Научная статья на тему 'FURQAT HAYOTINI YAQINDAN OʼRGANAMIZ'

FURQAT HAYOTINI YAQINDAN OʼRGANAMIZ Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
143
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Furqat” / XIVXX asr ziyolilari / “Sayding qoʼyaber sayyod” / “Sayohatnoma” / "Furqat" / intellectuals of the 14th-20th centuries / "Sayding koyaber sayyad" / "Travel"

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Lapasova

Oʼz vaqtining buyuk zabardasti, namoyondasi. Ziyolilar qatoridan joy olgan buyuk mutaffakir. Alisher Navoiy ijodini juda sevib oʼqiganligi bois yozgan ashʼorlaridan ham Navoiy sheʼrlaridagi muhit yaqqol sezilib turadi. Bir qancha davlatlarni kezib oʼzi uchun yangilik yaratgan, yevropacha muhitni his qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WE EXPLORE FURQAT'S LIFE CLOSELY

A great influencer of his time. A great thinker who is among the intellectuals. Because Alisher loved reading Navoi's works, the atmosphere of Navoi's poems is clearly felt in his poems. He traveled to several countries and created something new for himself, felt the European atmosphere.

Текст научной работы на тему «FURQAT HAYOTINI YAQINDAN OʼRGANAMIZ»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FURQAT HAYOTINI YAQINDAN O'RGANAMIZ Lapasova Shabbona Abduqayum qizi

Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yo'nalishi 3- bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.7264563

Annotatsiya. O'z vaqtining buyuk zabardasti, namoyondasi. Ziyolilar qatoridan joy olgan buyuk mutaffakir. Alisher Navoiy ijodini juda sevib o'qiganligi bois yozgan ash'orlaridan ham Navoiy she 'rlaridagi muhit yaqqol sezilib turadi. Bir qancha davlatlarni kezib o'zi uchun yangilik yaratgan, yevropacha muhitni his qilgan.

Kalit so'zlar: "Furqat", XIV- XX asr ziyolilari, "Sayding qo'yaber sayyod", "Sayohatnoma"

ВНИМАТЕЛЬНО ИЗУЧАЕМ ЖИЗНЬ ФУРКАТА

Аннотация. Великий влиятельный человек своего времени. Великий мыслитель, принадлежащий к интеллигенции. Поскольку Алишер любил читать произведения Навои, в его стихах отчетливо чувствуется атмосфера навоиских стихов. Он объездил несколько стран и создал для себя что-то новое, прочувствовал европейскую атмосферу.

Ключевые слова: «Фуркат», интеллигенция XIV-XX вв., «Сайдинг койабер сайяд», «Путешествие».

WE EXPLORE FURQAT'S LIFE CLOSELY

Abstrac. A great influencer of his time. A great thinker who is among the intellectuals. Because Alisher loved reading Navoi's works, the atmosphere of Navoi's poems is clearly felt in his poems. He traveled to several countries and created something new for himself, felt the European atmosphere.

Key words: "Furqat", intellectuals of the 14th-20th centuries, "Sayding koyaber sayyad", "Travel"

KIRISH

Furqat desa elimiz ko'z o'ngiga albatta Zokirjon Mullo Xolmuhammad o'g'li keladi. U bitgan g'azal, muhammas, mudarris taqlidnomalari ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. U bitgan har bir asarlarida o'zi yashagan zamonasi muhitini ajoyib tarzda jo aylagan. Tug'ilish chog'idan toki, vafotigacha bo'lgan ajoyib muhitni o'z asarlarida batafsil keltirib o'tgan. Yoshligidan she'rga o'z mehrini bergan ilm-u savodini ham madrasada, ham oilasida chiqargan. U o'n sakkiz yoshidan boshlab tog'asi iltimosiga ko'ra uning yonida yordamga borgan va u yerda savdo ishlarini o'rgangan[3]. Oilasi yoniga qaytib u yerda oila quradi, lekin shunda ham ijoddan to'xtamadi. Oradan ko'p o'tmay u Marg'ilonga yana qaytib keladi. U yerda yana sheriyat dunyosiga berilib ketadi. Shaharning ziyolilari Xo'jajon Rojiy, Muhammad Umar Umidiy -Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurdi. Furqat 1889-yil yo'lga Toshkent tomon yo'lga otlagan, avval Toshkent so'ng Qo'qon orqali Xo'jandga qarab yo'l olgan shoir, u yerda ham o'ziga o'xshagan sheriyat shaydolari bilan tanishib, ular bilan mushoira, munozalar o'tkazadi[1]. Shulardan biri Toshxo'ja Asiriydir, badiiyat ixlosmandi, ziyoli inson, bilan yaqin o'rtoq bo'ladi. Shu bilan birga o'sha shaxar aholisini yashash sharoiti, turmush tarzi, ko'rgan bilganlari bilan yaqindan tanishadi. Furqatda shunday qiziqish bo'lganki, u o'zi borgan hamma joydagi aholisini turmush tarzini yaqindan o'rgangan. O'z yurti bilan borgan joylaridagi yashash sharoitlarni bir-biri bilan taqqoslab ko'rishga juda qiziqqanlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Borgan joylari ba'zilari qiynalib, ba'zilari esa yengil hayotda yashagan xalqlarni ko'gan Furqat o'zi uchun xulosa olardi. Qaydadir yaxshi xislatlarni olsa, qaydadir yomon xislatlardan voz kechardi.

METOD VA METODOLOGIYA

Furqat o'z ijodida ijtimoiy muhit haqida ham biroz to'xtalib o'tgan. O'z yoziqlarida xalq dardini imkon qadar yoritar edi-yu, lekin uni ochiq aytadigan zamon emasligi uchun ham nimanidir ortiga bekitib ketar edi. O'sha zamon Mustamlaka tizimning tazyiqlari boshlangan kezlar bo'lgani uchun ham ko'proq siyosatga yaqinlashmagan. Lekin uning xon Xudoyorxon nomidan yozilgan "Dermish xon bir kuni-kim, davru davronlar qayon qoldi?"[3] deb nomlangan g'azali ham hatto badiiylik bilan birga yo'g'rilgan desak xato bo'lmaydi, menimcha. Chunki shoir bu g'azalni yozarkan, uning qalb istiroblari, chorasizliklari, alam, nafrat hamma hammasini chiroyli mubolag'a bilan go'zal ta'riflar bilan so'z ortiga berkitganligi bunga asil misol hisoblanadi. Bundan tashqari yana bir she'ri bo'lgan "Sayding qo'yaber sayyod sayyora ekan mendek" nomli musaddasida ham shoirning qay mahoratda so'z ortiga so'z berkitish, dard-u alamni qanday yo'l bilan baham ko'rish qobilyatiga tassanno aytmay ilojimiz yo'q. Sayding qo'ya ber, sayyod, sayyora ekan mendek, Ol domini bo'ynidin, bechora ekan mendek, O'z yorini topmasdan ovora ekan mendek, Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, Hijron o'tidin jismi ko'p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag'ri sadpora ekan mendek.[2]

Bu she'rni o'qigan odam albatta chuqur mulohazaga cho'kadi. Chunki buni bir misrasini anglab olishni o'zi uchun ham ancha vaqt ketadi. Har bir qatorini o'ziga qarata yozgan shoir aslida esa allakimlarni fikri, dardi va hattoki baxtini ham oddiy misralari ortiga go'zal qiyoslov bilan berkitganiga ajablanadi odam.

TADQIQOT NATIJASI

Furqat hayotida ayniqsa Toshkentdagi davr ancha noodatiy kechdi. Chunki Toshkent hududiga chor qo'shinlarini kirib kelishi bilan bu yerdagi muhit tubdan o'zgara boshladi. Toshkentga kelgan Ovropacha madaniyat ham Furqatning ham dunyoqarashlarida o'zgarishlarni paydo qila boshladi. Bu bilan shoir nafaqat o'zida balki ijodida ham ma'rifatparvar, Ovropacha ilm-madaniyat, fan va texnikaga xayrixohlik o'zida mujassamlashtira boshladi. Shu davrdan boshlab o'zbek adabiyotiga yangidan navotor ijodkor sifatida ko'p asrlik qoidalardan voz kechgan holda yangicha mavzu hamda yevropacha g'oyalar olib kirgan shoir bo'lib qoldi. Endichi u, yangicha fikr, mulohaza va yoki g'oyalarning targ'ibotchisi, hisoblanardi. Imkon qadar ulardan yaxshi fikr va mulohazalarni olib boshqalarga ham imkon qadar tushuntirardi, targ'ib etardi. Shu tariqa Furqat hayotida ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda tortishuvlarga boy bo'lgan eng qiziq hayot yo'lidagi bosqichi endi boshlangan edi. Shoir va nihoyat o'zi uchun qulay bo'lgan va ommabop qo'llanma hisoblangan gazeta matbootiga ishga kirdi va bu ishni u gazetalar yordamida bajara boshlaydi.

MUHOKAMA

1890 yilning may, iyul va sentyabr oylarida "Ilm xosiyati", "Akt majlisi xususida", "Toshkent shahrida bo'lg'on nag'ma bazmi xususida", shuningdek, uch qismdan iborat "Vistavka xususida" kabi davr adabiyotidagi ma'rifatparvarlik yo'nalishining yetuk namunalari darajasida bo'lgan asarlari shu gazeta sahifalarida dunyo yuzini ko'rdi.[1] Bunday asarlaridan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

keyin Furqat o'sha zamonning eng jonkuyar, fidoiy, mehnatsevar va Yevropacha madaniyatning yorqin jarchisi sifatida namoyon bolib borgandi. Bu bilan u o'z xalqini zamonaviy ilm-fanni o'rganishga va dunyoviy bilimlarni puxta egallashga to'xtovsiz ravishda da'vat etardi. Bundan maqsad esa albatta xalqning tinchi va birdamliligini o'ylab qilingan ishlar edi. Xalqini boshqa xalqlardan qolishmaydigan bo'lishi uchun butun vujudi bilan harakat qilardi. Shoir bitgan har bir hayqirig'i nihoyatda ta'sirchan, uni o'qigan inson qalbidan albatta chuqur joy olar edi. Har bir so'zida olam-olam ma'no topar edi o'qigan odam.

Jahon bastu kushodi - ilm birla!

Nadur dilni murodi - ilm birla!

Ko'ngullarni sururi - ilmdandur!

Ko'rar ko'zlarni nuri - ilmdandur[1]! Mana shunday oddiy jumlalarni bir biri bilan chambars bog'lashlik faqat o'z ishini ustalari bo'lgan shoirlargagina xos ishdir. Shoir haqli ravishda o'zbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning otashin publitsist sifatida faoliyati 1890-yildan "Turkiston viloyatining gazeti" xodimi sifatida boshlanadi. Shoirning Toshkentda bo'lgan vaqti uzoqqa cho'zilmadi. 1891-yili u Samarqandga jo'naydi. U yerda shahar fozillaridan Mirzo Buxoriy hovlisida yashab, tarixiy obidalarni o'rganadi[1]. Ular haqida material tayyorlab Toshkentga yuboradi. So'ngra Buxoroga o'tib undan keyin esa dunyo kezishni boshlaydi. Marv, Ashxobod, Boku, Botumi orqali noyabr oyida Istanbulga boradi. Bu bilan ham shoir juda ilhomlanardi, dunyoviy muhit bilan tobora qiziqar ekan uning dunyoga bo'lgan intilishi yana ham ortar edi. Lekin bu bilan birga vatan sog'inchi, ona yurtga bo'lgan intilish, yaqinlarini sog'inish kabi vatangadolikning ilk bosqichlari ham boshlangan edi. Shu sabab Istanbuldan Toshkentga yo'llagan "Sabog'a maktub" she'riy maktubi shoirning sog'inch alamlarini imkon qadar inson omiliga yetkazib bera olgan. Furqat Istanbuldan Bulg'oriya va Yunonistonga qisqa muddatli sayohat uyushtirib, Bolqon yarim orolining qator shaharlarida bo'ladi. Furqat 1892-yil martida Istambuldan O'rta yer dengizi oraqali Arabistonga o'tib, Makkada haj ziyoratini bajo aylab, Jadsa, Madina shaharlarida bo'ldi. Xuddi shu ziyorat munosabati bilan uning "Hajnoma" asari maydonga keladi. Makkadan keyin esa Bombeyga yol oladi. 1893-yil Kashmir-Tibet orqali uyg'urlar vatani bo'lgan Yorkentga boradi va o'sha yerda muqim bo'lib o'rnashib qoladi. Shoir har daqiqa har onda vatanga qaytish orzusi bilan yashagani u yozgan yozishma va asarlarida namoyon bo'ladi. O'zini yozishi bo'yicha uning eng ko'p yozilgan asari "Sayohatnoma" asari bo'lgan. Bundan tashqari ham shoir "Masarratnoma", "Qasida" asarlari, hamda rus-yapon urushi munosabati bilan yozgan masnaviysi xuddi shu turkum jumlasidandir[1]. Bundan tashqari shoir yana bir qator xatlarni do'stlariga yuborib ular bilan ham aloqalashib turgan. "Turkiston gazeta"siga ham tinmay she'r, maqola va xabarlar yo'llab turgan. U yerda oila qurib shu bilan muqim yashab qoladi. Umrini so'nggi kunlarini Yorkentda yashab o'tgan shoirni bilganlarni fikricha. Har on har daqiqada shoir vatanini qo'msab yashagan. Qalbida vatanga bo'lgan sadoqat aslo so'nmagan.

XULOSA

Izlanishlarim va qiziqishlarim natijasida shunga amin bo'ldimki, shoir hayotida juda ham ochilmagan sahifalar mavjud. Bu sahifar aslida qanchalik haqiqatga yaqin joyda va ularni topish qay darajada bo'ladi buni bilmadimu lekin shoir hayotini yanada chuqurroq o'rgangan ma'qul ekan. Shoir hayoti bilan tanishar ekanman ochiq qolgan qancha savollar menda paydo bo'ldi. Ularga javobni kimdan va qaydan olishni esa hozircha bilmayapman. Balki bu yozganlarimni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yana ham davomi bo'lar, balki bu izlanishlar shu joyda yakun topar, bu esa ozgina ochilmay qolgan haqiqatlarga ham haqiqatlar bog'liq deb o'ylayman.

REFERENCES

1. https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/furqat-1859-1909/

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Musaddas

3. https://arboblar.uz/uz/people/furkat

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.