Научная статья на тему 'Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish'

Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
852
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / boʻsh vaqt / besh tashabbus / talaba / kitob oʻqish / foydali mashgʻulotlar / kelajak avlod. / Молодежь / свободное время / пять инициатив / студент / чтение / полезные занятия / будущее поколение.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kupaysinov Dostonbek Xusniddin o’g’li, Mo’ydinova Gulsanam Farxod qizi

Mamlakatimiz aholisining deyarli 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Yoshlarimizning o’qish va ishdan bo’sh paytlarini mazmunli o’tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni turli foydali kasb-hunarlarga o’rgatish jamiyatimizni yuksaltirishning eng asosiy manbaidir.Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlarning vaqtlarini mazmunli o’tkazishga doir belgilab bergan besh tashabbuslari ham mamlakatimiz rivojiga kata ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan shunday vaziyatda yosh avlodning dunyoqarashini o’stirib bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishga odatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Meaningful spending of free time of young people

Почти 30% населения нашей страны составляют молодые люди в возрасте от 14 до 30 лет. Создание необходимых условий для того, чтобы наша молодежь содержательно проводила свое свободное время, обучаясь и работая, и обучение ее различным полезным профессиям является основным источником оздоровления нашего общества.Все пять инициатив имеют большое влияние на развитие нашей страны. В такой ситуации, когда время стремительно развивается, важно развивать мировоззрение молодого поколения и привыкать продуктивно использовать свободное время.

Текст научной работы на тему «Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish»

ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ

1. Аширбаева А.Ж., Мамбетов Ж.И. Решение системы нелинейных дифференциальных уравнений в частных производных методом дополнительного аргумента // Естественные и математические науки в современном мире. Новосибирск, 2017. - № 1(48). - C.111-124.

2. Аширбаева А.Ж., Мамбетов Ж.И. Метод дополнительного аргумента для системы нелинейных дифференциальных уравнений в частных производных первого порядка со многими переменными // Наука, новые технологии и инновации Кыргызстана. Бишкек, 2017. - № 5. - C. 87-90.

3. Аширбаева А.Ж., Мамазиаева Э.А. Решение нелинейного операторно-дифференциального уравнения в частных производных второго порядка методом дополнительного аргумента // Вестник КРСУ. 2015. -Т.15 -№5. - C. 61-64.

4. Mambetov Zh. Method of additional argument for system of non-linear partial differential equations of the first order [Текст]/ Ashirbaeva A., Mambetov Zh. // Abstracts of VI Congress of the Turkic World Mathe-matical Society, October 2-5, 2017 Astana, Kazakhstan / Ed. by Acad. B.T. Zhumagulov. - P. 37.

YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH

Kupays^v Dostonbek Xusniddin о^'Н NamMQI^'qituvohi, +998949020901

^^^d^va Gulsanam Fara^d qizi NamDU, talaba

Annotasiya. Mamlakatimiz a^isming deyarli 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha Ьо'^п yoshlardir. Yoshlarimizning o'qish va ishdan Ьо^ paytlarini mazmunli o'tkazishlari u^un zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni turli foydali kasb-hunarlarga o'rgatish jamiyatimizni yuksaltirishning eng asosiy manbaidir.Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlaming vaqtlarini mazmunli o'tkazishga doir belgilab bergan besh tashabbuslari ham mamlakatimiz rivojiga kata ta'sir ^rsatib kelmoqda. Zamon shiddat bilan r^j^n^ borayotgan shunday vaziyatda yosh avlodning dunyoqarashini o'stirib Ьо^ vaqtlaridan unumli foydalanishga odatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Аннотация. Почти 30% населения нашей страны составляют молодые люди в возрасте от 14 до 30 лет. Создание необходимых условий для того, чтобы наша молодежь содержательно проводила свое свободное время, обучаясь и работая, и обучение ее различным полезным профессиям является основным источником оздоровления нашего общества.Все пять инициатив имеют большое влияние на развитие нашей страны. В такой ситуации, когда время стремительно развивается, важно развивать мировоззрение молодого поколения и привыкать продуктивно использовать свободное время.

Annotation. Almost 30% of the population of our country are young people between 14 and 30 years old. Creating the necessary conditions for our youth to spend their free time meaningfully studying and working and training them in various useful professions is the main source of improving our society. All five initiatives have a great impact on the development of our country. In such a situation where times are rapidly developing, it is important to develop the worldview of the young generation and get used to using their free time productively.

Kalit so'zlar. Yoshlar, Ьо^ vaqt, besh tashabbus, talaba, kitob o'qish, foydali mashg'ulotlar, kelajak avtod.

Ключевые слова. Молодежь, свободное время, пять инициатив, студент, чтение, полезные занятия, будущее поколение.

КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №1

54

TAtHHM MYAMMOHAPH

Keywords. Youth, free time, five initiatives, student, reading, useful activities, future generation.

Mamlakatimiz aholisining deyarli 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlardir. Ya'ni, raqamlarda ifodalaydigan bo'lsak qariyb 11000000 ga yaqin yoshlar mavjud.Buni hisobga olsak Yoshlarimiz davlatimizning naqadar muhim tomoni ekanligiga guvoh bo'lamiz. Shunday ekan yoshlarimizning o'qish va ishdan bo'sh paytlarini mazmunli o'tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni turli foydali kasb-hunarlarga o'rgatish jamiyatimizni yuksaltirishning eng asosiy manbaidir. Shuning uchun yoshlarni vaqtini qanday o'tkazayotkanligini ota-onalar, ustoz va murabbiylar, mahalla faollari doimiy ravishda kuzatib borishlari shart. Chunki jamiyatimizning yosh avlodlariga to'g'ri yo'lni kattalar ko'rsatmasa ularning mafkurasini buzuvchilar topiladi.

Dinimizda ham ilm o'rganish farz ekanligi ko'p hadis va oyatlarda keltirilgan. Xalqimizda shunday naql bor yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir. Misol uchun bir niholni yerga ekib unga vaqtida parvarish berib begana o'tlardan tozalanmasa u nihol nozik va qiyshiq bo'lib rivojlanadi va kutilgan natijani bermaydi. Huddi shunday yoshlarni ham bo'sh vaqtini qanday ishlarga sarflayotganini o'rganib ularni to'g'ri yo'lga solmasak kelajagimizni buyuk qila olmaymiz. Bu yo'lda millatimmizning yorqin namoyondalrini o'zimizga o'rnak bilib harakat qimo'g'imiz darkor. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga doir belgilab bergan besh tashabbuslari ham mamlakatimiz rivojiga kata ta'sir ko'rsatib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu yig'ilishda ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilishi ta'kidlandi. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish dolzarb masala ekanligi prezidentimiz tomonlaridan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga vazifa qilib yuklandi. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo'ladi.

Ma'lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Besh tashabbus o'z ichiga sport, musiqa, kitobxonlik, xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratish kabilarni o'z ichiga oladi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, "Ma'rifat karvoni" tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.

Ota-onalar o'z farzandlarini oilasidan uzoq vaqtida qanday ishlar bilan bantligini o'rganib borishlari shart. Chunki yosh avlodni o'z holicha qarovsiz tashlab bo'lmaydi. Bundan tashqari oila boshliqlari o'z farzandlarini qiziqishlarini to'g'ri baholab o'z yo'llarini tanlashlarida ko'maklashishlari kerak. Bugungi kunda oilada ota ham ona ham o'z yumushlari bilan band bo'lib farzand tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajratishmayapti. Bu esa farzan xaqqiga hiyonat sanaladi. Bunga misol qilib, yoshlarimizning telefon va onlayn o'yinlarga bog'lanib qolishayotganini aytishimiz mumkin. Farzandi bo'sh vaqtida nima ish qilayapti, kimlarga do'st tutunyapti, kimlarni o'ziga idealidagi inson deb qarayotgani kattalarni qiziqtirmayapti. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek telefandan qanday foydalanish kerak, uning vazifasi nima, yoshlarimizning kampyuter savodxonligini oshirish va internet saytlaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish lozim. Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan shunday vaziyatda yosh avlodning dunyoqarashini o'stirib bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishga odatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki dono xalqimizda "Vaqting ketdi-naqding ketdi" degan naql bor. Yoshlarimizni bo'sh vaqtlarini kitob mutola qilish, hunar o'rganish, turli sport o'yinlariga

KYPHHHffl BA TAtHHM HHMHH ^YPHAHH, 2022, №1

55

TAt^HM MYAMMO^APH

qiziqtirish uchun ularni kichikligidan shu narsalarga ko'niktirib borish muhimdir. Undan tashqari yoshlarimizni ozodalikka, mehnatsevarlikka o'rgatishimiz lozim va lobuddir.

Aks holda ular dangasa va tartibsiz bo'lib ulg'ayishadi. Shuning uchun har yili xalqimizda umumxalq hasharlari uyushtirilib bunga ko'plab yoshlarimiz jalb qilinadi. Bu hasharlarda keksalarimiz o'z boshchiligida kelajak avlodlarning mehnatga bo'lgan layoqatini shakllanishida o'z hissalarini qo'shadilar. Ozodalik avvalo o'z honasidan boshlanadi. Shuning uchun talaba yoshlarning qanday uylarda va qay holatda yashoyotgaliklarini kuzatib boriladi. Ozodalik bo'lgan joyda hotirjamlik bo'ladi. Kayfiyat ham a'lo darajada turadi. Ozodalikka rioya qilish didimizda ham farz sanaladi. Ozodalik bo'lgan joyda yangi-yangi g'oyalar, fikrlar vujudga keladi. Yoshlarimiz oilasidan uzoqda yashab mustaqil hayotga o'rganar ekan ularni bu yo'lda kimlarni o'ziga hamroh qilishi juda muhim omildir. Ularning do'sti kim? Nima bilan shug'ullanyapdi? Bo'sh vaqtini nimalarga sarflaydi? Zararli illatlari yo'qmi? Ozodalikka rioya qiladimi? Va shu kabi jihatlariga e'tibor qaratish lozim. Chunki ota-bobolarimizdan qolgan bir naql "Menga do'stingni qandayligini ayt, men seni qandayliigingni aytib beraman" bizni farzandlarimizni kimlar bilan do'st tutinayotgani haqida o'ylashga majbur qiladi.

Yoshlarimizning har bir o'tkazayotgan vaqtlariga kattalar befarq bo'lmasalar, ular o'z to'g'ri yo'llaridan adashmaydilar. Unutmaylik, qaysi jamiyatda yoshlar kattalarning e'tiborida bo'lib, yoshligini ilmu-hunar o'rganishga sarflasa bu jamiyat yuksaladi, aksincha, biron jamiyatda befarqlik va loqaydlik avj olsa o'sha jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Bu borada 20-asr boshlarida yurtimizdan yetishib chiqqan Jadidchilik harakati nomoyondalaridan biri Muhmudxo'ja Behbudiy "Dunnyoda turmoq uchun dunyoviy ilmlarni o'rganmoq lozim" degan edi. Agar biz yoshlarning bo'sh vaqtlarini foydali ilmlarni o'rganishlariga yo'naltira olsak o'ylaymanki diyorimizdan yana Ibn Sinolar, Xorazmiylar, Beruniylar, Navoiylay ko'plab yetishib chiqadi. Bu sohada hozirda o'qiyman, hunar o'rganaman degan har bir yoshga O'zbekistonimizda yatarlicha shart-sharoitlar yaratib qo'yilgan. Shu o'rinda bir savol tug'ilishi tabiiy albatta. Nima uchun shunday erkinlik va tinchlik xukm surgan jamiyatda yuksalish uchun nima qarshilik ko'rsatyapti? Buning birgina javobi o'tayotgan vaqtimizning qadriga yetmasligimizdir. Bir tasavvur qiling, millatimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimizda hozir bizda bo'lgan sharoitlar bo'lganmi? Har birimizning ongimizga shu savolni eshitishimiz bilanoq beixtiyor yo'q degan javob keladi. Chunki ular bizningdek yorug' va shinam uylarda emas tor va sovuq kulbalarda kechasi oy shulasida bo'lsa ham o'qib izlanishgan. Kunduzlari o'z kasbu-korlari bilan mashg'ul bo'lishgan. Xo'sh, bizni nima to'sib turibdi ilm olishdan.

Yoshlarimiz yengil hayotga o'rganib qolishgan. Bunga misol qilib kitob o'qimasliklarini aytishimiz mumkin. Shunda o'quvchida bir savol tug'iladi. Kitobxonlikni yengil hayotga nima aloqasi bor? Kitobxonlik musobaqasi yaxshi jaroyonku degan fikrlar uyg'onadi. Bu fikrlar to'g'ri albatta. Faqatgina bir tomoni borki meni doim o'ylantiradi. Nega yoshlarimiz o'zi istab kitob mutolaa qilishmaydi? Agar davlat mukofot bermasa kitob o'qimasligimiz kerakmi? Prezidentimizning kitobxonlik musobaqalarini tashkillashtirishlaridan ham asosiy maqsadlari yoshlarimizni kitobga bo'lgan muhabbatini uyg'otishdir. Yoshlarimiz bo'sh vaqtlarini kitib bilan oshnolikda o'tkazsalar, ishonchimiz komilki albatta yurtimiz yanada rivoj topib yurtboshimiz nazarda tutgan maqsadimizga yetishamiz Inshaalloh. Bizning shunday Allohning nazari tushgan diyorimizda yana buyuk ulamolar yetishib chiqishi uchun biz yoshlar tinimsiz o'qib izlanishimiz vaqtimizni behuda ishlarga sarflamay, o'zimizga va yurtimizga foyda keltiruvchi amallarga sarflashimiz kerak. Bu yurtni bunday holga kelishiga kimlar jonini bermadi. Shunday ekan, biz bu go'zal diyorimizni nomini dunyoga tarannum etishimiz lozim. Shu o'rinda yan bir misol, dunyoni qaysi davlatida biznikidek 12 yillik majburiy va bepul ta'lim olish yo'lga qo'yilgan. Bu ham respublikamizda yosh avlodni ilm olishiga bo'lgan e'tibor naqadar yuqori ekanini bilamiz. Bo'sh vaqtlarimizni mazmunli o'tkazish uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar bor. Talaba yoshlar darsdan bo'sh vaqtlarini o'z yotoqxonalaridan chiqmay turib ham mazmunli

KYPHHHffl BA TALHHM HHMHH ^YPHÂHH, 2022, №1

56

ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ

o'tkazishlari mumkin. Masalan, kitob o'qishlari, shashka va shaxmat o'qlni charxlovchi o'yinlarni o'ynashlari, onlayn til kurslarini tomosha qilishlari va shu kabi o'zi qiziqqan boshqa foydali mashg'ulotlar bilan band bo'lishlari foydadan holi bo'lmaydi. Prezidentimiz ham bu borada talaba yoshlarimizning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun ularni o'qishdan keyingi paytlarda o'z sohalri bo'yicha ishlashga imkoniyat berdilar. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter o'yinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bo'lishi zarurligini o'z yi'g'ilishlarida alohida ta'kidlab o'tdilar. Yoshlarda bolalik chog'idan kitobga mehr uyg'otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yo'llarida mustahkam zamin bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1"YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO'G'RISIDA'gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, 14.09.2016 yildagi 0'RQ-406-son

2.https://lyceum.tma.uz/besh-muhim-tashabbus/

TALABALARNI O'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARNING

AHAMIYATI

Kupaysinov Dostonbek Xusniddin o'g'li NamMQI, o'qituvchi +998949020901

Mo'ydinova Gulsanam Farxod qizi

NamDUtalaba

Annotasiya.O'quv jarayonida faol munosabat talabaning bilim olishi uchun muhim ahamiyatga ega.Ta'lim tizimini rivojlantirish va yoshlar ongida o'tilayotgan mavzu bo'yicha kengroq tasavvur uyg'otish uchun ham bunday texnologiyalardan foydalanish yuqori samara beradi.Zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning asosiy maqsadi muammoni hal qilish uchun variantlarni tanlash va motivatsiyani ta'minlashdir.Ushbu tamoyil o'qituvchi talabalarga ta'lim berish jarayonida yetakchi rolni egallaydi.

Аннотация.Для обучения студента важна активная позиция в образовательном процессе.Использование таких технологий высокоэффективно для развития системы образования и для пробуждения в сознании молодежи более широкого видения предмета.Основная цель Использование современных технологий заключается в выборе вариантов решения проблемы и обеспечении мотивации.Этот принцип отводит учителю ведущую роль в процессе обучения студентов.

Annotation. An active attitude in the educational process is important for the student's learning. The use of such technologies is highly effective for the development of the educational system and for awakening a broader vision of the subject in the minds of young people. The main purpose of using modern technologies is to choose options to solve the problem and to provide motivation. This principle gives the teacher a leading role in the process of teaching students.

Kalit so'zlar: Zamonaviy texnologiyalar, dars jarayoni, smart taxta, innovatsiya, o'qituvchi, talabalarni qiziqtirish.

Ключевые слова: Современные технологии, учебный процесс, умная доска, инновации, преподаватель, интерес учащихся.

Key words: Modern technologies, teaching process, smart board, innovation, teacher, student interest.

КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2022, №1

57

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.