Научная статья на тему 'YUTQIN YONI, QANOTSIMON-JAG‘ VA JAG‘ ORTI SOHALARI ABSSESS VA FLEGMONALARI. INFEKSIYA TARQALISH YO‘LLARI. KLINIKASI. TASHXISLASH. JARROHLIK DAVOLASH USULI'

YUTQIN YONI, QANOTSIMON-JAG‘ VA JAG‘ ORTI SOHALARI ABSSESS VA FLEGMONALARI. INFEKSIYA TARQALISH YO‘LLARI. KLINIKASI. TASHXISLASH. JARROHLIK DAVOLASH USULI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1774
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yutqin yoni flegmonasi / mushak orqali / jag‘ orqasi / halqum. / Phlegmon of the larynx / intramuscular / back of the jaw / throat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mahmudov, Jahongirmirzo Komil O‘g‘li

Yutqin yoni bo‘shlig‘i abssess va flegmonalari. Yutqin yoni oraligidagi yiringli jarayonlar o‘tkir yoki surunkali tonzillitasorati sifatida kelib chiqishi mumkin. Bu oraliqqa odontogen infeksiya yuqori va jag‘lar katta oziq tishlari tushishi mumkin. Ko‘proq yutqin yoni bo‘shlig‘i, infeksiyaning pastki jag‘ osti uchburchagidan, til osti sohasidan, jag‘ orqa sohasidan hamda qanotsimon pastki jag‘ bo‘shlig‘idan o‘tishi hisobiga rivojlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABSSESS AND PHLEGMONES OF THE WINNING SIDE, WINGS-JAG AND BEHIND JAG. WAYS OF INFECTION SPREAD. CLINICS. DIAGNOSIS. SURGICAL TREATMENT

Abscesses and phlegmons of the pharyngeal cavity. Purulent processes in the esophageal sphincter can occur as an acute or chronic tonsillitis. This gap is high for odontogenic infections and can lead to large food teeth in the jaws. The pharyngeal cavity is more likely to develop as the infection passes through the lower jaw triangle, sublingual area, posterior jaw area, and the winged lower jaw cavity.

Текст научной работы на тему «YUTQIN YONI, QANOTSIMON-JAG‘ VA JAG‘ ORTI SOHALARI ABSSESS VA FLEGMONALARI. INFEKSIYA TARQALISH YO‘LLARI. KLINIKASI. TASHXISLASH. JARROHLIK DAVOLASH USULI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

YUTQIN YONI, QANOTSIMON-JAG' VA JAG' ORTI SOHALARI ABSSESS VA FLEGMONALARI. INFEKSIYA TARQALISH YO'LLARI.

KLINIKASI. TASHXISLASH. JARROHLIK DAVOLASH USULI

Mahmudov Jahongirmirzo Komil o'g'li, katta o'qituvchi

Buxoro davlat tibbiyot instituti

ANNOTATSIYA

Yutqin yoni bo 'shlig'i abssess va flegmonalari. Yutqin yoni oraligidagi yiringli jarayonlar o'tkir yoki surunkali tonzillitasorati sifatida kelib chiqishi mumkin. Bu oraliqqa odontogen infeksiya yuqori va jag'lar katta oziq tishlari tushishi mumkin. Ko'proq yutqin yoni bo'shlig'i, infeksiyaning pastki jag' osti uchburchagidan, til osti sohasidan, jag' orqa sohasidan hamda qanotsimon pastki jag' bo'shlig'idan o'tishi hisobiga rivojlanadi.

Kalit so'zlar: Yutqin yoni flegmonasi, mushak orqali, jag' orqasi, halqum.

ABSTRACT

Abscesses and phlegmons of the pharyngeal cavity. Purulent processes in the esophageal sphincter can occur as an acute or chronic tonsillitis. This gap is high for odontogenic infections and can lead to large food teeth in the jaws. The pharyngeal cavity is more likely to develop as the infection passes through the lower jaw triangle, sublingual area, posterior jaw area, and the winged lower jaw cavity.

Keywords: Phlegmon of the larynx, intramuscular, back of the jaw, throat.

АННОТАЦИЯ

Абсцессы и флегмоны полости глотки. Гнойные процессы в пищеводном сфинктере могут протекать по типу острого или хронического тонзиллита. Этот зазор высок при одонтогенных инфекциях и может привести к появлению крупных пищевых зубов в челюстях. Полость глотки чаще развивается при прохождении инфекции через треугольник нижней челюсти, подъязычную область, область задней челюсти и крыловидную полость нижней челюсти.

Ключевые слова: флегмона гортани, внутримышечно, задняя часть челюсти, глотка.

KIRISH

Yutqin yoni oralig'ini bigiz til, bigiz yutqin, bigiz til-osti mushaklari va ularni o'rab turuvchi fassiya, old va orqa bo'limlarga bo'ladi. Yutqin yoni oralig'ining oldingi qismida biriktiruvchi to'qima va yog' kletchatkasi, uning yuqori bo'limida

123

Scientific Journal Impact Factor

0

esa "qanotsimon" venoz chigali joylashadi. Bo'shliqning orqa bo'limida: ichki uyqu arteriya, ichki bo'yin vena, 1X, X, XI, XII bosh miya nervlari, limfa tugunlari joylashgan. Bundan tashkari ko'pgina bemorlarda bu yerda yuqori bo'yin simpatik nerv tuguni joylashadi. (Rasm - 1).

Yutkin oldi oralig'ida joylashgan kletchatka qanot- tanglay chuqurcha va chakka, jag' osti uchburchagi, til osti sohasi kletchatkalari bilan aloqada bo'ladi. Yutqin yoni oralig'ining abssess va flegmonalari farqlanadi. Yutqin yoni oralig'idagi yallig'lanish jarayonlari yutinishda kuchayib boruvchi og'riq tufayli bemorning, ovqat va suyuqliklar iste'mol qilish imkoni bo'lmay qolishi bilan harakterlanadi.

Yutqin yoni abssessida pastki jag' burchagi osti to'qimalarining shishishi, limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Og'iz ochish chegaralangan va og'riqli. Jag'lar berqilib qolganligi sababli og'iz bo'shlig'ini ko'rish qiyinlashadi. Shpatel, stomatologik oyna, ba'zan pyoshona reflektori yordamida og'iz va tomoqni ko'rish imkoni bo'ladi, bunda yumshoq tanglayning: tanglay-til va tanglay-yutqin ravoqlarining qizarishi va shishi, yutqin yon devorining bo'qishi assimetriyasi aniqlanadi.

Yutqin yoni bo'shlig'ining flegmonasi yutinishda og'riq bo'lishi, ko'pincha nafas olishning qiyinlashishi, umumiy ahvol yomonlashishi, qaltirash paydo bo'lishi va zaharlanishning boshqa belgilari bilan farq kiladi. Pastki jag'ning burchagi osti pay- paslab ko'rilsa, og'riqli chuqur_ infi ztrat seziladi. Ayrim bemorlarda, chakka sohasida shish paydo bo'ladi. Og'iz ochilishi medial qanotsimon mushakning III darajali yallig'lanish konstrakturasi hisobiga chegaralangan. Og'iz bo'shlig'ini ko'rish qiyinlashgan. Yukori va pastki jag' tishlari orasiga keng shpatel kiritiladi va uni aylantirib, yutqin quriladi. Qanotsimon pastki jag' burmasining, yumshoq tanglayning shilliq pardasi kizargan va shishgan, tanglay tilchasi sog'lom tomonga keskin surilgan. Infiltrat yutkinning yon devoriga tarqaladi, buning xisobiga yutqin devori sezilarli bo'rtaib turadi, til osti burmasi, til, yutqinning orqa devori shillik qavatlari shishadi.

< 4

1- rasm. Yutqin yoni bo'shlig'i infeksiyasi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Yutqin yoni flegmonasiga tashhis qo'yayotganda, shuni ham hisobga olish kerakki, yiringli jarayon ko'pincha infeksiyaning jag' osti uchburchagidan tarqalishi natijasida rivojlanadi. Og'iz ochilishining chegaralanishi, yutinishda og'riqning kuchayishi paydo bo'lganda, og'iz bo'shlig'i va yutqinni sinchiklab tekshirish kerak.

Yutqin yoni bo'shlig'ining abssessi og'iz ichidan medial qanotsimon pastki jag' burmasining shilliq qavatidan va o'nga pa- rallel qilib 1,5-2 sm. uzunlikda xamda 0,75 sm. chukurlikda kesi- ladi. Keyin o'tmas yo'l bilan yiringli o'chokka o'tib, ochiladi. Yutqin yoni flegmonasida yiring yaxshiroq ajralib chiqib turishi uchun eng ma'qul usul, og'izdan tashqari kesma o'tkazishdir. Teri va teri osti kletchatkasi kesiladi, so'ng jag' burchagi sohasi tagida yetgan to'qimalarni surib, suyakning qirg'og'igacha boriladi, medial qanotsimon mushak bo'ylab yutqin oldi oraligiga, yutqinning o'rta siquvchi mushaklarigacha boriladi, ekssudat oqib chiqib turishiga yo'l yaratiladi. Yutqin yoni oralig'i flegmonasini ochishda qanotsimon-pastki jag' oralig'i va til osti sohalariga o'tish kerak bo'ladi. Yutqin yoni oraligidagi yalliglanish jarayonlari yutqin bo'ylab oldingi ko'qs oralig'iga tarqalishi mumkin xamda yallig'lanish jarayoni bo'yinning oldingi va lateral sohalari, shu - ningdek qon tomir nerv qini orqali pastga tushshi va ko'qrak qafasiga, tarqalishiga olib keladi. Qanotsimon vyonoz chigalining yutqin oldi oralig'ida yetishi yiringli jarayonning miya qobiqlari va bosh miyaga retrograd tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, yutqin yoni oralig'i flegmonasi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.

Qanotsimon jag' soxasi abssess va flegmonasi. Bu sohada yallig'lanishning sababi pastki molyarlar va aql tishining qiyin chiqishi hisoblanadi. Ayrim xolda yallig'lanish jarayoni yuqori molyar tishlardan bo'ladi. Ba'zan yallig'lanish til osti, jag'-til chuqurchasi, jag' osti uchburchagi, og'iz tubi, quloq oldi-chaynov sohasidan tarqaladi.

2-rasm. Qanotsimon-jag' bo'shlig'i yog' qavati.

Qanotsimon-jag' bo'shlig'i yog' qavatiga ega va yog' oraliqlari bilan bog'lanadi. Medial kanotsimon mushak orkali jag' orqasi va halkum yoni sohasi old qismi bilan,

Scientific Journal Impact Factor

0

yuqoridan chakka, chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchasi bilan, pastdan-jag' osti uchburchagi bilan, yuqori old qismidan o'nga lunj yog' tanasi kiradi. Bu sohada abssess va flegmona uchraydi. (Rasm - 2).

Abssessda yallig'lanish jarayoni sekin va oz-ozdan zuraib boradi, bemorlar yutingandagi og'riq og'zini ochilishi chegaralanishini kuchayib borishiga shikoyat qiladi. Abssessda yallig'lanish jarayoni faqat qanotsimon-jag' sohasi o'rta qismini egallaydi. Tashqi tomordan qaraganda yallig'lanish belgilari bilinmaydi, jag' osti limfa tugunlari kattalashgan og'riqli bo'ladi, III darajali yallig'lanish kontrakturasi hisobiga og'iz ochilishi birdan chegaralanadi. Og'iz ichidan qanotsimon jag' burmasi infiltratsiyalanadi. Shilliq qavati shishadi, qizaradi tanglay til chodiri shishgan bo'ladi. Rasm - 2

Bu soha flegmonasi yallig'lanish belgilari tez rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Ko'pincha 2-3 kun ichida yallig'lanish butun oraliqka tarqaladi. Pastki jag' burchagi sohasida shish va og'riqli infiltrat paydo bo'ladi. Bu yerdagi limfa tugunlar bi- rikadi, chakka sohasida shish paydo bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ini ko'rish maqsadida asbob yordamida pastki jag'ni sekin ochgandan so'ng, qanotsimon jag' burmasi, tanglay til chodiri, halkumda shish, qizarish kuzatiladi. Ba'zan infiltratsiya halkum yoni va til osti distal sohasigacha tarqaladi.

Bu soha yallig'lanish jarayonini ochish uchun og'iz ichidan yoki tashkaridan jarrohlik aralashuvi o'tkaziladi. Abssessda qanotsimon jag' burmasining tashqi kirrasidan burmaga parallel qilib shilliq qavatda 2 sm. uzunlikda kesuv o'tkaziladi va 0,5-0,75 sm. ichkariga kiriladi. Agar yaradan yiring chikmasa (pastki jag' teshigiga anesteziya qilish qoidalariga rioya qilib) pean qisqichi kiritilib kengaytiriladi va yiring chiqariladi, Bu yo'l shu sohani keng ochmaslikka imkon beradi va abssessda ko'llaniladi.

Flegmonada pastki jag' burchagini aylanib o'tuvchi kesuv tashqi tomondan o'tkaziladi. Suyakkacha borib, skalpel bilan me- dial qanotsimon mushakni pastki qismi ajratiladi va to'mtoq yo'l bilan yuqoriga yiring o'chog'iga o'tiladi.

Qanotsimon jag' sohasi yiringli jarayoni halkum oldi, past- ki jag' osti, jag' orqasi, til osti, quloq oldi chaynov chakka, chakka osti chuqurchalariga tarqalishi bilan asoratlanishi mumkin. Ba'zan bu bo'shliq abssess va flegmonasi pastki jag'ni ichki yuzasi (shoxi)ni nekrozi va shu natijasida ikkilamchi kortikal osteo- mielitiga olib keladi.

Jag' orti sohasining absness va flegmonalari. Jag' orti sohasidagi yiringli yallig'lanish jarayonlari ko'proq infeksiyaning qanotsimon pastki jag' va yutqin oldi

Scientific Journal Impact Factor

О

oraliqlaridan, kamroq quloq oldi-chaynov sohasidan va pastki jag osti uchburchaqlaridan tarqalishi hisobiga rivojlanadi.

Quloq oldi so'lak bezining distal pastki bo'lagi fassial kapsula bilan birgalikda jag' orqa sohasida joylashadi. Jag' orqa sohasi yutqin oldi va qanotsimon pastki jag' bo'shliklari bilan aloqada bo'ladi.

Jag' orti sohasining abssessi va flegmonasi farqlanadi. Jag' orti sohasi yallig'lanish jarayoniga o'z-o'zidan kuchayuvchi og'riq xos bo'ladi, boshni burganda og'riq kuchayishi, og'iz ochilishining chegaralanishini o'sib borishi bilan harakterlanadi. Tashqi tomondan qaralganda va paypaslab ko'rilganda pastki jag' shoxi. orqasida qattiq og'riqli shish kuzatiladi, bu shish uning qonturlarini tekislaydi. Uning ustidagi teri qip-qizil rangda, burmaga yig'ilmaydi,. Quloq solinchog'i ko'tarilgan, eshituv yo'lida yoqimsiz sezgi bo'lib, zararlangan tomonda eshitish pasayadi. Mushak yallig'lanish kontrakturasi III darajada bo'lib, og'iz ochilishining chegaralanishi kuzatiladi. Kasallik boshqa sohalardagi yallig'lanish belgilari bilan birgalikda tarqalgan flegmona shak- lini oladi.

Ochish yo'li: jag' orti sohasi abssess va flegmonalarida pastki jag' shoxining orqa qirg'og'idan uzoqlashib, tush umrov so'rg'ichsimon mushagining oldingi chetiga parallel ravishda 3-4 sm. uzunlikda kesma o'tkaziladi.

Teri kletchatka va fassiyalar kesilib, to'qimalar suriladi va to'mtoq yo'l bilan jag' orti chuqurchasi asosiga o'tiladi. Bu yerda joylashgan quloq oldi so'lak bezining bo'lagi va yuz nervi tarmog'ini zararlamaslik uchun, ularning joylashishini hisobga olish kerak.

Jag' orti sohasidan yallig'lanish jarayonlari yaqin joylashgan sohalarga, hamda bo'yin pastgi sohasilariga ham tarqalishi mumkinligini yodda tutish kerak.

REFERENCES

1. Жаррохлик сгоматологияси пропедевтикаси: тиббиёт олий укув юртлари учун дарслик/ М.И.Азимов. - Т.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2009 й.

2. https://medlife.uz/encyclopedia/p/periostit/

3. S. K. Kannan, G. Sandhya, and R. Selvarani, "Periostitis ossificans (Garre's osteomyelitis) radiographic study of two cases," International Journal of Paediatric Dentistry, vol. 16, no. 1, pp. 59-64, 2006.

4. Безрукова В.М., Робустова Т.Г. Руководство по хирургической стоматологии и челюстно-лицевой хирургии, том 1. Москва, «Медицина», 2000

XULOSA

г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.