Научная статья на тему 'HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA KASBIY ETIKANING O‘RNI VA AHAMIYATI'

HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA KASBIY ETIKANING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3316
238
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy etika / axloq / axloqshunoslik / yurist / etos / kasb etikasi / kasbga sadoqat / halollik / adolat / mas’uliyat. / legal ethics / morality / ethics / lawyer / ethos / professional ethics / loyalty to the profession / honesty / justice / responsibility.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Raxmonova

Maqolada bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biri shaxslararo munosabatlarni tashkil etishda axloqiy qonun-qoidalarning ahamiyati haqida so’z boradi. Yurist faoliyatida ham kasb etikasining o’rni yuqori darajada ekanligi asoslab berilgan. Yuristlar kasb etikasida huquq va axloqning o’zaro aloqadorligi ham ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF PROFESSIONAL ETHICS IN THE WORK OF A LAWYER

The article deals with one of the topical problems of our time the importance of ethical laws and rules in the organization of interpersonal relations. It is proved that the role of professional ethics in the activities of a lawyer is at a high level. The relationship between law and morality in the professional ethics of lawyers is revealed.

Текст научной работы на тему «HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA KASBIY ETIKANING O‘RNI VA AHAMIYATI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA KASBIY ETIKANING O'RNI VA AHAMIYATI

Raxmonova Gulzoda G'aniyevna

Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6920434

Annotatsiya. Maqolada bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biri shaxslararo munosabatlarni tashkil etishda axloqiy qonun-qoidalarning ahamiyati haqida so'z boradi. Yurist faoliyatida ham kasb etikasining o'rni yuqori darajada ekanligi asoslab berilgan. Yuristlar kasb etikasida huquq va axloqning o'zaro aloqadorligi ham ochib berilgan.

Kalit so'zlar: huquqiy etika, axloq, axloqshunoslik, yurist, etos, kasb etikasi, kasbga sadoqat, halollik, adolat, mas'uliyat.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ЭТИКИ В РАБОТЕ ЮРИСТА

Аннотация. В статье говорится об одной из актуальных проблем современности - значении этических законов и правил в организации межличностных отношений. Доказано, что роль профессиональной этики в деятельности юриста находится на высоком уровне. Раскрывается взаимосвязь права и нравственности в профессиональной этике юристов.

Ключевые слова: юридическая этика, нравственность, этика, адвокат, этос, профессиональная этика, лояльность к профессии, честность, справедливость, ответственность.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF PROFESSIONAL ETHICS IN THE WORK OF A

LAWYER

Abstract. The article deals with one of the topical problems of our time - the importance of ethical laws and rules in the organization of interpersonal relations. It is proved that the role ofprofessional ethics in the activities of a lawyer is at a high level. The relationship between law and morality in the professional ethics of lawyers is revealed.

Keywords: legal ethics, morality, ethics, lawyer, ethos, professional ethics, loyalty to the profession, honesty, justice, responsibility.

KIRISH

Jamiyat hayotining tez sur'atlarda o'zgarib borishi jarayonida shaxslararo munosabatlar ham murakkablashib bormoqda. Dunyoda kasblar turlicha bo'lib, ularning bir-biridan foydalanadigan vositasi bilan farqlanadi. Ma'lumki, yuristlik kasbi bevosita shaxs-inson bilan ishlaydi, va albatta munosabatga kirishadi. Shunday ekan, ularning faoliyatida axloqiy munosabatlarning o'rni beqiyos sanaladi. Quyida huquqiy etika haqida so'z boradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Huquqiy etika - bu huquqshunoslarning xulq-atvor qoidalari majmuini tashkil etuvchi, ular mehnatining axloqiy xususiyatlari va ishdan tashqari vaqtdagi xatti-harakatlarini ta'minlovchi, shuningdek, axloq talablarni amalga oshirishning o'ziga xos mexanizmidir.

Yurist faoliyati har qanday ijtimoiy muhitda nufuzli hisoblangan va doimo chuqur hurmat va ehtiromni keltirib chiqargan. Shuning uchun yuristning professional va ijtimoiy ierarxiyadagi o'rnidan qat'i nazar, jamoatchilikning yuridik kasbning madaniy va axloqiy xususiyatlariga bo'lgan qiziqishi yuqoridir. Yuristning shaxsi, u oddiy yurist-maslahatchi bo'ladimi yoki taniqli davlat arbobimi, har doim huquqiy muammoga duch kelgan odam uchun "sirli" tuyuladi. Huquqiy faoliyatda huquqshunos-nazariyotchi va huquqshunos-amaliyotchining shaxsiy jihatlari

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

alohida rol o'ynaydi, chunki jamiyat o'zining axloqiy mezonlari va ideallarini adliya va odil sud bilan o'lchaydi. Hozir, jamiyatimiz demokratlashtirish va huquqiy davlatchilikni rivojlantirishning og'ir jarayonini kechirayotgan bir vaqtda, ayniqsa, huquqiy faoliyatning barcha, elita shakllari - parlament debatlari, sud jarayonlaridan boshlab, boshlang'ich bosqichlari- yuridik maslahat, notarial amaliyotgacha bo'lgan sohalarida intellektual huquqiy madaniyatning yetishmovchiligi sezilmoqda. Shaxslararo muloqot muhitida ishlaydigan yurist, kasbiy bilimlardan tashqari, axloqiy tamoyillarga asoslangan yuqori muomala madaniyatiga ega bo'lishi shart.

"Etika" so'zi qadimgi yunon tilida "etos" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "uy", "birgalikdagi yashasha makoni" ma'nolarini anglatadi. Qadimgi Yunoniston faylasufi Arastu tomonidan muomalaga kiritilgan. "Etika"(axloqshunoslik) - axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o'rni haqidagi fandir.

Etika - ijobiy xatti-harakat yig'indisi bo'lib, inson va jamiyat o'rtasidagi ob'ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.

Jamiyat ma'naviy hayotining bir-biri bilan bog'liq bo'lgan ikki sohasi- axloq va huquqning o'xshash va farqli tomonlari masalasi hozirgi kunda ayniqsa dolzarb hisoblanadi.

Shaxsning ma'naviy dunyosi, ongi va madaniyati shakllanishida axloq va huquq alohida o'ringa ega. Chunki ular ijtimoiy munosabatlar tizimi taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatadigan, shu orqali shaxs ongini rivojlantiradigan muhim ijtimoiy boshqaruvchi hisoblanadi.

Etika va huquq - inson munosabatining o'zaro aloqadorlikda bo'lgan muhim elementlaridir. Ularning tabiati jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit, ijtimoiy tizimga bog'liq bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Etika va huquq ijtimoiy ong shakllari sifatida umumiy ijtimoiy funksiyani bajaradi; insonning jamiyatdagi faoliyatini boshqaradi, normativ xususiyatga ega va fuqarolar bu norma va prinsiplarga amal qiladilar. Bu norma va prinsiplar umumiy xarakterga ega va jamiyatning barcha a'zolariga taalluqlidir.

Yurist kasb etikasining eng muhim xususiyatlaridan biri - inson taqdiri bilan bog'liq masalalarni hal qilishda his tuyg'uga berilmaslik, tanish- bilishchilik, qarindosh-urug'chilik, mahalliychilik yoxud millatchilik kabi tuyg'ularga berilmaslik, odil sudlovni amalga oshirishning barcha bosqichlarida axloq normalariga og'ishmay rioya qilishdan iborat.

Axloq - o'zgaruvchan murakkab ijtimoiy hodisa. Axloq kishi va jamiyat o'rtasidagi ob'ektiv o'zaro bog'lanishning ma'naviy ifodasi, umumiy va individual manfaatlarni muvofiqlash zaruratining namoyon bo'lishidir. Shuningdek, u shaxs bilan jamiyat o'rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishning asosiy shakllaridan biri ham.

Axloq axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlardan iborat bo'lgan, mantiqan mukammal shakliy birlikka ega.Shu bois, axloqiy ishonch shaxsning faoliyat yo'nalishini, uning maqsadgaintilishi, xulqning yashirin motivlari tuzilmasini hamda uning umumiynuqtai nazarini, hayotdagi o'rinini, yashash ma'nosini belgilaydi.

Insonning har qanday xatti-harakatlari ong orqali bajariladi, ammo jamiyat ularni saralab, manfaatdor bo'lganlarinigina yuzaga chiqaradi. Axloqiy ongning ijtimoiy ahamiyati ham xuddi ana shundadir.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Axloqiy ongning o'ziga xos va ayni paytda eng muhim elementi shaxsning axloqiy sifatlaridir. Kishilarning axloqiy sifatlari, ya'ni fazilatlari ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi. Insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida axloqiy sifatlarning turli ko'rinishlarda shakllanib, o'zgarib va sayqallanib borganini ko'rishimiz mumkin. Biroq, axloq har doim ham o'zining umuminsoniy, milliy xususiyatlari bilan ajralib turgan.

Axloqiy sifatlar ijobiy va salbiy bo'ladi. Ijobiy axloqiy sifatlarga, biz buni fazilatlar deb ham yuritamiz, masalan, mehnatsevarlik, mas'uliyatlilik, kamtarlik, xushmuomalalik, ezgulik, samimiyat, insof, andisha, hayo singarilar kiradi. Bu bizning axloqiy qadriyatlarimizdir. Salbiy sifatlarga, buni illatlar deyishimiz ham mumkin, masalan, xoinlik, poraxo'rlik, ikkiyuzlamachilik, laganbardorlik, hasad, dag'allik, irodasizlik, munofiqlik, shaxsiyatparaslik, xudbinlik, mansabparaslik kabilar kiradi.

MUHOKAMA

Demokratik fuqarolik jamiyatida axloq va huquqning o'zaro aloqadorligi quyidagi qonuniyat tufayli ob'ektivlashadi - umumxalq huquqining axloqiy potensiali, qonunchilikning axloqiy asoslari o'sib boradi.

Kasbga sadoqat, mas'uliyat va halollik - huquqshunos kasbining muhim talablaridan hisoblanadi.

Shaxs takomilida kasbga sadoqat, halollik va rostgo'yliksingari axloqiy sifatlar hammuhim ahamiyat kasb etadi. Kasbga sadoqat, halollik va rostgo'ylik shaxs axloqiy sofligining ko'zgusidir. Unda kishining axloqiy etiqodi ham, motivlari ham, xatti-harakatlari ham, xuddi oynadagidek aks etib turadi.

Mehnatga mas'uliyatli munosabatda bo'lish, o'z navbatida axloqning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Shaxs takomilida mas'uliyat hissini tarbiyalab borish muhimdir. Butun umri davomida shaxsning xulq-atvorida hosil bo'lgan sifatlar inson bilan muloqot jarayonida, jamoa faoliyatida takomillashib, sayqallanib boradi.

Ana shunday axloqiy sifatlardan bir mas'uliyatlilikdir. "Mas'uliyat" tushunchasi arab tilidan tarjima qilinganda "javobgarlik", "hisob bermoqlik" ma'nolarini anglatib, "biror ish, xatti-harakat oqibati va natijasi uchun javobgarlik"ni anglatadi. Masalan, davlat javobgarligi, huquqiy javobgarlik, ma'muriy javobgarlik va h.k.

Shaxsda mas'uliyat uning axloqiy tarbiyalanganligi darajasini ko'rsatuvchi barqaror xususiyatga aylanishi lozim. Har qanday faoliyatni tashkil etishning asosiy shartlaridan biri shaxs tomonidan uni muvaffaqiyatli amalga oshirilishidir. Shu bilan birga kishi topshiriqni muddatida va oxirigacha bajarganligini kuzatib borish, shuningdek, faoliyatini o'zi rejalashtirish va nazorat qilishga o'rganishi kerak. Shaxs hamkasblari va jamoasi oldida o'z ishlari natijasi uchun mas'uliyat hissini sezishga intilishi zarur.

XULOSA

Bugungi kunda o'zingiz xohlagan kasbni tanlash va unda o'zligingizni namoyon qilish uchun sizda katta kuch va imkoniyatlar mavjud. Bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq, ish beruvchi o'z jamoasini shakllantirishda xodimning o'z mutaxassisligi, dunyoviy bilimlarni egallaganligini inobatga olgan holda, o'zida axloqiy sifat va fazilatlarni mujassamlashtirgan shaxslarni tanlab olishga harakat qiladi. Shunday ekan, o'zingiz egallagan kasb va jamoangizning haqiqiy brillianti ekanligingizni shaxsiy namunangiz bilan ko'rsatishga harakat

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

qilish lozim. Shaxsning axloqiy sifatlari nafaqat o'ziga balki mehnat faoliyatini olib borayotgan tashkilot faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Mas'uliyat muayyan xatti-harakat, kasbiy yoki ijtimoiy faoliyatni bajarish, shuningdek, ma'lum guruh yoki shu guruh a'zolari oldidagi burchini to'la anglash uchun javobgarlikni his etishdir.

REFERENCES

1. Kovi S.R. Sem navbikov vbisokoeffektivnbix lyudey. Vozvrat k etike xaraktera. - M.: «Veche, Persey, Astrel», 1998. 98-112 s.

2. Sorokotyagin I. N., Masleev A. G. Professionalnaya etika yurista. 3-ye izd., per. i dop. - M.: «Yurayt», 2019. 8-21 s.

3. Ismailov B.I. Yuristning kasbiy etikasi. - T.: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi, 2019. 17-24 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.