Научная статья на тему '“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHGA O’RGATISHDA'

“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHGA O’RGATISHDA Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tabiat / tarbiya turlari / aqliy tarbiya / axloqiy tarbiya / estetik tarbiya / axloqiy tarbiya

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Xolbo’Tayeva Nargiza Ma’Rufbekovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Fan va tabiat markazida o’tilayotgan mashg’ulotlar jarayonida bolalarga tabiat bilan tanishtirishdagi barcha tarbiya turlarini rivojlantirish haqida tushunchalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHGA O’RGATISHDA»

"4+2" MODELI ASOSIDA BO'LAJAK TARBIYACHILARNI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHGA O'RGATISHDA Xolbo'tayeva Nargiza Ma'rufbekovna

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi

xolbotayevanargiza99@gmail.com

tel:+99893 049-89-76 https://doi.org/10.5281/zenodo.10682048

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Fan va tabiat markazida o'tilayotgan mashg'ulotlar jarayonida bolalarga tabiat bilan tanishtirishdagi barcha tarbiya turlarini rivojlantirish haqida tushunchalar berilgan.

Kalit so'z: tabiat,tarbiya turlari,aqliy tarbiya,axloqiy tarbiya,estetik tarbiya,axloqiy

tarbiya

Tabiat — bitmas tuganmas xazinadir. O'simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to'g'ri o'sib shakllanishida, tabiatda bo'ladigan voqea hodisalarning sir-asrorini o'rganib voyaga yetishida katta manba bo'lib xizmat qiladi. Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat dcyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o'smaydi, ko'paymaydi, rivojlanmaydi. Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o'sadilar va ko'payadilar. Jonli tabiat vakillari o'simlik, havo, suv, yorug'lik, issiqlik va ozuqa bo'lmasa yashay olmaydi. Jonli tabiatdagi barcha mavjudonlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir. Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik ta'lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.

Maktabgacha yoshdagi bolarni tabiat bilan tanishtirish orqali etetik, aqliy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o'ta dolzarb muammolardan hisoblangan.

Aqliy tarbiya. Tabiat bilan tanishtirishning bolalarni aqliy jihatdan o'sishiga ta'siri kattadir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishishda ta'limtarbiya jarayonida ularning ongida atrofni o'rab olgan dunyo haqida hissiy tajribaga asoslangan aniq bilimlar hosil qilish muhimdir. Haqiqatni to'g'ri aks ettiruvchi bilimlar berilmasa, bolalarda tabiat haqida noto'g'ri tushunchalar hosil bo'ladi. Noto'g'ri tushunchalarni tuzatish yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalarda maktabgacha ta'Iim yoshidanoq, his qilish, qabul qilib olish va zehniy rivojlanish tajribalariga asoslangan holda tabiat haqida ilmiy dunyoqarashlarning shakllanishi juda muhimdir

Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda notirik tabiat, o'simliklar, hayvonlar haqida ma'lumot berish, ularning tabiat voqea hodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish. Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizatorlarni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo'ladigan hissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. dastlabki tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan

O'zlashtirishda qancha ko'p analizatorlar birgalikda ishtirok etsa, tasavvur va tushuncha shunchalik aniq, boy va ma'noli bo'ladi. Demak, bolalarni tabiat bilan tanishtirish asosiga birinchi navbatda ko'rgazmalilikni qo'yish kerak, ya'ni narsa va hodisalar ularning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etishi, bolalar narsalarni ko'rib, qo'l bilan ushlab ko'rishlari, eshitib, hidlab ko'rishlari, ta'mini tatib ko'rishlari, ya'ni ularning xususiyatlarini seza bilish imkoniyatlariga ega bo'lishlari shart. Uyda, sayrda, o'yinlarda va mehnatda, tabiatdagi narsa va hodisaiarni bolalarga ta'sir etishi natijasida ularda seza bilish tajribalari to'planib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bog'chaga ketayotganlarida ko'chadagi obhavo sharoiti (sovuq, issiq, iliq va namlik)ni seza oladilar. Qo'llarini yuvganlarida, cho'milish vaqtida, o'yinlarda suvning xususiyatlarini (sovuqligi, iliqligi, sachrashi, toshlarning suvda cho'kishi yoki yog'ochning suzib yurishi)ni payqay oladilar. Hayvonlarni parvarish qilishda esa ularning harakatlarini, odatlarini bilib oladilar. Bola tabiat bilan yaqin munosabatda bo'lishi natijasida, undagi narsa va hodisalarni yaqqol ko'rib, idrok qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Lekin ko'pincha bola narsalarni payqamay qolishi yoki muhim bo'lmagan tomonlarga diqqat qilib, idrok qilgan narsalarini noto'g'ri tasvirlashi mumkin.

3-4 yoshdagi bola uchayotgan qushlarni hamma vaqt ham sezmasligi mumkin. Hayvonlarni uchratganda u birinchi navbatda uning kattaligiga e'tibor beradi, akvariumda suzib yurgan baliqni ko'rsatib uni «yuryapti» yoki «qanotlarini silkityapti», — deb aytadi. Bundan ma'lum bo'ladiki, bolani tabiat bilan tanishtirishda unga hodisa yoki narsani ko'rsatishning o'zigina kifoya qilmaydi. O'rgatish jarayonida maqsadga muvofiq rahbarlik qilinishi zarur. Bu esa tarbiyachining bolaning idrokini yo'lga soladigan, diqqatini ko'rish va eshitishi muhim bo'lgan narsa va hodisalarga to'g'ri yo'naltiruvchi so'zlarida ifodalanadi.

Estetik tarbiya: Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go'zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o'ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e'tiborlarini o'rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o'z hayotida dunyoning barcha va xilmaxil go'zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir. Yoshlarga estetik tarbiya berishdan maqsad — shaxsning estetik didi va idealini tarkib toptirish, tevarakatrofdagi narsalarni to'g'ri qabul qilish qobiliyatlarini har tomonlama o'stirishdir. Estetik tarbiya bolaga did bilan kiyinish, yurishturish, mehnat qilish, jamoa orasida o'zini to'g'ri tuta bilish kabi hislatlarni singdiradi.

Ayniqsa, ona tabiatni sevish va undan zavq olish, ya'ni go'zallikni his qilishni o'rgatadi. Gul va mevalarning hidi, shakli va ranglari, qushlarning sayrashi, ariqlarda suvning jildirab oqishi, qishda qorning g'ichirlashi — bularning hammasi bolalarda tabiatdagi narsa va hodisalarni tasawur etishga imkon beradi va ularda estetik hissiyotni tarbiyalashda va o'stirishda boy material bo'lib xizmat qiladi. Bog'cha yoshidagi bolalarda bunday estetik tuyg'ularning o'sishi esa, o'z navbatida san'atni, hayotni, tabiatni sevish, uni tushunish va o'rganish uchun zarur shartsharoit yaratadi. Avval tabiat go'zalligini, so'ngra san'at go'zalligini his etish kerak. Tabiatdagi va san'atdagi go'zallik bilan tanishish bolaning aqlidroki va histuyg'ularini tarbiyalabgina qolmay, balki uning axloqini, aqliy xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi.

Bog'cha yoshidagi bolani tabiat bilan tanishtirishda uni zavqlantirish, estetik his tuyg'ularni hosil qilish oson ish emas. Uning tabiat go'zalliklarini ko'ra bilishi, ulardan baxramand bo'lishi qalbida havas, qiziqish, hayajonlanish hislarining uyg'onishi uchun oylar, yillar kerak bo'ladi. Bolani estetik tarbiyalashni tabiatga sayohat, sayrlar yoki bog'cha hovlisidagi hushmanzara gullarni, chiroyli bog' hovlilarini kuzatish orqali amalga oshirsa bo'ladi. Maktabgacha tarbiya

yoshidagi bolalarni tabiat orqali estetik ruhda tarbiyalashni tabiatning istagan faslida amalga oshirish mumkin.

Axloqiy tarbiya. Axloqiy tarbiya deganda, yosh avlodni Vatanga, insonlarga muhabbat, ularning mehnatiga hurmat tuyg'ulari, intizomlilik, xulqatvor madaniyati, tengdoshlar orasidagi do'stlik, tinchlikj inson xarakterining irodaviy xislatlari hamda shaxsning ijobiy, axloqiy sifatlari, poklik, to'g'rilik, kamtarlik, xullas barcha oliyjaj nob xislatlarni mujassamlashtirish ruhida tarbiyalash tushuniladi. Yosh avlodda bu xislatlarni kamol toptirish uchun tabiat vositasidan keng foydalanish kerak. Bu murakkab jarayon bo'lib, uzoq vaqt, kerak bo'lsa yillar davomida qilinadigan mehnatninj mahsuli hisoblanadi.

Tabiat vositasida axloqiy tarbiya berish uchun bog'cha hovlilariga ekilgan gullarni parvarish qilish jarayonida liar bir gulni, niholni asrash, uni parvarish qilish, gullarning tagini yumshatish sug'orish, begona o'tlardan tozalash, shakl berish, o'g'it yoki go'ng solish kabi ishlarni bajarish jarayonlarini amalga oshirish mumkin. gu yerda tarbiyachining ahamiyati katta. Masalan, tarbiyachi bolalarga gullarni parvarish qilayotganda ularning ham jonli organizm ekanligini, biz qanday nafas olsak, ular ham nafas olishini, biz qanday ovqatlansak, ular ham bizdek «ovqatni yaxshi ko'rishini*, o'simlikning ovqati go'ng, o'g'it ekanligini, biz yuvinish, taranishni qanday yaxshi ko'rsak, gullar ham «yuvinishni», «taranishni» yaxshi ko'rishini va buning uchun gullarning tagini vaqtivaqti bilan yumshatib, suv berib turish kerakligini, barglariga chang yuqtirmasdan yuvib, artib turish kerakligini o'rgatishi zarur. Shuningdek tarbiyachi bolalarga odamlar yorug'likni, quyoshni qanday yaxshi ko'rsa, gullar ham yorug'likni, quyoshni shunchalik yaxshi ko'rishini, shuning uchun ham ularni soya yoki qorong'i yerga ekish mumkin emasligini ularga uqtirishi zarur.

Jismoniy tarbiya

Bog'cha yoshidagi bolalarga tabiat vositasida jismoniy tarbiya berishda ochiq havoda sayr qildirish, tog' etaklari, daryo bo'ylariga sayohatga chiqish, shahar ichidagi istirohat bog'larida bo'Iish, ular bilan bog'cha hovlisida ishlash, harakatli o'yinlar tashkil qilish, o'simliklar va hayvonot dunyosi bilan tanishish, hayvonot bog'larida bo'Iish kabilar bolani jismoniy tarbiyalashda muhim rol o'ynaydi. Bog'cha hovlisidagi gullarni parvarish qilish, tagini yumshatish, sug'orish, gulzorni begona o'tlardan tozalash, gullarga mineral va madaniy o'g'itlar solish kabi ishlar bolalarni ham mehnatsevarlikka, ham jismonan sog'lom bo'lib yetishishlariga yordam beradi. Yosh avlodni jismoniy tarbiyalashda yer maydonchasi, bog'cha hovlisining mavjudligi ahamiyatga ega. Bola ochiq havoda sayr etar ekan, nafas olish organlarining rivojlanishi bilan birga tanasining boshqa a'zolari mustahkamlanadi, sog'lom o'sishi uchun sharoit yaratiladi. Tabiat vositasida jismoniy tarbiya berishning turlari juda ko'p bo'lib, ulardan oqilona foydalanish kerak. XULOSA

Umuman olganda, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:

1) jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o'zaro aloqadorligini ochib

berishi;

2) inson organizmi va uning salomatligi haqida ma'lumot berishi;

3) maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o=zgarishlarni kuzatishga doir xulqatvor ko'nikma va malakalari bilan qurollantirish;

4) tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko'paytirishga yo'naltirilgan inson mehnat faoliyati bilan tanishtirish;

5) Ona-tabiatga muhabbat, uning asrab-avaylashga doyr ishtiyoqni tarbiyalash.

REFERENCES

1. O.U Xasanboyeva, X.J.Djabborova Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi. T.: Cho'lpon. 2007.

2. Q Haydarov, S.Nishonova Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-tabiat bilan tanishtirish. T.: O'qituvchi. 1992.

3. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: O'qituvchi. 1995.

4. Djabborova X.D. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim -tarbiya berishning o'ziga xosligi. T.: O'qituvchi. 2000.

5. Akbarova T. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'simliklar bilan tanishtiruvchi didaktik o'yinlar. T.: TDPU. 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.