Научная статья на тему 'ONA TILINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘RGANISH'

ONA TILINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
630
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / ta’lim / pedagogika / tarbiya / malakali mutaxassis

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Oygul Maxmudova

Ona tilidan dars beruvchi o‘qituvchi haqiqiy ijodkor bo‘lishi, ta’lim jarayonida o‘quvchining mavzuni tinglash, anglash, erkin va mustaqil fikrlash, qiyoslash, farqlash, alohidaliklarga ajratish va tasnif etishga yo‘naltirilgan faoliyatini rag‘batlantirishi, o‘z fikri, g‘oyalarini o'zgalarga yetkaza olish ko‘nikma va malakalarining shakllanishini nazorat qilishi, boshqarishi darkor. U yoshlaming ahloqiy-ma’naviy tarbiyasi bilan shug`ullanishi, ularga sharqona muloqot odobi, milliy an’analarimizga hurmat, ona-Vatanga muhabbat tuyg‘usi kabi zaruriy xislatlarni singdira olishi lozim

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘RGANISH»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

ONA TILINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'RGANISH

Oygul Maxmudova

o'qituvchi, Farg'ona davlat universiteti ANNOTATSIYA

Ona tilidan dars beruvchi o'qituvchi haqiqiy ijodkor bo'lishi, ta'lim jarayonida o'quvchining mavzuni tinglash, anglash, erkin va mustaqil fikrlash, qiyoslash, farqlash, alohidaliklarga ajratish va tasnif etishga yo'naltirilgan faoliyatini rag'batlantirishi, o'z fikri, g'oyalarini o'zgalarga yetkaza olish ko'nikma va malakalarining shakllanishini nazorat qilishi, boshqarishi darkor. U yoshlaming ahloqiy-ma'naviy tarbiyasi bilan shug'ullanishi, ularga sharqona muloqot odobi, milliy an'analarimizga hurmat, ona-Vatanga muhabbat tuyg'usi kabi zaruriy xislatlarni singdira olishi lozim.

Kalit so'zlar: innovatsiya, ta'lim, pedagogika, tarbiya, malakali mutaxassis.

Ona tili farzandlarimizga nafaqat o'qish-yozishni, balki roqori nutq madaniyatini, ijodkorlik va suxandonlikni egallash, ilm-fanning turli sohalarini amaliy egallash va turli sohalarda ixtirolar qilish imkoniyatini ochib beruvchi sirli kalitlarga ega bo'lish huquqini beruvchi ulkan xazinadir. Ona tili ayni vaqtda milliy ma'naviyat va mafkura, madaniyat va qadriyatlarimizning, milliy tafakkurni shakllantiruvchi eng asosiy vosita hamdir. O'zbek tilini o'qitish metodikasi fani ona tilining ana shu imkoniyatlaridan mohirlik bilan foydalana olishni o'rgatish, bo'lajak o'qituvchilarni ona tilining maqsad va vazifalarni to'liq anglagan holda, ta'lim jarayonida ushbu maqsadlar uyg'unligi ta'minlay oladigan, darslarni mahorat bilan tashkil eta oladigan g'oyaviy etuk, bilimdon va kompetentli o'qituvchilarni tayyorlashdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Respublika Oliy Majlisi sessiyasida so'zlagan nutqida jamiyatimizning yangilanishi, taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz samarasi - zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bogliqligini ta'kidladi.

Ta'limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish yollarini o'rgatish, ularni ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish demakdir. Yangicha ijtimoiy, iqtisodiy sharoitda ona tilini o'qitish mazmunini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilish talaba faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi.

Nutqiy faoliyatda har bir til hodisasining o'z o'rni, o'z vazifasi bor. Yoshlar til imkoniyatidan vaziyatga qarab foydalanish makakasiga ega bo'lishlari, o'z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo'lgan so'z va gap shakllari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo'llay bilishlari davr talabidir. Buning uchun ona tili o'qituvchisi o'z ixtisosini puxta bilishi, ilg'or pedagogik texnologiya hamda zamonaviy o'quv - texnik vositalaridan

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. yaxshi xabardor bo'lishi lozim. Shundagina ta'lim samarasi ham, o'qitish darajasi ham yuqori bo'ladi.

Oquv mashg'ulotlarini yangi zamonaviy shakl va usullarda tashkil etish, talabalarni dars jarayonida maqsadli boshqara olish, ayni kunda, o'qituvchilik faoliyatining bosh mezoni deb qaralmoqda. An'anaviy yo'nalishdagi dars didaktik maqsadiga ko'ra: yangi bilimlarni o'zlashtirish; o'tiganilgan bilimlarni amaliy tatbiq etish orqali mustahkamlash; o'tilganlarni takrorlash; bilim va malakalarni mustahkamlash; o'quvchi bilimini nazorat qilish va baholash; ularni bir sistemaga keltirish kabi turlarga ega ekanligi pedagogika fanidan yaxshi ma'lum. Ammo iqtisodiy-ijtimoiy ravnaq, ilm-u fan sohalaridagi yangi-yangi yutuqlar ta'limning asosiy vositasi bo'lgan dars (mashg'ulot) va uning turlarining ko'payishiga, takomillashuviga olib keldi. Endilikda darslarning yangi tiplari va shakllari haqida ko'plab ilmiy-metodik ishlar mavjudligini hisobga olib, biz ulardan faqat ikkitasi haqida to'xtab o'tishni lozim ko'rdik.

Ilg'or pedagogik texnologiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va suhbatlarni qo'IIash, o'quvchining ta'lim jarayonidagi o'rni , unga yangicha yondashuv, yangicha munosabatni ta'minlash mazkur jarayonni mohirlik va idrok bilan boshqarish demakdir.

Quyida ilg'or pedagogik texnologiyaga asoslangan dars turlarining o'ziga xos tomonlari haqida fikr yuritamiz.

Musobaqa darslari

Ona tili ta'limida musobaqa darslarini o'tkazishdan maqsad o'quvchining til darsida olgan bilimlarini sinab ko'rish, o'zaro munozara - muloqot jarayonida til imkoniyatlaridan foydalana olish, nutqiy mahorat, tez va aniq fikrlash darajasini, muammoli vaziyatlardan chiqa olish malakasini baholashdan iboratdir. Musobaqa daislari o'quvchilaida faollik, topqiriik, zukkolik iazflatlarini shakllantiradi, ulami mustaqil ijodiy fikr yuritishga odatlantiradi, zarnr va foydali ko'nikmalami hosil qilishga yoidam beradi.

Samarali dars shakllaridan biri bo'lgan musobaqa darsi til mashg'ulotlarining qiziqarli o'tishi va o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlovchi vositadir. Musobaqa darslari uchun "Nutq tovushlaring siri", "So'z harfidan so'z yasang", "Timish belgilari musobaqasi", "So'zshunoslar anjumani", "Zakovat" darslari...

Bahs-munozara darslari musobaqa darslarida yechib ulgurilmagan, hali bir to'xtamga kelinmagan masalalarni oydinlashtirish, to'g'ri, aniq va muxtasar xulosalar chiqarish bilan farqlanadi.

Bahs-munozara o'quvchilardan hushyorlikni talab etadi. U mustaqil va jadal fikrlashga, hozirjavoblikka, aytilgan fikrning yoki noto'g'riligi haqida o'ylashga, o'z fikrini mantiqli va izchil isbotlashga o'rgatadi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Ozaro tortishuv va bahs oqibatida eng to'g'ri va ma'qul yechimga intiladi. O'quvchi bahs - munozara orqali qarshi tomonning ishonarli dalillarini tinglaydi, o'z "men"ini anglab yetadi, o'z dunyoqarashi, ilmiy-ijodiy tafakkuri ko'lami, haq yoki nohaq ekanligi to'g'risida o'zi mustaqil xulosa chiqaradi. O'z fikrini himoya qilish uchun turli usul va vositalami ishga solish, ijodiy fikrlash, imkoniyatlaridan unumli foydalanishga o'rganadi.

Bahs-munozara darsini samarali o'tkazish uchun o'quvchilar muhokama qilinadigan matn yoki mavzu bo'yicha keng tushunchaga ega bo'lishlari, uni yaxshi o'qib, o'rganib chiqqan bo'lishlari darkor.

Mazkur darslardagina emas balki, o'quvchi ishlovchi, fikrlovchi, izlanuvchi, nazorat qiluvchi vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun o'qituvchi talabalardan bahs-munozara darsining quyidagi talablarini benuqson bajarishilarini talab qilishi lozim.

- bahs-suhbatda faol ishtirok etish;

- so'zlovchi fikrini diqqat bilan tinglash;

- o'z fikrini shoshmasdan, batafsil ifodalash;

- munozara davomida suhbatdoshiga nisbatan hurmat saqlash;

- nutq odobi va madaniyatiga rioya qilish;

- mavzudan chetga chiqmaslik;

- o'z fikrini isbotlashda aniq, ishonarli dalillar topish;

- bahslashayotganlarning haq ekanligi bilinsa, uni tan olish...

Bahs-munozara darslari tavsiya etilayotgan talablar asosida tashkil

qilinsa, dars samarasi oshadi, talabada nutqiy madaniyat shakllanadi.

Ona tili metodikasida ilg'or pedagogik texnologiyaga asoslangan dars turlari til ta'limi samaradorligini oshiribgina qolmay, uning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda.

Dars mashg'ulotlarini rang-barang zamonaviy texnik vositalar ishtirokida tashkil qilolgan o'qituvchi qisqa vaqtda o'quvchilaming egallagan bilimi, do'stlariga munosabati, muomala madaniyati, fikr doirasi, so'z boyligi, nutqiy salohiyati haqida aniq tasavvurga ega bo'ladi. Ilg'or texnologiyaga asoslangan darslar o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida teng, do'stona munosabat qaror topishiga sharoit yaratadi. O'quvchi darsda o'zini erkin his qiladi, mashg'ulotlarga qiziqishi, so'z san'ati bilan shug'ullanishga, ijodga rag'bati ortadi.

Ilg'or metodist o'qituvchilarimiz dars samaradorligini oshirishning yangi-yangi vositalarini o'ylab topmoqdalar. Ularni zamonaviy o'quv-texnika vositalariga tayanib dars jarayoniga tatbiq etish usullarini ishlab chiqmoqdalar.

Masalan, kreativ tafakkurni shakllantiruvchi o'yinlarni olaylik.

"Xayolparast, realist va tanqidchi" usuli ayni kunlarda barcha fan darslari uchun qo'llasa bo'ladigan faol usullardan biridir. Muayyan muammoni uch xil pozitsiyadan - xayolparast, realist va tanqidchi nazaridan hal qilish kerak bo'lgan rolli o'yin. O'quvchilar dastlab xayolparast obraziga kiradilar va eng g'aroyib g'oyalarni

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. taklif qiladilar. Ikkinchisida, pragmatist bo'lishadi, muammoni hal qilish uchun aniq

birlashtirilgan harakatlar rejasini tuzishadi va bir necha bor o'ylab ko'rishadi.

Uchinchisida, o'quvchilar bahslashib, tanqidiy fikrlaydi va taklif qilingan g'oyalardan

xatolarni topadi. Rollarni bir nechta odamlarga taqsimlash mumkin yoki ularning har

birini bir o'quvchida sinab ko'rish ham mumkin.

"Oltita shlyapa" usuli - texnikani o'tkazishda har xil rangdagi 6 ta bosh kiyimni 1 o'quvchining o'zi birma -bir "kiyishi" kerak. Oq rangda - mavzudagi barcha faktlarni sinchkovlik bilan va xolis tekshirish topshirig'i bajariladi, qora rangda - kamchiliklarni topish, sariq rangda - afzalliklarni tahlil qilish, yashil rangda - bir nechta g'oyalarni berish va qizil rangda - hissiy munosabat bildirish va ko'k rangda - umumlashtirish kerak bo'ladi.

Matnlar bilan ishlash : " Svetofor " usuli - grammatika bilan ishlash uchun qo'llaniladi. O'qituvchi proyektorda gaplar yozilgan slaydni namoyish etadi. O'quv topshiriq sifatida gaplarning grammatik tuzilishini aniqlash beriladi. O'quvchilar to'g'ri grammatik qo'shimchalarni tanlashda qizil va yashil kartochkalarni ushlab turadilar va javoblarni to'g'ri yoki noto'g'ri deb bilganlarida ularni yuqoriga ko'taradilar. "Qiziquvchan" usuli - matnni o'qib bo'lgach, o'quvchilar zanjir shaklida navbat bilan ushbu matndagi ma'lumotni tarjima qilishadi va bu informatsiyani bilish darajalari haqida axborot beradilar: "Men bunga endi duch keldim ...", "Men bilardim ...", "Men buni o'qidim ...", deyishadi. Yakuniy bosqich.

"Xulosa" usuli - o'quvchilar zanjir bilan javob berishadi: "Dars yaxshi o'tdi" , "Dars qiziqarli bo'ldi", "Darsda shovqin bo'ldi" , "Menga yoqmadi... " O'quvchilarning erkin fikri ustidan nazorat o'rnatilmaydi va o'qituvchi liberal yondashadi.

"Sizning yangi kompyuteringiz" usuli - har bir o'quvchiga har xil rangdagi to'rtta stiker beriladi. Ular yangi o'rgandilarini, nimani tushunganlarini va qanday his -tuyg'ularni boshdan kechirganlarini yozadilar. Keyin bu gaplarning barchasi doskadagi ramziy kompyuterga yopishtirilgan. Monitorda - men nimani ko'rdim, klaviaturada - nimani o'rgandim, tizim birligida - nimani tushundim, sichqonchada -nimani his qildim. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, nostandart narsalar yorqin esda qoladi. Faol usullar zerikarli va tanish darslarni ularni qiziqarli va ma'lumotli qilishi mumkin. Faol usullar va yangi zamonaviy texnologiyalar, o'quvchilarga mustaqil hayotda o'zigq ishonchni shakllantiradi, yangi sharoitlarga tez moslashish va maqbul yechimlarni topa oladigan zamonaviy bilim, ko'nikma va fazilatlarga ega bo'lgan bitiruvchini tayyorlashga imkon beradi, murakkab masalalarga oson yechim topishga ko'maklashadi.

O'quv materialini taqdim etish bosqichi : "Yo'lovchilar" usuli - bolalarni turli xil axborot manbalari bilan ishlashga o'rgatishga qaratilgan usul. O'qituvchi obyekt tasvirlangan plakatni iladi va dars mavzusini doskaga yozadi. Masalan, "Londonning diqqatga sazivor joylari". O'quvchilarga ushbu mavzu bilan bog'liq bo'lgan asosiy

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. obyektlar: muzeylar va san'at galereyalari, tarixiy binolar, qirol saroylari, soborlar, bog'lar va boshqalarni eslab qolish va ularni doskaga yozish tavsiya etiladi. Keyin esa mavzuning mazmunini ishlab chiqishga o'tadi.

Mavzu mazmunini ishlab chiqish bosqichi(mustahkamlash): "Karusel" usuli -ushbu usul mavzu mazmunini ochishga va olingan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan. Bu usuldan foydalanish uchun har xil axborot manbalarini tayyorlash kerak: gazeta va jurnallardan parchalar, Internetdan olingan materiallar, audio yozuvlar, videokliplar. Har bir guruh ma'lum diqqatga sazovor joylar haqida ma'lumot to'playdi. Bir guruh audio yozuvni tinglaydi, javob topadi, doskaga yozadi. Boshqa guruh matndan kerakli ma'lumotlarni, uchinchisi - videodan, to'rtinchisi - javoblarni Internetdan qidiradi. Hamma javoblar doskaga yozilib, bir -birini to'ldiradi. Keyin natijalar e'lon qilinadi va natijalar umumlashtiriladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta'lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o'quvchilarning muloqot olib borish bo'yicha ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi, o'quvchilar orasida emostional aloqalar o'rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o'z o'rtoqlarining fikrini tinglashga o'rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi.

Adabiyotlar:

1. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).

2. Каримов, У., Каримова, Г., & Каримов, У. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СОХАСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.

3. Ashurova, O. A. (2021). AESTHETIC EDUCATION AS A FACTOR OF PROFESSIONAL TRAINING OF PRESCHOOL TEACHERS IN A PEDAGOGICAL UNIVERSITY. Theoretical & Applied Science, (5), 425-427.

4. Ashurova, O. (2021). Analysis of foreign experience on the development of eco-aesthetic culture of future preschool education specialists. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1478-1484.

5. Ashurova, O. A. (2021). SOCIO-HISTORICAL TRADITIONS OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(05), 46-52.

6. Makhmuda, Q., & Maftuna, K. (2020). Creative tasks in mathematics lessons in primary classes. Proceeding of The ICECRS, 6, 398-400.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

7. Adkhamjanovna, Q. M. (2020). Development of creative abilities in primary schools using ICT. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(4), 807-811.

8. Ashurova, O. (2021, December). THE IMPORTANCE OF AESTHETICITY OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS AND CULTURE IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 88-90).

9. Anvarjonovna, A. O. (2021). Factors for the Development of Ecoesthetic Culture of Future Preschool Educational Professionals. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(5), 162-164.

10. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

11. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

12. Anvarjonovna, A. O. (2021). AESTHETIC CULTURE OF THE EDUCATOR. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (pp. 253-255).

13. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques of using folk proverbs in the cultivation of oral speech of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.

14. Sodirzoda, M. M. (2021). TO INCULCATE NATIONAL AND SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH ETIQUETTE LESSONS. Conferencea, 31-32.

15. Shuxratova, Y. (2020, December). PROSE TEXTS AND THE CONCEPT OF SORROW OF SPEECH. In Конференции.

16. Шухратова, Ю. Ш. (2021). SIMILARITY AND COMPARISON IN COMPOUND SENTENCES. Экономика и социум, (5-1), 454-457.

17. Tillaboyeva, G., & Umarova, N. R. (2021). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BADIIY TAXALLUSLARNING QO 'LLANILISHI. Студенческий вестник, (13-5), 70-72.

18. Qizi, G. S., & Umarova, N. R. (2021). The use of anthroponyms and pseudonyms in alisher Navoi's gazelles. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 349-3

19. Nabijonova, F. (2022). Boshlangich sinflarda didaktik oyinlarning ahamiyati: Nabijonova Feruza. Qo'qon universitetining ilmiy materiallar bazasi, 1(000006).

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

20. Zhabborova, M. R. K. (2021). Мактабгача таълим сохаси талабаларида бошкарувчанлик кобилиятларини ривожлантириш. Молодой ученый, (17), 394395.

21. Исроилов, М. И., & Исроилова, С. М. (2022). ^У^У^ИЙ МАДАНИЯТ ЙУЛИДА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 82-87.

22. Sobirjonovich, S. I. (2021). Professionalism as a Factor in the Development of the Pedagogical Activity of the Future Teacher. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(7), 76-81.

23. Sobirjonovich, S. I. (2021). Speech Education for Children from 1 To 3 Years of Age. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology, 1(7), 135-141.

24. Sobirjonovich, S. I. (2021). Didactic Interaction as Whole Integral Education. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(7), 80-83.

25. Gulnoza, R., & Lola, K. (2022). OBRAZLAR TALQINIDA LINGVISTIK IMKONIYATLAR. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 3), 91-95.

26. Kipchakova, Y. (2021). Methodological and didactic aspects of information and intellectual culture in the education of a developed generation. Экономика и социум, (6-1), 156-159.

27. Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION. Теория и практика современной науки, (5), 29-31.

28. Yuldashov, I., & Goynazarov, G. (2021). A need to improve the institutional system for increasing the social activity of young people at the stage of development. Интернаука, (12-3), 18-19.

29. Toirjonovich, A. Z. (2022). BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 92-96.

30. Zukhrakhon, B. (2021). About the analysis of the potential of teaching staff in monitoring preschool education. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1120-1126.

31. Botirova, Z. A. (2019). The theoretical analysis of the appication of information technologies in the field of preschool edication. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 266-269.

32. Zhabborova, M. R. K. (2021). Мактабгача таълим сохдси талабаларида бошкарувчанлик кобилиятларини ривожлантириш. Молодой ученый, (17), 394395.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

33. Jabborova, M. (2022). Bo'lajak pedagoglarni tayyorlash tizimida malakaviy amaliyotning roli. Scientific progress, 3(4), 167-173.

34. Rustamovna, U. N., & Toxirjonovna, M. O. (2022). Polysemy-Semantic Universal. International Journal of Culture and Modernity, 14, 11-15.

35. Umarova N., Maxmudova O.Tilshunoslikda leksik ma'no va tushunchaning umumiy va xususiy xarakterlanishi. O'zMU xabarlari (2022 1/3)

36. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

37. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

38. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

39. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

40. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

41. Сaрдoржoн Кoдиржoн Yгли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

42. Astanaliev E. T. O. The Process Of Electronic Document Management In The System Of Railway Automation And Telemechanics //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 76-80.

43. Astanaliev E. The formalization of the electronic document in railway automatics and telemechanics on the basis of simulation modeling //European Scholar Journal (ESJ). -Т. 2. - №. 3.

44. OGLI A. E. T. Software for Electronic Document Management System of Technical Documentation on Railway Automation and Telemechanics //JournalNX. - 2021. - Т. 7. -№. 1. - С. 204-209.

45. Astanaliev E. ELECTRONIC MODEL OF TECHNICAL DOCUMENT MANAGEMENT PROCESS /^рник наукових праць ЛОГО!. - 2021.

46. Baratov D., Astanaliev E. Functional Features of the Technical Documentation Control Program //International Journal on Orange Technologies. - 2021. - Т. 3. - №. 1. - С. 7-11.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

47. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.

48. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv isrofini barataraf etish. "Academic research in educational sciences", 3(1), 434-440. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-41-47

49. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Bug'-gaz qurilmasi gradirniyalaridagi aylanma suv isrofini kamaytirish "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue,15-21

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.