Научная статья на тему 'ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O’G’LI FURQAT IJODIY MEROSI'

ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O’G’LI FURQAT IJODIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Furqat” / XIV-XX asr ziyolilari / hayot va ijodi / ilk toʼplamlari / 1850-1910-yil tarixi / faoliyat va dunyoqarash.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xoʻjaqulova Charos Sherzod Qizi

Oʼzbek xalqining zabardast shoiri, publist, gʼazalnavs shoir, elshunos olim, mutarjimi. Bir qancha asarlari sheʼrlari va publistika yoʼnalishidagi ilmiy asarlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan shoir. Oʼz zamonasining buyuklari qatoridan joy olgan shoir. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlarning zamondoshi. Oʼziga ularni ustoz deb bilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O’G’LI FURQAT IJODIY MEROSI»

ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O'G'LI FURQAT IJODIY

MEROSI

Xo'jaqulova Charos Sherzod qizi

Toshkent Arxitektura qurulish universiteti Devorbop va pardozbop qurulish materiallari texnalogiyasi yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 17-March 2024 yil Ma'qullandi: 20- March 2024 yil Nashr qilindi: 27- March 2024 yil

KEY WORDS

"Furqat", XIV- XX asr ziyolilari, hayot va ijodi, ilk to'plamlari, 1850-1910-yil tarixi, faoliyat va dunyoqarash.

ABSTRACT

O'zbek xalqining zabardast shoiri, publist, g'azalnavs shoir, elshunos olim, mutarjimi. Bir qancha asarlari she'rlari va publistika yo'nalishidagi ilmiy asarlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan shoir. O'z zamonasining buyuklari qatoridan joy olgan shoir. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlarning zamondoshi. O'ziga ularni ustoz deb bilgan.

Furqat - Zokirjon Mullo Xolmuhammad o'g'li 1859-yil Qo'qonda kichik savdogar-hunarmand oilasida tavallud topgan. Bo'lajak shoirning otasi ham zamonasining ilg'or fikrli odamlaridan bo'lgan. Mullo Xolmuhammad ham badiiyatga qiziqqan inson bo'lgan va uni o'zi ham she'rlar yozib turgan[1]. Zokirjon yoshligidan o'zlarini mahallasidagi maktabda tahsil oladi. Bundan tashqari ham u otasidan o'zbek va fors adabiyotidan bo'lgan shoirlarni asarlarini juda chuqur o'rganadi. Ayniqsa Alisher Navoiyning asarlarini mukammal darajada o'rganadi. Qisqa vaqtda fors tilini ham o'rganib oladi. Zokirjonning o'zini yozishicha yoshligidan Navoiy asarlarini berilib mutoola qilar va u asarlarni maroq bilan o'qir edi. Shundan keyin bir kun tushida u Navoiyni ko'rganini uni she'riyat yo'nalishida imtihon qilganini yozadi. Shundan keyin Navoiyni o'zi unga oq fotiha berib ketganini tasdiqlaydi. Zokirjon o'zi yozgan tarjimai holida keltirishicha uning ilk she'ri 9-yoshida yozilgan bo'lib u quyidagichadir:

Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim[3]

Bunday she'rni yozish har kimga ham emas, menimcha, ayniqsa u 9-yosh bo'lsa Biz yaxshi bilamizki, shoirning o'zbek xalqi qalbida o'chmas bo'lgan o'z o'rni bor. Shuning uchun ham mana II-asrdirki shoirning nomi tarix zarvaraqlaridan o'chmagan. Shu o'rinda shoirni barhayotlashtirish maqsadida, yosh avlodlar ongida buyuk ajdodlar hayotini, ular bosib o'tgan qonli va mashaqqatli yo'llar evaziga shu kunlar bunyod bo'lganini anglatish maqsadida bir qancha na'munali ishlar amalga oshirilmoqda. Shoirni nomi bilan nomlangan ko'chalar, xiyobonlar, institut, kollej maktab va boshqa jamoat joylari va binolari ham talaygina qad ko'tardi. Yana bir muhim tashabbuslardan biri bo'lmish shoirlar har bir oliy ta'lim dargohlariga biriktirilishi ularning nomini doim yodda tutishimiz kerakligini, ularning qattiq kurashlaridan keyin bu kunga yetganimizni unutmasligimiz, ularning pok xotirasiga

yarshadigan, yuzlarini yorug' qilib yuradigan avlod bo'lishimiz kerakligini yana bir karra anglatib turmoqda.

Shunday ishlardan biri hisoblangan Toshkent arxitektura-qurilish institutiga ham shoirning nomi biriktirilgan va uning nomidan stipendiya ta'sis etilgandir. Bu insonni nomini yelkasida yorug' yuz bilan ko'tarib yurgan yigit va qizlarga bu stipendiya beriladi. Hozirda bu stipendiyaga ega chiqqan talabalar shoir nomini yuksak cho'qqilarga ko'tarib yuribdi. Bundan tashqari ham boshqa stipendiyalarga ham munosib ko'rilib kelinmoqda. Har yili bahorda bu stipendiyaga talabgorlar ro'yxati shakllantirilib yosh talabalarni har taraflama qo'llab quvvatlash maqsadida ajoyib tadbirlar uyishtirilib kelinmoqda. Albatta bunday e'tirofdan har bir talaba juda xursand bo'lishmoqda. Shoir hayotini o'rganar ekanman men ham u yashagan davrga tushib qolgandek bo'lman.

Zokirjon hushnavs va mudarrislardan ham xusnihat va hattotlik bo'yicha bir qancha ta'lim oladi va 1873-yili madrasaga o'qishga kiradi. 1875-1876-yillari bo'lgan Qo'qon qonli urushidan keyin madrasa yopiladi va shoir yana mustaqil mutoola qilishga o'tadi[3]. Qo'qonning o'sha qonli va siyosiy urushi shoir hayotiga ham o'z ta'sirini o'tkasmasdan qolmadi. 17-yoshga kirmasdan bu olamning fitnalariga guvoh bo'lishni boshlagan shoir endi oilasiga ham kerakli inson edi. Tog'asining qistovi bilan Marg'ilonga borib unga yordamchilik qiladi. Savdo ishlarini o'rganadi. Keyinchalik esa o'zining ham kichkina bo'lsada do'konini ochadi. U yerda "choy va digar ashyolar savdosig'a do'kon" ochadi va u yerda samovarchilik, mirzochilik qiladi. Xalqning ariza va bayonatlarini qog'ozga yozib shox huzuriga yetqazib turardi. Xalqning dard-u g'ami shoir tilidan chiqar ekan bir qancha she'r va g'azallarini paydo bo'lishiga ham olib kelgan bo'lsa ajabmas. Mirzochilik shoir hayotini oddiy xalq bilan ko'p vaqt birga bo'lishga, ularni hayotini o'rganishga imkon yaratadi. Bundan ko'rinib turibdi-ki, shoir o'n yetti yoshidan olamon orasida yurib uning hayot tarzini o'rgangan. Ularga kerakli bo'lgan erkinlik yetishmayotganini, boylar oddiy xalq evaziga baxtli yashyotgan davrni ko'rib ulg'ayadi. Shunday insonlar bilan ulg'aygan shoir ularning dardini, alamini, baxtini, qayg'u va quvonchini ham o'z she'rlarida yoritib borgan. Shoir Marg'ilonda to'la shoir sifatida shakllandi. U brogan davralar qizg'in she'rxonlik kechalariga aylanib ketar edi. Shoirni o'zi ham she'rxonlik kechalariga juda qiziqar va bunday kechalarni hech qachon o'tqazib yubormas edi. U bir qancha shoirlar davrasida kamol topgan. Shu sababli uning dunyoqarashi ancha yuqori edi. Keng fikrlaydigan, insonlar dardini oldindan anglaydigan, o'z fikriga ega, mustaqil inson, adabiyestetik tushunchalari rivojlangan inson bo'lgan.

1880-yillar boshida u yana Qo'qonga qaytadi va u yerda oila quradi. Bundan keyin asosan ijodiy ishlar bilan shug'illanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi bo'lgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda bo'ladi, bu yerda ular uyishtirib turadigan adabiy kechalarning ham faol azosiga aylanadi[2]. Qo'qonda o'tgan shoirning bu hayoti sermazmun va sermah'sul bo'lgan chunki o'sha kezlari shoir bir qancha g'azal va muhammaslar bitadi. Bundan tashqari u Navoiy g'azaliga nazira va tahmislar bog'lagan. Bu davrlar shoirning zamonaviy va ovropacha ruhda ulga'yish davri bo'lgan desak ham bo'ladi ("Bo'ldi" radifli muhammasi bunga misol). Furqat insonlarning siyosiy qaloqligidan juda qayg'urganlar. Siyosatni tushunish uchun esa albatta savod kerak edi. Savodli bo'lish ham oson bo'lmagan.

Qo'qon xonligining batamom tugatilishi va uning mustamlaka davlatga aylantirilishi bilan yozilgan: «Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?» misrasi bilan boshlanuvchi

muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir[2]. Do'st-yoridan, mol-holidan hamda taxtidan ajrab qolgan Xudoyorxon tilidan bitilgan bu g'azal ham shoirning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy doirada keng fikrli inson bo'lganini anglatadi. Shoirning yozgan she'rlari, muhammas va tahmislarida o'zining qalbi, go'zal va takrorlamas ruxdagi dunyoqarash, hayotning turfa ajoyibotlari, rang barang tabiat, insoniy dard va kechinmalar, hayotga bo'lgan qaynoq sevgi-muhabbat va nafrat, yorqin bahor tasavvurlari yaqqol bilinib turadi. Yana uning samimiyligi, mehribonligi, chin insoniy xislatlarini ham anglab olish mumkin. Bunga misol qilib shoirning: «Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo'lsa», «Umr xush o'tmas bahor ayyomi sahro bo'lmasa», «Surmadin ko'zlar qaro, qo'llar xinodin lolarang», «Jannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik», «Ko'ngul dardig'a topmay boraman hargiz davo istab», «Fasli navbahor o'ldi ketubon zimistonlar» kabi misralar bilan boshlanuvchi g'azallari, «Yetti falak», «Biri», «Istar ko'ngul», «Do'st», «Kokulung» radifli muxammaslari, Navoiy g'azallariga taxmislari davr she'riyatining ham g'oyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi[2]. Shoir hayotini biz bunchalik tor doirada tasvirlab berolmas ekanmiz. Bu maqolani keyingi sahifalarini ham chop etishimizga to'g'ri keladi.

Adabiyotlar:

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Furqat

2. https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/o-zbek-mumtoz-adabiyoti/furqat-1859-1909

3. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/furqat-1859-1909/

4. Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

5. qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162.

6. Zarifova , D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN'ATIDA MAISHIY JANRNING O'RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57-62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.