Научная статья на тему 'YOSHLARNING MA’NAVIYATINI OSHIRISHDA PEDAGOGLARNING O‘RNI'

YOSHLARNING MA’NAVIYATINI OSHIRISHDA PEDAGOGLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
37
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi Oʻzbekiston / ma’naviyat / ma’rifat / ta’lim tizimi / innovatsiya / pedagog / kasbiy mahorat / rivojlanish. / New Uzbekistan / spirituality / enlightenment / education system / innovation / pedagogue / professional skills / development.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xusanova, Dilnoza Alimqul Qizi

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda ma’naviyat va ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor qaratish, xususan bu yoʻlda pedagoglarning amaliy ahamiyatini kuchaytirishni keng miqyosda yoʻlga qoʻyish lozimligi haqida batafsil yoritilgan. Ta’lim tizimining sifati va samaradorligini oshirishda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda pedagoglar tomonidan tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning oʻrni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar, amaliy taklif va xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF EDUCATORS IN IMPROVING YOUTH'S SPIRITUALITY

This article describes in detail the need to pay special attention to spirituality and education in the creation of New Uzbekistan, and in particular, to strengthen the practical importance of pedagogues on a large scale. Opinions, practical proposals and conclusions are given about the role and importance of spiritual and educational work organized by pedagogues and raising the spirituality of young people in improving the quality and efficiency of the education system.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING MA’NAVIYATINI OSHIRISHDA PEDAGOGLARNING O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

YOSHLARNING MA'NAVIYATINI OSHIRISHDA PEDAGOGLARNING

ORNI

Xusanova Dilnoza Alimqul qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi dilnozaxusanova092@gmail.com +998940613414

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Yangi O'zbekistonni bunyod etishda ma'naviyat va ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratish, xususan bu yo'lda pedagoglarning amaliy ahamiyatini kuchaytirishni keng miqyosda yo 'lga qo 'yish lozimligi haqida batafsil yoritilgan. Ta'lim tizimining sifati va samaradorligini oshirishda yoshlar ma 'naviyatini yuksaltirish hamda pedagoglar tomonidan tashkil etiladigan ma 'naviy-ma'rifiy ishlarning o'rni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar, amaliy taklif va xulosalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, ma'naviyat, ma'rifat, ta'lim tizimi, innovatsiya, pedagog, kasbiy mahorat, rivojlanish.

АННОТАЦИЯ

В данной статье подробно описывается необходимость уделять особое внимание духовности и образованию в создании Нового Узбекистана, и в частности, масштабно усиливать практическое значение педагогов. Приводятся мнения, практические предложения и выводы о роли и значении духовно-просветительской работы, организуемой педагогами и поднятия духовности молодежи в повышении качества и эффективности системы образования.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, духовность, просвещение, система образования, инновации, педагог, профессиональное мастерство, развитие.

ABSTRACT

This article describes in detail the need to pay special attention to spirituality and education in the creation of New Uzbekistan, and in particular, to strengthen the practical importance of pedagogues on a large scale. Opinions, practical proposals and conclusions are given about the role and importance of spiritual and educational work organized by pedagogues and raising the spirituality of young people in improving the quality and efficiency of the education system.

Key words: New Uzbekistan, spirituality, enlightenment, education system, innovation, pedagogue, professional skills, development.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

Bugungi kunda yoshlar ma'naviyatiga e'tibor qaratish mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'naviyat - tushunchasi har bir insonning, xalqning, jamiyatning asosiy kuch-qudrati bo'lib, uning ruhiy dunyosini mukammallashtirishga bog'liq bo'lgan sifatlarning ko'rinishi. Bugungi tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan zamonda har qanday xalqning ma'naviyatga bo'lgan e'tibori baxtli kelajagiga berilgan e'tibori sanaladi. Ta'lim va tarbiya jarayonlarida ma'naviyatli yosh avlodni tarbiyalashda ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, kasbiy bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lgan pedagoglarning o'rni katta.

Davlat ta'lim standartlariga, davlat ta'lim talablariga javob beradigan, yuqori malaka va toifaga ega, ma'naviyatli pedagog kadrlarni tayyorlash bugungi kunda xalqaro darajada muhim va zarur hisoblanadi. Shu jumladan, Pedagoglar yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda asosiy poydevor sanaladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobida ma'naviyatga alohida urg'u berib: "Mening nazarimda, insoniyat dunyosining buyuk bir yoritqichi - ma'naviyat chirog'i bor. Bu chiroqning boshqalardan farqi shuki, u insonning ongi va tafakkurini yoritadi, qalbi, vijdonini uyg'otadi, odamiylik hissini kuchaytiradi. O'zbekistonning yangi uyg'onish davrini yaratishga kirishgan ekanmiz, har bir yurtdoshimizning qalbi va ongida ana shunday ma'naviyat shu'lasi porlashi va u bizlarni ezgu ishlarga undab, yuksak mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashga da'vat etib turishi kerak"[2] - deya ta'kidlaganlari ham bejiz emas, albatta. Shunday ekan birinchi navbatda pedagog-kadrlarining ham ma'naviyatini yuksaltirish, ularga kasbiy mahorat va malakasini oshirishlari yuzasidan qulay shart-sharoit yaratish, ularning faoliyatlarida barcha to'siqlarni bartaraf etish, qolaversa ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini yanada oshirish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan vazifa hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jamiyatdagi har bir insonning yuksak ma'naviyatli, ma'rifatli bo'lishi uchun ko'plab tadbir-u tashviqot ishlari tashkil etilmoqda. Yurtimiz bo'ylab har bir sohada islohotlar amalga oshirilgani singari ma'naviyat sohasiga ham yetarlicha e'tibor berilmoqda. Bu borada esa, avvalo, ma'naviyatni oshirishda asosiy o'ringa ega bo'lgan pedagoglarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning qonun himoyasida bo'lishini ta'minlash dolzarb hisoblanadi.

2023-yil 1-maydan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ilk bora o'qituvchilarning huquqlari mustahkamlab qo'yildi[1]. Shu nuqtayi nazardan, pedagog-kadrlarnining kasbiy mahoratini shakllantirish, ularning sha'ni qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish, ma'naviy-axloqiy madaniyatini yuksaltirish

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

zarur hisoblanadi. Xususan, 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirgan ko'pchilik pedagoglarimiz intiqib kutgan "Pedagogning maqomi to'g'risidagi" ü'RQ-901-sonli 21 moddadan iborat Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunda "Ta'lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta'lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan jismoniy shaxs pedagogdir"[5] deya pedagoglarning maqomi belgilab qo'yildi. Zero, pedagoglarning samarali faoliyati yoshlarni yangicha tafakkurga ega bo'lishida, ma'naviyatini bevosita yuksaltirishda muhim o'ringa ega. Insonlarni yangicha yashash, yangicha dunyoqarashga undayotgan kuch ham, avvalo, ma'naviyat va ma'rifatdir. Kuchli ma'naviyatni ta'minlashda nafaqat pedagoglar balki ota-ona va mahallaning ham integratsiyalashgan tizimini amalda qo'llash lozim.

NATIJA VA MUHOKAMA

Yurtimizda iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy soha singari ma'naviyat sohasi ham davlat siyosatining muhim yo'nalishidan biridir. Shu sababli qabul qilinayotgan strategik dasturlar, yo'l xaritalarida ma'naviyat ham munosib o'rin egallagan. Masalan, "O'zbekiston-2030" strategiyasida "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish"[4] bo'yicha bir qancha islohotlarni amalga oshirish lozimligi belgilangan. Mazkur strategiyadagi maqsad va vazifalar ma'naviyatimizning yuqori pog'onaga ko'tarilishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mamlakatimizda 2023-yilning 22-dekabrida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi. Mazkur majlisda yurtboshimiz tomonidan, avvalo, ma'naviyat va madaniyat sohasidagi ishlarimiz uchun metodik asos bo'lib xizmat qiladigan milliy g'oyamizni rivojlantirish bo'yicha alohida dasturiy hujjat ishlab chiqishimiz lozimligi va bu jarayonda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz talablari hisobga olinishi zarurligi qat'iy ta'kidlandi. Prezidentimizning ""Bugun ma'naviyat boshqa sohalardan o'n qadam oldinda yurishi, ma'naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak" [2] degan fikrlari hayotiy ehtiyojimizga aylanmoqda. Shuning uchun ham ilk navbatda ma'naviyatimizni yuqori o'ringa chiqarishimiz va rivojlantirishimiz kerak.

Pedagoglar yoshlarning ma'naviyatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ular yoshlarning ma'naviyatini oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:

1. Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya berish. Bu jarayonda pedagoglar ta'lim oluvchilar uchun kitobxonlikni keng miqyosda targ'ib qilishlari, o'zbek milliy san'ati haqida tashviqot ishlarini olib borishlari, ularning madaniyat tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishishlari uchun turli xil ekskursiyalarni amalga oshirishlari lozim sanaladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. Ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning integratsiyasi. Ushbu jarayonda pedagoglar tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tarbiyani boshqarishda boshqa fanlarni integrallashtirish uchun o'quv jarayonlarini tashkil etishadi. Bu ma'naviy-ma'rifiy tarbiya bilan matematika, adabiyot, tarix, musiqa, san'atshunoslik va boshqa sohalardagi bilimlar o'rtasida bog'lanish yaratishga yordam beradi.

5. Ma'naviy qadriyatlarni hurmat qilish. Pedagoglar yoshlarning ma'naviy qadriyatlarni hurmat qilishi va chetdan kirib kelayotgan milliy ma'naviyatimizga yot bo'lgan g'oyalarning yoshlar ongiga zarar yetkazishiga yo'l qo'ymasligini ta'minlaydi. Bu jarayon orqali yoshlarning qadriyatlarga hurmatni, sodiqlikni, ularni asrash lozimligini, rivojlanish darajasini, qadr-qimmatini tahlil qilish uchun kerakli maqsad va vazifalarni aniqlashga yordam beradi.

XULOSA

Pedagoglar yoshlarning ma'naviyatini oshirishda muhim o'rin egallaydi, chunki ma'naviyat yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, insonparvarlik, etik-estetik qadriyatlari va jamiyat bilan o'zaro bog'liqligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.

Yoshlar ma'naviyatini oshirishda pedagog-kadrlar tomonidan tashkil qilinadigan tadbir va tanlovlar ham muhim ahamiyatga ega. Ular quyidagi samarali va ta'sirchan natijalarni yuzaga keltiradi:

1. Ta'lim oluvchilarning o'z fikrlarini erkin ifodalash qobiliyatini rivojlantiradi. Tadbir va tanlovlar ta'lim oluvchilarga turli muammolarni o'z qarashlari va fikrlari orqali hal qilish imkonini beradi. Bu ularga o'zlarining shaxsiy qadriyatlarini ro'yobga chiqarishda, o'z-o'zini takomillashtirishga imkon beradi.

2. Tadbirlar va tanlovlar pedagoglar tomonidan qo'shimcha ta'lim mashg'ulotlari sifatida amalga oshirilib, o'quvchilarga ma'naviy qadriyatlar va ulardagi insonparvarlik, ezgulik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni targ'ib qilish hamda necha ming yillar davomida rivojlangan qadriyatlar yemirilishining oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega.

3. Pedagoglar tomonidan tashkil etilgan tadbir va tanlovlar ta'lim oluvchi har bir o'g'il-qizda berilgan topshiriq va vazifalarni katta mas'uliyat va javobgarlik hissini tuygan holda amalga oshirishni ta'minlaydi. Muvaffaqiyatga va yuqori natijani qo'lga kiritishda asos vazifasini o'taydi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarda ma'naviyatni shakllantirishda, milliy qadriyatlarimizni asrashda, milliy axloqimizni yuksaltirishda, ijtimoiy faollikka chorlashda pedagoglarning ahamiyati beqiyos.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston. 01.05.2023y.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: O'zbekiston, 2021. - B.

3. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi. 2023-yil 22-dekabr. www.prezident.uz.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.www.lex.uz.

5. O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi O'RQ-901-sonli Qonuni. www.lex.uz.

6. www.prezident.uz.

7. www.lex.uz.

263.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.