Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI'

ZAMONAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2058
319
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / zamonaviylik / ta’lim texnologiyalari / zamonaviy ta’lim / ta’lim muassasalari / digital technology / modernity / educational technologies / modern education / educational institutions

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Osimjon Nasimxon O’G’Li Mahmudov

Bugun dunyoda yoshlarga zamonaviy ta’lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini ta’minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to`g`ri foydalanishni o`rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE ORGANIZATION OF MODERN EDUCATION

In today's world, one of the main challenges is to provide modern education to young people and thus ensure the sustainable development of the country. It is a fact that in today's fast-paced world, learning how to access and use information has become a major goal for young people.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI»

ZAMONAVIY TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Osimjon Nasimxon o'g'li Mahmudov

Farg'ona politexnika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugun dunyoda yoshlarga zamonaviy ta'lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini ta'minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to'g'ri foydalanishni o'rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, zamonaviylik, ta'lim texnologiyalari, zamonaviy ta'lim, ta'lim muassasalari

THE IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE ORGANIZATION OF MODERN EDUCATION

Osimjon Nasimkhon ugli Mahmudov

Teacher of Fergana Polytechnic Institute

ABSTRACT

In today's world, one of the main challenges is to provide modern education to young people and thus ensure the sustainable development of the country. It is a fact that in today's fast-paced world, learning how to access and use information has become a major goal for young people.

Keywords: digital technology, modernity, educational technologies, modern education, educational institutions

KIRISH

Bugun dunyoda yoshlarga zamonaviy ta'lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini ta'minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to'g'ri foydalanishni o'rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Keyingi 50 yil mobaynida axborot texnologiyalari rivojlanishi tufayli insoniyat xayotida katta o'zgarishdar yuz berdi. Endilikda ta'limni samarali tashkil etish uchun turli usul va vositalardan foydalanish boshlandi. Bu borada ko'plab ishlar amalga

oshirilgan bolsada sohada xali ko'plab ishlarni amalga oshirish zarurligini hayotning o'zi kun tartibiga qo'ymoqda. Endilikda zamonaviy ta'limni tashkil etishga to'sqinlik qiluvchi holatlar bartaraf etilayotgan bolsada quyidagilar xamon sohadagi ishlarni amalga oshirish jarayoniga salbiy ta'sir etib kelmoqda:

- oqituvchilarning zamonaviy axborot kommunikatsion vositalar xaqida kam ma'lumotga ega ekanligi;

- ta'lim muassasalarining zamonaviy ta'lim berishga mo'ljallangan vositalar bilan ta'minlanish xolatining talab darajasida emasligi;

- zamonaviy ta'limni tashkil etishga yordam beradigan internet tarmog'ining yetib bormaganligi yoki tezlikning pastligi;

- o'quvchilar yoki talabalarning ta'limni tashkil etishning zamonaviy vositalariga ega emasligi va xakazo.

Ta'kidlash joiz bugungi kunda ta'limni axborot kommunikatsion vositalarsiz tasavvur etib bolmaydi. Hozirgi vaqtda o'qituvchilarning katta qismi axborot kommunikatsiya vositalaridan proyektordan unumli foydalanishni bilsada qolgan zamonaviy texnologiyalar xaqida kamroq bilimga egalar. Bu esa ta'limni tashkil etishda turli muammolarga olib kelishi mumkin. Raqamli texnologiyalar xaqida gapirganda internet orqali tashkil etiladigan mailing lists, telnet, yuneset, e-minbar kabilar yuqori samara berishi bilan ajralib turishini yodga olish mumkin. Ko'pchilikka ma'lumki o'qitishning odatdagi an'anaviy usulida o'qituvchi faol o'quvchi tinglovchiga aylanadi. Bunday xollarda ta'lim olish quruq yodlash va esda olib qolish uchun yo'nalgan bo'ladi.

MUHOKAMA

Bu esa ma'lum muddat o'tib olingan bilimning xotiradan o'chishiga olib kelishi mumkin. Zamonaviy ta'lim jarayoni esa o'quvchiga o'z ustida ko'proq ishlash imkonini beradi. Ya'ni o'quvchining o'zi mavzuni o'qiydi, o'zlashtiradi, mustaqil yangi ma'lumotlar topadi va uni taxlil qiladi. Zamonaviy ta'lim jarayonini tashkil etish katta kuch va salohiyat talab etadi. Buning uchun raqamli texnolgiyalarni qolla yaxshi samara beradi. Xususan internet, telnet, e-minbar kabilar. Bu kabi texnologiyalar ta'limda

- o'quvchilar bilim olishining faollashishiga, modellashtirishga;;

- har qanday vositalarrdan kompleks foydalanishga;

- o'quvchilarning bilimlarni kompyuter orqali ob'yektiv baholanishiga imkon yaratadi.

Bundan tashqari raqamli texnologiyalardan foydalanish auditoriyaning to liq qamrab olish va fanga nisbatan muhabbat uyg'otishga sabab boladi. Shu bilan birga ta'lim muassasasida internet tarmog'ining bo'lishi va sifatli ishlashi ta'limni sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta'lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan ta'lim tizimining qurollantirilishi o'quvchilarga dars mashg'ulotlarini sifatli o'tilishini ta'minlaydi. Pandemiya sharoiti ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar qo'llanilishi yaxshi samara berishini isbotladi. Televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta'limga o'tishning bir debochasi sifatida qabul qilsak bo'ladi. Bu jarayon o'quvchiga uydan chiqmay turib ham ta'lim olish mumkinligini isbotlab berdi. Raqamli ta'limga o'tishning boshqa afzalliklari to'g'risida fikr yuritadigan bo'lsak ularga quyidagilarni kiritish o'rinlidir.

- darsliklar elektron xolatda ekranlarga ko'chadi;

- o'quvchilar hoxlagan joyida va xoxlagan vaqtida ta'lim olish imkoniga ega bo'ladi;

- o'quvchilar mutaxasis yetishmaydigan uzoq qishloqlarda ham fanlarni tanlash va uydan turib ta'lim olish imkiniga ega bo'ladi;

- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;

- ta'lim tizimini yangi bosqichga ko'taradi, vaqt va mablag' sarfini keskin kamaytiradi;

- "raqamli dunyo"da yo'qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo'ladi.

NATIJA

Bugun mamlakatimizning barcha xududlarida ham internet tezligi yetarli emas. Bu esa o'z navbatida raqamli ta'lim tizimiga o'tishga to'sqinlik qiladi. Buni bartaraf etish uchun esa xukumat darajasidagi katta ishlar amalga oshirish talab etiladi. Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarida ayni shu sohada ko'rsatmalar berilgani biz fikr yuritayotgan sohada sezilarli yuksalish yuz berishiga ishontiradi. Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi raqamli ta'lim tizimini yuksalishiga xizmat qiladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish joizki ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bir tomondan muayyan qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarsada boshqa tomondan turli yutuqlarni qo'lga kiritilishiga sabab bo'ladi. Bu jarayon induvidial salohiyatli o'quvchilarning yanada rivojlanishi holatida yaqqol namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. R.Ishmuxamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion texnologiyalar. -T.: Nihol, 2016

2. uz.infosom.uz

3. Holmirzaev, N. National experience in the formation of working culture. Ekonomika i sotsium, 2019 - elibrary.ru №-4, 41-42 https://elibrary.ru/item.asp?id=38594995

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.