Научная статья на тему '2-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI AMALIY TOPSHIRIQLARNI BAJARISH YO’LLARI'

2-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI AMALIY TOPSHIRIQLARNI BAJARISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7286
357
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik kategoriyalar / metod / innovatsion texnologiyalar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qurbonova Mashhura

Innovatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilarda fanga oid bilimlarni shakllantirish jihatlari tahlil qilingan. Tanlangan metodni qo‘llash orqali o‘quvchilarning tarixga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishlari ortadi. O‘quvchilar mavzuga ijodiy yondashadi, erkin o‘z fikrlarini bildirishga harakat qiladilar. Bu bilan ularning mustaqil fikri teranlashadi, dunyo qarashi o‘sadi, darsga qiziqishi ortadi, topqirligi, zukkoligi, tezkorligi, faolliklari oshib boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «2-SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI AMALIY TOPSHIRIQLARNI BAJARISH YO’LLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

2-SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDAGI AMALIY TOPSHIRIQLARNI BAJARISH YO'LLARI

Qurbonova Mashhura Samarqand viloyati Urgut tumani 65-maktabning oliy toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi Tel raqam: +998933467625 ANNOTATSIYA

Innovatsion texnologiyalar orqali o'quvchilarda fanga oid bilimlarni shakllantirish jihatlari tahlil qilingan. Tanlangan metodni qo'llash orqali o'quvchilarning tarixga, milliy qadriyatlarga bo'lgan qiziqishlari ortadi. O'quvchilar mavzuga ijodiy yondashadi, erkin o'z fikrlarini bildirishga harakat qiladilar. Bu bilan ularning mustaqil fikri teranlashadi, dunyo qarashi o'sadi, darsga qiziqishi ortadi, topqirligi, zukkoligi, tezkorligi, faolliklari oshib boradi.

Kalit so'zlar: pedagogik kategoriyalar, metod, innovatsion texnologiyalar.

Uzoq yillar mobaynida qayd etilgan pedagogik kategoriyalar jamiyat ijtimoiy talabi darajasidagi maqsadlarni ro'yobga chiqarish uchun yetarli bo'lib kelgan. Muayyan davrlarda bir guruh pedagoglar tomonidan barcha davrlarda amalga oshirilgan pedagog faoliyatining darajasi qoniqarsiz deya baholaganlar. Ular, xususan, pedagogik tushunchalarga berilgan ta'rif va tavsiflarning noaniqligi, ta'lim jarayonlarini tavsiflovchi ba'zi kategoriyalarning yetishmasligi, ta'lim maqsadi, mazmuni, shakli, uslubi va o'qitish vositalari o'rtasida o'zaro uzviylikning mavjud emasligi kabi holatlarni doimiy ravishda tanqid qilib kelganlar. Ular tomonidan "metodika" tushunchasi yuqori darajadagi subektivlikka ega ekanligi ta'kidlanadi. Haqiqatda esa ta'lim natijalari o'qituvchining pedagogik jarayonlardan muvaffaqiyatli "o'tganligi" bilan belgilanadi.

Pedagogik jarayonning mohiyati - o'qituvchi hamda o'quvchining birgalikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog o'quvchiga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Pedagogik yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning tavsifi, uning ma'lum maqsadga yo'naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalanadi. Pedagog axborotlarni e'lon qilish, ko'rsatish, eslatish, tushuncha yoki maslahat berish, yo'naltirish, haqqoniylashtirish, kengashish, bartaraf yetish, hamdardlik qilish, ilhomlantirish, qiziqish va hurmatni izhor qilish, talabchanlikni qo'llab-quvvatlash kabi ko'rinishlarda yordam beradi.

Zamonaviy o'qitish texnologiyalari - majmuaviy integral (butun, uzviy bog'liq) tizim bo'lib, unda ta'lim maqsadlari asosida bedgilangan ko'nikma va malakalar o'quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o'zlashtirish, ularda muayyan ma'naviy-

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. axloqiy sifatlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining

ma'lum tartibga solingan to'plami sifatida aks etadi.

Bu o'rinda ta'lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqish (nima?), ta'lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta'lim metod va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, o'qituvchilar malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo'l bilan) inobatga olinishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy tarzda qo'llanilishi o'quv jarayonining mohiyati va texnologiyasini belgilab beradi. Ta'lim texnologiyasini loyihalash jarayonida pedagogik vazifaning qo'yilishi va uni hal etishga alohida e'tibor berilishi zarur. Zamonaviy ta'limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o'z ustida ishlay oladigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning bilim darajasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanida psixologik-pedagogik bilim tushunchasi pedagogning ta'lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo'lish degan xulosaga kelinadi.

Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo'llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog'liqdir. Ta'lim nazariyasida o'qitish (ta'lim) metodlari markaziy o'rinni egallaydi. "Metod" yunoncha so'z bo'lib "yo'l" ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi Ta'lim jarayonida o'qituvchi va tahsil oluvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir.

Ta'lim metodlari o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish usullari hamda o'quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo'nalashtirish yo'llarini anglatadi. O'qitish metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va tahsil oluvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda tahsil oluvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.

Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo'lib, ularning har biri o'z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo'linadi. O'quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi, o'quv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, o'zlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qo'llanilishini ta'minlash, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga ko'ra ta'lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

- verbal (o'quv axborotlarini so'z orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari yoki og'zaki metodlar - hikoya, ma'ruza, suhbat va boshhalar);

- o'quv axborotini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari (ko'rgazmali metodlar - tasviriy, namoyish qilish va boshqalar);

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES

(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. - o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar).

Insondagi bilimlarning hosil bo'lishida undagi 5 ta sezgi a'zolari vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati quyidagicha:

Ko'rish a'zosi orqali-80-85% Eshitish a'zosi orqali-9-13% Hid bilish a'zosi orqali-2,5-3,5% Teri sezgisi orqali-1,5-3% Ta'm bilish a'zosi orqali-1-2%

Jami-100% gacha

Turli sezgi organlari ishtirokida o'zlashtirilgan va qayta ishlangan axborotning oradan 2 hafta o'tgach, quyidagi miqdorlari eslab qolinadi:

0'qiganlar-10%

Eshitilganlar-20%

Ko' rilganlar-3 0%

Ko'rilganlar va eshitilganlar-50%

Gapirilganlar-80%

Gapirilganlar va amalda bajarilganlar-90% *

Demak, dars jarayonida biz tanlagan metod(2-rasm) muhim ahamiyatga ega ekan. "Arra" metodi. 2-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligidagi Rauf Tolibning "Oftob bobo" she'rini o'tishimizda ushbu metodni qo'llab ko'ramiz. Mazkur metodga ko'ra kichik guruh 4-5 o'quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a'zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o'quvchilar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. she'mi qismlarga ajratib, bo'lib oladilar. Har bir o'quvchi o'ziga tegishli qismini

puxta o'zlashtirib "mutaxassis"ga aylanadi.

Ma'lum vaqtdan so'ng har bir kichik guruhdagi "mutaxassis"lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o'tkaziladi. Shu tarzda she'r mazmunini barcha o'quvchilar o'zlashtirib oladilar.

Maqsadi: o'quvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o'rgatish.

Vazifasi: o'quvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a'zolariga o'z fikrini tushuntirib, isbotlashga o'rgatish.

Ta'lim va tarbiya jarayoni o'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o'zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilar ajdodlar tomonidan to'plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko'nikmalarini o'zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo'ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o'zida yangicha bilim berish, o'zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug'ullana olish ko'nikmalari tarkib topgan bo'lishi lozim. Shu nuqtai nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov "Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta'lim, tarbiya tizimini o'zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. O'qituvchi o'quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak"- deb ta'kidlaydi. Shaxs Kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar tayyorlash, tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning yo'lga qo'yilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi.

References:

1. Bovtenko M.A. Computer linguodidactics. Moscow: Flint Publishing House,

2005

2.Kirillova N. B. Media culture: from modern to postmodern. - 2nd ed. - M.: Academic project, 2006. - 256 p.

3. National training program // Harmoniously developed generation - the basis of the progress of Uzbekistan. - T .: Shark, 1997 .-- 63 p.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

4.Fedorov A.V. Media education and media literacy. Taganrog: Publishing house of Kuchma, 2004 .-- 340 p.

5. Khomeriki OG Education, science and culture in the global information space. M.: Perspective, 2008.-- 152 p.

6.Ахмедов, Р. Ф., Карабаев, Х. К., Тагаев, К. Р., Кенжемуратова, К. С., & Хурсандов,Ё.Э.(2021).Нашопыт лечения ожогового сепсиса. Журнал Неотло жнаяхирургия им. ИИ Джанелидзе, (S1), 10-11.

7.Ахмедов, Р. Ф., Карабаев, Х. К., Хакимов, Э. А., Кенжемуратова, К. С., & Хурсандов, Ё. Э. (2021). Диагностическая значимость уровня прокальцитонина при ожоговой болезни. Журнал Неотложная хирургия им. ИИДжанелидзе, (S1), 11-12.

8.Мустафакулов, И. Б., Карабаев, Х. К., & Джураева, З. А. (2021). AMNIOTIC MEMBRANE-AS AN EFFECTIVE BIOLOGICAL WOUND COVERING. УЗБЕКСКИЙМЕДИЦИНСКИЙЖУРНАЛ, (SPECIAL 1).

9. Шакиров, Б., Авазов, А., & Хурсанов, Ё. (2022). COMPREHENSIVE TREATMENT OF PATIENTS WITH EXTENSIVE DEEP BURNS LOWER LIMBS. EurasianUnionScientists, 24-26.

10.Хурсанов Ёкубжон Эркин угли,Мустафакулов И. Б., Карабаев Х. К., Эрг ашев А. Ф. OPTIMIZATION OF INTENSIVE THERAPY FOR BURN SHOCK //УЗБЕКСКИЙ МЕДИЦИНСКИЙ ЖУРНАЛ. - 2021. - №. SPECIAL 1.

11. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

12. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

13. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

14. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

15. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

16. Сaрдoржoн Кoдиржoн Ynm Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.