishirish jarayonida), yog'ning suv

Masalan:

Scientific Journal Impact Factor

betida aralashmasdan yoyilib qolishi sabablarini (zichligining kichikligi uchun), isiriq hidining xonaning bir burchagidan narigi burchagiga yetib borgunicha ma'lum vaqt o'tishining sabablarini (Broun harakati tufayli) topishga doir tajribalar;

- elektr hodisalari bo'limiga oid tajribalar: shishirilgan sharni krandan oqib chiqayotgan suvga yaqinlashtirganimizda suvning shar sirtiga tomon tortilishini kuzatish, sochni temir taroq bilan taralganda soch tolalarining bir-biridan itarilishini (zaryadlanib qolganligi sababli), to'qilgan kiyimlarni yechilayotganida ishqalanish tufayli zaryadlanib qolishi natijasida chirsillagan ovoz chiqishi va uchqun ham hosil bo'lishini kuzatish;

- bitta yorug'lik manbasi bilan yoritilgan xonada soyaning, ikki va undan ortiq manbalar bilan yoritilgan xonada esa yarim soya va soyaning hosil bo'lishini kuzatish; suvga qo'limizni solganimizda barmoqlarimizning ko'rinishi o'zgarganligi sababi; hovuz va ko'llar yuzasi yaltirab ko'rinishi sabablarini kuzatishlar orqali topishga doir topshiriqlar; shamni o'chirib, uning tutuniga yonayotgan gugurt cho'pini tutganimizda tutun orqali yana shamni yoqish mumkinligini ko'rish;

Albatta allomalarimizning o'tmishda foydalangan mexanizmlari, yaratgan asboblari haqida ma'lumotlar berib borilishi o'quvchi qalbida milliy g'urur tuyg'usini uyg'otadi. Bobolarimizning ibratli so'zlarini mavzularga mos holatda darsning shiori qilib belgilash, fizik qonunning turmushdagi tatbiqlarini tushuntirish katta amaliy ahamiyatga egadir.

1. Fanni o'qitishda faqatgina nazariy bilimlarga tayanib qolmasdan, tabiat hodisalari, turmush tarzi bilan bog'lay olishning va mana shu hodisalarni to'g'ri tahlil qilib formula va qoidalarni keltirib chiqarishga yo'l olinishi darkor.

2. Fizikadan nazariy va eksperimental bilimlarni optimal uyg'unligi asosida tashkil etilgan barcha eksperimental mashg'ulotlar orqali o'quvchilar tomonidan erishilgan bilimlar, eksperimental ko'nikmalar va malakalarning shakllanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Adduboqiyev O'.A., Laboratoriya eksperimentini ishlab chiqish. O'quv qo'llanma. Andijon: ADU, 2009.

2. Suyarov K.T., Shermatova S.T., Fizikadan eksperimental mashg'ulotlarni bajarishda o'quvchilarda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishning psixologik-pedagogik jihatlari. ARES, Toshkent, 2021.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

3. Abdullaeva Sh., Xolmamatova L.A. Pedagogika. O'quv qo'llanma.-T.:TAQI,

4. Рустамов, У. Р., Бегзатова, Ш. П., Маликов, К. Х. (2021). Нанозарраларни хрсил килиш ва уларнинг магнит хоссалари. Scientific progress, 1(4).

5. Рустамов, У. Р., Маликов, К. Х. (2021). Магнит нанозарраларнинг баъзи хоссалари. Academic Research in Educational Sciences, 2(3).

6. Суяров, К. Т., Маликов, К. Х. (2021). Применение современных учебных приборов - залог эффективности в обучении физике. Ekonomika i sotsium 4(83).

7. Akhmedov, B. A. (2021). Dynamic identification of the reliability of corporate computing cluster systems. Academic Research in Educational Sciences, 2 (3), 495-

8. Akhmedov, B. A. (2021). Problems of ensuring the reliability of cluster systems in a continuous educational environment. Eurasian Education Science and Innovation Journal, 1 (22), 15-19.

9. Akhmedov B.A., Shayxislamov N., Madalimov T., Maxmudov Q. (2021). Smart texnologiyasi va undan ta'limda tizimida klasterli foydalanish imkoniyatlari. Scientific Progress. № 1(3). Р. 102-112.

10. Akhmedov B. A. (2021). Zadachi obespecheniya nadejnosti klasternix sistem v neprerbivnoy obrazovatelnoy srede. Eurasian education science and innovation journal. № 1 (22). Р. 15-19.

11. Akhmedov, B. A. (2020). On the development of skills of interactive online courses in the distance conditions of modern society (model program for teachers of educational institutions). Universum: Engineering Sciences, 12-1 (81).

12. Akhmedov, B. A. (2020). Mathematical models for evaluating the characteristics of the quality and reliability of software. Eurasian Education Science And Innovation Journal, 3 (10), 97-100.

13. Якубов, М. С., Ахмедов, Б. А., Дуйсенов, Н. Э., Абдураимов, Ж.Г. (2021). Анализ и новые тенденции использования нейросетей и искусственного интеллекта в современной системе высшего образования. Ekonomika i sotsium, 5(84), 1148-1162.

14. Якубов, М. С., Ахмедов, Б. А. (2021). Применение цифровых технологий в формировании структуры системы образований. Ekonomika i sotsium, 5(84), 1163-1177.

15. Rakhimov, S. М., Djamirzaev, A. А., Akhmedov, B. А. (2021). Methods of teaching Informatics in Higher Education Problems and Observations. Ekonomika i sotsium, 9(88).

2005.

499.

Scientific Journal Impact Factor

16. Rakhimov, S. М., Ahmedov, B. А. (2021). O'rta ta'lim maktabida informatikani o'rgatish metodikasi. Ekonomika i sotsium, 9(88).

17. Ахмедов, Б. А., Султанов, Б. (2021). Анализ и новые тенденции использования кластерных систем и искусственного интеллекта в современной системе высшего образования. Ekonomika i sotsium, 8(87), 344-358.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.