Научная статья на тему 'YOSH FUTBOLCHILARNING TAYYORLASH JARAYONIDA TEZKOR FIKR YURITISH QOBILIYATINI RIVOJLANISHIDA HARAKATLI VA O`YIN MASHQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI'

YOSH FUTBOLCHILARNING TAYYORLASH JARAYONIDA TEZKOR FIKR YURITISH QOBILIYATINI RIVOJLANISHIDA HARAKATLI VA O`YIN MASHQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

554
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
futbol / psixofiziologik faktorlar / harakat amplitudasi. / football / psychophysiological factors / range of motion

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ashraf Eshalieyvich Sattarov, Ne’matulla Sharofovich Raxmatov

Ushbu maqolada yosh futbolchilarning harakatli o`yin va o`yin mashqlari yordamida epchillik, chamalash, mo`ljallash, mantiqiy va tezkor fikrlash sifatlarinirivolantirish, shu mavzuda mutaxasislarni qarashlari yoritib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METHOD OF USING MOVEMENTS AND GAME EXERCISES IN DEVELOPING THE ABILITIES OF THINKING IN THE PROCESS OF PREPARING YOUNG PLAYERS

This article discusses the development of dexterity, guessing, planning, logical and quick thinking of young football players through outdoor games and game exercises, the views of specialists on this topic.

Текст научной работы на тему «YOSH FUTBOLCHILARNING TAYYORLASH JARAYONIDA TEZKOR FIKR YURITISH QOBILIYATINI RIVOJLANISHIDA HARAKATLI VA O`YIN MASHQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI»

YOSH FUTBOLCHILARNING TAYYORLASH JARAYONIDA TEZKOR FIKR YURITISH QOBILIYATINI RIVOJLANISHIDA HARAKATLI VA OYIN MASHQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Ashraf Eshalieyvich Sattarov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali sattorov. ashraf76@gmail. com

Ne'matulla Sharofovich Raxmatov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yosh futbolchilarning harakatli o'yin va o'yin mashqlari yordamida epchillik, chamalash, mojllash, mantiqiy va tezkor fikrlash sifatlarinirivolantirish, shu mavzuda mutaxasislarni qarashlari yoritib o'tilgan. Kalit so'zlar: futbol, psixofiziologik faktorlar, harakat amplitudasi.

THE METHOD OF USING MOVEMENTS AND GAME EXERCISES IN DEVELOPING THE ABILITIES OF THINKING IN THE PROCESS OF

PREPARING YOUNG PLAYERS

ABSTRACT

This article discusses the development of dexterity, guessing, planning, logical and quick thinking of young football players through outdoor games and game exercises, the views of specialists on this topic.

Keywords: football, psychophysiological factors, range of motion.

KIRISH

O'yinlar juda katta tarbiyaviy imkoniyatlarni qattiylik, dadillik va iroda sifatlarini shakllanishiga xizmat qiladi. Shuningdek sezgi, idrok, diqqat, xotira kabi psixologik jarayonlarni amalga oshirishni ayrim xususiyatlarini tahlil qilishda ham yaqqol nomoyon bo'ladi [N.Raxmatov. A. Sattarov. 5]. Harakatli o'yinlardagi turli harakatlar yosh futbolchilarning hissiyotiga ijobiy ta'sir etadi. Eng asosiysi futbolda muhim darajada turadigan, epchillik, chamalash, mo'ljallash kabi sifatlar takomillashadi. O'yin davomida bolalar yuguradilar, sakraydilar, emaklaydilar va natijada ularning muskul, sezgi

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

835

organlari rivojlanadi. Buning samarasida o'z qarorlarini o'yin qoidasiga bo'ysundira olish ko'nikmalari shakllanadi va o'zini qo'pol hatti-harakatlardan tiyadi, zarur bo'lganda chaqqon harakat qilishga, tez fikrlash va og'ir ahvoldan qutulib ketish chorasini topishni o'rganib boradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bir qator tadqiqotlar maxsus tanlangan harakatli o'yinlar faqat saralash vaqtida emas, balki yosh futbolchilarni tayyorlashda ham individual xususiyatlarini o'rganish va rivojlantirish uchun eng mos shakldir. Bu kabi uslubiyatlar shuni anglatadiki, futbolchi uchun zarur bo'lgan harakat malakalari o'zlashtiriladi, takomillashtiriladi hamda mustahkamlanadi. Buning samarasida ularni o'yinda, to'p uchun kurashish paytida qo'llash imkoni yuzaga keladi.

Harakatli o'yinlar va sport o'yinlari elementlari mahoratli futbolchilar tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri bo'lib, bir qator mutaxasislar fikricha o'yin usullrini oson o'rganishga asos bo'lar ekan. O'yinlar o'ngli ravishda qayta takrorlash hamda harakatlarni takomillashtirishni nazarda tutadi. Shu jihatdan futbolchi tomonidan o'yin davomida bajariladigan motor rivojlanish murabbiyning o'ngli jismoniy mashg'ulot o'tishiga zamin yaratadi.

"O'yin guyo g'oyadek, bola bilan birga tug'ilgan, uning hamrohi yoki do'stiga aylangan. Lekin bu uning uzoq yil davom etishini yaxshi deb hisoblaymiz. O'yin juda katta ba'zan ko'z ilg'amas tarbiyaviy tomoni, g'oyat keng pedagogik imkoniyatlari tufayli insonlar e'tiborini qozonadi" deb ta'riflagan edi mutaxasislardan biri. O'yin juda katta tarbiyaviy imkoniyatlarni qattiylik, dadillik va iroda sifatlarini shakllanishida xizmat qiladi. Shuningdek sezgi, idrok, diqqat, xotira kabi psixologik jarayonlarni amalga oshirishni ayrim xususiyatlarini tahlil qilishda ham yaqqol nomoyon bo'ladi.

MUHOKAMA

Harakatli o'yinlardagi turli harakatlar yosh futbolchilarning hissiyotiga ijobiy ta'sir etadi, irodani mustahkamlaydi, mardlik va mustaqillikni rivojlantiradi. Eng asosiysi esa futbolda muhim darajada turadigan epchillik, chamalash, mo'ljallash va mantiqiy fikrlash kabi xislatlari takomillashadi. O'yin davomida bolalar yuguradilar, sakraydilar, emaklaydilar va natijada ularning muskullari, sezgi organlari shakllanadi. Natijada o'z qarorlarini o'yin qoidasiga bo'ysundira olish ko'nikmalari sayqallanib, o'zini qo'pol xatti-harakatlardan tiyadi, zarur bo'lganda chaqqon xarakat qilishga, tez fikrlash va og'ir ahvoldan qutilib ketish

chorasini topishning o'rganib boradi.

February, 2022

Harakatli o'yinlar asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar jarayonida yosh futbolchilarda harakat, ko'nikma va malakalar tez shakllanadi hamda, harakat amplitudasi va baholash malakasi takomillashadi. Harakatni tahlil qilish, undagi ayrim fazilatlarni ajratib olish qobiliyati rivojlanadi. Harakat natijasida uning bajarish sifatlariga bog'liqligini tushuna boshlaydi. Yaxshi natijalarga erishish maqsadida harakatlarni chidam bardosh bilan bajarishga kirishadi. Bularning hammasi asosiy harakatlarni, mashqlar bajarish texnikasini imkonini yaratib beradi.

NATIJALAR

7-10 yoshli bolalar bilan oddiy va ortacha murakkab harakatli o'yinlar o'tkazish bilan birga, agar bolalar etarli darajada tayyorlangan bolsa, keyin murakkabroq ya'ni jamoa bo'lib o'tkaziladigan o'yinlar o'ynash mumkin [A.Sattarov,3]. Bunday vaziyatda jamoaviy o'yin shakllanadi, bir-birini yaxshi tushuna olishi rivojlanadi.

"Uchinchisi ortiqcha". 10-12 kishi ishtirok etadi

Tayyorgarlik. Maydoncha markazida deametri 8-10 metrli doira chiziladi. O'yinchilar juft-juft bo'lib, doira bo'ylab turna qator bo'lib 1-2 metr masofada turishadi. Murabbiy ikki boshlovchini tayinlaydi: qochuvchi va etub oluvchi.

Oyin tafsiloti. Tovush signaliga qarab qochayotgan kishi etib olayotgan kishidan uzoqlashib ketishga harakat qiladi, keyin kutilmaganda juft turganlardan birining oldiga turib oladi. Orqaga turgan o'yinchi qocha boshlaydi. Agar orqada turgan o'yinchi etib oluvchi bo'ladigan bo'lsa, o'yin yanada qiziqriq kechadi.

Varianti. Juft-juft bo'lib turganlar oyoqlarini keng qo'yadilar, qochayotgan o'yinchi esa oyoqlar orasidan emaklab o'tishi kerak.

harakatlanish malakalarining takomillashuviga yordam beradi. "Quyonlarni ovlaymiz". 10-16 kishi ishtirok etadi Tayyorgarlik. Zal (maydon) markazida diametri 10 metrli doira chiziladi. O'yinda ishtirok etuvchilarni 6-8 kishidan qilib ikki jamoaga ajratiladi. Jamoalardan bin ("quyonlar") doira ichiga turadi. Voleybol to pli "ovchilar" doira chizigidan tashqarida turishadi.

Oyin tafsiloti. Tovush signaliga qarab "ovchilar" doira ichiga kirmay, to'pni "quyonlarga" tekkizishga harakat qiladilar, bu vaziyatda "quyonlar" doira ichida xavsiz joyga chopib o'tadilar. To'p tekkan "quyonlar" o'yindan chiqadi va oldindan kelishib qo'yilgan to'rtta qo'shimcha

Maqsad. O'yin yugirish, reaksiya tezligi va tez yugurish, chaqqonlik

mashqlardan birini bajarishga kirishishadi. O'yin hamma

February, 2022

"quyonlar" urib chiqarilmaguncha davom etadi. Shindan so'ng jamoalar o'rin almashishadi. Eng kam yoki belgilangan vaqtda (masalan uch daqiqada) raqiblar jamoasi o'yinchilarini o'yindan chiqargan jamoa g'olib sanaladi.

Oyin qoidasi. "Ovchilar" doira ichida oyoq qo'yishga haqlari yo'q (oldinga tashlanish hisobga o'tmaydi). Doira chizig'idan chiqib ketgan "quyon" o'yindan chiqadi. To'p gavdaning boshdan tashqari (to'pni bosh bilan qaytarish mumkin) har qanday qismga (erdan yoki sherigidan kelib tegsa hisobga o'tmaydi) tegsa — "quyonga" tekkan hisoblanadi. Bu o'yinda o'yinchilarning bir-biriga to'p uzatish yo'li bilan jamoaviy harakatlar qilishga erishish zarur.

Varianti. Agar to'p oyoq zarbidan kelib tegsa —"quyonlar" o'yindan chiqadi.

Maqsad. O'yin to'pni ilib olish, uzatish va uloqtirish malakalarini mustahkamlaydi. Orientir qilish, reaksiya, topqirlik (joy tanlash), chaqqonlik, harakat aniqligini takomillashtiradi.

"Bo'ri o'z uyasida". 10-12 kishi o'ynaydi

Tayyorgarlik. Maydon markazida oralig'i 80-100 sm li ("uya") ikkita parallel chiziq tortiladi. Zalning (maydon) qarama-qarshi tomonida ikkita "uy" chizib qo'yiladi. "Uyada" joylashib oladigan bitta-ikkita boshlovchilar ("bo'rilar") tanlab olinadi. Qolganlar ("quyonlar", "qo'zichoqlar", "echkilar") uylardan birining chizig'i ortida turadilar.

Oyin tafsiloti. Signal bo'yicha "hayvonlar" boshqa uyga, "onalari" oldiga chopib o'tishga harakat qiladilar. Bunda ular yo'l-yo'lakay "uyadan" uyoq-buyoqqa sakraydilar. "Bo'rilar" ularga qo'l tekkizishga intiladilar. Qo'lga tushganlar qo'shimcha jismoniy yuklama bajaradilar (masalan, 10-marta tortilish va 10-marta o'tirib turish) va o'ynayotganlar oldiga qaytadilar. Kimki bir marta ham qo'lga tushmasa, osha g'olib sanaladi.

Oyin qoidasi. Yugurib o'tishlar faqat signal bo'yicha bo'ladi. "Uyaning" ustiga tushish mumkin emas. "Bo'rilar" uyalaridan chiqishga haqlari yo'q. "Uya" oldida qo'lga tushgan (to'xtatilgan) yoki ortga qaytganlar qo'lga tushgan hisoblanadi. "Uya" oldida manyovr qilishga ruxsat beriladi, ammo bunda albatta undan sakrab o'tish shart. Chiziqlar va "bo'rilar" o'rtasidagi masofalar soni oshirilishi mumkin.

Maqsad. O'yin yugurish, uzunlikka sakrash, manyovr qilishni takomillashtirishga yordam beradi, orientir qilishni, topqirlik, botirlikni rivojlantiradi.

"Kim tezroq". 4-10 kishi o'ynaydi .

Tayyorgarlik. Maydoncha markazida diametri 10-12 metrli doira chiziladi, zal burchaklariga aylanib o'tish uchun ustunlar

o'rnatiladi. To'p bilan o'ynovchilar doira ichida turadilar.

February, 2022

Oyin tafsiloti. Tovush signali bo'yicha o'yinchilar ixtiyoriy ravishda to'p bilan doimo murabbiyini ko'rib turishga harakat qilib janglyorlik qiladilar Belgilangan ko'rish signali bo'yicha (masalan, qoTlar murabbiy bilida) o'yinchilar qo'llarida to'p bilan (to'p surib) eng yaqin ustunga qarab yuguradilar, uni aylanib o'tadilar va doiraga qaytib kiradilar. Ikkita oxirgi o'yinchi (kechikkan) "takomillashtirish" hududiga o'tadilar va murabbiyning topshirig'ini bajaradilar. O'yin boshidan boshlanadi. Doira ichida qolganlar g'olib deb elon qilinadi.

Oyin qoidasi. Agar janglyorlik qilish paytida to'p doira chizig'idan o'tib ketsa, aybdor birinchi ogohlantirish oladi. Ikkinchi ogohlantirishdan so'ng bu o'yinchi "takomillashtirish" hududiga o'tadi. Ishtirokchilar birovning to'piga tegmasliklari, raqibni qo'llari bilan itarmasliklari kerak. Mashq paytida murabbiy o'rnini almashtirishi mumkin.

Varianti. Janglyorlik qilish o'rniga to'pni fint qilib, to'xtab qolishlar bilan surish mumkin.

Maqsad. O'yin murakkab musobaqa sharoitida texnik elementlarni takomillashtiradi, chaqqonlik, fazoda orientir qilish, ko'rish signaliga qarab reaksiya tezkorligini rivojlantiradi.

"Tezroq bayroqchalar tomon". 10-16 kishi o'ynaydi

Tayyorgarlik. Maydonchaning qarama-qarshi tomoniga ikkita paralel chiziq tortiladi. Ulardan biri "o'z uyi", ikkinchisi "begona uy" . "O'z uyidan" 8-10 metr narida ustun o'rnatiladi. O'yinchilar ikkita teng jamoaga bo'linadilar. Qur'a natijasiga ko'ra bir jamoa oyinchilari (masalan, oq libosdagilar) bittadan voleybol yoki futbol to'pini olishadi.

Oyin tafsiloti. Jamoalarning to'pga ega bo'lgan birinchi raqamli o'yinchisi (A, G) "o'z uyi" chizig'idan oyoq gumbazi bilan to'pni "begona uy" tomon havolatib tepadi, o'zi esa tezda ustun tomon start oladi, uni aylanib o'tadi va "o'zga uyga" qaytadi. Qora libosdagi o'yinchilar to'pni tutib qolishlari va individual tarzda yoki bir-biriga oshirish hisobiga chopib ketayotgan o'yinchiga to'p tekkizishga harakat qilishlari kerak.

Oyin qoidasi. Qarshi jamoaning o'yinchisi (A, G) to'pni ilib olishi bilanoq (undan oldin mumkin emas), uning sheriklari "o'z uylaridan" to'pni qabul qilib olish uchun ustun tomonga o'tishlari mumkin. To'p tekkan o'yinchi ochko oladi. Hamma o'yinchilar dastlabki holatni egallagandan so'ng o'yinga ikkinchi o'yinchi (B, D undan keyin B, E) o'yinga kiritadi. Ma'lum vaqtdan so'ng (5-daqiqa) jamoalar o'rin almashishadi. Ehg kam ochko olgan

o'yinchi g'olib deb e'lon qilinadi.

February, 2022

Maqsad. O'yin tezkorlik, chaqqonlik, harakatlarni koordinasiyalashni rivojlantiradi, oyoq gumbazi bilan to'p tepish, to'pni ilib olish texnikasini takomillashtiradi, jamoaviy o'yinni shakllantiradi.

"Raqib to'pi uchun". 6-1O kishi o'ynaydi.

Tayyorgarlik. O'yinchilar 3-5 kishidan ikki jamoaga bo'linadi.

Oyin tafsiloti. Signal bo'yicha birinchi o'yinchilar oyoq gumbazi bilan iloji boricha "maydonga" uzoqroq tepadilar va o'zlari raqib to'pi tomon intiladilar. O'z o'rnini birinchi bo'lib egallab olgan o'yinchi 1 ochko, ikkinchi o'yinchi O ochko oladi. Keyin ma'lum signal bo'yicha boshqa juftlik o'yinchilar to'p tepishadi va hokazo. Qaysi jamoa ko'p ochko to'plasa, o'sha g'olib sanaladi.

Oyin qoidasi. To'pga zarba berilgandan keyin o'z to'piga qayta tegish, raqibga halaqit berish mumkin emas.

Maqsad. O'yin kuchli zarb berish malakasini takomillashtirishga yordam beradi, kuch, tezkorlikni rivojlantiradi.

Aralash estafeta: S metr zarb yugurish — to'xtash — guyo to'pni boshi bilan urayotgandek sakrash — 5 metr to'pga zarb yugurish — to'pni "mokkisimon" surish — orqalama yugurib dastlabki nuqtaga kelish. 2 daqiqa (4 marta 3O soniyadan) nafas roslash. ixtiyoriy ravishda to'p bilan janglyorlik qilish

Aralash estafita: yugurish — 3 ta yengil atletika to'siqlaridan sakrab o'tish — ilonizi bo'lib, bayroqchalarni aylanib o'tib yugurish — 3O metrga yugurish .

Umbaloq oshib, uzunlikka sakrash va to'siqlar osha 25 metrga yugurish estafetasi

Yugurish, gimnastika o'rindiqlar osha yugurish, umbaloq oshish va orqalama yoki qadamma-qadam yugurish estafetasi

Ikkita to'p bilan "mokkisimon" estafeta Basketbol to'pini o'ynab surish va to'rga tushgunga qadar harakat qilish, to'pni ilib olish va dastlabki nuqtaga yugurib kelish.

Harakatli o'yinlar asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar jarayonida yosh futbolchilarda harakat ko'nikma va malakalar tez shakllanadi, harakat amplitudasi, baholash malakasi takomillashadi. Harakatni tahlil qilish, undagi ayrim fazilatlarni ajratib olish qobiliyati rivojlanadi. Harakat natijasida uning bajarish sifatlariga bog'liqligini tushuna boshlaydi. Yaxshi natijalarga erishish

XULOSA

maqsadida harakatlarni chidam bardosh bilan bajarishga

February, 2022

kirishadi. Bularning hammasi asosiy harakatlarni, mashqlar bajarish texnikasini imkonini oshiradi.

REFERENCES

1. B.Nigmatov, F.Ho'jayev, K.Rahimqulov. Sport o'yinlari. Toshkent ilm ziyo. 2007 yil

2. T.S. Usmonxo'jayev, O. 'Tursunov Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti». Tashkent O'qituvchi.. 2004 yil.

3. A.,Sattarov.,M.B.Aliyev, T.S.Usmonxo'jayev, X.X.Sagdiyev. Sport o'yinlari-Futbol. Toshkent 2012. Ilm ziyo.

4. Футбол дарслик УЗЖТИ нашрёти 2006 й

5. N. Raxmatov., A. Sattarov.,(2021). Yosh voleybolchilar jismoniy sifatlarining o'zaro aloqadorligi., "Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (oriens)" ilmiy jurnali.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.