Научная статья на тему '“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING AMALIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI'

“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING AMALIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nazariya / amaliyot / model / pedagog / talaba / maktablar / islohot / qaror.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xamdamova Zulhumor Muhitdinovna

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘un ravishda olib borish yoritilgan. Shuningdek, “4+2” modeli asosida amaliy faoliyatni samarali rivojlantirish yo‘llari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING AMALIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

"4+2" MODELI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING AMALIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI Xamdamova Zulhumor Muhitdinovna

Andijon viloyati Baliqchi tumani 42- maktab ingliz tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10682030

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda nazariy va amaliy bilimlarni uyg'un ravishda olib borish yoritilgan. Shuningdek, "4+2" modeli asosida amaliy faoliyatni samarali rivojlantirish yo'llari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar. Nazariya, amaliyot, model, pedagog, talaba, maktablar, islohot, qaror.

Amaliyotlar bakalavr ta'lim jarayoninig majburiy qismi bo'lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko'nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Bakalavrlar tayyorlashda ko'plab amaliyot turlari o'tkaziladi. Shulardan biri pedagogik amaliyotdir. Pedagogik amaliyot bo'lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo'g'inidir. Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta'limi va bo'lajak mustaqil faoliyatini bog'laydigan hamda kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi jarayon bo'lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot - bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda o'quv pedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o'quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo'ladi. Pedagogik amaliyot o'quv mashg'ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi. Pedagogik amaliyotning maqsadi - bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish, pedagogik faoliyat mas'uliyatini his etish va o'z ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o'qituvchilarning ish faoliyatini o'rganishdan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida" gi PF-134-sonli Farmonining 7-bandida hamda 2022-yil 21- iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ - 289- Qarorining 2-bandida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2 - 4-bosqich talabalari uchun haftalik o'quv mashg'ulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta'lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida amaliyot o'tash tartibida olib borilishini ta'minlash vazifasi ko'rsatilgan edi.

Universitetlarda Pedagog tayyorlaydigan ta'lim yo'nalishlari malaka talablari "4+2" ga moslashtirilgan yangidan ishlab chiqildi.

Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMlar ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o'qituvchilari xorijga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi. Bu kabi samarali dasturlarning ishlab chiqarilib yo'lga qo'yilishi albatta yaqin kelajakda malakali kadrlarga boy ta'lim dargohlari yaratilishini isbotlab turibdi.

4+2 tizimining yo'lga qo'yilishi talabalarning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr bo'lishlarini ta'minlaydi. Nazariyani chuqur o'rganish asnosida albatta amaliyotning ham o'rni muhim. Buni zamon va texnologiyaning shiddat bilan rivojlanib borayotgani isbotlab turibdi.

Pedagogik amaliyot talabalarda tanlangan mutaxassislikning o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo'lib, mazkur vazifani bajarish asosida ta'lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta'minlanadi. Bunda kasbiy

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo'lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi belgilanadi.

Bo'lajak o'qituvchilar nazariy fanlarni chuqur o'rganishi barobarida amaliyotda qo'llay olsagina natijaga erishiladi. Shuning uhun ushbu 4+2 dasturining yo'lga qo'yilishi talabalarga keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga bo'lajak kasbida yetuk mutaxassis bo'lib yetishadi. Malakali va raqobatbardosh kadrlarga talab oshgan davrda amaliy ko'nikmasi yuqori nazariy bilimi chuqur bo'lgan talabalar yetishib chiqishi ayni muddao bo'ladi.

Oliy ta'lim muassasalari va ulardagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat-monitoringini oshirish, bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.

Bo'lajak o' pedagogik amaliyoti mobaynida ularga kerak bo'ladigan asosiy narsa bu -kasbiy bilimdir. Kasbiy bilim - aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo'lgan axborotlar va o'zlashtirilgan nazariy ma"lumotlar birlashmasidir. Kasbiy ko'nikma va malakalar - amaliy faoliyat jarayonida paydo bo„ladigan, shaxsning o'zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi avtomatlashgan usuldir.

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi: - mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va Talabaning mustaqilligi Ishga ijodiy yondashishi Talabaning faolligi iqtisodiyotning eng so'nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta'lim dasturlarini yaratish; - uzluksiz ta"lim, ilmfan va ishlab chiqarish orasidagi o'zaro mustahkam integratsiyani yo'lga qo'yish; - ta'lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlansh; -oliy ta'lim tizimiga yuqori malakali o'qituvchi, metodist va muhandis pedagoglarni jalb etish; -bo'lajak o„qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish; - oliy ta'lim muassasalari o'quv amaliyotiga innovatsion o'qitish texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi.

REFERENCES

1. Haydarov F.I., Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o„qitish metodikasi. O„quv qo„llanma. -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. B- 18-32. 5. 2.

2. Tolipov O„.Q oliy pedagogik ta"lim tizimida umummehnat va kasbiy ko„nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari/ Monografiya. - T.: Fan, 2004.b -73-80.

3. Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining Magistrlik dissertatsiyasi «Bo'lajak o„qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogikshart-sharoitlari ».

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.