Научная статья на тему 'YURIDIK SHAXS BOSHQARUVCHILARINING FIDUTSIAR MAJBURIYATLARI'

YURIDIK SHAXS BOSHQARUVCHILARINING FIDUTSIAR MAJBURIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
441
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fidutsiar majburiyat / ishonch bildiruvchi / zarur darajada g’amxo’rlik / korporativ boshqaruv / manfaatlar to’qnashuvi.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Ravshanbek Bekmirza Oʼgʼli Хolmirzayev

Yuridik shaxslar boshqaruvchilarining fidutsiar majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi huquq tizimidagi muim, ayni vaqtda takomillashtirilishi zarur bo’lgan soga xisoblanadi. Fidutsiar majburiyatlar yuridik shaxs boshqaruv organlarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Fidutsiar majburiyatlarning bir qancha elementlari milliy qonunchiligimizda ham o’z aksini topgan. Ushbu maqolada fidutsiar majburiyatlar tushunchasining mohiyati, uning tarkibiy qismlari, mazkur yo’nalishdagi ilg’or xorij tajribasi, mamlakatimiz qonunchiligida fidutsiar majburiyatlarni belgilash masalalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YURIDIK SHAXS BOSHQARUVCHILARINING FIDUTSIAR MAJBURIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

YURIDIK SHAXS BOSHQARUVCHILARINING FIDUTSIAR

MAJBURIYATLARI

Ravshanbek Bekmirza o'g'li Xolmirzayev

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi

ANNOTATSIYA

Yuridik shaxslar boshqaruvchilarining fidutsiar majburiyatlari O'zbekiston Respublikasi huquq tizimidagi muim, ayni vaqtda takomillashtirilishi zarur bo'lgan soga xisoblanadi. Fidutsiar majburiyatlar yuridik shaxs boshqaruv organlarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Fidutsiar majburiyatlarning bir qancha elementlari milliy qonunchiligimizda ham o'z aksini topgan.

Ushbu maqolada fidutsiar majburiyatlar tushunchasining mohiyati, uning tarkibiy qismlari, mazkur yo'nalishdagi ilg'or xorij tajribasi, mamlakatimiz qonunchiligida fidutsiar majburiyatlarni belgilash masalalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: fidutsiar majburiyat, ishonch bildiruvchi, zarur darajada g'amxo'rlik, korporativ boshqaruv, manfaatlar to'qnashuvi.

So'nggi yillarda mamlakatimizda keng ko'lamli iqtisodiy, siyosiy va huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o'rinda islohotlarni huquqiy asoslarini yaratish, mavjud normativ huquqiy hujjatlarni xozirgi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunday yo'nalishlardan biri yu ridik shaxs boshqaruvchilarining majburiyatlari masalasidir.

Yuridik shaxslar boshqaruvchilarining fidutsiar majburiyatlari mamlakatimiz huquq tizimida muhim, ayni vaqtda rivojlantirilishi, zamon talablariga moslashtirilishi zarur bo'lgan soha xisoblanadi.

I. Fidutsiar majburiyatlarni tahlil qilishda, avvalo, ushbu tushunchaning mohiyatiga to'xtalib o'tishimiz zarur. Fidutsiya lotincha ishonch so'zidan olingan bo'lib, ilk bor qadimgi Rimda vujudga kelgan. Bunda mazkur tushuncha keyinchalik qaytib olish huquqi asosida muayyan mulkni boshqa shaxsga topshirishni nazarda tutgan [1].

Hozirgi davr nuqtai nazaridan qaraganda fidutsiar munosabatlar deyilganda ikki va undan ortiq jismoniy shaxslar o'rtasida pul yoki boshqa ko'rinishdagi mablag'lar, moliyaviy qimmatliklar va mol-mulkni boshqarish bilan bog'liq munosabatlar nazarda tutilib, o'zaro ishonchga asoslanadi. Bunday munosabatlarda yuqorida aytib o'tilgan mulkni egasi bo'lgan shaxs (ishonch bildiruvchi) fidutsiariyga uning nomidan harakat

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

qilish, unga tegishli bo'lgan mulklami boshqarishga doir qarorlar qabul qilish huquqini taqdim etadi.

II. Mutaxassislarning fikriga ko'ra fidutsiar majburiyatlar bir qator xususiyatlarga ega xisoblanadi:

■ fidutsiariy o'ziga nisbatan ishonch bildirgan mulk egasiga sodiq bo'ladi;

■ fidutsiariy qonunchilikda belgilangan tartibda xarakat qiladi va qonunbuzilish xolatlariga yo'l qo'ymaydi;

■ xar qanday ko'rinishdagi manfaatlar to'qanushuviga yo'l qo'ymaydi;

■ ishonch bildiruvchining bevosita ruxsatisiz o'ziga ishonib topshirilgan mulk boshqaruvidan shaxsiy foyda olishga yo'naltirilgan tarzda foydalanmaydi, shuningdek, o'z vakolatlaridan ishonch bildiruvchining emas, uchinchi shaxsning manfaati uchun foydalanmaydi.

III. Anglo-sakson huquq oilasiga kiruvchi mamlakatlar huquq tizimida korporatsiya direktorining fidutsiar majburiyatlarini shartli ravishda uch guruxga bo'lish mumkin: 1) zarur darajadagi g'amxo'rlik; 2) sodiqlik; 3) xalollik.

Fidutsiar majburiyatlar masalasini tahlil qilishda AQSH tajribasi e'tiborga loyiq hisoblanadi. AQSH korporativ boshqaruv tamoyillariga ko'ra yuridik shaxs boshqaruv organi rahbari (direktor) o'ziga yuklangan vazifalarni eng samarali usullarni qo'llagan xolda, o'zi boshqarayotgan kompaniya uchun eng foydali tarzda amalga oshirishi zarur.

Shuning bilan bir qatorda direktor yuridik shaxs boshqaruvi, ya'ni, korporativ boshqaruv jarayonida faqat shu yuridik shaxs manfaatlarini ko'zda tutishi, o'zining yoki uchinchi shaxsning manfaatlarini xisobga olmasligi, agar amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xatti-xarakati natijasida o'ziga istalgan bir shaklda manfaat kelishi mumkin bo'lsa, bu bo'yicha albatta yuridik shaxs boshqaruv organlarini xabardor qilishi va ularning ruxsatini olishi zarur.

Ta'kidlab o'tish kerakki zarur darajadagi g'amxo'rlik ko'rsatish tamoyili direktordan yuridik shaxs faoliyati samaradorligini oshirish, uning daromad va foyda hajmini ko'paytirish, faoliyati davomida mavjud bo'lgan tavakkalchiliklar hajmini qisqartirish kabilarni talab qiladi. Shuning bilan bir qatorda mazkur tamoyilga ko'ra direktor istiqbolni ko'ra bilishi, ushbu yuridik shaxs faoliyat yuritayotgan tarmoqning kelgusidagi konyukturasini tahlil qilishi, unda foydani maksimallashtirish va vujudga kelishi mumkin bo'lgan zarar hajmini kamaytirish bo'yicha takliflar tayyorlashi, bu masalalarni muntazam asosda tahlil qilishi zarur.

Bu o'rinda direktor kompaniya manfaatlari yo'lida zarur darajada g'amxo'rlik ko'rsatganligiga asos qilib yuridik shaxs faoliyati bilan bog'liq barcha statistik ma'lumotlarni, mutaxassis maslahatlariga murojaat etganligini ko'rsatadi [2].

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Germaniya korporativ huquqiga ko'ra fidutsiar majburiyatlar sifatida AQSH korporativ huquqida nazarda tutilgan majburiyatlar bilan birgalikda yuridik shaxs kuzatuv kengashi roziligisiz boshqa yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida hech bir shaklda ishtirok etmaslik, yuridik shaxs faoliyat yuritadigan iqtisodiyo t tarmog'ida yuridik shaxs boshqaruv kengashidan mustaqil tarzda faoliyat yuritmaslik, uchinchi shaxs manfaatlari uchun vakillik faoliyatini amalga oshirmaslik, shuning bilan bir qatorda yuridik shaxs faoliyatiga doir sir saqlanishi zarur bo'lgan ma'lumotlarni e'lon qilmaslik kabilar ham fidutsiar majburiyatlar jumlasiga kiradi.

IV. O'zbekiston Respublikasi huquq tizimida fidutsiar majburiyatlarni belgilash tizimini takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz qonunchiligida fidutsiar majburiyatlarga taalluqli bo'lgan bir qancha qonunchilik hujjatlari mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi Qonunida [3], shuningdek, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunida [4] jamiyat hayotidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelmasligi uchun aksiyadorlik jamiyat boshqaruvchilari va ularning affillangan shaxslari kimlar ekanligi aniq belgilab qo'yilgan hamda ular bilan bitim tuzishning alohida tartibi nazarda tutilgan.

Mazkur ishlar samaradorligini yanada oshirish uchun fidutsiariyning majburiyatlarini normativ-huquqiy hujjatlarda qat'iy belgilab qo'yish taklif qilinadi.

Bu o'rinda ilg'or xorij tajribasidan foydalangan holda quyidagilar fidutsiar majburiyatlar sifatida nazarda tutilishi zarur:

■ yuridik shaxs faoliyati samaradorligini hamda rentabellik darajasini oshirish uchun uning boshqaruviga zarur darajada e'tibor qaratish;

■ o'z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ishonch bildirgan yuridik shaxs manfaatlarinigina ko'zlab xarakat qilish. Bunda o'zining yoki uchinchi bir tomonning manfaatlarini nazarda tutgan holda harakat qilishdan tiyilish. Agar yuridik shaxs faoliyatida o'z manfaatiga daxldor vaziyat vujudga kelsa yuridik shaxs boshqaruv organini bundan xabardor qilish va ularning ijobiy xulosasi bo'lgan taqdirdagina ushbu faoliyatni amalga oshirish;

■ fidutsiar majburiyatlar doirasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qat'iy rioya qilish, unga zid bo'lgan va yuridik shaxsning manfaatlariga zarar yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilish;

■ yuridik shaxs faoliyatiga daxldor hamda sir tutilishi zarur bo'lgan, e'lon qilinishi natijasida ushbu yuridik shaxs manfaatlariga zarar yetishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni doimiy ravishda sir saqlash;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

■ yuridik shaxs kuzatuv kengashining xabari va ruxsatisiz boshqa yuridik shaxs boshqaruv organida ishtirok etmaslik.

1. Агламазова В.В. Концепция фидуциарных правоотношений и возможность ее применения в корпоративном праве России

2. Будылин С. Л. Разум и добрая совесть: обязанности директора в США, Великобритании // России «Вестник ВАС РФ». - 2013. - №2

3. O'zbekiston Respublikasining 'сМ^'иНуа^ ^ек1а^ап hamda qo'shimcha mas'u1iyat1i jamiyat1ar to'g'risida"gi Qonuni

4. O'zbekiston Respub1ikasining "Аksiyador1ik jamiyat1ari va aksiyador1ar huquq1arini himoya qi1ish to,g,risida"gi Qonuni

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.