Научная статья на тему 'YOSHLARDA SPORT QOBILIYATLARI SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI'

YOSHLARDA SPORT QOBILIYATLARI SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
155
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SPORT / YOSHLAR SPORTI / QOBILIYAT / YOSH SPORTCHILAR / PSIXOLOGIK TAHLIL / XOTIRA / IDROK / HISSIYOT / FIZIOLOGIYA / TAFFAKUR / INDUVIDUAL SALOHIYAT

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Akramov A.Sh.

Mazkur maqolada yoshlarda sport qobiliyatlari shakllanishida psixologik yondashuvi va ularning faoliyatidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, qobiliyat va iste’dodlariga psixologik nuqtai nazardan yondashuvlari, idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik kabi xususiyatlari haqida haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF A PSYCHOLOGICAL APPROACH IN THE FORMATION OF SPORTS SKILLS IN YOUTH

In this article, opinions are expressed about the psychological approach to the formation of sports skills in young people and their importance in their activities. It is also described about the psychological approach to abilities and talents, the characteristics of perception, imagination, thinking, memory, and observation.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA SPORT QOBILIYATLARI SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI»

Akramov A.Sh.

"Turon Zarmed universiteti Maktabgacha ta'lim va sport faoliyati

kafedrasi o'qituvchisi

YOSHLARDA SPORT QOBILIYATLARI SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI

Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlarda sport qobiliyatlari shakllanishida psixologik yondashuvi va ularning faoliyatidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, qobiliyat va iste'dodlariga psixologik nuqtai nazardan yondashuvlari, idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik kabi xususiyatlari haqida haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: sport, yoshlar sporti, qobiliyat, yosh sportchilar, psixologik tahlil, xotira, idrok, hissiyot, fiziologiya, taffakur, induvidual salohiyat.

Akramov A.Sh. teacher

Department of Preschool Education and Sports Activities

Turon Zarmed University

THE IMPORTANCE OF A PSYCHOLOGICAL APPROACH IN THE FORMATION OF SPORTS SKILLS IN YOUTH

Abstract: In this article, opinions are expressed about the psychological approach to the formation of sports skills in young people and their importance in their activities. It is also described about the psychological approach to abilities and talents, the characteristics of perception, imagination, thinking, memory, and observation.

Key words: sport, youth sport, ability, young athletes, psychological analysis, memory, perception, emotion, physiology, thinking, individual potential.

Pedogogik faoliyatda o'quvchi yoshlarning rivojlanganlik darajasini aniqlash va uni shakllantirishga erishish o'quvchilarni intellectual qobiliyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini va shaxsiy xarakat sifatlarini psixologik tashxis asosida yondoshuv orqali baxolashni talab qiladi. O'quvchilarni shakllanish jarayonini, ularning aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik va tafakkur darajasini me'yorini aniqlamasdan turib ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish mushkul xisoblandi, bu bo'lsa pedogogikada psixologik tashxis o'ta muximligini anglatadi. Zero psixologik-pedogogik tashxis qo'yish shaxs faolliyatini eng maqbul tarzda boshqarish usullaridan foydalanishga yordam beradi. Psixologik tashxis asosida insonning shaxsiy temperament hususiyatlari me'yoriy va patologik yo'nalishida

o'rganiladi va shaxsning qobiliyati va iste'dodini yuzaga chiqarib shakllantirilishiga erishiladi. Shaxsning qobiliyat va iste'dodlariga psixologik nuqtai nazardan tashxis asosida yondoshuvda quyidagilar e'tirof qilinadi ya'ni Qobiliyat - insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan, ko'nikma va malakadan keskin farq qiladi hamda inson tomonidan ko'nikma va malakaning egallanishi jarayonida takomillashib boradi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi. Qobiliyat deganda birorta hususiyatning o'zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko'rsatkichlarga erishishni ta'minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining hususiyati sanaladi, ammo aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyatni bir biriga bog'lab ko'rsatishadi. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat - kuzatuvchanlikdan, ya'ni insonni faxmlash, ob'ektdan u yoki bu alomatlarni ko'ra bilish, ajrata olish ko'nikmasidir. Qobiliyatning yetakchi hususiyatlaridan biri - narsa va hodisalarning mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi bo'lishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki ko'pincha narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon bo'ladi. Zehn nishonalari deganda shaxsning ichki imkoniyatlari tabiiy asosini tushunish lozim. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak amaliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyatni tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirish mumkin. Qobiliyatni ma'lum faoliyatga moyilligi yoki intilishi orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomllashtirishning maxsus vositalarini qo'llash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablari bilan uyg'unlikda olib borish va bu orqali rivojlantirish yo'llari mavjud. Shaxsdagi qobiliyat va iste'dodning tarkib topishi yoki shakllanishi ayrim obektiv va subektiv sabablarga xam bog'liq. Shaxsdagi zexn, mayl va qiziqish, intilish- bu sohada yetakchi o'rin tutadi. Zotan, zehni o'tkir, kuzatuvchanlik va tafakkur kabi qobiliyati kuchli bo'lgan kishilarda iste'dod qirralari rivojlangan bo'ladi. Chunki bunday fazilatlar ko'p narsani bilib olishga, mutaqil ijodiy fikrlashga undaydi. Iste'dod, talant - nihoyatda zo'r qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya ustunligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning bilimlarini o'zlashtirish, nazariy va amaliy masalalarni hal etishi, ijodi, o'z bilimi va malakalarni turmushga tadbiq eta olishidan uni iste'dodini bilish mumkin. Iste'dod insonning ma'lum faoliyati turida o'zini namoyon etadi. Bilim, ko'nikma, malaka, tajribalar iste'dodni rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Qobiliyat yoki layoqat o'sishiga ijtimoiy sharoit yaratilganda, uni tarbiyalab kamolga yetkazilganidagina iste'dod yuzaga chiqadi. Iste'dodga

insonning mehnatsevarligi ham qo'shilgan taqdirda yangilik va kashfiyotlar paydo bo'ladi.

Shunday qilib, o'qituvchi shaxsiga xos bo'lgan psixologik xususiyatla mi ma'lum bir yo'nalishda rivojlantirilsa, uning pedagogik qobiliyati va mahorati yanada oshib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Амонов М. Н. ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЕ ОРГАНИЗАТОРСКИХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КОЛЛЕДЖЕЙ //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 9-14.

2. Akramov, A. (2021). Psychological mechanisms and determinants of maintaining human health. sENTR NAUChNblX PUBLIKATSIY (buxdu. uz), 8(8).

3. Akramov, A. (2021). FIZIChESKAYa KULTURA V SISTEME SOTSIALNOY PSIXOLOGIChESKOY ZAЩITE S NASELENIEM. sENTR NAUChNblX PUBLIKATSIY (buxdu. uz), 8(8).

4. Akramov, A. (2021). SHARQ ALLOMALARINING MILLIY SPORT O'YINLARI TO'G'RISIDAGI ILMIY FIKR VA QARASHLARI. EDAGOGIK AHORAT, 250.

5. Shavkatovich, A. A. (2020, December). MORAL EDUCATION IN THE MIND OF THE YOUNG GENERATION PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF FORMATION. In Konferensii.

6. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5. - С. 160-165.

7. Ortiqov O. R. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA'LIM MUSSASALARI MISOLIDA) //Экономика и социум. -2022. - №. 3-2 (94). - С. 1130-1135.

10. Amonov M. N. THE PROBLEMS OF DESIGNING PROFESSIONAL SKILLS AND INDEPENDENT TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN UZBEKISTAN //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. -№.3.

11. Хожиева, Матлуба Шукуровна, and Бахтиёр Туйевич Хамраев. "БУЛАЖАК УКДТУВЧИЛАР МАЪНАВИЙ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ." Scientific progress 2.8 (2021): 196-202.

12. Ходжиева, Матлуба Шукуровна, and Бахтиер Туйевич Хамраев. "ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ УБЕЖДЕНИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ В КАЧЕСТВЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРОБЛЕМЫ." Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 2.2 (2022): 114-118.

13. Xojiyeva, Matluba. "TA'LIM JARAYONIDA AKSIOLOGIK TARBIYANI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 1.1 (2021).

14. Olimov S. S., Khomidov K. K. Preparing Future Teachers To Solve The Tasks Of Patriotic Education Of Children And Youth //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2020. - Т. 2. - №. 12. - С. 132136.

15. Kupaysinovich K. K. INTERPRETATION OF STUDENTS'PATRIOTIC ISSUES IN ORIENTAL PEDAGOGY //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

16. Bobirovich, N. M.. (2022). ILK O'SPIRINLIK DAVRIDA SHAXS SHAKLLANISHINING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 68-71.

17. Muhrodbek Bobirovich Nabiyev (2021). ILK O'SPIRINLIK DAVRIDA SHASXLARARO MUNOSABATLAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Scientific progress, 2 (6), 1146-1149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.