Научная статья на тему 'ZAMONAVIY DARSLIK — TA’LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMIL'

ZAMONAVIY DARSLIK — TA’LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMIL Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / dastur / umumiy oʻrta taʼlim / savod o‘rgatish / nutq o‘stirish / "Alifbe" / sinfdan tashqari o‘qish / QR kod / janr

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nisanbayeva Akmaral, Serikbayeva Asiya

Mazkur maqolada o‘zbekiston respublikasida ta’lim sifatini oshirish borasida “Milliy dastur”ning “Savod o‘rgatish” bo‘limining avvalgi dasturlardan farqi qiyosiylanadi. Bu dastur asosida yaratilgan “Alifbe” darsligi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY DARSLIK — TA’LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMIL»

ZAMONAVIY DARSLIK — TA'LIM SIFATINI OSHIRUVCHI OMIL *Nisanbayeva Akmaral, 2Serikbayeva Asiya

1Nizomiy nomidagi TDPU professori 2Nizomiy nomidagi TDPU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10802379

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbekiston respublikasida ta'lim sifatini oshirish borasida "Milliy dastur"ning "Savod o'rgatish" bo'limining avvalgi dasturlardan farqi qiyosiylanadi. Bu dastur asosidayaratilgan "Alifbe" darsligi tahlil qilinadi.

Kailt so'zlar: ta'lim, dastur, umumiy o 'rta ta'lim, savod o'rgatish, nutq o'stirish, "Alifbe ", sinfdan tashqari o'qish, QR kod, janr

Аннотация. В данной статье сравниваются различия между разделом «Обучение грамоте» «Национальной программы» с предыдущими программами в плане повышения качества образования в Республике Узбекистан. Анализируется учебник «Алифбе», созданный на основе этой программы.

Ключевые слова: образование, программа, общее среднее образо-вание, обучение грамоте, развитие речи, «Алифбе», внеклассное чтение, QR-код, жанр.

Dunyo bo'ylab ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishning jadal sur'atlar bilan rivojlanib borishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifalarini qo'ymoqda. Bunday vaziyatda ta'lim sohasida jiddiy samarali o'zgarishlar qilish zarur. Bu harakat esa mustahkam, puxta o'ylangan dastur asosida amalga oshirilishi kerak. Ta'limni isloh qilish bo'yicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi ta'limga o'zgarishlar kirita oladigan "Milliy o'quv dasturi" ishlab chiqildi. Milliy dasturda umumiy o'rta 88ta'lim muassasalarida ona tili o'qitishning asosiy maqsadi quyidagicha belgilangan: "o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan - muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat"11. Ko'rsatilgan bu maqsadlarni amalga oshirishda savod o'rgatish davrining ahamiyati katta.

Dasturda bu davr "Savod o'rgatish va nutq o'stirish" deb nomlanib ikki davrga bo'linadi: I bo'lim. Tayyorgarlik davri (16 soat). II bo'lim. Alifbe davri (112 soat). Ko'rsatilgan bu davrlar o'z navbatida yana turlarga ajratiladi.

1. I bo'lim. Tayyorgarlik davri. Tayyorgarlik davrida o'qish darslari (8 soat) 2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari (8 soat)

2. 2. II bo'lim. Alifbe davri (112 soat) l.O'qishga o'rgatish (56 soat) 2. Yozuvga o'rgatish (56 soat)

Amaldagi dastur avvalgi dasturlardan mavzularni o'rganish uchun ajratilgan soatlar hajmi jihatidan farq qiladi. Ilgarigi dasturda12 alifbe davri uchun umumiy 120 soat: o'qishga o'rgatish uchun 60 soat, yozuvga o'rgatish uchun 60 soat ajratilgan. MO'D bo'yicha alifbe davri uchun umumiy 112 soat, bundan o'qishga o'rgatish uchun 56 soat, yozuvga o'rgatish uchun 56 soat ajratilgan. Shuningdek, amaldagi dastur tuzilishi jihatidan ham avvalgilaridan farqlanadi. Avvalgi dasturda "Sinfdan tashqari o'qish" bo'limi kiritilgan bo'lib, sinflar kesimida sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish haqida metodik yo'l-yo'riqlar berilgan. Chunonchi, 1-sinfda savod o'rgatish davrida haftada bir marta alifbe darslarining 15-20 daqiqasini ajratilishi belgilab qo'yilgan. Dasturda beriladigan bilimlar hajmi bilan bir qatorda bilimlar mamuni ham bayon qilinadi. Amalga kiritilgan dasturda bilimlar mamuni berishda necha yillar davomida shakllanib kelgan tajribalarga asoslanilgan.

"Alifbe" darsligi tayyorlanib amaliyotga joriy qilindi. Bu darslikdagi dastlab diqqatni jalb qiluvchi obyekt shartli belgilar sonining oshgani, xususan "so'z andozasi bilan ishlang", " rasmga qarab so'zlang" kabi o'quvchining tafakkuri, fikrlashi va nutq qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan mashqlar tizimining qo'shilganligi va darslikni to'ldiruvchi raqamli tashkil etuvchilarga o'tish uchun QR kod mavjudligi bilan zamon talablari-ga moslashtirilganligini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari ushbu darslikning ilk mavzusidanoq mavzuga doir o'quvchini o'z fikrini bayon qilishga undaydigan savollar berilganligidir. Shu bilan birga ushbu kitobda kundalik turmush tarzidagi holatar mavzuga mos tarzda rasm asosida tasvirlangan. Masalan, "R" tovish-harfi o'rganilganda "Onam nima deydi?" mavzusida rasmlar va gaplar berilgan. Rasm-larni kuzatgan, gaplarni o'qigan o'quvchilar o'z hayotlarida ham shu gaplarni eshitishlarini, ularning ma'nolarini hisqiladilar. Darslikdagi ahamiyatli jihatlardan yana biri fanlararo integratsiyaning qo'llanganligidir. O'tovush-harfini o'rganish jrayonida darslikning 28-betida berilgan rasm orqali o'quvchilar o'rik mevasining qanday yetishtirilishi haqida amaliy bilimga ega bo'ladilar, tabiat, o'simliklar haqidagi bilimlari boyiydi, ayni vaqtda darsning qiziqarli bo'lishi ta'minlanadi.

Darslikda berilgan matnlar janr jihatdan xilma-xil bo'lib, ularning aksariyati, o'ylashga izlanishga undaydi. Masalan, darslikning 59-betida "Zumrad va Qimmat" ertagining boshlanish qismi berilgan bo'lib, davomini o'quvchilar eshitganlari yoki o'qiganlari asosida davom ettirishlari lozim. Y tovish-harfini o'rganishda shu tovish- harf ishtirok etgan so'zlar va "Yayra" matni berilgan. Matn yuzasidan quyidagi topshiriq va savollar havola qilingan:

1. Y va y harflari qatnashgan so'zlarni toping.

2. Bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'ullanasiz?

3. Vaqtingizni to'g'ri taqsimlay olasizmi?

Bu kabi topshiriq va savollar o'rganilgan tovush-harflarni mustahkamlashga yordam berishi barobarida o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, nutqlarini o'stiradi.

Darslikning bezatilishi, mavzular uchun foydalanilgan rasmlar zamonaviy bo'lib, ular matn mazmunini ochishga, o'quvchilarning tafakkuti va nutqlarini o'stirishga, estetik didlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.

"Alifbe" darsligining yanada mukammal bo'lishi uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.

1. "Alifbe" darsligi hajm jihatdan qisqartirilishi maqsadga muvofiqdir.

2. Darslikdagi ba'zi gaplarni uslubiy jihatdan ko'rib chiqish lozim. Masalan, Qaysi bo'g'inlardan so'z yasash mumkin? (15-bet). Berilgan bo'g'inlardan so'z yasab bo'lmaydi, so'z tuzish mumkin. Bobo nabirasiga nima maslahat berdi? (23-bet). Bu o'rinda nima so'zining qo'llanishini o'ylab ko'rish lozim.

3. Darslikdagi ba'zi rasmlar qayta ko'rib chiqishni talab etadi. Masalan, 39-betdagi yo'l qoidalariga oid berilgan rasmlardan qaysilari to'g'ri, qaysilari noto'g'riligini bolalar ajrata olmaydilar.

"Milliy dastur" asosida yaratilgan "Alifbe" darsligi avvalgilaridan zamonaviyligi, o'quvchilarni fikrlashga undaydigan savol va matnlar bilan boyitilganligi, fanlar integratsiyasini o'zida mujassamlashtirgani, kelgusi ona tili va o'qish savodxonligi fani uchun to'la poydevor bo'lib xizmat qila olishi bilan ajralib turadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son farmoni va uning 1-ilovasi - // Elektron manba. https://lex.uz/docs/-

2. Uzviylashtirilgan davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi 1-4-sinflar uchun -T.: 2010

3. Umumiy o'rta ta'limning "Milliy o'quv dasturi", Ona tili, loyiha -T,: 2021

4. Qosimova K, Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh.. Ona tili o'qitish metodikasi, -T,: 2009

5. Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2), 177-178.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.