Научная статья на тему 'YURIDIK AXLOQNING RIVOJLANISH TARIXI'

YURIDIK AXLOQNING RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yuridik axloq / axloqiy qoidalar / huquqiy normalar / adolat / Xamurappi qonunlari / Manu qonunlari / sud tizimi / Юридическая этика / этические нормы / правовые нормы / правосудие / законы Хамурапи / законы Ману / судебная система

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ibraximova D.S

Maqolada yuridik axloqning genezisi va tarixiy davrlardagi transformatsiyasi, axloq va huquqning o‘zaro dialektik aloqadorligi, normalarning bir vaqtning o‘zida ham yuridik, ham axloqiy mohiyat kasb etishi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье анализируются генезис и трансформация юридической этики в исторические периоды, диалектическая взаимосвязь морали и права, одновременное приобретение нормами как юридической, так и нравственной сущности

Текст научной работы на тему «YURIDIK AXLOQNING RIVOJLANISH TARIXI»

YURIDIK AXLOQNING RIVOJLANISH TARIXI

Ibraximova D.S.

TDYU o'qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada yuridik axloqning genezisi va tarixiy davrlardagi transformatsiyasi, axloq va huquqning o'zaro dialektik aloqadorligi, normalarning bir vaqtning o'zida ham yuridik, ham axloqiy mohiyat kasb etishi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Yuridik axloq, axloqiy qoidalar, huquqiy normalar, adolat, Xamurappi qonunlari, Manu qonunlari, sud tizimi

Аннотация:

В статье анализируются генезис и трансформация юридической этики в исторические периоды, диалектическая взаимосвязь морали и права, одновременное приобретение нормами как юридической, так и нравственной сущности.

Ключевые слова: Юридическая этика, этические нормы, правовые нормы, правосудие, законы Хамурапи, законы Ману, судебная система

Annotation:

The article analyzes the Genesis and transformation of legal ethics in historical times, the dialectical relationship of ethics and law, the simultaneous occupation of norms both legal and moral essence.

Key words: Legal ethics, ethics, moral norms, justice, Khamurappi laws, Manu laws, judicial system

Barcha ijtimoiy institutlarda bo'lgani kabi axloqning, xususan uning tarkibiy qismi hisoblanuvchi yuridik axloqning ham shakllanishi oddiy jarayon emas. Insonlarning ijtimoiy munosabatlarini tartibga soluvchi din, axloq va huquq dastavval qorishiq holatda bo'lgani, qonun ijodkorligi bilan alohida, professional kasb vakillari emas, balki qabila oqsoqollari yoki rohiblar shug'ullangani, mavjud qoidalarning nazorati bilan ham alohida institut mashg'ul bo'lmagani tufayli yuridik axloqning paydo bo'lishining aniq davrini taxmin qilish qiyin. Lekin yuridik axloqning birlamchi asoslari shakllanishi uchun ilk ommaviy qonunlar va uning ijodkori bo'lgan dastlabki davlatlar vujudga kelishi zarur bo'lganligi sababli yuridik axloqning shakllanishi shundan keyin paydo bo'lganligini taxmin qilish mumkin.

April 24, 2024

208

Tarixdan ma'lumki, ilk davlatlarning vujudga kelishi miloddan avvalgi 4 mingyillikdan boshlab dastlab Qadimgi Mesopatamiya va Misr hududlariga, keyinchalik Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo, antik Yunoniston va Rim hududlariga to'g'ri kelgan. Aynan shu hududlarda ilk yozma qonunlar to'plamlari shakllangan, chunki shahar-davlatlarning hududi kengayib, turli xalqlar, qabilalarni birlashtirgan katta davlatlarga aylanib borgani sari barcha uchun universal bo'lgan qonunlarga ehtiyoj orta borgan. Bunday qonunlar sifatida Mesopatamiyadagi Xammurapi qonunlari, Hindistondagi Manu qonunlari, Xitoydagi Yunmen hujjatlari, Yunonistondagi Drakont va Solon qonunlari, Rimdagi 12 jadval qonunini ko'rsatish mumkin [1]. Mazkur qonunlarda ijtimoiy adolat, shuningdek, sudyalarning halolligi va xolisligi kabi odil sudlovning axloqiy tamoyillari ma'lum darajada o'z aksini topgan.

Xususan, miloddan avvalgi XVIII asrda Bobilda hukmronlik qilgan Xammurapi tomonidan tuzilgan 282 moddadan iborat bo'lgan maxsus qonunlar to'plami diniy-mifologik qarashlar, quldorlik va patriarxal munosabatlar asosida shakllantirilgan bo'lsada, o'z davri uchun eng adolatli qonun sifatida e'tirof etiladi. Qonunning muqaddimasida Xammurapi iloh Marduk uni xalqni adolatli boshqarish va mamlakatga baxt olib kelish uchun yuborgani, u esa mamlakatni adolat va haqiqat bilan boshqargani haqida fikr yuritgan[2].

Xammurapi qonunlari yuridik axloqning dastlabki yozma qoidalari va tamoyillarini o'zida aks ettirgan. Qonunlarning dastlabki 5 moddasi odil sudlov jarayoniga bag'ishlangan bo'lib, unda yolg'on guvohlik berishning mumkin emasligi, buning uchun o'lim jazosi belgilanishi (3 moddada) [3], sud jarayonida dalillar yetarli bo'lmasa, "Xudo sudi"ga murojaat qilinishi va ayblanuvchi "suv sinovi"ga yuborilishi, bunda u daryodan tirik chiqsa, aybsizligi, cho'kib ketgan taqdirda esa, aybdor deb hisoblanishi (2 modda) kabi normalar mavjud. 5 moddaga ko'ra, sud jarayoni og'zaki bo'lgan va yakunda "muhr bosilgan hujjat" taqdim etilishi bilanoq sud hukmi ijro etilgan. Shuningdek, mazkur moddada sudning bir ishni ikki marta qaytib ko'rib chiqmasligi ham belgilangan, ba'zida bu holat pora olgan sudyaga jazo sifatida qo'llanilganligi va da'vogarga ishni ko'rgan sudya da'vo summasining 12 barobari miqdorida tovon to'lashi haqida ham ko'rsatma taqdim etilgan [4]. Bundan tushunishimiz mumkinki, Xammurapi qonunlari qabul qilingan davrda Bobilda sudyalar uchun qat'iy axloqiy talablar mavjud bo'lgan, ularga amal qilinmasligi jazo olishga sabab bo'lgan.

Xammurapi qonunlarining mazmunidan yuridik axloqning ijtimoiy zaruriyatga aylanib borayotganligini bo'yicha bir qator xulosalar qilishimiz mumkin. Masalan:

209

April 24, 2024

- Xammurapi qonunlarining mavjudligi bundan 4 ming yil oldin davlat boshqaruvida, hukmdor atrofida norma ijodkorligi, shuningdek odil sudlov bilan bilan shug'ullanuvchi alohida ijtimoiy toifa shakllanganligini ko'rsatadi. Sudyalar orasida ma'lum darajalar berilishi holati ham mavjud bo'lib, agar sudya qaror qabul qilishda qiynalsa, qirol qozilari (dayyanum) deb atalgan sudyalar ikkinchi instansiya sifatida kollegial qaror chiqargan;

- Mazkur qonunda ham huquqiy, ham diniy, ham axloqiy normalarning sinkretiklashuvi, diniy-mifologik va axloqiy normalarning legitimlashuvini ko'rish mumkin;

Yuridik axloqning tarixiy taraqqiyotida qadimgi Hindiston va Xitoyda mavjud bo'lgan sudlov hamda qonunchilik tizimi ham katta rol o'ynagan. Har ikki mamlakatda ham mavjud yuridik tartib va sudlov jarayonlari axloqiy me'yorlar, urf-odatlar hamda diniy-mifologik qarashlar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan.

Qadimgi Hindistonda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda "Manu qonuni" deb atalgan diniy, axloqiy, huquqiy normalarni o'zida jamlagan to'plamga tayanilgan. "Manu qonuni" qadimgi sanskrit tilida yozilgan bo'lib, bizgacha yetib kelgan eng mashhur shakli 12 bobga bo'lingan, jami 2650 moddadan iborat bo'lgan. "Manu qonuni"da sudlov tizimi, sud jarayoni, jazolar bo'yicha aniq ko'rsatmalar berilgan . Sud tizimi murakkab ierarxik tuzilishga ega bo'lib, unda kollegiallikka alohida e'tibor qaratilgan. Xatto yuqori sudlov organi hisoblanuvchi "shoh sudi"da ham shohning bir o'zi emas, balki braxmanlar (hindlardagi ruhoniylar kastasi vakillari) va tajribali maslahatchilar bilan birgalikda qaror qabul qilgan. Da'vogar sudda qasam ichishi, guvohlar orqali dalillar taqdim etgan. Agarda guvoh bilan 7 kun ichida baxtsiz hodisa ro'y bersa - kasal bo'lib qolsa, olov yoki suv bilan bog'liq falokat bo'lsa yoki qarindoshlaridan biri vafot etsa, da'vogar so'zsiz sudda yutqizgan. Bu holat sud tomonidan xudolarning yolg'on guvohlik uchun jazosi, karma sifatida talqin etilgan [5]. Sudlarning faoliyatida adolat, ilohiy qonunlar va karmani hurmat qilish, ijtimoiy-axloqiy qoidalarni tan olish kabi ijobiy xususiyatlar bilan bir qatorda, insonlarning turli kastalarga bo'linishi, gender tengsizlik kabi o'z davriga xos jihatlar ham inobatga olingan.

Qadimgi Xitoyda ham sud tizimi jamiyatda mavjud axloqiy, diniy qarashlar asosida shakllantirilgan. Ilk bor qadimgi Xitoyda sud jarayonlarida qidiruv elementlarini qo'llash boshlangan. Shuningdek, Xitoyda jinoyatchilarni qidirish, o'g'ri va qaroqchilar bilan kurashish, qamoqxonalarni boshqarish va sud qarorlarini ijro etish bilan shug'ullanuvchi ko'plab amaldordan iborat tizim yaratilgan [6]. Bu esa Xitoyda huquqni ta'minlash bilan shug'ullanuvchi alohida toifa vujudga

210

April 24, 2024

kelganligini ko'rsatadi. Ular uchun umumiy amaldorlarda bo'lgani kabi majburiy kasbiy va axloqiy talablar shakllantirilgan.

Yuridik axloqning tarixiy rivojlanishida Ahamoniylar davlatining ham ta'siri katta bo'lgan. Ahamoniylar Yunonistondan Hindistonga, Misrdan Markaziy Osiyoga qadar cho'zilgan ulkan imperiya barpo etish barobarida mazkur ulkan hududlardagi aholi uchun yaxlit huquq tizimini ham ishlab chiqqan. O'z davri uchun o'ziga xos inson huquqlari deklaratsiyasi hisoblanuvchi Kir II tomonidan qabul qilingan "shahnshoh qonuni" mazkur huquqiy tizim uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, mamlakatda hukmdor tomonidan tayinlanuvchi sudyalardan tashkil topgan odil sudlov tizimi ham shakllangan edi. Yunon tarixchisi Geradotning "Tarix" asaridan Ahamoniylarning sud tizimi, undagi yuridik axloqning holati bilan bog'liq ko'plab ma'lumotlarni olish mumkin.

Qadimgi Yunoniston va Rimda sudlov tizimida boshqa qadimiy mamlakatlarda bo'lgani kabi ma'lum darajada ilohiylashtirilgan. Yunon xudolari orasida mashhurlaridan bo'lgan Femida adliya ilohasi sifatida talqin etilgan. Qadimgi Rimda xudolar kultida esa ushbu vazifani bajargan iloha Yustitsiya deb atalgan. Ko'pincha mazkur ilohalar tasvirlanganda ko'zlari mato bilan bog'langan, bir qo'lida qilich va bir qo'lida tarozi bilan tasvirlangan. Bog'liq ko'z xolislikning, tarozi adolatli sudlovning, qilich esa qilingan jinoyat uchun tez va muqarrar jazoning belgisi bo'lgan. Yunon afsonalariga ko'ra, Femidaning olti nafar farzandi bo'lib, Evnomiya (ezgu qonun va tartib ilohasi) va Dike (adolat va haqiqat ilohasi) ismli iloha-qizlari bo'lgan. Yunonlar Femida obrazi orqali adliyadagi axloqiy ideallarini aks ettirishgan, sud jarayonidagi axloqiy mezonlar, me'yorlar, qoidalarni ilohiylashtirishgan. Hatto Afinada sudyalar va qonun xizmatkorlari "Femidaning xizmatchilari" deb ham atalgan.

Yunonistondagi sud hokimiyati keyinchalik Qadimgi Rimda sudlov tizimi shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan. Yuridik normalarni yaratish, ularning ijrosini ta'minlash va sudlov bilan shug'ullanuvchi professional nazariyotchi va amaloyitchi yuristlarning faoliyati bilan bog'liq axloqiy masalalar aynan Qadimgi Rimda ilk bor tilga olina boshlangan. Rimda huquqshunos-nazariyotchilar tomonidan huquqshunos-amaliyotchilar uchun maxsus axloqiy qoidalar majmuasi yaratilgan bo'lib, rimliklar sudyalarning davlatning axloqiy taraqqiyotidagi o'rniga katta baho berishgan. Sudyalarning poraxo'rligi, o'z manfaatlari uchun lavzoimidan foydalanishi, davlat mulkini talon-taroj qilishi, tovlamachiligi qattiq qoralangan, sudyalarning ijtimoiy obro'sining to'kilishi davlatni barbod qiladi deb hisoblangan. Yaxshi sudya (judex bonus) ma'lum talablarga javob berishi lozim bo'lib, unga qo'yilgan umumiy talablar ijtimoiy idealdagi shaxsiy fazilatlarga ega insonni ^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^ April 24, 2024 https://nuu.uz/ International Conference

^'zbekjston^illiy^niverateti^^^^^^^

yaratishga yo'naltirilgan. Ya'ni axloqiy jihatdan Yaxshi sudya (judex bonus) mashhur faylasuflar Aristotel va Seneka tomonidan ilgari surilgan Ezgu inson (vir bonus) g'oyasining ijtimoiy hayotda aks etishi, konkretlashuvi hisoblangan [7]. Sudyaning axloqiy qiyofasi davlatdagi qonunlarning kuchiga ta'sir ko'rsatgan. Yuridik tizimning mustahkamligi aynan shunga bog'liq bo'lgan.

Umuman olganda, yuridik axloq dunyoning turli mintaqalarida mavjud bo'lgan adliya va sudlov tizimi, qonun ijodkorligi va uning ijrosi bilan bog'liq ijtimoiy-huquqiy institutlar bilan bog'liq tarzda rivojlanib, evolyutsiyaga uchrab borgan. Yuridik axloqning genezisi va tarixiy davrlardagi transformatsiyasini kuzatib xulosa qilishimiz mumkinki, mazkur tushunchaning taraqqiyoti ikki ijtimoiy ong shakli -axloq va huquqning o'zaro dialektik aloqadorligi, normalarning bir vaqtning o'zida ham yuridik, ham axloqiy mohiyat kasb etishi bilan bog'liq bo'lgan. Axloq va huquq dialektikasi yuridik etikaning rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatgan.

REFERENCES

1.Черниченков Д.А. Нормы судейской этики в законодательных актах Древнего Мира //Тенденции развития современной науки: Сборник трудов научно-практической конференции студентов и аспирантов Липецкого государственного технического университета. - Липецк: Липецкий государственный технический университет, Том Часть 2., 2020. - С. 293.

2.Novruzova S. Historical Development of the Theory of Human Rights // Journal of Azerbaijani Studies. - 2009. P. 49.

3.Кечекьян С.Ф. Право древнего Вавилона // Всеобщая история государства и права / Под ред. В.А.Томсинова. - М.: Зерцало, 2011. - Т. 1. - С. 47.

4.Якобсон В.А. Законы Хаммурапи как источник по истории древней Месопотамии. Дис. ... докт. ист. наук. — Л.: Ленинградское отделение Института востоковедения АН СССР, 1987. - c. 96-99, 103.

5.Olivelle P. et al. Manu's code of law. - Oxford University Press, - 2005. P. 32. 6.Stas'evich K.O., Olegovna K.Y. Criminalistics in Ancient China //Process Management and Scientific Developments. - 2016. - №. 14. - P. 62. 7.Васечко В.Ю. Нормы судейской этики в свете максим римских юристов-классиков //Антиномии. - 2022. - Т. 22. - №. 2. - С. 7.

212

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.