Научная статья на тему 'NAMOYISH TAJRIBALARI ORQALI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI'

NAMOYISH TAJRIBALARI ORQALI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2239
203
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umumiy o‘rta ta’lim / fizika o‘qitish / o‘quvchi / fizik tajribalar va asboblar / namoyish tajribasi va texnikasi / dars samaradorligi. / general secondary education / physics teaching / student / physical experiments and tools / demonstration experience and techniques / lesson effectiveness.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Soyipov Jasurali Japaralievich, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich

ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan mashg‘ulotlar samamaradorligini oshirishda namoyish tajribalarining o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Namoyish tajribalarini maktab laboratoriya asbob-uskunalari orqali o‘tkazishning texnika va metodi bitta qo‘shimcha mavzu misolida ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO DEVELOP STUDENTS 'VIEWS IN TEACHING THROUGH DEMONSTRATION EXPERIENCES

This article explains the role and importance of demonstration experiments in improving the effectiveness of physics lessons in general secondary schools. The technique and method of conducting demonstration experiments using school laboratory equipment are illustrated in one additional topic.

Текст научной работы на тему «NAMOYISH TAJRIBALARI ORQALI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI»

NAMOYISH TAJRIBALARI ORQALI O'QITISHDA O'QUVCHILAR DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Soyipov Jasurali Japaralievich Namangan davlat universiteti Fizika o'qitish metodikasi kafedrasi

o 'qituvchisi Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich

Namangan davlat universiteti Fizika o'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti,

p.f.n.

Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizikadan mashg'ulotlar samamaradorligini oshirishda namoyish tajribalarining o'rni va ahamiyati ochib berilgan. Namoyish tajribalarini maktab laboratoriya asbob-uskunalari orqali o 'tkazishning texnika va metodi bitta qo 'shimcha mavzu misolida ko 'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: umumiy o 'rta ta 'lim, fizika o 'qitish, o 'quvchi, fizik tajribalar va asboblar, namoyish tajribasi va texnikasi, dars samaradorligi.

Abstract: This article explains the role and importance of demonstration experiments in improving the effectiveness of physics lessons in general secondary schools. The technique and method of conducting demonstration experiments using school laboratory equipment are illustrated in one additional topic.

Keywords: general secondary education, physics teaching, student, physical experiments and tools, demonstration experience and techniques, lesson effectiveness.

Аннотация: В статье разъясняется роль и важность демонстрационных экспериментов в повышении эффективности уроков физики в общеобразовательных школах. Техника и методика проведения демонстрационных экспериментов с использованием школьного лабораторного оборудования поясняются в одной дополнительной теме.

Ключевые слова: общее среднее образование, обучение физике, студент, физические эксперименты и инструменты, демонстрационный опыт и методики, эффективность урока.

KIRISH

Ta'lim jarayoni sifati ta'lim standartlari, ta'lim dasturlari, ta'lim jarayoniga jalb qilingan professor-o'qituvchilar ilmiy salohiyati, ta'lim oluvchilar salohiyati, ta'lim berish jarayoni texnik vositalari, ta'lim texnologiyalari, ta'lim jarayonini boshqarishning sifat darajasi kabi omillar bilan ta'minlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "kelgusi yilda fizika va chet tillarini o'rganishni ustuvor yo'nalish etib belgilashni taklif etaman. Shu maqsadda kelgusi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

yilda ta'limning barcha bo'g'inlarida ushbu fanlarni o'qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi" deb aytilgan [1]. Bunga javoban biz pedagoglar fizika o'qitishni yangi sifat darajasiga chiqarishimiz kerak. Shu nuqtai nazardan respublikamizda ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlar umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika o'qitish metodlarini yanada takomillashtirishni taqazo qilmoqda. Fizika o'qitishdagi muhim metodlardan biri eksperimental metodlar bo'lib, bunda namoyishli tajriba, laboratoriya ishlari va boshqalarni qo'yishni takomillashtirish zaruriyati borligini ko'rsatadi. Chunki amalda laboraratoriya ishlari va namoyishli tajriba samarali tashkil etilmaydi.

Fizika o'qitishda eksperimental metodi o'zining yuqori darajali ko'rgazmaliligi bilan pedagogik jihatdan eng yaxshi samara beradigan metod hisoblanadi. O'quvchilar o'rganilayotgan fikaviy hodisalar, tushunchalar, qonuniyatlarning juda qo'pchilik qismini namoyish texnikasi va metodikasiga javob beruvchi puxta ishlab chiqilgan tajribalar sistemasisiz yaxshi o'zlashtira olmaydi. Bu narsa amalda pedagog va psixolog olimlar tomonidan mukammal o'rganilgan bo'lib, eshitish, yozish, ko'rish va bajarish orqali uzoq vaqt bilimlarni yodda saqlash mumkin ekanligi isbotlangan.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizik tajribalarni quyidagi turlarga bo'linadi:

o'qituvchining namoyish tajribasi;

laboratoriya ishlari;

frontal tajribalar;

fizikaviy praktikum ishlari;

eksperimental tajribalar;

sinfdan tashqari tajribalar va boshqalar [2].

Umumiy o'rta ta'limning fizika eksperimentining bu hamma turlari o'quvchilarning bilish faoliyatidagi onglilik, qo'rgazmalilik, faollik prinsiplarini va fizikaga qiziqishlarini oshishiga yordam beradi. Albatta tajribalarning hamma turlari bilan hal qilinadigan umumiy masalalardan tashqari, har bir tur tajriba o'z maqsadiga ko'ra o'ziga xos texnikasi va o'tkazish metodikasiga ega.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari 8-sinfi Fizika darsligida "Elektr zaryad" mavzusini tushuntirishda [3] hozirda amalda qo'llanilib kelinayotgan elektr bo'limidan "Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy tajribalarini bajarish" nomli laboratoriya ishidan [4] o'quvchilarga berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq o'zlashtirishlari uchun qo'shimcha namoyish tajribasi sifatida foydalanish mumkin.

Tajribaning maqsadlari: ikki ishqalanish tayoqchasini bir biriga ta'sir etkazganda zaryadlarning ajralishini tekshirish; ishqalanish tayoqchasi ishqalash

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODLAR

folgasi bilan ishqalanganda zaryadlar ajralishini tekshirish; ishqalanish tayoqchalari har xil ishqalash folgalar bilan ishqalangandan keyin zaryadlangan tayoqlarning qutblarini aniqlash.

Tajribaning qisqacha nazariyasi. Zaryadlar ikki materialni bir-biriga ishqalaganda yoki ta'sir etkazganda hosil bo'lishi mumkin. Tajribalarga ko'ra materiallarning biri musbat ikkinchisi manfiy zaryadga ega bo'ladi. Bundan tashqari hosil bo'lgan zaryadlarning miqdori bir-biriga teng bo'ladi. Agar materiallarda hosil bo'lgan zaryadlarni bir vaqtda o'lchasak ular bir-birini kompencatsiyalaydi. Material zaryadining ishorasi bir materialning o'ziga bog'liq emas, ya'ni ikkinchi materialning xossalariga ham bog'liq. Ikki material bir-biriga ishqalanganda zaryadlarning hosil bo'lishini aniqlash uchun elektrometrik kuchaytirgichdan foydalaniladi. Bu qurilma juda katta kirish qarshiligiga (1013 Om) va juda kichik chiqish qarshiligiga (1 Om) ega bo'lgan asbob hisoblanadi. Kuchaytirgichning kirishi 2 ta sig'imiy ulash yo'li bilan va zaryadlarni to'plash uchun Faradey shashkasidan foydalanib asbob yordamida juda kam miqdordagi zaryadlarni o'lchash imkonini beradi. SHunday qilib tekizish va ishqalash yo'li bilan hosil qilingan zaryadlar yuqori aniqlik bilan topilishi mumkin ( 1 -rasm).

1-rasm. Tavsiya etilayotgan namoyish tajribasining asbob uskunalari va uni o'tkazish.

Namoyish tajribalar yangi o'quv materialini o'zlashtirishda muhum rol o'ynashi bilan bar qatorda, ular o'quvchilarda eksperimental ko'nikma va malakalar hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Namoyish tajribalarni idrok qilish va anglash jarayonida o'quvchilar fizikaviy hodisalarni kuzatish, o'lchash natijalarini ishlash, turli fizikaviy asboblardan foydalanish va boshqalarni o'rganadilar. Bularning hammasi o'quvchilarni frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, tajriba vazifalar yoki fizikadan praktikum ishlari tarzida amalga oshiriladigan mustaqil tajribalarga tayyorlaydi.

O'quv materialini takrorlashda namoyish tajribalarning o'rni juda katta. Takror o'tkazilgan tajribalar o'quvchilarga avval o'rganilga materialni xotiralarida yaqqolroq

685

tiklash, fizikaviy hodisalar va qonuniyatlar mohiyatini chuqurroq bilib olish, o'rganilayotgan ob'ektlarning avval e'tibordan chetda qolgan hususiyatlarini payqab olish imkonini beradi.

MUXOKAMA VA NATIJALAR Istalgan namoyishli tajribaning pedagogik samadorligiga ya'ni uni o'quvchilar to'la idrok qilishlari va anglashlariga faqat ma'lum namoyishli tajribalar ko'rsatish metodikasidagina erishish mumkin. O'quv materialini darsda bayon qilish bilan namoyish tajribasi o'rtasidagi bog'lanish dastlabki uslubiy talablardan bir hisoblanadi. Bunday bog'lanishni amalga oshirish uchun namoyishli tajribalar qisqa muddatli bo'lishi kerak. Xuddi shuning uchun ham namoyishli tajribalarning ko'pchiligi sifat jihatidan ko'riladi (ularni mashg'ulotlarda o'tkazish uchun miqdor jihatdan ko'riladigan tajribalarni qo'yilishiga nisbtan ancha kam vaqt talab qilinadi). Namoyishli tajriblar qisqa muddatli bo'lishiga qaramay ular nihoyatda ishonchli va tushunarli bo'lishi lozim. Namoyish tajribalarning bu muhim sifatlari asosan ularni qo'yish texnikasiga bog'liq.

Namoyish texnikasi namoyish tajribalarini o'tkazish uslubi bilan chambarchas bog'liqdir. Namoyish texnikasi deganda xavfsizlik texnikasiga rioya qilinganda namoyishli tajribaning eng katta samarasini va uning o'quvchilar tomonidan bevosita idrok qilinishini ta'minlovchi shart-sharoitlar tushuniladi.

XULOSA

Istalgan tajribaning samaradorligi birinchi navbatda maktab fizika asboblarining sifatiga bog'liq namoyish asboblariga alohida talablar qo'yiladi. Bularga birinchi navbatda yuqori texnikaviy sifat, qurilmalarning soddaligi, etarlicha katta o'lcham, chiroyli tashqi ko'rinish kiradi. O'qitishning ko'rgazmali bo'lishi uchun tajriba asboblarining sxemalarini yig'ishda eng muhim detallari o'quvchilarga yaxshi ko'rinib turishi kerak. Yuqoridagi kabi barcha mavzularda namoyish eksperimentlarini tayyorlab, mashg'ulotlarni o'tilishi o'quvchilar tomonidan mavzularni o'zlashtirish samaradorligi va ularning faolligi hamda fanga bo'lgan qiziqishlarining yanada ortishiga sabab bo'ladi deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29 dekabr 2020 yil.

2. Morgolis A.A., Parfenteva N.E., Ivanova L.A. Maktab fizika eksperimentlaridan praktikum. -T.: O'qituvchi, 1980.

3. Xabibullaev P., Boydedaev A., Baxromov A., Usarov J., Suyarov K., Yuldasheva M. Fizika 8-sinf darsligi. -T.: O'qituvchi, 2019.

4. https://www.yottavolt.com/wp-content/uploads/2019/10/Leybold Physics Experiments_LD_DIDACTIC.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.