Научная статья на тему 'ZIYORAT TURIZM TUSHUNCHASI VA UNING TURIZM SOHASIDA TUTGAN O‘RNI'

ZIYORAT TURIZM TUSHUNCHASI VA UNING TURIZM SOHASIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ziyorat / turizm / ta’lim / Tomas Kuk / butunjahon ko‘rgazma / rekratsion / sport / ekologiya. / pilgrimage / tourism / education / Thomas Cook / World's Fair / recreation / sports / ecology.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xamidov, Abdulbosit

Mazkur maqolada ziyorat turizmi haqida dastlabki tushuncha va ma’lumotlar, shu qatorda ziyorat turizm yo‘nalishining sohadagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Hozirgi kunda o‘ta jadallik bilan rivojlanayotgan turizm sohasidagi ziyorat turizm yo‘nalishi bilan bir qatorda boshqa yondosh sohalar haqida ham gap ketadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF PILGRIMAGE TOURISM AND ITS ROLE IN THE FIELD OF TOURISM

This article talks about the initial concepts of pilgrimage tourism and the role of pilgrimage tourism in the field. Currently, we are talking about the direction of pilgrimage tourism, which is developing very rapidly, as well as other related fields.

Текст научной работы на тему «ZIYORAT TURIZM TUSHUNCHASI VA UNING TURIZM SOHASIDA TUTGAN O‘RNI»

Research BIB / Index Copernicus

ZIYORAT TURIZM TUSHUNCHASI VA UNING TURIZM SOHASIDA

TUTGAN O'RNI

Mazkur maqolada ziyorat turizmi haqida dastlabki tushuncha va ma'lumotlar, shu qatorda ziyorat turizm yo'nalishining sohadagi o'rni haqida so'z yuritiladi. Hozirgi kunda o 'ta jadallik bilan rivojlanayotgan turizm sohasidagi ziyorat turizm yo 'nalishi bilan bir qatorda boshqa yondosh sohalar haqida ham gap ketadi.

Kalit so'zlar: ziyorat, turizm, ta'lim, Tomas Kuk, butunjahon ko'rgazma, rekratsion, sport, ekologiya.

THE CONCEPT OF PILGRIMAGE TOURISM AND ITS ROLE IN THE

FIELD OF TOURISM

ABSTRACT

This article talks about the initial concepts of pilgrimage tourism and the role of pilgrimage tourism in the field. Currently, we are talking about the direction of pilgrimage tourism, which is developing very rapidly, as well as other related fields.

Keywords: pilgrimage, tourism, education, Thomas Cook, World's Fair, recreation, sports, ecology.

ПОНЯТИЕ ПАЛОМНИЧЕСКОГО ТУРИЗМА И ЕГО РОЛЬ В СФЕРЕ

В этой статье рассказывается об первоначальных концепциях паломнического туризма и роли паломнического туризма в этой области. В настоящее время речь идет о направлении паломнического туризма, которое очень быстро развивается, а также о других смежных сферах.

Ключевые слова: паломничество, туризм, образование, Томас Кук, Всемирная выставка, отдых, спорт, экология

XX asr insoniyat o'z tarixida misli ko'rilmagan yutuqlarga erishdi. Turli sohalarda bashariyyat avvalari erishilmagan marralarini zabt etdi. Bunday yutuqlar insoniyat olamiga avval yeta olmagan to'kin hayotga yetish imkoniyatini yartdi.

Xamidov Abdulbosit

Termiz davlat universiteti magistranti E-mail: abdulbosithamidov8gmail.com Tel: (99)336 66 69

ANNOTATSIYA

ТУРИЗМА

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

Natijada bunday to'kin hayotning ortidan inson dam olish va boshqa ishlar uchun mablag' jamg'arish va bu ishlar uchun xarajat qilishni o'ziga og'ir sanamay qo'ydi. Ana shunda insoniyat avvalari e'tibor bermaydigan va bu sohaga vaqt ham pul ham sarflashni istamaydigan turizm sohasi dunyoda jadallik bilan rivojlana boshladi. Shu o'rinda haqli savol paydo bo'ladi turizm o'zi nima?

"Turizm bu - odamlarning boshqa joyga sayohat qilib, yangi joylarni madaniyatlarni va tajribalarni o'rganish jarayonidir. Bu jarayon turli maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: dam olish, sog'lomlashtirish, ta'lim, ziyorat, sport, ekologiya va h.k"1.

Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi sifatida Angliyalik Tomas Kuk tan olingan. U birinchilardan bo'lib sayohat maqsadida ommaviy safar tashkil etishning mohiyati va foydaliligini anglab yetdi hamda 1843-yilda dastlabki temiryo'l orqali turni muvaffaqiyli tashkil etdi. 1851-yilda u mamlakatning barcha hududlaridan kelgan 165 ming kishini Parijdagi ko'rgazmada ishtirok etishni tashkil qildi. Ko'rgazmaga qilingan sayohat tufayli katta foyda keltirganligi sababli, Kuk Angliyalik turistlarning 1865-yilda Parijga Butunjahon ko'rgazmasiga ommaviy ravishda buyurishining tashkilotchisi bo'ldi. Tomas Kuk 1872-yilda birinchi bo'lib sanoat asosida jahon bo'ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Bugungi kunda "Tomas Kuk" kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik agentliklarga ega bo'lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko'rsatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

To'g'ri turizm sohasi aynan XX asrga kelib paydo bo'lgani yo'q, uning tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqaladi. Zero insonlar aynan XX asrga kelib safar qilishni boshlamaganlar. Turizm sohasi oxirgi 30 yil ichida ayniqsa jadal sur'atlarda rivojlandi. Bu vaqt oralig'ida xalqaro turistlar soni 3,8 marta, bu sohadan keladigan foyda 25 martaga o'sdi. Hozirgi kunda turizm sohasiga dunyo yalpi mahsulotining 6 foizi, xalqaro sarmoyalaming 7 foizi, ish o'rinlaming har 16 chisi, dunyo iste'mol harajatlarining 12 foizi to'g'ri kelmoqda. Bugungi kunda turizm-jahon miqiyosidagi iqtisodiyotning juda kuchli tarmog'i bo'lib, bu sohagajuda ko'p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag'lar jalb qilingan. Turizm yirik biznes, katta pul va global miqiyosdagi jiddiy siyosatdan iborat.

Barcha sohalar tarmoqlarga ajralgani kabi, turizm sohasi ham bir qancha tarmoqlarga tarmoqlanadi.

1 I.S.Tuxliyev, R.Hayitboyev, B.SH.Safarov, G.R.Tursunova Turizm asoslari - Toshkent 2014

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Quyida ba'zi turlarining ta'riflariga to'xtalamiz.

Rekreatsion turizm - dam olish maqsadidagi, turizm sifatida o'z tarkibida sog'lomlashtirish vajismoniy tiklanish maqsadlarini ham tashkil etadi.Rekreatsion turizm gator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli bo'lib hisoblanadi.

Malakaviy ish turizmL Turizmning mazkur turiga ish maqsadlari bilan amalga oshirilgan safarlar kiradi. Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy tadbirkorlaming faoliyati xorijiy hamkorlar bilan ishlashni taqozo qilmoqda, shu tufayli mahalliy tadbirkorlarning xalqaro munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ishchanlik turizmining afzalligi shundan iboratki, uni turizm sohasi uchun nomav-sumiy paytda ham tashkil etish imkoniyatini beradi.

Ilmiy turizm - O'qish, ta'lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta'lim olish uchun safar qilish O'zbekistonda ham turbiznesning yangi segmentlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu safarlarning ommabop bo'lib borayotgan turi bu xorijiy ti o'rganish maqsadida Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so'zlashadigan davlatlarga safarlarni amalga oshirish.

Sport turizmi - asosiy maqsadi turistlarga o'zlari tanlagan sport turi bilan shug'ul- lanishga imkoniyat yaratib berishdan iborat. Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli inventarlarni, maxsus trassalarni, arqon yo'llar, sport maydonchalarini, asbob-uskunalami talab etadi. Sport turizmi bo'yicha sayohatlarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri bu- dam oluvchilarning xavfsizligini ta'minlash hisoblanadi. Sport turizmining sayohatlari safarlaming

Research BIB / Index Copernicus

maqsadiga bog'liq ravishda 2 turga bo'linadi: aktiv va passiv ravishda bo'lishi mumkin.

Shop-turlar - Rossiya va Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MOH) davlatlari uchun xos bo'lgan xorijga tashrifning asosiy maqsadi bo'lib, ushbu mamlakatda tanqis bo'lgan xalq iste'mol tovarlarini harid qilish va uni o'z mamlakatida sotish hisoblanadi (poyafzal, trikotaj, yozgi va qishki kiyimlar va boshqa mahsulotlar -Xitoy, Turkiya, Italiya, Portugaliyadan - mebel va jihozlar, Dubay, Xitoy va Italiyadan - teleradio mahsulotlar - Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoydan -avtomashinalar.

Ekoturizm deganda, nafaqat ma'rifiy-ma'naviy maqsadlami ko'zlagan holda betakror tabiiy hududlarga, ulaming hayvonot va o'simlik dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy-iqtisodiy masalalami amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarini ha! qilish bilan bir-biriga bog'liq majmualar yig'indisini tushunamiz.

Gastronomiya turizmi - bu mamlakatlar va qit'alar bo'ylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko'rishga imkon yaratadi. Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo'lib hisoblanadi, balki dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta'mga ega bo'lgan masalliqlardan tarkib topgan ma'lum bir hududdagina uchrovchi taomlarni tatib ko'rishga qaratilgan tadbirlar majmuiga kiradi

Ziyorat turizm - ziyorat qilish maqsadidagi sayohat sifatida hozirgi kunda juda yuqori talabga ega bo'lib, ommaviy tus olmoqda. Mustaqilligimiz sharofati bilan har yili ko'plab vatan- doshlarimiz Makkayu Madinaga Haj va Umra safarlarini amalga oshirmoqdalar. Dunyodagi ko'pgina odamlar Makkai Mukarrama, muqaddas yer bo'lgan, Vatikan ibodatxonalari va boshqa joylami ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi.O'zbekistonda bunday muqaddas ziyorat qiladigan joylarga Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyat- larimizda joylashgan tarixiy yodgorliklar misol bo'la oladi. Ayniqsa, musulmon olami uchun kichik haj hisoblangan, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G'ijduvoniy, Imom al-Motrudiy, Hazrati Imom ziyoratgohlari diniy turizmni rivojlantirishda muhim o'ringa ega bo'lmoqda.

Ziyorat so'zi arabcha so'zdan olingan bo'lib, "borib kelmoq", "xabar olmoq" degan ma'nolarni bildiradi2. Ziyorat eng qadimiy turizm turlaridan hisoblanadi. Zero bu turizm turining rivojlanishi bevosita din bilan bog'liq. Nafaqat islom balki avvalgi dinlarda ham ziyorat amali bo'lgan. Lekin "ziyorat" so'zi bevosita arab tili bilan bog'liq bo'lganligi bois islom dini bilan bog'liqligi ko'roq. Zero ziyorat turizmi turli

2 Ziyorat. http: ru.wikipedia.org/wiki/Ziyorat

Research BIB / Index Copernicus

din vakillarining ziyorat maqsadidagi sayohatlar majmuidir. An'anaga ko'ra u diniy maqsadli sayohatlarga taalluqlidir, lekin u ziyoratchi uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan dunyoviy sayohatga ham tegishli bo'lishi mumkin. Ziyorat turizmi ahamiyatini ikki xususiyatga ko'ra asoslash mumkin. Ziyoratchilar uchun ziyorat turizmi qanchalik muhim? Ziyorat insonlar uchun qiyin paytlarda ruhiy ozuqa olish imkoniyati hamdir. Insonlar diniy ma'rifatni his qilishi uchun ma'lum manzillarga sayohat qilishadi. Ko'pincha insonlar uchun uzoq va ba'zan qiyin bo'lgan sayohat ularga fikr yuritish imkoniyatini yaratadi. Ziyoratlar din bilan munosabatlarni chuqurlashtirishning bir usuli bo'lishi mumkin. bu albatta e'tiqodga qanchalik sadoqatli ekanligini ko'rsatishning bir usuli va bu dinning o'zi haqida ko'proq bilishning imkoniyatidir. Zero har yili musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka shahrida hijriy qamariy taqvim bo'yicha zulhijja oyida ikki yoki ikki yarim million hojilarning bir vaqtning o'zida haj ibodatlarini qilishlari haqiqatda insonning e'tiqodi bilan bog'liq masaladir. XXI kelib transport va havo yo'llari tiziming rivojlanishi natijasida bunday ibodatlarga borib kelish masalasi birmuncha hal qilindi. Lekin avvalari insonlar 5 yoki 6 oy avval haj amallarini qilish uchun yo'lga chiqqanlar. Zero bizning yurtimizdagi ota-bobolarimiz ham shunchalar ko'p vaqt sarflashga majbur bo'lganlar. Sababi e'tiqod bilan bog'liq. Insonlar diniy ibodatlarini amalga oshirish uchun qanchalar zahmat chekishga ham tayyordirlar.

"Diniy maqsadlarda sayohat qiluvchi sayohatchi - muqaddas joylar va diniy markazlarni ziyorat qilish uchun olti oydan ortiq bo'lmagan muddatga doimiy yashash mamlakatidan tashqariga chiqadigan shaxs tushuniladi"3.

"Diniy turizm deganda, odatdagi muhitdan tashqarida bo'lgan muqaddas joylar va diniy markazlarga sayohat qiluvchi sayohatchilarga xizmat ko'rsatish va ularning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq faoliyat tushunilishi kerak"4.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasining turizm to'g'risidagi O'RQ-549-SON 18.07.2019. qonuni.

2. Connie Mok, Beverley Sparks, Jay Kadampully 'Service Quality Management in Hospitality, Tourism, and Leisure' Taylor&Francis 11-yanvar, 2013 10-bet

3. Po'latov M.E., Xolmamatov D.H., Yahyoxonov N.B. Xizmatlar marketing. O'quv qo'llanma. Samarqand. Fan bulog'i nashryoti, 2021 y.

4. I.S.Tuxliyev, R.Hayitboyev, B.SH.Safarov, G.R.Tursunova Turizm asoslari Toshkent 2014

3 N.Bozorov. Ziyorat turizm tarixi va uning turizm sohasida tutgan o'rni - Termiz. 2023

4 N.Bozorov. Ziyorat turizm tarixi va uning turizm sohasida tutgan o'rni - Termiz 2023

Research BIB / Index Copernicus

5. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. -O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriigi - T.: "IQTISODIYOT", 2019. - 305 bet.

6. Haqberdievich K. D., Shavkiddinovich M. M. USE OF INTERNATIONAL MARKETING STRATEGIES IN THE DEVELOPMENT OF FREE ECONOMIC ZONES //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1.

7. Haqberdievich K. D., Shavkiddinovich M. M. SWOT ANALYSIS OF FREE ECONOMIC ZONES (FEZ) IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. - 2022. -Т. 22. - С. 610-615.

8. Мурадова Н. У. Специфика рынка лизинговых услуг и используемых в них маркетинговых инструментов // ГЛОБАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ. - 2019. - С. 493- 499.

9. Kholmamatov Diyor Haqberdiyevich. Main Directions of Application Marketing Logistics. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.