Научная статья на тему 'Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosining milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishidagi o’rni'

Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosining milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishidagi o’rni Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2882
152
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy / milliy madaniyatimiz / xalqimiz tafakkurining shakllanishidagi roli / Boburning adabiyotga va sheʼriyatga qiziqishi / Bobur ijodida ishq-muhabbat / sevgi-sadoqat / visol va hijron mavzusi gʻazal va ruboiylar / tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi / beqiyos husnu latofati / sharqona odobu axloqi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Islom Abrayqul O’G’Li Ramazonov, Mirsaid Mavlon O’G’Li Mahmudov

Zahiriddin Muhammad Bobur yoshligidan ilimga chanqoq boʻlib, oʻz tengdoshlari orasida ajralib turgan shaxs boʻlgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi.Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosining milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishidagi o’rni»

Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosining milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining

shakllanishidagi o'rni

Islom Abrayqul o'g'li Ramazonov islomramazonov570@gmail. com Mirsaid Mavlon o'g'li Mahmudov Termiz davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Zahiriddin Muhammad Bobur yoshligidan ilimga chanqoq bo'lib, o'z tengdoshlari orasida ajralib turgan shaxs bo'lgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy ta'lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o'rganadi, ko'plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she'riyatga qiziqa boshlaydi.Boburning ulkan san'atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko'tara oladi va natijada asarlarida olg'a surilgan g'oyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko'tariladi.

Kalit so'zlar: Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy, milliy madaniyatimiz, xalqimiz tafakkurining shakllanishidagi roli, Boburning adabiyotga va she'riyatga qiziqishi, Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi g'azal va ruboiylar, tuyuq va masnaviylarida ma'shuqaning maftunkor go'zalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi

The role of the scientific and creative heritage of Zahiriddin Muhammad Babur in the formation of our national culture and the literary and aesthetic thinking of our people

Islam Abrayqul oglu Ramazonov islomramazonov570@gmail.com Mirsaid Mavlon oglu Mahmudov Termiz State Pedagogical Institute

Abstract: Zahiriddin Muhammad Babur had a thirst for knowledge from his youth and was a person who stood out among his peers. Like all Timurid princes, Babur studied military education, jurisprudence, Arabic and Persian languages under the tutelage of special tutors and great religious scholars, read many historical and literary works, became interested in science and poetry. can rise to the level of

generalization, and as a result, the ideas advanced in his works rise to the level of universal values.

Keywords: Zahiriddin Muhammad Babur's scientific and creative role in the formation of our national culture and the thinking of our people, Babur's interest in literature and poetry, the theme of love, loyalty, visal and hijran in Babur's work is the charming beauty of the lover in his ghazals and rubai, tuyuk and masnavi, incomparable elegance, oriental manners and morals

Istiqlol yillari o'zbek adabiyotshunosligida navoiyshunoslik bilan bir qatorda yangi ilmiy tarmoq - boburshunoslik ham uzil-kesil shakllandi. XIX asrdayoq G'arbiy Yevropada paydo bo'lgan va XX asrda rivojlanish bosqichiga kirgan boburshunoslik ilmi endi nafaqat shakllandi, hatto bu sohada "Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi" va "Zahiriddin Muhammad Bobur "Bibliografiya" (Moskva, 2016) singari fundamental nashrlar ham dunyo yuzini ko'rdi. Bobur tavalludining 534 yilligi tantanalarida xalqaro anjumanga qatnashgan jahonning mashhur boburshunoslari Eyji Mano (Yaponiya), Magda Maxluf (Misr), Aziz Qayumov, Saidbek Hasanov (O'zbekiston), Mansura Haydar (Hindiston), Ilza Sirtautas (AQSH), Ramiz Asker (Ozarboyjon), Bilol Yujel (Turkiya) boburshunoslik ilmining markazi O'zbekistonga - Toshkentga ko'chganini bir ovozdan e'tirof etdilar. Bu sohada Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi rayosati va raisi Zokirjon Mashrabovning alohida xizmatlari borligi qayd etildi.

O'shandan buyon har yili boburshunoslikka doir yuzlab maqola va o'nlab risola, monografiya yozilib nashr etilmoqda. Jumladan, 2017 yili Bobur tavalludining 535 yilligi oldidan o'tkazilgan "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining jahon madaniyati tarixida tutgan o'rni" mavzusidagi xalqaro anjuman va uning materiallarining "Bobur abadiyati" nomida nashr etilgani ham boburshunoslikdagi muhim voqea bo'ldi. O'tgan yilgi - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlangan Mirzo Kenjabekning "Mubayyin" va "Volidiya"ga doir yangi tadqiqotlari va taniqli boburshunos Hasan Qudratullayevning "Boburning adabiy-estetik olami" ("Ma'naviyat" nashriyoti, 2018) monografiyalarining chop etilgani ham ilmdagi sezilarli ishlardan bo'ldi."Boburnoma" qomusiy asar bo'lgani uchun o'nlab fanlar ma'lumotlari saqlangan xazinaga o'xshaydi. Bu xazinaga adabiyotshunos kiradimi, tilshunos bosh suqadimi, tarixchi varaqlab ko'radimi, har gal o'zidan oldingi tadqiqotchining ko'zi tushmagan yangi-yangi ma'lumotlarga duch kelaveradi.

Tadqiqotchi yangi asarida "Boburnoma"ga tipologiya nuqtai nazaridan yondoshishni asosiy maqsad qilib olgan. Muallif mohirlik bilan "Boburnoma"dagi voqea-hodisalar, shaxslar va ularning qismatlari haqidagi matnlarni o'sha zamonning ulug' adiblari va tarixchilari Alisher Navoiy, Zayniddin Vosifiy, G'iyosiddin

Xondamir, Abdurazzoq Samarqandiyning kitoblaridagi ma'lumotlarga qiyosan tahlil qilgan. Ayni paytda mualliflarning mavqei, shaxsi, iqtidori, e'tiqodi, shaxsiy uslubi haqida ham mushohada yuritish payida bo'lgan. Boburnoma" o'zbek va umumturkiy adabiyotining dunyoga ma'lum va mashhur qomusiy asari. Bu memuarda O'zbekiston, Afg'oniston va Hindiston xalqlarining madaniyati, qadriyatlari, o'ziga xos xususiyatlaridan tortib, tabiati, geografiyasi, hayvonot va nabotot olami to'g'risida bebaho ma'lumotlar mavjud. Bu nodir manbaning turli tillarga tarjima qilingan nashrlarini qo'ya turaylik, o'zimizda mumtoz asarlari yuzasidan tuzilgan mukammal izohli lug'atlar ham kamchilikdan xoli emas. Bugun "Boburnoma"ni nozik jihatlarigacha teran anglab, tadqiq eta oladigan boburshunoslar borligiga aminmiz.

Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosini, davlatchilik va sarkardalik faoliyatini keng o'rganish maqsadida xalqaro miqyosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e'lon qilish, yangi ilmiy, badiiy -publitsistik asarlar yaratish;

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ'ib qilish;

O'zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari, O'zbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini keng o'rganish va targ'ib qilishga bag'ishlangan ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etish.

Madaniyat va turizm vazirligi Tashkiliy qo'mitaning ishchi organi etib belgilansin va mazkur qarorda belgilangan vazifalar bo'yicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.

Andijon viloyati hokimligi tomonidan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda Andijon shahrida "Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining bashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o'rni" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman; Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Toshkent shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan adabiy-badiiy anjuman; Madaniy meros agentligi va Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan Andijon shahridagi "Bobur va jahon madaniyati" kitob muzeyida Boburning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan asarlarning qo'lyozma va nashr nusxalarining ko'rgazmasi; Badiiy

akademiya va "Hunarmand" uyushmasi tomonidan mavzuga bag'ishlangan tasviriy san'at asarlari, miniatyuralar, xalq amaliy san'ati namunalari ko'rgazmalari yuqori saviyada o'tkazilishini ta'minlasin. Zahiriddin Muhammad Boburning ibratli hayoti va boy merosini aholi orasida keng targ'ib qilish maqsadida: Madaniyat va turizm vazirligi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda: "Bobur merosi" xalqaro sayyohlik targ'ibot dasturini amalga oshirilishi.

2023-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va asarlari asosida yangi spektakllar yaratish, shoir g'azallari bilan ijro etiladigan eng yaxshi qo'shiqlar tanlovlari hamda "Nazm va navo" maqom kechalarini tashkil etishi belgilandi.

Davlat buyurtmasi asosida Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag'ishlab suratga olinayotgan "Yo'lbarsning tug'ilishi" badiiy filmini yakuniga yetkazish uchun yana mukammal ishlash, tomoshabinga yetkazib bera oladigan darajada ishlash, yoshlarni jasur,mard, vatanga muhabbat, fidoyilik ruhida tarbiyalash lozimligi haqida bir qancha takliflar berildi

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir "Bobur ensiklopediyasi"ning to'ldirilgan uchinchi nashri, "Bobur" kitob-albomi, shuningdek, Bobur asarlari lug'ati, Bobur devonining mukammal nashrini; "Boburnoma" asarining zamonaviy o'zbek va qoraqalpoq tillariga tabdilini yaratish;"Boburga armug'on" rukni ostida shoir asarlari, uning hayoti va ijodi haqidagi ilmiy va ommabop kitoblar turkumini tayyorlash va chop qilish choralarini ko'rish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda:ikki oy muddatda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini e'lon qilishi yoshlarimizni yanada xursand qildi.

Bobur Mirzo hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan asarlarning o'zbek tilidan xorijiy tillarga hamda xorijiy tillardan o'zbek tiliga bosqichma-bosqich tarjima qilinishi va chop etilishini ta'minlasin.

2023-2024 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo'nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etilsishi. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlasin. Biz yoshlarga bo'lgan e'tibor shuningdek yanada sifatli ta'lim olishimiz uchun qilinayotgan shart-sharoitlar meni hamda butun O'zbekiston yoshlarini o'ziga bo'lgan ishonchini yanada oshirish imkonini berdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ushbu maxsus stipendiya bilan Z.M.Boburning hayoti va ijodini o'rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ'ib etish yo'nalishida izlanish olib borayotgan, adabiyot va kitobxonlikni keng targ'ib qilish yo'nalishida alohida faollik

ko'rsatayotgan va konferensiyalarda (tanlovlarda) qatnashgan, mualliflik asosida nashr etilgan ishlari (asarlari) mavjudligi mezonlarga asosan har yili 20- mayga qadar institutda tahsil olayotgan 1-3 bosqich kursantlari rag'batlantiriladi. "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomidagi ko'krak nishoni nikel hamda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlangan bo'lib, sakkiz qirrali tilla rangli yulduz shakliga egadir. Ko'krak nishonining markazida havo rang emal bilan qoplangan, orqa tomonidan quyosh nurlari taralayotgan fonda Zahiriddin Muhammad Boburning sarkardalik mahorati va saltanat sohibi ekanligini anglatuvchi suvoriy qiyofasidagi oltin rangda bo'lgan sur'ati joylashgan bo'lsa, uning yuqori qismida ikki tomonidan qabariq sakkiz qirrali yulduz bilan ajratilgan qabariq harflarda «BOBUR» degan yozuv mavjud. Ko'krak nishonining orqa tomonida esa Davlat gerbi tasvirlangan. Uning qadag'ichidagi qizil, moviy, sariq ranglardagi shoyi lenta ham o'z ma'nosiga ega bo'lib, u Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat bayrog'ining ranglarini tasvirlaydi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitoblar taqdimotlari hamda shunga o'xshash tadbirlar o'tkazilmoqda.

Jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma'lum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o'ringa ega.

Mustaqillik davrida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur o'rganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targ'ib qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, shoir tug'ilgan kun -14-fevral sanasi har yili mamlakatimiz bo'ylab adabiyot va ilm-ma'rifat bayrami sifatida nishonlanmoqda. Boburshunoslik sohasida ko'plab tadqiqotlar, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar muntazam o'tkazilmoqda. Keyingi yillarda Toshkent va Andijon shaharlarida Bobur Mirzoning muazzam haykallari o'rnatilgani, uning tug'ilib o'sgan yurti - Andijon shahrida Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va uning tasarrufidagi "Bobur va jahon madaniyati" kitob muzeyi faoliyat ko'rsatayotgani, "Bobur ensiklopediyasi", "Bobur kulliyoti", "Babur. Baburidi. Bibliografiya" deb nomlangan salmoqli asarlarning nashrdan chiqarilgani, "Bobur va dunyo" jurnalining tashkil qilingani madaniy hayotimizda katta voqea sifatida e'tirof etildi.

Jonajon Vatanimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichiga - Uchinchi Renessans davriga qadam qo'yayotgan, hayotimizning barcha jabhalarida tub o'zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda Bobur Mirzoning bebaho merosini chuqur o'rganish va ommalashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini, uning yosh avlodimiz intellektual va ma'naviy salohiyatini oshirish, farzandlarimizni shu asosda Yangi O'zbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan o'rni va ta'sirini inobatga olib, Bobur Mirzoning ilmiy va ijodiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o'rganish va targ'ib etish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi hamda jamoatchilik vakillarining 2023-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risidagi taklifi ma'qullandi.

Shuningdek bir hafta muddatda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. Ushbu dasturda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratilsin: mamlakatimizdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog'liq obida va qadamjolarni, jumladan yodgorlik majmualarini ta'mirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish; Bobur Mirzo merosiga mansub qo'lyozma, qadimiy kitoblar, san'at asarlari va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli darajada saqlash uchun zarur sharoit yaratish;xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilmiy-ijodiy merosi hamda u yashagan davrga oid noyob qo'lyozma asarlar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini O'zbekistonga olib kelish va tadqiq qilishni davom ettirish; kabi ishlar amalga oshirilmoqda. O'tgan vaqt ichidagi bu katta yutuqlar O'zbekistonni dunyo boburshunosligining markaziga aylanishiga xizmat qildi. Bobur hayoti va ijodi bilan xalqimizga ma'nan yaqinlashdi. Barcha bajarilgan ishlarning solnomasi sifatida mamlakatimizda ilk bor shaxsga nisbatan qomus, ya'ni "Bobur ensiklopediyasi" yaratildi. 64 bosma toboqli bu ulkan ensiklopediyani yaratishda o'zbek boburshunos olimlari qatorida Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Afg'oniston va yevropalik olimlar ham faol ishtirok etishdi. Bobur ijodini qirq yildan beri o'rganib kelayotgan yaponiyalik boburshunos olim Eyji Mano ensiklopediyaga "butun dunyo boburshunoslari uchun muhim qo'llanma bo'ladi" deya baho berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.Hasanov. Boburning «Risolayi aruz» asari. -T.:1986;

2. Xayriddin Sulton. Boburiynoma. -T.:1996;

3. G'aybulloh as-Salom, N.Otajon. Jahongashta «Boburnoma». — T.:1996;

4. U.Erskin. Hindistonda Bobur davlati (Ingliz tilidan G'.Sotimov tar.). — T.: 1997:

5. R.Sharma. Boburiylar saltanati (Ingliz tilidan G'.Sotimov tar.).. -T.: 1999.

6. Karimov I.A.,Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch.-T.: Ma'naviyat, 2008y.

7. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz.-T.: O'zbekiston,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.