Научная статья на тему '8-9-YOSHLI BOLALARDA KOPTOKLI O’YINLAR ORQALI HARAKAT KO’NIKMALARINI HOSIL QILISHDA KLASTER METODINI QO’LLASH'

8-9-YOSHLI BOLALARDA KOPTOKLI O’YINLAR ORQALI HARAKAT KO’NIKMALARINI HOSIL QILISHDA KLASTER METODINI QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

728
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
8-9-yoshli bolalar / harakat / ko’nikma / o’yin / klaster / “Tegirmonda to’p” / “To’p onaboshida”. / 8-9 year olds / movement / skill / game / cluster / “Ball in the mill” / “Ball in the head”

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulsora Isoqul Qizi Bo’riyeva

Bugun xalq harakatli o’yinlari milliy qadriyat sifatida etirof etilib, bunday sport turlari asrlar davomida rivojlanib, takomillashib, ezozlanib kelinmoqda. Ular bolalarni bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etib, biror foydali mashg’ulotga o’rganishlari, sog’lom o’sishlari, qattiyatli bo’lishlariga yordam bera olishlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE CLAUSES IN THE DEVELOPMENT OF THE 9-WAY MOVEMENT THROUGH BALL GAMES IN 8-YEAR OLDS

Today, folk games are recognized as a national value, and such sports have been developed, improved and respected for centuries. They play an important role in helping children to organize their leisure time properly, to learn useful activities, to grow up healthy, and to be resilient.

Текст научной работы на тему «8-9-YOSHLI BOLALARDA KOPTOKLI O’YINLAR ORQALI HARAKAT KO’NIKMALARINI HOSIL QILISHDA KLASTER METODINI QO’LLASH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-509-511

8-9-YOSHLI BOLALARDA KOPTOKLI O'YINLAR ORQALI HARAKAT KO'NIKMALARINI HOSIL QILISHDA KLASTER METODINI QO'LLASH

Gulsora Isoqul qizi Bo'riyeva

Toshkent viloyati Chirchiq DavlatPedagogika instituti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Bugun xalq harakatli o'yinlari milliy qadriyat sifatida etirof etilib, bunday sport turlari asrlar davomida rivojlanib, takomillashib, ezozlanib kelinmoqda. Ular bolalarni bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etib, biror foydali mashg'ulotga o'rganishlari, sog'lom o'sishlari, qattiyatli bo'lishlariga yordam bera olishlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: 8-9-yoshli bolalar, harakat, ko'nikma, o'yin, klaster, "Tegirmonda to'p", "To'p onaboshida"

USE CLAUSES IN THE DEVELOPMENT OF THE 9-WAY MOVEMENT THROUGH BALL GAMES IN 8-YEAR OLDS

ABSTRACT

Today, folk games are recognized as a national value, and such sports have been developed, improved and respected for centuries. They play an important role in helping children to organize their leisure time properly, to learn useful activities, to grow up healthy, and to be resilient.

Keywords: 8-9 year olds, movement, skill, game, cluster, "Ball in the mill", "Ball in the head"

KIRISH

Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'z so'zlarida, qarorlarida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy a muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilanganligini qayta-qayta takrorlamoqdalar. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalsh orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. Kelajagimiz yoshlar qo'lida, o'sib kelayotgan yosh avlodni har taraflama sog'lom qilib tarbiyalasak vatanimiz dunyo hamjamiyatida O'zbekiston degan nomni munosib o'rnini yo'qotmasdan yuksalib boradi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-509-511

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

8-9-yoshli bolalar judayam qiziquvchan va serharakat bo'ladi. Ularga koptokli o'yinlarni o'rgatganimizda malum bir o'yinlardan foydalanamiz. "To'p uchun kurash", "Kuchli uloqtirish", "O'yin boshiga to'p berma", "O'rdak ovchi" kabi yuzlab o'yinlarni keltirish mumkin. Bolalar yakka holda to'p bilan o'ynashlari yaxshi bo'ladi, lekin jamoa bo'lib o'ynashlari qiyin. Shuning uchun bolalarga bosh ustidan, pastdan, to'pni ikki qo'llab bir-biriga otish, to'pni yuqoriga otish, to'pni yuqoriga otish va uni ilib olish, shuni o'zini burilish bilan bajarish. Har xil holatda to'p bilan qo'lni harakatlantirish hamda birgalikda gavdani oldinga engashtirish va burish. O'tirgan holatda bir-biriga to'pni oyoq bilan dumalatish. To'pni bir va ikki qo'llab bosh ustidan oshirib otish. Chalqancha yotgan holatda to'pni oyoq kifitlari orasida ushlab, oyoqni to'g'ri ushlagan holatda yuqoriga ko'tarish va pastga tushirish kabi mashqlar orqali bolalarda dastlabki ko'nikmalarni hosil qilamiz. Bu yoshdagi bolalar uchun harakatli o'yinlar jismoniy tarbiyaning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab programmasida boshqa materiallarga nisbatan o'yinlarga ko'proq o'rin ajratoladi. Buning sababi shundaki dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashqlarni bolalar xilma-xil o'yinlar vositasida osongina idrok qiladilar va o'zlashtiradilar. Harakatli o'yinlarni o'tkazishda o'quvchilarni yoshini, jinsini va fiziologik xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. 8-9 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining eng asosiy vazifasi bola hayotini muhofaza qilish va uning sog'lig'ini mustahkamlash, uning organizmini chiniqtirish yo'li bilan o'zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xususiyatini oshirishdir. Bola bilan har qanday holatda individual ishlash o'qtuvchi va murabbiylarning eng asosiy vazifasidir. Bolalar "Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun" shioriga o'rganishi kerak. Buning uchun bolalar bilan quyidagi o'yinlarni o'tkazamiz.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

"Tegirmonda to'p" - bu o'yinda bolalar katta aylana bo'ylab turishadi. Ular bir-biridan kamida 2-3 -qadam oraliqda bo'lishlari kerak. O'yinchilardan biriga to'p beriladi va o'yin boshlanadi. O'quvchilar topni olib to'pni yonidagi sherigiga uzatadi, keyingisi yana yonidagisiga keyin to'p shu tariqa aylana bo'ylab uzatilaveradi. Sekin - sekin to'p tezligi oshib boradi. To'pni qo'lidan chiqarib yuborgan yoki noto'g'ri uzatgan bola o'yindan chiqadi. Shu tariqa o'yinda qolgan oxirgi o'yinchi g'olib hisoblanadi. Bu o'yin yordamida bolalarda topni ushlash, uloqtirish kabi harakat

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-509-511

ko'nikmalari shakllanadi, malaka hosil bo'ladi. Keyingi o'yinni musobaqa tarzda o'tkazamiz .

"Koptok onaboshida" - bunda o'quvchilar 2 ta guruhga bo'linadi. Guruhga qarama- qarshi bittadan o'quvchi onaboshi sifatida 2-3m oraliqda joylashtiriladi. Onaboshi to'pni birinchidagi bolaga uzatadi Bola to'pni olib bolalardan oxiriga o'tadi va bosh ustidan o'zidan oldingi bolaga uzatadi. To'p shu tariqa birinchidagi bolaga keladi u yana to'pni onaboshiga uzatadi. Qaysi jamoa to'pni birinchi bo'lib onaboshiga yetkazib bersa g'olib bo'ladi.

XULOSA

Bolalarning harakat ko'nikmalarini shakllantirishda turli xil mashqlar, harakatli o'yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Boladagi iqtidorni oshirish, to'g'ri tarbiyalash, kelajakda uning munosib o'rnini topa olishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyevning "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. T.S.Usmonxo'jayev va boshqalar "1001 O'yin"

3. B.Nigmatov, K.Rahimqulov "Sport o'yinlari va uni o'qitish metodikasi"

4. T.S.Usmonxo'jayev va boshqalar "500 harakatli o'yinlar"T.Nashr Yangi asr avlodi. 2005 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.