Научная статья на тему '12-13 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA YUQORIDAN IKKI QO`LLAB TO`P O`ZATISH TEXNIKASI VA ANIQLIGINI HARAKATLI O`YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH'

12-13 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA YUQORIDAN IKKI QO`LLAB TO`P O`ZATISH TEXNIKASI VA ANIQLIGINI HARAKATLI O`YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
522
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Voleybol / texnika / texnik tayyorgarlik / sport o`yinlari / me`yor / rivojlantirish / samaradorlik / harakatli o`yin / volleyball / technique / technical preparation / sports games / norm / development / effectadorlik / action game

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.A.Kdirova, N.Sh.Xakimova

12-13 yoshli voleybolchilarning ikki qo’llab yuqoridan to’p uzatish texnikasini o’rganish va uni tanlangan harakatli o’yinlar yordamida jadal o’stirish maqsad etib belgilangan. Sport texnikasiga dastlabki o’rgatish bosqichida harakatli o’yinlardan foydalanish masalalari yosh voleybolchilarda misolida olib borildi. Tadqiqotda boshlang‘ich tayyorlov bosqichida shug‘ullanayotgan 12-13 yoshli voleybolchilarda yuqoridan ikki qo‘llab to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlar tadqiqot asosida saralab olindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING TWO BALL TRAINING TECHNIQUES AND ACCURACY IN 12-13 YEAR OLD VOLLEYBALLERS THROUGH MOVING GAMES

Two supports from 12-13-year-old volleyball players have been identified as the goal of studying the technique of ball transmission from above and dynamically growing it using selected moving games. Issues of the use of moving games in the initial training phase of sports equipment were taken on the example of young volleyball players. In the study, in 12-13year-old volleyball players who were engaged in the initial training phase, special exercises and behavior games aimed at the formation of the technique of receiving and transmitting two support balls from above were selected based on the study.

Текст научной работы на тему «12-13 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA YUQORIDAN IKKI QO`LLAB TO`P O`ZATISH TEXNIKASI VA ANIQLIGINI HARAKATLI O`YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH»

12-13 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA YUQORIDAN IKKI QO LLAB TO P O ZATISH TEXNIKASI VA ANIQLIGINI HARAKATLI OYINLAR ORQALI

RIVOJLANTIRISH M.A.Kdirova

O'zDJTSU, p.f.n., dotsent N.Sh.Xakimova

O'zDJTSU 2 - kurs magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.6639558 Annotatsiya. 12-13 yoshli voleybolchilarning ikki qo'llab yuqoridan to'p uzatish texnikasini o'rganish va uni tanlangan harakatli o'yinlar yordamida jadal o'stirish maqsadetib belgilangan. Sport texnikasiga dastlabki o'rgatish bosqichida harakatli o'yinlardanfoydalanish masalalari yosh voleybolchilarda misolida olib borildi. Tadqiqotda boshlang'ich tayyorlov bosqichida shug'ullanayotgan 12-13 yoshli voleybolchilarda yuqoridan ikki qo'llab to'pni qabul qilish va uzatish texnikasini shakllantirishga yo'naltirilgan maxsus mashqlar va harakatli o 'yinlar tadqiqot asosida saralab olindi.

Kalit so^zlar: Voleybol, texnika, texnik tayyorgarlik, sport oyinlari, meyor, rivojlantirish, samaradorlik, harakatli o syin

DEVELOPING TWO BALL TRAINING TECHNIQUES AND ACCURACY IN 12-13 YEAR OLD VOLLEYBALLERS THROUGH MOVING GAMES Abstract. Two supports from 12-13-year-old volleyball players have been identified as the goal of studying the technique of ball transmission from above and dynamically growing it using selected moving games. Issues of the use of moving games in the initial training phase of sports equipment were taken on the example of young volleyball players. In the study, in 12-13-year-old volleyball players who were engaged in the initial training phase, special exercises and behavior games aimed at the formation of the technique of receiving and transmitting two support balls from above were selected based on the study.

Keywords: volleyball, technique, technical preparation, sports games, norm, development, effectadorlik, action game

KIRISH

Voleybol bugungi kunda nafaqat dunyo miqyosida, balki O'zbekistonda ham eng ommalashgan sport turlari tarkibiga mansubdir. Rasmiy statistikaga qaraganda yurtimizda kattayu kichik yoshdagi o'quvchi-yoshlar ushbu sport turi bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda. Shulardan 45% xotin-qizlarni, 55% nafari o'g'il bolalar va erkaklarni tashkil etadi. Uzoq yillardan boshlab Respublikamizda voleybol bo'yicha o'g'il va qiz bolalar, o'smirlar, yoshlar va katta yoshli erkak-ayollar o'rtasida turli musobaqalar - Chempionatlar, Kubok musobaqalari hamda xalqaro musobaqalar o'tkazish odat tusiga kirgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi, uning faol sa'y-harakati va bevosita rahbarligida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya, ommaviy va professional sport ham davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlari doirasida tamomila yangicha tusda rivoj topib bormoqda. Bu borada bir qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bugungi kunda ular bosqichma-bosqich izchillik bilan o'zining amaliy ifodasini topib bormoqda.

Bugungi kunda barchga ma'lumki, faqat voleybolga xos hamda maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan standart mashqlarni qo'llayverish bolalarda sport turiga bo'lgan qiziqishni so'ndiradi, shiddatli stereotip (bir xil turdagi) mashqlar esa shug'ullanuvchilarni tez toliqtiradi. Shuning uchun yetakchi sport mutaxassislari, tadqiqotchi olimlar sport texnikasiga o'rgatishda, ularni samarali shakllantirish maqsadida shu sport malakalari mazmuniga mos harakatli o'yinlardan foydalanish afzalligini ta'kidlashgan.

Tadqiqotimiz maqsadi 12-13 yoshli bolalarda voleybolga xos ayrim o'yin malakalari (yuqoridan ikki qo'llab top uzatish texnikasi misolida) texnikasining ozlashtirilishida moslashtirilgan harakatli o'yinlarning samaradorligini o'rganishdan iborat.

Sport texnikasiga dastlabki o'rgatish bosqichida harakatli o'yinlardan foydalanish maslalari ko pchilik tadqiqotchilar tomonidan ma'lum darajada o rganilgan bo lsada, ushbu muammo yosh voleybolchilar misolida chuqur tadqiqot ostiga olinmagan.

TADQIQOT NATIJALARI

Tadqiqotimiz maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar ko'rib chiqildi.

1. Yosh voleybolchilarda ijro etiladigan o'yin malakalarini texnikasini harakatli o'yinlar yordamida shakllantirish - tajribasini o'rganish.

2. Yosh voleybolchilarda yuqoridan ikki qo'llab top qabul qilish va uzatish texnikasini moslashtirilgan harakatli o'yinlar yordamida shakllantirish samaradorligini aniqlash.

Tadqiqot ob'ekti etib boshlang'ich tayyorlov bosqichida, ikkinchi yil shug'ullanuvchi voleybolchilar tanlab olindi va texnik malakalarni maxsus mashqlar va harakatli o'yinlar yordamida shakllantirish samaradorligini o'rganish.

Tadqiqotimizda boshlang'ich tayyorlov bosqichida shug'ullanayotgan 12-13 yoshli voleybolchilarda yuqoridan ikki qo'llab to'pni qabul qilish va uzatish texnikasini shakllantirishga yo'naltirilgan maxsus mashqlar va xarakatli o'yinlar tadqiqot asosida saralab olindi.

Ikkinchidan qayd etilgan texnikaga mos maxsus mashq va harakatli o'yinlarni muntazam qo'llash natijasida bu ijro malakalari nisbatan qisqa muddat ichida samaraliroq rivojlandi.

Olingan tadqiqot natijalari, ularning tahlili, mulohaza va xulosalar hamda ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar voleybol bo'yicha o'tkaziladigan o'quv-trenirovka mashg'ulotlariga tadbiq etilishi yosh voleybolchilar texnik va jismoniy tayyorgarligini samarali shakllantirish imkoniyatini oshiradi.

Tadqiqotni 12-13 yoshli voleybolchilarda o'tkazilib, pedagogik tadqiqot 6 oy davomida har biri 12 nafardan iborat nazorat va tajriba guruhlariga mansub bolalar olib borildi.

Ikki guruhda ham mashg'ulotlar 90 daqiqadan iborat bo'lib, xaftasiga 3 martadan olib

borildi.

Texnik malakalar aniqligi amaldagi an'anaviy testlar yordamida o'rganilgan bo'lsa, texnik mahoratining shakllanganlik darajasi 3 nafar murabbiylardan iborat ekspertlar baholari asosida aniqlandi.

MUHOKAMA

Tajriba guruhida o'tkazilgan mashg'ulotlarda quyidagi moslashtirilgan harakatli o'yinlar qollanildi.

1. «Koptokni qabul qil va aniq qaytar».

O yinchilar har biri 6 tadan ikki kolonnada joylashadi. Boshlovchilar safda turgan birinchi o'yinchilarga top tashlaydilar, o'yinchilar esa navbatma-navbat boshlovchiga pastdan ikki qo'llab aniq qaytaradilar. Qaysi bir kolonnadagi oyinchilar topni aniq qabul qilib, uni boshlovchiga aniq qaytargan o'yinchilar g'olib deb topiladi.

2. «To'pni 4 m. balandda devorga chizilgan 50 sm li aylana-nishonga aniq uzatish» (oraliq 3 m).

O'yinchilar ikki kolonnada joylashadi va birin-ketin o'zlarining to'g'risida chizilgan nishonga 10 imkoniyatdan aniq uzatadilar. Qaysi bir kolonna oyinchilari ko'p marta to'pni aniq uzatsa, g'olib deb topildi.

3. Shu o'yin, faqat to'pni uzatgandan so'ng o'tirib - turiladi.

4. Shu o'yin, faqat osilgan keglicha to'p tegizish.

5. O'yinchilar ikki kolonnada turib 2 m oraliqdan devorga navbatma - navbat to'p uzatadilar. O'yinchi hato qilsa (to'pni tushirib yuborsa) mashq to'xtatiladi. Qaysi kolonna maksimal marta hatosiz to'p uzatsa, g'olib deb topiladi.

6. O'yinchilar maydon orqasida ikki kolonna bo'lib joylashadi (1 rasm). Signal berilishi bilan o'yinchilar ketma-ket maydonning ikkinchi yarmida 1 va 5 zonalarda chizilgan diametri 2 m doira-nishonga to'p kiritadilar. To'pni ko'p marta aniq kiritgan kolonna g'olib deb topiladi.

■ ^

o * O O O O O

o X o o o o o

To'pni ikki qo'llab yuqoridan uzatishga o'rgatish.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar.

1. Qo'llarni oldinga, yonga, yuqoriga qilib qo'l panjalarini bukib-yozish.

2. Tennis (rezinka) to'plarini ezish.

3. Devorga kaft va barmoqlar bilan tiralgan holda itarilishlar.

4. Qo'llarga yotib tayangan holda bukib-yozishlar.

5. Basketbol, fútbol to'plarini yerga urib olib yurishlar.

6. Basketbol, futbol to'plarini bir qo'l bilan devor tomon irg'itish.

7. To'ldirma to'plarni turli holatlardan: ko'krak oldidan, bosh orqasidan, pastdan-yondan irg'itishlar.

Yaqinlashtiruvchi mashqlar.

1. Turgan joydan va harakatlanishdan so'ng yuqoridan ikki qo'llab to'p uzatishni imitatsiya qilish. Texnikaning quyidagi holatlariga asosiy e'tibor qaratiladi: to'p yaqinlashganda - qo'lni yuqoriga ko'tarib to'g'irlanish; to'p uchish tezligini so'ndirish - qo'llarni tirsak bo'g'inidan va oyoqlarni tizza bo'g'inidan bir oz bukish; to'pni uzatish - qo'llarni va oyoqlarni to'g'irlash bilan oldinga-yuqoriga cho'zilish; dastlabki holatga qaytish.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2. Qo'l panjasi va barmoqlarini to'pga qo'yish holatini o'rgatish. Qo'l panjalari shunday joylashtiriladiki, bunda bosh barmoqlar bir-biriga qaragan, ko'rsatkich barmoqlar burchak bo'yicha bir-biriga yo'naltirilgan, qolgan barmoqlar esa to'pni yon-past tomonidan ushlaydi.

3. Arqonchaga osib qo'yilgan to'pni oldinga-yuqoriga uzatish. Diqqat gavda, oyoq va qo'llarning o'zaro muvofiq harakatlanishiga qaratiladi.

4. O'ziga to'p tashlab to'pni oldinga-yuqoriga uzatish.

5. Huddi shu mashqning o'zi, faqat to'pni sherigi tashlab beradi.

6. To'pni devorga uzatish. Bu mashqdan shug'ullanuvchilar to'pni uzatishni yaxshi o'zlashtirib olganlaridan so'ng foydalaniladi.

Texnika bo'yicha mashqlar.

1. Juftliklar mashqi. Sheriklar orasidagi masofa 3 m bo'lib, to'p o'rtacha balandlikda uzatiladi.

2. O'z ustiga to'p uzatish - sherigiga uzatish. O'z ustiga to'p uzatish balandligi 1-1,5 m.

3. To'r ustidan sherigiga to'p uzatish. Masofa 2-3 m.

4.To'pni turli masofalardan, turli traektoriyalarda va yo'nalishini o'zgartirib uzatishlar.

5. Kuzatish bilan uyg'unlikda to'p uzatish; joyini o'zgartirib turuvchi sherigiga; sherigining harakatlariga javoban to'p uzatish: o'tirib olganda - o'z ustiga; o'ng qo'lini yoniga harakatlantirganda - o'ng tomonga to'p uzatish; qo'llarini yuqoriga harakatlantirganda - yuqori traektoriyada to'p uzatish va shu kabi.

6. Bosh orqasiga to'p uzatish. Uch o'yinchi ketma-ket qatorda turadilar. Shug'ullanuvchilar oralig'i - 2-3 m. Chekkadagi o'yinchi to'pni o'rtadagi o'yinchiga, u esa o'z navbatida keyingi o'yinchiga to'pni bosh orqasidan oshiradilar. O'rtadagi o'yinchi bilan ma'lum vaqtdan so'ng joy almashtiriladi.

7. Juftlikda bosh orqasidan to'p uzatish. O'z ustida to'p uzatishdan so'ng shug'ullanuvchi 180° ga buriladi va to'pni bosh orqasidan uzatadi.

8. Sakrab to'p uzatish. Shug'ullanuvchilar orasidagi masofa - 3 m.

Huddi shunday to'r ustidan.

9. To'p uzatish bilan bajariladigan turli musobaqalar.

Me'yoriy testlar

1. 3 m masofadan devorgayuqoridan to'p uzatish-soni bo'yicha baholash mezoni:

«5» «4» «3» «2»

12 yosh 4 3 2 1

13 yosh 7 5 3 1

2. Basketboljarima chizig'idan 10 marta savatga, yoki kvadratga, to'p uzatish:

«5» «4» «3» «2»

12 yosh 5 4 3 2

13 yosh 6 5 4 3

Yuqoridan ikki qo'llab to'p qabul qilish va uzatish texnikasi 3-ta malakali voleybolchi-ekspertlar yordamida 10 ballik myozon asosida baholanadi. XULOSA

Xulosa: Tadqiqot davomida ishtirok etgan bolalarning texnik tayyorgarli talabga javob bermasligi ko'zga tashlandi.

Pedagogik tajriba natijalari yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini shakllantirishda maxsus ixtisoslashtirilgan harakatli o'yinlarning samarali ekanligini isbotladi va qisqa muddat davomida (18 oy) yuqoridan ikki qo'llab to'pni qabul qilish va uzatish aniqligi hamda texnikasi qanchalik keskin shakllanishi mumkinliga namoyish etdi.

To'pni «Uzat-o'tir», «To'p uzatish estafetasi» kabi harakatli o'yinlar yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini oshirishda o'ta samarali vosita ekanligini isbotlab berdi.

Yuqorida qayd etilgan maxsus harakatli o'yinlarni voleybolchilar mashg'ulotlariga tadbiq etish ularning texnik tayyorgarligiga ijobiy ta'sir etishga kafolat beradi. Demak yosh voleybolchilarni tayyorlash jarayoni kuzatuv va tadqiqot asosida hamda harakatli o'yinlar ishtirokida tashkil qilinsa texnik mahoratni shakllanishi shunchalik tezroq muddatda va yengil amalga oshirilishi mumkin.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 йил 3 июндаги "Жисмоний тарбия ва оммавий спортни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида"ги П^-3031-сонли карори.халк сузи газетаси 4 июнь.

2. Pulatov A.A., Kdirova M.A. Sport pedagogik mahoratni oshirish (voleybol). // O'quv qo'llanma. T.: 2018. - 251 b.

3. Pulatov A.A., Kurbanova M.A., Nadjimov F.F. Voleybol turi bo'yicha ta'lim muassasalarida sport to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish yuzasidan o'quv dasturi va metodik tavsiyalar. - T.: "Extremum press", 2017. - 136 b.

4. Kdirova.M.A.,Abatova.G.N. Mushaklarni Chuziltirish-bushashtirishga yunaltirilgan razminka sportchilarni musobakalarga psixofunksional shaylantirish vositasi sifatida// Academic Research in Educational Sciences, 2021, 2(1), 343-352s.

5. Abatova G.N. 11-12 yoshli voleybolchilarda sakrovchanlik maxsus jismoniy sifatini rivojlantirish hamda to'siq qo'yish texnikasini takomillashtirishda harakatli o'yinlar va maxsus mashqlar samarasini aniqlash//"Jismoniy tarbiya, sport mashg'ulotlari nazariyasi va uslubiyatining nazariy-amaliy muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2022 yil 29 yanvar, 613-614b

6. Usmanxodjayev T.S., Isroilov Sh.X., Pulatov A.A., Pulatov Sh.A. Milliy va harakatli o'yinlar. // Darslik. T.: Iqtisod-Moliya, 2015. - 268 b.

7. Кдирова М.А., Абатова Г.Н. Профессионально-педогогическая подготовленность тренеров и возможности её совершенствования и использованием обучающих тестов (в примере волейбола) //Academic Research in Educational Sciences,2021,192-198с

8. Кдирова М.А., Абатова Г.Н. Научно-теоретическая сущность профессионально-прикладной физической подготовленности обучающихся в образовательных учреждениях мелиоративного направления// Academic Research in Educational Sciences, 2021,5,723Р,1069-1077

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.