Научная статья на тему 'ЎЗБЕКИСТОНДА ПЕНСИЯ ТАЪМИНОТИ ТИЗИМИНИ ЭКОНОМЕТРИК МОДЕЛЛАШТИРИШ ОРҚАЛИ ИСЛОҲ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ'

ЎЗБЕКИСТОНДА ПЕНСИЯ ТАЪМИНОТИ ТИЗИМИНИ ЭКОНОМЕТРИК МОДЕЛЛАШТИРИШ ОРҚАЛИ ИСЛОҲ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
7
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
byudjet tashkiloti / moliyaviy natija / davlat byudjeti / moliyaviy nazorat / moliyaviy hisobotlar / majburiyatlar / byudjet daromadlari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Achilov Uyg‘unjon Ulug‘bekovich, Sapayev Jahongir Abdullayevich

Maqolada O’zbekistonda jahon mamlakatlari tajribalari asosida byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijalar hisobini tashkiletish va takomillashtirish yo’llari atroflicha tahlil qilingan. Byudjet tashkilotlarida moliyabviy natijalar hisobining o’ziga xos xususiyatlari aniqlangan hamda tegishli xulosa berilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ЎЗБЕКИСТОНДА ПЕНСИЯ ТАЪМИНОТИ ТИЗИМИНИ ЭКОНОМЕТРИК МОДЕЛЛАШТИРИШ ОРҚАЛИ ИСЛОҲ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

Y3BEKHCTOHAA nEHCHfl TA'bMHHOTH TH3HMHHH ЭKОНОМЕТРHK MO^E^AmTHPHm OP^A^H HGflOX, KH^Hm MACAmflAPH

Achilov Uyg'unjon Ulug'bekovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD Toshkent, O'zbekiston. gmail: [email protected] ORCID: 0000-0001-6991-5629 Sapayev Jahongir Abdullayevich O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11220714

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 20- May 2024 yil

KEY WORDS

byudjet tashkiloti, moliyaviy natija, davlat byudjeti, moliyaviy nazorat, moliyaviy hisobotlar, majburiyatlar, byudjet

daromadlari.

Maqolada O'zbekistonda jahon mamlakatlari tajribalari asosida byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijalar hisobini tashkil etish va takomillashtirish yo'llari atroflicha tahlil qilingan. Byudjet tashkilotlarida moliyabviy natijalar hisobining o'ziga xos xususiyatlari aniqlangan hamda tegishli xulosa berilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarolikni yanada mustahkamlash sharoitida respublikamizda iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi sohasidagi islohotlar ham rivojlanish yo'lidagi bir tarmoq sifatida naqadar muhimligi hozirgi kunning talabida o'z aksini topmoqda. Davlat byudjet tashkilotlari, korxonalar, xo'jaliklar faoliyatini yuritishda buxgalteriya hisobi, jumladan byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazoratining ahamiyatli jihatlari o'zini yaqqol namoyon qiladi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham Buxgalteriya hisobini yanada rivojlantirish, byudjet nazoratini yanada takomillashtirishga qaratilgan fikrlari fikrimiz isboti bo'la oladi. Jumladan, "Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risi'^dagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoni bu soha mamlakat iqtisodiyoti, uning rivojlanish taraqqiyotida ahamiyatini ko'rsatib beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 28.01.2022 yildagi PF-60-son Farmonida Davlat byudjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirishga oid bir qator vazifalar belgilanib olindi, jumladan2:

- Davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini qayta ko'rib chiqish.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni, 27.08.2021 yildagi PF-6300-son.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son https://lex.uz/uz/docs/-5841063

- Byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasi va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.

- Byudjet tashkilotlaridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarning to'g'ri hisoblanishi ta'minlashga qaratilgan axborot tizimlarini takomillashtirish.

- Davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida bajarilayotgan ish hajmlari hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish tizimini joriy etish.

Shunday ekan, buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazoratning mamlakat moliya tizimida tutgan o'rni, ahamiyatini o'rganib, mazkur sohada yuzaga keladigan muammolar va ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarbdir.

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar va meyo'riy-huquqiy hujjatlar kurs ishi mavzusining obyekti bo'lib hisoblanadi. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazoratining ahamiyati, uning maqsad va vazifalari, O'zbekiston Respublikasida moliyaviy natijalar nazoratining takomillashtirish chora-tadbirlari ahamiyatini o'rganish kurs ishi mavzusining predmeti bo'lib hisoblanadi. Xususan, biz bilgan iqtisodiyotning birlamchi tushunchalariga e'tibor qarataylik: daromadlar va xarajatlar. Ularni aniqlash, asosiy xususiyatlarini belgilash shu bilan birgalikda ular moliyaviy natija, ya'ni foyda yoki zararni aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar sharhi

Avvalambor, byudjet tashkiloti nima? Byudjet tashkiloti3 deganda davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko'ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag'lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot tashkilot tushuniladi.

Ikkinchidan, moliyaviy nazorat nima? O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga qaraydigan bo'lsak, moliyaviy nazoratga quyidagicha ta'rif berilgan: moliyaviy nazorati4 -byudjet to'g'risidagi qonunchilikning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni o'rganish, tahlil qilish hamda taqqoslash jarayonidir.

Moliyaviy natijalar xo'jalik yurituvchi sub'ektning asosiy faoliyati va uning boshqa operatsiyalaridan olingan natijalarini o'zida mujassam etadi. Moliyaviy natijalar keng ma'noda oraliq natijalar, ya'ni daromadlar va xarajatlar sifatida, tor ma'noda esa - xo'jalik yurituvchi sub'ektning foyda va zararlari sifatida tavsiflanishi mumkin. Bunda daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida joriy daromadlar va xarajatlar sifatida ham, kelgusi davr daromadlari va xarajatlari tarzida ham shakllanishi mumkin.

Moliyaviy-xo'jalik faoliyatining asosiy ko'rsatkichi hisobot davrida xususiy kapital qiymatining o'sishi (kamayishi)ni o'zida aks ettiruvchi moliyaviy natija hisoblanadi. Moliyaviy natijalar to'g'risida so'z yuritilganda, uning mohiyatiga to'xtalib o'tish joiz.

Respublikamizda moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi "Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalarni tasdiqlash to'g'risida" buyrug'i asosida to'ldiriladi.

3 O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 01.01.2014 https://lex.uz/docs/-2304138

4 O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 01.01.2014 https://lex.uz/docs/-2304138

Page 100

Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni tuzish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida NIZOM"da belgilangan daromadlar va xarajatlar tasnifiga binoan amalga oshiriladi.

"Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun" nomli konseptual asosga ko'ra, "Moliyaviy natijalar - xo'jalik yurituvchi sub'ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir"5 .

"Daromad" va "xarajat" kategoriyalari buxgalteriya hisobining fundamental tushunchalari hisoblanadi. Ushbu kategoriyalar asosiy maqsadga erishish, moliyaviy natijalar hajmini oshirish hamda hisobotdan foydalanuvchilarga boshqaruv va iqtisodiy qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Ta'kidlash joizki, moliyaviy natijalar kategoriyalari faqatgina buxgalteriya hisobida emas, balki butun xo'jalik yurituvchi sub'ektni boshqarishda ham muhim ro'l o'ynaydi. Buni quyidagi rasmdan kuzatish mumkin.

Daromad va xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning asosiy vazifasi ularning miqdorini aniqlashdir. Daromad va xarajatlar miqdorini baholashning xolisligi va haqqoniyligiga xo'jalik bitimlarining noaniqligi o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu esa daromad va xarajatlarni tan olish vaqti bilan hisobot davrlari o'rtasida daromad va xarajatlar xususidagi buxgalteriya hisobi axborotini taqsimlashga bog'liqligi bilan ifodalanadi.

Ma'lumki, har bir bitimda uni tan olish mezonlari qo'llaniladi. Vaziyatni aniqlash chog'ida bitimning alohida elementlariga tan olishning mezonlarini qo'llash zarur. Masalan, mahsulotni sotish narxi sotishdan so'nggi xizmat ko'rsatish uchun muayyan qiymatni o'z ichiga olsa, bu qiymat shu muddatdan ajratilib xizmat ko'rsatilgan davr davomida asosiy xo'jalik faoliyatidan olingan daromad, deb e'tirof etiladi. Aksincha, bitimlar bir butun bitimning turkumlari deb qaralganda natijalari haqiqiy bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan ikki yoki undan ortiq bitimlarga e'tirof etish mezonlari qo'llaniladi.

Ta'kidlash joizki, noaniqlik sharoitida daromad va xarajatlarni tan olishning asosiy shartlari ularning ishonchli baholanishi va tan olish vaqtida ehtiyotkorlik prinsipiga amal qilinishi hisoblanadi. Bu yerda ehtiyotkorlik prinsipi deganda bitim bilan bog'liq iqtisodiy naf olish ehtimoli mavjud bo'lishi, shuningdek, bitim bilan bog'liq amalga oshirilgan yoki kutilayotgan xarajatlar ishonchli darajada aniqlanishi tushuniladi.

Moliyaviy natijalar hisobini yuritishning amaldagi tizimi hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi, faoliyatning uzluksizligi, ehtiyotkorlik prinsiplariga asoslanadi, bu kapitalizasiya hamda rezerv hosil qilishni belgilab beradi. O'z navbatida, daromad va xarajatlar miqdorini aniqlash va belgilash qoidasi, uslubiy qoidalar asosida ma'lumotlarning jamlanib borish qoidasi hisobot davrida yakuniy moliyaviy natijani aniqroq hisoblash imkonini beradi.

Buxgalteriya hisobida moliyaviy natijalarga oid ko'rsatkichlarning turli tumanligi foyda hisobi ob'ektlarini ilmiy asoslangan holda tasniflashni taqozo etadi. Moliyaviy natijalar tarkibidan favqulodda foyda va zararlarni chegirib tashlash o'zini oqlamaydi. Ma'lumki, keyingi vaqtlarda butun dunyo bo'ylab ko'plab tabiiy ofatlar yuz bermoqda. Bu, o'z navbatida, katta miqdorda zarar keltirib, ko'plab xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

1 O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari. -T.: O'BAMA, 2001

Byudjet nazoratining sub'ektlari va ob'ektlari haqida to'xtalib o'tadigan bo'sak, Byudjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning ob'ektlari moliya organi, davlat maqsadli jamg'armalari va byudjet tashkilotlari hisoblanib, nazorat borasida ular quyidagilarga bo'linadi:

1. Byudjet daromadlari va xarajatlari;

2. Byudjet pul mablag'lari, byudjet ssudalari;

3. Hisoblashuvlar bo'yicha mablag'lar, aylanma kassa mablag'lari;

4. Byudjet tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari;

5. Moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar;

6. Majburiyatlar va moliyaviy natijalar.

Yuqorida keltirilgan ob'ektlarning 1-3 moliya organlari va davlat maqsadli jamg'armalariga taalluqli bo'lib, 4-6 byudjet tashkilotlariga taalluqlidir. Byudjet ijrosi jarayonida nazorat va taftishning sub'ektlari bo'lib:

1. Hisob palatasi;

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

3. Soliq qo'mitasi;

4. Mustaqil auditorlik firmalari (shartnoma asosida).

Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish vakolati O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan bo'lib, nazoratning asosiy sub'ekti hisoblanadi.

Demak, Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan o'z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag' ajratish nazarda tutilgan va bu mablag' moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo'mitasi, idora, davlat tashkiloti. Nega byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazorat muhim ahamiyatga ega?

Muntazam ravishda moliyaviy natijalar nazorati byudjet tashkiloti faoliyati haqida to'g'ri xulosalar berish va to'g'ri qarorlar qila olishga imkon beradi.

Ammo moliyaviy natijaning qator ko'rsatkichlari mavjud bo'lib, ularning barchasi moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotda o'z aksini topadi va ushbu hisobot davridagi daromadlari va xarajatlari to'g'risidagi oraliq va yakuniy ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Daromad va xarajatlarni taqqoslash orqali quyidagi ko'rsatkichlari aniqlanadi. B.K.Hamdamov va A.A.Ostonaqulovlar hammuallifligidagi "Byudjet nazorati" o'quv qo'llanmasiga ko'ra: "Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natija bu foyda, salbiy moliyaviy natija bu zarar"6. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari (tushumlari, byudjet mablag'lari bo'yicha g'aznachilik orqali amalga oshirgan kassa xarajatlari) va hisoblangan barcha haqiqiy xarajatlarining o'zaro solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati tushuniladi. Yoki boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarining moliyaviy natijasi bu tashkilotning barcha aktivlari nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari) dan uning majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasi natijasida hosil bo'ladigan aktivning sof qiymati deb tushunish mumkin.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g'aznachilik bo'linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga

' B.K.Hamdamov va A.A.Ostonaqulov "Byudiet nazorati"

o'quv qo'llanma. -T.:

Iqtisod-moliya", 2018.

olish registrlariga imzo qo'yish huquqiga ega hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Tahlil va natijalar

Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotning eng muhim jihati ushbu hisobot ma'lumotlari asosida nafaqat byudjet tashkilotlari hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektning keyingi faoliyatini bashoratlash imkoniyati tug'iladi. Xalqaro amaliyotda moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot tuzilishining turli ko'rinishlari mavjud.

Ushbu hisobot muayayn bir maqsadga mo'ljallangan bo'lsada, ammo uning tuzilishi va undagi ko'rsatkichlar ketma-ketligi farq qiladi. Masalan, britan-amerika modeli quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Ushbu hisobotning tuzilishi sotilgan mahsulot konsepsiyasiga asoslanadi.

2. Xarajatlar ularning funksiyalari - ishlab chiqarish, ta'minot, ma'muriy, moliyaviy va boshqalarga qarab tasniflanadi.

Markaziy Yevropa mamlakatlarida kontinental model qo'llanilib, uning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

1. Hisobotni tuzish uchun asosiy ko'rsatkich mahsulot sotish hajmi emas, balki yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot bo'lib, u o'z ichiga sotilgan mahsulot, ombordagi mahsulot va jo'natilgan mahsulotni oladi;

2. Xarajatlar ularning funksiyasiga qarab emas, balki kelib chiqish joyiga (tovar-moddiy zaxiralar, ish haqi, amortizatsiya, moliyaviy xarajatlar, soliqlar) qarab tasniflanadi.

1-jadval

Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot shakllarining xususiyatlari7

Asosiy omillar Britan-amerika modeli Kontinental model O'zbekiston amaliyoti

1. Tuzilish asosi Sotilgan mahsulot konsepsiyasi Yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot Mahsulot sotishdan tushgan tushum

2. Xarajatlar tasniflanishi Funksiyalari bo'yicha: - Tannarx; - Ma'muriy xarajatlar; - Ta'minot xarajatlari; - Ilmiy-tadqiqot xarajatlari. Yuzaga kelish joyi bo'yicha; - Xom ashyoni sotib olish xarajatlari; - Ishchi va xizmatchilar bo'yicha xarajatlar; - Amortizatsiya xarajatlari. Funksiyasi bo'yicha: - Ishlab chiqarish xarajatlari; - Davr xarajatlari; - Moliyaviy xarajatlar; - Favqulodda zararlar.

3. Tahlil qilish imkoniyatlari Xarajatlarni boshqacha yondashuv asosida tahlil qilish mumkin (funksiyalari va yuzaga Faqat yuzaga kelish joyi bo'yicha tahlil qilish mumkin Xarajatlarni boshqacha yondashuv asosida tahlil qilish mumkin (funksiyalari va yuzaga

Muallif tomonidan tuzilgan

kelish joyi bo'yicha) kelish joyi bo'yicha)

Bu orqali moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotda turli xarajatlarning ulushi, ularning iqtisodiy elementlar bo'yicha yuzaga kelishini tahlil qila oladi. Hisob-kitoblarning oddiyligi jihatidan britan-amerika modeli afzalroqdir.

Tahlil va audit uchun faqatgina moliyaviy hisobot shakllari emas, balki moliyaviy hisobotga ilova qilingan qo'shimcha axborotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qo'shimcha axborotlarga izohlar, tushuntirishlar va jadvallar kirib, ular orqali faoliyat natijalarini xolis baholash imkoniyati tug'iladi.

Moliyaviy hisobotga ilova qilinuvchi qo'shimcha axborotlar odatda 2 ta guruhga bo'linadi:

1. Pul ko'rinishida ifodalangan moliyaviy axborotlar. Masalan, buxgalteriya balansida zaxiralar bitta satrda ko'rsatiladi, uning tarkibi esa hisobot ilovalarida ochib beriladi. U turlicha ko'rinishida ochib berilishi mumkin: aktivlarning joylashuvi, amalga oshirilgan muomalalarning yuzaga kelish joyi, daromad va xarajatlarning miqdori bo'yicha.

2. Moliyaviy xarakterga ega bo'lmagan axborotlarga quyidagilar kiradi:

pul ko'rinishida ifodalanmagan buxgalteriya balansiga sharhlar (buxgalteriya hisobini yuritish usullarini sharhlash).

natura ko'rinishida ifodalangan miqdoriy ko'rsatkichlar (xodimlar soni va shtat tarkibi).

Bu axborotlar qiymat ko'rinishida ifodalangan muomalalarning mohiyatini yoritib berish imkonini beradi. Moliyaviy tusdagi axborotlar moliyaviy hisobotning asosini tashkil etsada, nomoliyaviy ma'lumotlar ham o'z ahamiyatiga ega.

Moliyaviy hisobotni tahlil qilish bo'yicha xalqaro tajribaga to'xtalib o'tsak. Yillik moliyaviy hisobotning tuzilishi va mazmunining turli-tumanligi buxgalteriya hisobi milliy standartlarining farqlanishi bilan izohlanadi. Ko'pgina mamlakatlarda buxgalteriya hisobi standartlari moliyaviy hisobot satrlarida aks etuvchi ko'rsatkichlarni belgilab beradi. Bundan tashqari, ko'pchilik hollarda moliyaviy hisobotlar tahlili maqsadga muvofiqligi yuzasidan o'tkaziladi.

Ammo ko'pchilik hollarda kompaniyalar standartlarda tavsiya qilinganidan ko'proq axborotlarni taqdim etadilar. Bugungi kunda jahonda moliyalashtirishning qo'shimcha manbalarini jalb etish borasida keskin raqobat ketmoqda, buning uchun esa kompaniyalar batafsil ko'rsatkichlarga ega tahliliy hisobotlarni tayyorlashga majbur bo'lmoqda.

Moliyaviy hisobotda qo'shimcha axborotlarning ko'pligi turli xil milliy buxgalteriya hisobi standartlari o'rtasidagi farqlarni o'rganish imkonini beradi. Bu holat buxgalteriya hisobining to'liq integratsiyalashuviga qadar davom etadi.

Quyidagi jadvalda xorijiy davlatlarda moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni tuzishga qo'yiladigan talablar keltirilgan.

2-jadval

Xalqaro amaliyotda moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni tuzishga qo'yiladigan talablar8

8 Швецова О.В. Сравнительная характеристика Российских и зарубежных подходов к формированию информации о финансовых результатах в отчетности. //Аудит и финансовый анализ, 4/2013. http://www.auditfin.com/fin/2013/4/2013 IV 02 13.pdf.

Hisobotning farqli jihatlari Mamlakatlar

Italiya Fransiya Germaniya Rossiya Federatsiyasi

Yillik moliyaviy hisobot tarkibiga qo'shilishi majburiyligi Majburiy Majburiy Majburiy Majburiy

Taqdim etish davriyligi 1)Yillik 2)Yarim yillik (aksiyalari birjalarda kotirovka qilingan kompaniyalar uchun) Yillik Yillik Yillik

Kompaniya hajmiga qarab taqdim etish variantlari 1)Odatiy 2)Kichik korxonalar uchun qisqartirilga n 1)Asosiy 2)Detallashg an 3)Qisqartiril gan 1) Odatiy 2) Kichik korxonalar uchun qisqartirilgan 1) Odatiy 2) Kichik korxonalar uchun qisqartirilgan

Tuzilish shakli Vertikal (Germaniya uslubi) Vertikal gorizontal va Vertikal shakl quyidagi ko'rinishda: funksional yoki xarajatli (ishlab chiqarish xarakteriga ko'ra) Vertikal

Foydalanuvchilarg a mo'ljallanganligi Soliq organlari va foydalanuvchilar boshqa Italiya va Fransiyaga o'xshash, ammo kamroq darajada Hisobotning tashqi va ichki foydalanuvchil ari

Jadval ma'lumotlari ko'rsatadiki, tahlil qilinayotgan davlatlarda moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni tuzish majburiydir. Ammo uning tuzilish shakli va foydalanuvchilarga mo'ljallanishida farqli jihatlar mavjud.

3-jadvalda "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot" bilan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuziladigan hisobotning qiyosiy ma'lumotlari keltirilgan. 3-jadval

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

MHXS asosida tuziladigan "Yalpi daromad to'g'risidagi hisobot" va BHMS asosida tuziladigan "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot" moddalarining qiyosiy tahlili9

O'zbekiston Respublikasi Moliya

1-son MHXS tavsiyasi vazirligining 2002 yil 7 fevraldagi 31-son

buyrug'i

Tushum Mahsulot sotishdan sof tushum

Moliyalashtirish bo'yicha xarajatlar Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)

larning tannarxi, Sotish xarajatlari, Ma'muriy

xarajatlar, Boshqa operatsion xarajatlar

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)

Soliq bo'yicha xarajatlar Foyda solig'i

Foydadan boshqa soliqlar va yig'imlar

- Soliq to'langunga qadar foyda

Sotish xarajatlari, aktivlarning chiqib

ketishi yoki joriy qiymat bo'yicha

baholash natijasida to'xtatilgan faoliyat

bo'yicha soliq to'langandan keyin

qoladigan foyda yoki zarar

Foyda yoki zarar Hisobot davrining sof foydasi (zarari)

Yalpi daromadning har bir komponenti -

Ulushli qatnashish hisobi usuli bo'yicha

boshqa yalpi daromadda uyushgan yoki

hamkor tashkilotlarning ulushi

Jami yalpi daromad

Nazorat qilinmaydigan ulushli

qatnashish va bosh kompaniya

ta'sischilariga taalluqli foyda yoki zarar

va jami yalpi daromad

3-jadvaldan ko'rinib turibdiki, MHXS va BHMS asosida tuzilgan "Yalpi daromad to'g'risidagi hisobot" va "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot" moddalari bir-biriga to'liq to'g'ri kelmaydi. Masalan, "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot"da aks etgan sotilgan mahsulotning tannarxi, sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari moddalari MHXSga ko'ra moliyalashtirish xarajatlari tarzida keltirilgan. MHXSda xarajatlarni ularning xarakteri va tayinlanishiga ko'ra aks ettirilishi belgilangan bo'lsa-da, ammo "Yalpi daromad to'g'risidagi hisobot"da xarajatlar toifalari ko'rsatilmagan

MHXS va BHMS asosida tuziladigan hisobotning asosiy farqli jihati, "Ulushli qatnashish hisobi usuli bo'yicha boshqa yalpi daromadda uyushgan yoki hamkor tashkilotlarning ulushi" va "Nazorat qilinmaydigan ulushli qatnashish va bosh kompaniya ta'sischilariga taalluqli foyda yoki zarar va jami yalpi daromad" moddalari milliy amaliyotda

' MHXS va BHXS ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

mavjud emas. Bu esa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda konsolidatsiyalangan emas, balki oddiy hisobotni shakllantirishga olib keladi.

Xulosa

Byudjet tashkilotlari moliyaviy natijalarini tashkil etish va takomillashtirish bo'yicha quyidagilarni alohida ta'kidlash darkor:

- standart talablar asosida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan talab etiladigan moliyaviy natijalar hisobi manbalari tarkibini aniq belgilash zarur;

- Byudjet tashkilotlari xarajatlarini samarali amalga oshirishni tashkil qilish birinchi navbatda, rejalashtirilgan ob'ektlari to'liq qamrab olinishi va hisoblanishi lozim bo'lgan ko'rsatkichlarining mutlaq va nisbiy darajalariga bog'liq.

Shunday qilib, xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirishda qo'shimcha mablag'larni jalb qilish va shu bilan bir qatorda buni nazorat qilish ham qo'shimcha mablag' va ishchi kuchi, malakali mutaxassislarni talab qiladi shunday ekan uning istiqbolini to'g'ri belgilash byudjet moliyaviy resurslardan samarali foydalanish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni, 27.08.2021 yildagi PF-6300-son;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son https://lex.uz/uz/docs/-5841063;

3. O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 01.01.2014 https://lex.uz/docs/-2304138;

4. O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari. -T.: O'BAMA, 2001;

5. B.K.Hamdamov va A.A.Ostonaqulov "Byudjet nazorati" o'quv qo'llanma. -T.: "Iqtisod-moliya", 2018.

6. Швецова О.В. Сравнительная характеристика Российских и зарубежных подходов к формированию информatsiи о финансовых результатах в отчетности. //Аудит и финансовый анализ, 4/2013. http://www.auditfin.com/fin/2013/4/2013_IV_02_13.pdf.;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.