Научная статья на тему 'YUSUF HAMADONIY ZIYORATGOHIDA ZIYORAT VA DAVOLANUVCHILAR UCHUN KICHIK EKOTURISTIK MEHMONXONALARNING O`RNI'

YUSUF HAMADONIY ZIYORATGOHIDA ZIYORAT VA DAVOLANUVCHILAR UCHUN KICHIK EKOTURISTIK MEHMONXONALARNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
143
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yusuf Hamadoniy / tasavvuf ilmi / ekoturistik mehmonxona / Yusuf Hamadani / Mystic / ecotourist hotel

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xasanov, Azamat Azatovich, Ro‘Zmetov, Quvondiq Samandarovich, Duschanov, Sherzod Shamuratovich, Duschanov, Rustam Dilshod O‘G‘Li

Maqolada ziyoratgohlarga bo’lgan talab, ehtiyojlar va loyihaviy takliflar masalasi ko’tariladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF SMALL ECOTURIST HOTELS FOR PILGRIMAGE AND HEALING IN YUSUF HAMADONI SHOW

The article discusses the issue of the demand, needs and project proposals for pilgrims.

Текст научной работы на тему «YUSUF HAMADONIY ZIYORATGOHIDA ZIYORAT VA DAVOLANUVCHILAR UCHUN KICHIK EKOTURISTIK MEHMONXONALARNING O`RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YUSUF HAMADONIY ZIYORATGOHIDA ZIYORAT VA DAVOLANUVCHILAR UCHUN KICHIK EKOTURISTIK MEHMONXONALARNING ORNI

Xasanov Azamat Azatovich

Toshkent arxitektura-qurilish insituti "Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi mudiri Ro'zmetov Quvondiq Samandarovich Xorazm arxitektura loyiha qurilish x.k. direktori Duschanov Sherzod Shamuratovich Xiva Ma'mun akademiyasi tayanch doktoranti

Duschanov Rustam Dilshod o'g'li Urganch davlat universiteti Magistratura bo'limi 211- "Bino va inshootlar arxitekturasi" yo'nalishi magistranti E-mail: duschanovrustam! 110@gmail.com telefon: + 998995971110

Maqolada ziyoratgohlarga bo'lgan talab, ehtiyojlar va loyihaviy takliflar masalasi ko 'tariladi.

Kalitso'zlar: Yusuf Hamadoniy, tasavvuf ilmi, ekoturistikmehmonxona

В статье обсуждается вопрос о спросе, потребностях и проектных предложениях паломников.

Ключевые слова: Юсуф хамадани, мистика, экотуристический гостиница

The article discusses the issue of the demand, needs and project proposals for pilgrims.

Keywords: Yusuf Hamadani, Mystic, ecotourist hotel

Hozirgi kunda yurtimizda barcha sohalar qatori turizm sohasi ham o'zining rivojlanish takomillashuviga erishmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qancha sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Prezident qarori (PQ-4755-son, 19.06.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021- yil 1- yanvardan 2023- yil 31- dekabrga qadar mehmonxonaga belgilangan tartibda berilgan toifa saqlangan taqdirda tegishli yil yakuniga ko'ra joylashtirish vositasining toifasi uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig'im summasining 50 foizi joylashtirish vositalariga qaytariladi. 2020- yil 1- avgustdan boshlab:

- reyslar soni va yo'nalishlari bo'yicha cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi "Ochiq osmon" rejimi "Andijon", "Buxoro" va "Urganch" xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;

- xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to'g'risidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat'i nazar "Ochiq osmon" rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi (bunda, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining uchish va aviatsiya xavfsizligi bo'yicha standartlariga muvofiq bo'lish talab etiladi

- investorlarning yo'lovchi tashuvchi yangi tor yo'llarini ("Chorvoq" erkin turistik zonasi hududida tashkil etilayotganlardan tashqari) qurish va jihozlash uchun yo'naltirilgan xarajatlarining bir qismi har bir 500 metr yo'l uchun Davlat budjetidan Turizm sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga ajratiladigan mablag'lar hisobidan 1 milliard so'm miqdorida qoplanadi. Bunda dastlabki 50 ta loyihaga yo'naltirilgan investorlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Turizmni rivojlantirish qo'mitasi va Qurilish vazirligining namunaviy loyihalari bo'yicha joylashtirish vositalarini tez quriladigan konstruksiyalar (o'tovlar, konteynerlar, sendvich panellar) bilan qurish uchun tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi bunday tipdagi joylashtirish vositalarining joylari soni 50 mingtaga yetguniga yoki 2023 yil 31 dekabrga qadar Davlat budjetidan har bir joy uchun 5 million so'mgacha miqdorda qoplanadi. Shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan majburiy kelishiladi. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo'riqchi-yo'l boshlovchilarning xizmatlari o'zini-o'zi band qiladigan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro'yxatiga kiritiladi. 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'yicha foyda solig'i, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi.

Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun keng yo'l ocha oladigan ziyoratgohlar majmuyiga kiradi. Ziyoratgohni borib o'rganish natijasida shunga amin bo'ldikki, Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi atrofi va tashqi-ichki ko'rinishlari afsuski ko'p yillardan beri achinarli ahvoldagiligi nafaqat tashqi balki ichki turizmni ham salmog'ini susaytirmoqda.

Yusuf Hamadoniy ziyoratgohini o'rganish natijasida ziyoratgohga kelib ketuvchilar uchun asosiy yo'llarda kamchiliklarini borligini aniqlandi. Turistlar uchun ziyoratgoh atrofida avtoturargoh mavjud emas. Ziyoratgohga kirish qismi oddiyligi sababli o'ziga jalb qilmaydi. Kirish qismidagi yo'lning ikki tomonini sotuvchilar egallagan, bu qatnov qismida noqulaylik keltirib chiqaryapti. Ziyoratgoh oldidan katta kanal oqib o'tgan, lekin ming afsuskiy atrofi qarovsiz ahvolda. Ziyoratgoh hududida tungi yoritgichlar o'rnatilmagan.

Yusuf Hamadoniy ziyoratgohidagi hovuz juda chiroyli ko'rinishda loyihalangan bo'lib, ikki tomonidan yo'laklar o'tgan. Lekin hozirda hovuz qarovsiz qolgani sababli achinarli ahvolga kelib qolgan.

Yusuf Hamadoniy majmuasida ziyoratga va davolanishga kelganlar uchun ancha vaqt oldin qurilgan, hozirda foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan, kichik hajmli vaqtinchalik yashashga mo'ljallangan xonalar mavjud. Old tarz ko'rinishlari eskirgan, oyna va eshiklari sifatsiz ahvolga kelib qolgan.

1- Rasm. Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga kirish qismi

2- Rasm. Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi hovuz qismi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yo'laklar va zinapoyalar talabga javob bermaydigan darajada eskirgan. Xonada vaqtinchalik yashovchilar va davolanishga kelganlar uchun o'z vaqtida pandus loyihalanmagan.

3-Rasm. Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi xonadonlar hozirgi ko 'rinishi.

4-Rasm. Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi xonadonlar ichki ko'rinishi.

Xonadonlar ichida yotoqxona va oshxona joylashtirilgan, lekin ziyoratchilar -davolanuvchilar va turistlar uchun hojatxona, dush va boshqa qulayliklar yaratilmagan.

Yuqorida qayd qilib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, milliy ham zamonaviy, shu bilan birga, qulay bo'lgan qayta ta'mirlash loyihaviy taklifimni ishlab chiqdim. Ziyoratgoh hududida kamchiliklar ko'pligi sababli, loyihada ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib bordim.

Loyihada qo'shimcha xonalardan-oshxona, hojatxonalar nazarda tutilgan.

Xonadonlarga kirish qismidagi zinalar qayta ta'mirlanib, panduslar loyihalandi.

Majmua oldidan oqib o'tuvchi kanal atrofiga landshaft loyihasi tayyorlandi. Landshaft loyihasida dam olish joylari ham nazarda tutilgan. Hududda avtomobillar uchun turargoh loyihalandi. Savdo

677

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sotiq ahli uchun qulay joy dan hudud ajratilib kichik, yengil tipdagi do'konlar loyihalandi. Ziyoratga va davolanishga kelganlar uchun ziyoratgoh hududida umumiy ovqatlanish binolari loyihalanishi turistlar uchun qulaylik yaratadi.

6-Rasm Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga ziyorat va davolanish uchun kelgan ichki va tashqi turistlar uchun yangi ekoturistik mehmonxonlarning tarh rejasi taklif

loyihasi

7-rasm. Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga ziyorat va davolanish uchun kelgan ichki va tashqi turistlar uchun yangi ekoturistik mehmonxonlar taklif

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8-rasm. Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga ziyorat va davolanish uchun kelgan ichki va tashqi turistlar uchun yangi ekoturistik mehmonxonlar taklif loyihasi

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bu ziyoratgoh Yusuf Hamadoniyning qanday ilmli, tasavvuf ilminig yetuk namoyondasi va ulug' siymoligini ko'satib turishi lozim.

Taklif qilingan loyihada siymoni ulug'vorligini ko'rsatishdan tashqari, inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan sharoitlar nazarda tutilgan holda qayta ta'mirlash va qo'shimcha qurilish loyihasi zarur edi. Taklif qilingan loyiha yuqorida sanab o'tilgan qulayliklar asosida ishlangan. Bunday loyihalar aholi sog'ligini saqlash, ziyoratgohlarda qulayliklar yaratish, ichki va, albatta, tashqi turizmni rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu ko'rinishdagi loyihalar ham iqtisodiy tomondan ancha foydali bo'lishi mumkin. Ziyoratgoh hududini ekoturistik hududga aylantirish orqali tabiatimizni ham saqlab kelajak avlodga yetkazishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Yusuf Hamadoniy - San'at sohasidagi mashxur shaxslar (hozir.org)

2. https://uzreport.news/society/turizmni-rivojlantirish-boyicha-qoshimcha-choralar-belgilandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.