УДК 81.12
Yuldasheva B. master of the 2nd stage department of national ideology and law education
Namangan State University
QONUN VA QONUNIYAT TUSHUNCHALARINING MAZMUN-
MOHIYATI
Annotasiya: Insoniyat paydo bo 'Igadan buyon ma 'lum bir qonun qoidalar asosida yashaydi. Qonunlar inson, jamiyat va davlat hayotini tartibga solish funksiyasini bajararadi. Avvalo qonun tushunchasiga to'xtalib o'tsak. Qonun tushunchasi haqida gapirar ekanmiz ko'z oldimizga birinchi bo'lib huquq va yuridik soha keladi. Davlat tomonidan chiqarilayotgan qonunlar haqida o 'ylay boshlaymiz. Lekin qonunga ham yuridik jihatdan, ham falsafiy jihatdan ta 'rif berish mumkin.
Kalit so'zlar: Qonun, qonuniyat, tabiat qonunlari, jamiyat qonunlari, tafakkur qonunlari, umumiy munosabat, qarama-qarshilik.
Yuldasheva B. master of the 2nd stage department of national ideology and law education
Namangan State University
CONCEPTS OF LAW AND MEANING LEGALITIES
Annotation: Humanity has been governed by certain laws since time immemorial. Laws perform the function of regulating the life of a person, society and the state. First of all, let's talk about the concept of law. When we talk about the concept of law, the first thing that comes to mind is the field of law. We start thinking about the laws the government makes. But law can be defined both legally and philosophically.
Key words: Law, laws of nature, laws of society, laws of thinking, general attitude, contradiction.
Qonun falsafiy jihatdan narsa va hodisalar o'rtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat ob'yektiv voqelikka mansub bo'lsa, u voqelik qonulari deb yuritiladi. Voqelik qonunlarining inson tomonidan o'rganilib, muayyan nazariy tilg'a ko'chirilishi fan qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan qonunlari voqelik qonunlarining tafakkurda in'ikos etilishidir. Fan qonunlari, o'z navbatida, aks ettiruvchi ob'yektiga ko'ra, tabiat qonunlari, jamiyat qonunlari, tafakkur qonunlariga bo'linadi.
Tasodifiy yoki o'tkinchi munosabatlar esa qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat qonundan farqli ravishda sistemaning o'zgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yo'nalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda o'rganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil ko'rinishda bashorat qilinadi, ya'ni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bog'langan bo'ladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida bo'lib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan ro'yobga chiqishi mumkin bo'lgan ehtimollar nazarda tutiladi, ya'ni bunda bir qancha o'zaro bog'langan aloqadorliklar ichidan ro'yobga chiqishi mumkin bo'lgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. qonunlar ob'yektlar o'rtasidagi, Sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari o'rtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Qonunlar o'zining umumiylik darajasi va ta'sir etish doirasiga ko'ra, xususiy, umumiy va eng umumiy qonunlarga bo'linadi. Xususiy qonunlar narsa va hodisalar o'rtasidagi nisbatan tor doiragi aloqalarni funksional tarzda aks ettiradi (masalan fizika qonunlari mexanikada tezliklarni qo'shish qonunlari, butun olam tortishish qonuni). Umumiy qonunlar narsa va hodisalarning umumiy xossalari o'rtasida munosabatni, eng umumiy qonunlar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini va boshqa holatlarni ifodalaydi. Butun olam tortishish qonuni umumiy qonunga, olamning rivojlanish qonunlari esa eng umumiy qonunga misol bo'lishi mumkin. Umumiy qonunlar bilan xususiy qonunlar o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud. Umumiy qonunlar xususiy qonunlar orqali amal qiladi, xususiy qonunlar esa umumiy qonunlarning bir ko'rinishi bo'lib, ob'yektiv xarakterga ega.
Qonunlar:
Birinchidan, narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi;
Ikkinchidan, qonunhodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yo'nalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi. Tabiat va jamiyat qonunlari ob'yektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat qonunlari bizga stixiyali tarzda bo'lib ko'rinsa, jamiyat qonunlari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon bo'ladi. qonunlarni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur qonunlarini mantiq fani o'rganadi. Qonunlar haqida Forobiy, Xorazmiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Ushbu insonlarni asarlarini o'qish jarayonida qonunlarning asl mohiyatiga tushunish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Huquqqa doir, xususan, shariat qonunlariga oid asarlar ichida Burhoniddin Marg'inoniyning "Hidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Hidoya asari bugungi kunda ham islom oalmining eng buyuk, nodir asari hisoblanib keladi. Arab davlatlarining ko'plab madrasalarida
eng asosiy manbaalardan biri bo'lib hizmat qiladi. Qonunlarni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni o'zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy g'oya qonun va qonuniyatlari haqida gapirar ekanmiz bevosita falsafa qonunlari haqida ham to'xtalib o'tish lozim. Tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o'rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko'rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Falsafiy qonunlarni birma bir taxlil qilib o'rganib chiqishda qarama-qarshiliklar birligi qonunidan boshlasak maqsadga muvofiq bo'ladi. Qarama-qarshilik - narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya - dissimilyasiya, o'zgaruvchanlik - tug'malik, ishlab chiqarish - iste'mol qilish, yaxshilik - yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar - o'zaro bog'lanishli bo'lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o'zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo'lmasligi mumkin. Qarama-qarshiliklar o'rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. Qonunning klassik ta'rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko'proq jamiyatga tegishlidir. Biror nimaning shakllanishi va taraqqiyoti uchun nimadir sabab nimadir qarshi bo'ladi va shu asosda rivojlanadi.
Qarama-qarshilik birligi tushunchasini ham izohlaydigan bo'lsak. Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi - bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo'lishi mumkin emas. Agar qarama-qarshiliklardan biri yo'q bo'lsa, ularning ikkinchisi ham yo'q bo'ladi. Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular birbirini taqozo etgan va bir-biriga o'tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik o'zida mavjud bo'lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo'lgan jihatga muhtoj bo'ladi. Ular bir-biri bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta'sir ko'rsatish orqali bir-biriga o'tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo'lmasligini, ularning har biri o'zida boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi. Masalan, qurilish jarayoni quruvchi va qurilish obekti mavjudligini nazarda tutadi. Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat, kurash ga doir munosabatiga ham alohida to'xtalib o'tish lozim. Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga beparvo bo'lmaydi, balki bir-biriga o'zaro ta'sir ko'rsatadi. Ularning o'rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o'zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo'lishga harakat
qiladi. SHunday qilib, qarama-qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o'tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to'xtamaydi.
Falsafaning yana bir qonunlaridan biri bu ayniyat qonunidar. Ayniyat bu -predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o'z-o'ziga mosligi. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan o'tadi. Dastlabki bosqich - predmetning o'z-o'zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas.[1]
Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o'ziga xos belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o'z-o'zi bilan ayniy bo'lmaydi. Masalan, ko'zguga kelar ekansiz, siz o'z qiyofangizda hech qanday farq ko'rmaysiz. O'z do'stingiz bilan oradan besh yil o'tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o'zgarib ketibdi!» deb o'ylasangiz kerak. SHu bois, «ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o'z-o'ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o'xshashlik munosabati. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o'z-o'zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi. Ikkilanish chog'ida bir vaqtning o'zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar birligi ham, ularning kurashi ham vujudga keladi. Ziddiyatning shakllanish jarayonida qarama-qarshiliklar kurashi birinchi o'ringa chiqadi va rivojlanishning ichki, teran manbaiga aylanadi[2]. Ziddiyatning o'zida qarama-qarshiliklar har xil rol o'ynaydi. Faolroq, harakatchanroq qarama-qarshilik ziddiyatning etakchi tomoni hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar kurashi oxir-oqibatda yangi sifat holatiga olib keladi. Paydo bo'luvchi yangi hodisalar o'zlariga xos bo'lgan yangi ziddiyatlarga ega bo'ladi. Bu ziddiyatlar mazkur hodisalar rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari, ularning holatlarini ham farqlash zarur. Predmetlimoddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda, qarama-qarshiliklarning amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon bo'lish xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qaramaqarshiliklarning rivojlanish xususiyati va faollik darajasini belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan, «etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy tizimlarga tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday yondashuv ularning quyidagi holatlarini aniqlash imkonini beradi: garmoniya, disgarmoniya, konflikt[3]. Shuni qayd etish muhimki, ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda mazkur tizim mavjudligining boshidan oxiriga qadar mavjud bo'ladi. Holatlar, miqdor ko'rsatkichlari, qaramaqarshiliklarning o'zaro aloqasi xususiyati, ularning tizimdagi roligina o'zgaradi. Milliy g'oyani shakllanishiga ham ham mana shu ziddiyat qonunini misol qilish
mumkin. Milliy g'oyamizni yaralishi va rivojlanishi uchun unga qarama qarshi turgan ziddiyat bo'lgan diniy ekstremizm terrorizm, egoism va boshqa buzg'unchi g'oyalarning kirib kelishi turtki bo'ldi deyish mumkin.
Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko'ra quyidagicha tasniflanadi. Namoyon bo'lish shakliga ko'ra -ichki va tashqi ziddiyatlar. Har doim rivojlanish bo'lgan joyda ziddiyat ham mavjud bo'ladi. Eng ko'p keltirish mumkin bo'lgan narsa bu davlatni rivojlanishini olaylik. Davlatni rivojlanishiga o'z navbatida ichki (korrupsiya, insonlar tafakkurining pastligi, resurslarni yetishmasligi) ziddiyatlar tashqi ziddiyatga nisbatan ko'proq to'sqinlik qiladi. Rivojlanishdagi roliga ko'ra -asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar[4]. Asosiy ziddiyatlar bu biror narsani rivojlanishi uchun to'siq bo'luvchi asosiy bartaraf etilishi zarur bo'lgan ziddiyatlar. Ya'ni agar o'sha narsa bartaraf etilmasa boshqalarini bartaraf etilishini foydasi yo'qday. Vujudga kelish xususiyatiga ko'ra - zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar. Zaruriy ziddiyatlar har doim mavjud bo'luvchi ziddiyatlar. Tasodifiy esa harakat jarayonida vujudga keluvchi ziddiyatlardir. Jamiyatdagi tipiga ko'ra - antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi. Antagonistic ziddiyat deganda tamoman bir-biriga qarama qarshi bo'lgan, bartaraf etib bo'lmaydigan, kelishib bo'lmaydigan ziddiyatdir. Noantagonistik ziddiyat esa bevosita buning teskarisi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Falsafa o'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent Moliya institute. T;.2019.-73b
2. Islomovich, I. T. (2021). Academic profession and university in the context of modern institutional reforms.
3. Исмоилов, Темурбек Исломович (2020) "Problems and solutions of public activity of unorganized youth," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2: Iss. 10, Article 42.
4. Ismoilov, T. I. (2018). Unique features of working with unorganized youth. Экономика и социум, (2), 28-30.
5. Tursunqulova S. T. НЕЛИНЕЙНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИСКУССТВА И ХУДОЖЕСТВЕННОГО ЭСТЕТИЧЕСКОГО ТВОРЧЕСТВА В ФОРМИРОВАНИИ ЭСТЕТИЧЕСКОГО СОЗНАНИЯ ЛИЧНОСТИ //Theoretical & Applied Science. - 2019. - №. 3. - С. 184-188.
6. Tursunkulova S. T. PHILOSOPHICAL PROBLEMS OF WOMEN'S SOCIAL ACTIVITY TODAY //Научно-методический и теоретический журнал. - 2014. - С. 35.
7. Tursunkulova, S. T. (2021). COMPLICATED FEATURES AND THEORETICAL BASIS OF FORMING PERSON'S ESTHETIC CONSCIOUSNESS. Theoretical & Applied Science, (5), 178-183.
8. Абдуллаев А. Н. Философский анализ феномена творчества //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 3-3 (81).
9. A6gynnaeB, AKMM HacpnggHHOBHH (2020) "SOCIAL AND ECONOMIC FACTORS OF COUVOLUTION PROBLEMS," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2: Iss. 8, Article 24.
10. Abdullaev A. N. THE SOCIAL PHILOSOPHICAL ESSENCE OF THE COEVOLUTION OF SOCIETY AND FAMILY //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - C. 733-736.
11. Abdullayev A. N. THE FEATURES OF APPEARING FAMILY IN MODERN SOCIETY //European Science Review. - 2020. - №. 3-4. - C. 6972.
12. Abdullayev A. The relationship in the development of the family and society //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - T. 1. - №. 1. - C. 114-118.
13. Abdullaev A. N. COEVOLITION CHALLENGE IN SOCIETY AND NATURE OF SOCIAL-PHILOSOPHICAL ANALYSIS //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - T. 1. - №. 10. - C. 157-160.
14. Abdullaev A. N. THE ROLE OF THE NATIONAL TRADITIONS AND RITES IN FAMILY UPBRINGING //Modern Science. - 2017. - №. 4-2. - C. 6-8.