Научная статья на тему 'YOSHLARDA JISMONIY HARAKAT, MALAKA VA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI VA TALABLAR'

YOSHLARDA JISMONIY HARAKAT, MALAKA VA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI VA TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy harakat / malaka / ko‘nikma / tadqiqot / jismoniy tarbiya / uzluksiz ta’lim / ta’limni modernizatsiyalash / ta’lim muassasalari / jismoniy rivojlansh / jismoniy tayyorgarlik / jismoniy fazilatlar / organizm / biologik funksiyalar / tana vazni / bo‘y o‘sishi / tayanch harakat apparati tizimi / ish qobiliyati / mexanizm / jismonan sog‘lom / mehnat / ish qobiliyati / o‘qitish / samaradorlik / aprobatsiya / biologik funksiya. / физическое движение / компетентность / умение / исследование / физическое воспитание / непрерывное образование / модернизация образования / образовательные учреждения / физическое развитие / физическая подготовка / физические качества / организм / биологические функции / масса тела / рост / опорно-двигательный аппарат / трудоспособность / механизм / физически здоровый / труд / трудоспособность / тренировка / эффективность / апробация / биологическая функция.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — I.I. Saidov

ushbu maqolada uzluksiz ta’lim jarayonida o‘quvchi yoshlarda jismoniy mashqlar va jismoniy harakatlar, harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, jismoniy fazilatlarni takomillashtiriladi, organizmni biologik funksiyalarni va tana vaznini ortishi, bo‘y o‘sishi, tayanch harakat apparati tizimini takomillashuvi bilan jismoniy rivojlanishini amalga oshiradi. Buning natijasida jismonan sog‘lom va har qanday mehnatga va ish qobiliyati yuqori yoshlar tarbiyalanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES AND NEEDS OF PHYSICAL ACTIVITY, FORMATION OF COMPETENCIES AND SKILLS IN YOUTH

в данной статье в процессе непрерывного образования физические упражнения и физические движения у младших школьников наряду с формированием двигательных навыков и умений способствуют улучшению физических качеств, повышению биологических функций организма и массы тела, увеличению роста, опоре. опорно-двигательного аппарата улучшает физическое развитие системы. В результате получают образование молодые люди, физически здоровые и способные к любому виду труда.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA JISMONIY HARAKAT, MALAKA VA KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI VA TALABLAR»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

_© I.I. Saidov^

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchi yoshlarda jismoniy mashqlar va jismoniy harakatlar, harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, jismoniy fazilatlarni takomillashtiriladi, organizmni biologik funksiyalarni va tana vaznini ortishi, bo'y o'sishi, tayanch harakat apparati tizimini takomillashuvi bilan jismoniy rivojlanishini amalga oshiradi. Buning natijasida jismonan sog'lom va har qanday mehnatga va ish qobiliyati yuqori yoshlar tarbiyalanadi.

MAQSAD: yosh avlodni sog'lom va barkamol inson qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilarning salomatligini mustahkamlaydigan aerobika, egiluvchanlik va mushaklar cho'ziluvchanligini yaxshilashga xizmat qiluvchi stretching mashqlarini qo'llash mexanizmi ishlab chiqish. Ta'lim muassasalari o'quvchilarida jismoniy harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirishning bosqichlari va ularga qo'yiladigan talablarni jismoniy tarbiya va sport tadbirlari orqali yo'lga qo'yish, shu bilan birga malaka va ko'nikmalariga o'rgatishning samarali usullari tadbiq qilinib bu jarayonni takomillashtirish shakllari o'rganib chiqiladi, yoshlarda jismoniy harakatlar, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, jismoniy fazilatlarni takomillashtiriladi, organizmni biologik funksiyalari, tana vaznini ortishi, bo'y o'sishi, tayanch harakat apparati tizimini takomillashuvi va jismoniy rivojlanishini amalga oshiradi. Buning natijasida jismonan sog'lom va ish qobiliyati yuqori bo'lgan yoshlar tarbiyalanadi.

MATERIALLAR VA METODLAR: harakatlarni o'rganishning boshlang'ich payti shu harakatlar bilan oldindan tanishib chiqish hisoblanadi. Bunga harakatlarning ahamiyati va xususiyatini so'zlab berish, namoyish etish, harakat texnikasining asosini qisqacha tushuntirib berish, shuningdek, amalda bajarib ko'rsatish orqali erishiladi. Harakatni dastlabki o'rganishda o'qitishning ko'rgazmali bo'lishi harakatning asosiy fazalari haqida his va tasavvur qilish imkonini beruvchi xilma-xil uslub va usullar yordami bilan ta'minlanadi. Ta'lim muassasalarida yoshlarni jismoniy harakat, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bosqichlari va ularning xususiyatlari aniqlashtirilib, jismoniy harakat, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish tadbirlari va uni amaliyotga qo'llash metodikasining takomillashtirilgan mexanizmi joriy qilinadi. Ta'lim muassasalarida jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya darslari, sport bayramlari, sport to'garaklaridagi mashg'ulotlar hamda

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

jismoniy mashq bilan mustaqil shug'ullanish metodikasi to'g'risidagi nazariy bilimlar shakllantiriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: harakatli mashqlarni harakat malakasi va harakat ko'nikmalari bo'lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu malaka va ko'nikmalar harakatlarni boshqarish usullarini ifoda etadi.

Insonda harakat tajribasi va bilimlari to'planib, jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, harakat vazifasini hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bilim va tajribalar asosida egallagan harakat malakalari-harakat faoliyati jarayonida harakatlarni ixtiyoriy bajarish qobiliyatidir. Demak, harakatlarni bilish, ularni bajara olish qobiliyati harakat malakasi bo'la oladi.

Dastlabki o'rganish-bu o'rganish jarayonida harakatni umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi. O'rgatishning bu bosqichidagi maqsad harakat faoliyatini umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O'rganuvchilar yangi harakat texnikasining negizini o'zlashtirib olishi kerak. Bir xil holda bunday malakalar jismoniy tayyorgarlik jarayonida hosil qilinganda mustaqil ahamiyatga ega bo'lib texnika takomillashmagan sharoitda ham ko'nikmaga aylanish mumkin. Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihati bu bosqich davomida miya po'stlog'idagi dinamik stereotipning asosi yaratiladi.

Bunda yaroqli tug'ma va orttirilgan reflekslarni tanlash, shuningdek, o'rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida bo'lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo'ladi. Natijada bosqich oxirida o'rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat reflekslari sistemasi tarkib topadi.

XULOSA: uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchi-yoshlarda jismoniy harakatlar, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, jismoniy fazilatlarni takomillashtiriladi, organizmni biologik funksiyalari, tana vaznini ortishi, bo'y o'sishi, tayanch harakat apparati tizimini takomillashuvi va jismoniy rivojlanishini amalga oshiradi. Buning natijasida jismonan sog'lom va ish qobiliyati yuqori bo'lgan yoshlar tarbiyalanib quyidagi natijalarga erishiladi.

- butun tananing qo'shimcha egiluvchanligi;

- zo'riqishning kamayishi, mushaklar reaksiyasining yaxshilanishi;

- o'zlashtirib olishning yaxshilanishi va abjirlik;

- bosimning pasayishi, qon aylanishining yaxshilanishi;

- umurtqa pog'onasi va bo'g'imlar g'ichirlashi va umurtqa pog'onasi zo'riqishining pasayishi;

- shamollash va bo'g'imlar og'rishining pasayishi;

- asab tizimidagi zo'riqishlarning pasayishi;

- sog'liq tiklanganligini his qilish va umumiy holatning yaxshilanishi.

Kalit so'zlar: jismoniy harakat, malaka, ko'nikma, tadqiqot, jismoniy tarbiya, uzluksiz ta'lim, ta'limni modernizatsiyalash, ta'lim muassasalari, jismoniy rivojlansh, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar, organizm, biologik funksiyalar, tana vazni, bo'y o'sishi,

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tayanch harakat apparati tizimi, ish qobiliyati, mexanizm, jismonan sog'lom, mehnat, ish qobiliyati, o'qitish, samaradorlik, aprobatsiya, biologik funksiya.

Iqtibos uchun: Saidov I.I. Yoshlarda jismoniy harakat, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish bosqichlari va talablar. // Inter education & global study. 2024. №5. B.429-438.

ЭТАПЫ И НЕОБХОДИМОСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ, ФОРМИРОВАНИЯ

КОМПЕТЕНЦИЙ И НАВЫКОВ У МОЛОДЕЖИ

© И.И. Саидов1Н

_1Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье в процессе непрерывного образования физические упражнения и физические движения у младших школьников наряду с формированием двигательных навыков и умений способствуют улучшению физических качеств, повышению биологических функций организма и массы тела, увеличению роста, опоре. опорно-двигательного аппарата улучшает физическое развитие системы. В результате получают образование молодые люди, физически здоровые и способные к любому виду труда.

ЦЕЛЬ: разработать механизм использования упражнений аэробики, гибкости и растяжки, улучшающих здоровье учащихся на занятиях по физическому воспитанию, с целью воспитания подрастающего поколения здоровыми и всесторонне развитыми людьми. Установлены этапы и требования к формированию двигательных навыков и умений у студентов образовательных учреждений посредством физкультурно-спортивной деятельности, а также реализованы эффективные методы обучения навыкам и умениям совершенствования этого процесса. изучается, наряду с формированием физических движений, навыков и умений у молодых людей совершенствуются физические качества, осуществляются биологические функции организма, увеличение массы тела, рост роста, совершенствование опорно-двигательного аппарата и физического развития. В результате воспитываются физически здоровые и способные молодые люди.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: отправной точкой изучения движений является предварительное ознакомление с этими движениями. Это достигается объяснением значения и характера движений, их демонстрацией, кратким объяснением основы техники движения, а также демонстрацией ее на практике. Демонстрация обучения начальному обучению движению осуществляется различными методами и приемами, позволяющими почувствовать и представить основные фазы движения. В образовательных учреждениях будут уточнены этапы формирования двигательных навыков и умений молодежи и их особенности, а также внедрен усовершенствованный механизм формирования физических движений, умений и навыков деятельности и методика его практического применения. В

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

образовательных учреждениях формируются теоретические знания о физических упражнениях, занятиях физкультурой, спортивных праздниках, занятиях в спортивных секциях, методике самостоятельных занятий физической культурой.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: двигательные упражнения можно выполнять только при наличии двигательных навыков и двигательных навыков. Эти навыки и способности представляют собой способы управления действиями. Когда человек накапливает опыт и знания движения и развивается физически до необходимого уровня, создается возможность решения задачи движения. Двигательные навыки, приобретенные на основе знаний и опыта, - это способность произвольно выполнять действия в ходе двигательной деятельности. Итак, способность знать действия и уметь их выполнять может быть навыком действия.

Начальное обучение - это процесс обучения, включающий в себя умение выполнять действия в общем виде. Целью этого этапа обучения является развитие умения выполнять двигательную деятельность в общем виде. Учащиеся должны освоить основы новых техник движения. В то же время такие умения имеют самостоятельное значение, когда формируются в процессе физической подготовки, и могут стать навыками даже в условиях, когда техника не совершенствуется. Этап формирования исходной компетентности является аспектом механизма физиологии. На этом этапе создается основа динамического стереотипа в коре головного мозга.

Это предполагает подбор подходящих врожденных и приобретенных рефлексов, а также стабилизацию новых рефлексов, отсутствующих в опыте выполнения действий обучающимися. В результате в конце этапа формируется система двигательных рефлексов, соответствующая основе освоенного приема деятельности.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в процессе непрерывного образования наряду с формированием физических движений, умений и навыков совершенствуются физические качества, улучшаются биологические функции организма, прибавка массы тела, рост роста, улучшение опорно-двигательного аппарата и физического развития. . делает. В результате этого достигаются следующие результаты по воспитанию физически здоровой молодежи с высокой трудоспособностью.

- дополнительная гибкость всего тела;

- снижение напряжения, улучшение мышечной реакции;

- улучшение обучаемости и интеллекта;

- снижение давления, улучшение кровообращения;

- скрип позвоночника и суставов и уменьшение напряжения позвоночника;

- уменьшение простудных заболеваний и болей в суставах;

- снижение напряжения нервной системы;

- ощущение восстановленного здоровья и улучшения общего состояния.

Ключевые слова: физическое движение, компетентность, умение, исследование, физическое воспитание, непрерывное образование, модернизация

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

образования, образовательные учреждения, физическое развитие, физическая подготовка, физические качества, организм, биологические функции, масса тела, рост, опорно-двигательный аппарат, трудоспособность, механизм, физически здоровый, труд, трудоспособность, тренировка, эффективность, апробация, биологическая функция.

Для цитирования: И.И. Саидов Этапы и необходимости физической активности, формирования компетенций и навыков у молодежи. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 429-438.

STAGES AND NEEDS OF PHYSICAL ACTIVITY, FORMATION OF COMPETENCIES AND SKILLS IN YOUTH

© Izzatillo I. Saidov1®

^Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: in this article, in the process of continuous education, physical exercises and physical movements in younger schoolchildren, along with the formation of motor skills and abilities, contribute to improving physical qualities, increasing the biological functions of the body and body weight, increasing height, and support. musculoskeletal system improves the physical development of the system. As a result, young people who are physically healthy and capable of any type of work receive an education.

AIM: Developing mechanisms for implementing stretching exercises in physical education classes that enhance the health of students through activities such as aerobics, flexibility training, and muscle stretching is essential for fostering a healthy and well-rounded young generation. Establishing the stages and requirements for forming physical movement skills and abilities in educational institutions through physical education and sports events, as well as implementing effective teaching methods for these skills, will be studied to improve this process. Along with developing physical movement skills and abilities, this will enhance physical qualities, improve biological functions of the body, increase body weight, promote height growth, and develop the musculoskeletal system, leading to physical development. As a result, physically healthy and highly capable young people will be nurtured.

MATERIALS AND METHODS: The starting point for studying movements is a preliminary familiarization with these movements. This is achieved by explaining the meaning and nature of the movements, demonstrating them, briefly explaining the basis of the movement technique, and demonstrating it in practice. Demonstration of initial movement training is carried out using various methods and techniques that allow one to feel and imagine the main phases of movement. In educational institutions, the stages of formation of motor skills and abilities of young people and their features will be clarified,

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

and an improved mechanism for the formation of physical skills will be introduced. movements, abilities and skills of activity and methods of its practical application. In educational institutions, theoretical knowledge is formed about physical exercises, physical education classes, sports festivals, classes in sports sections, and methods of independent physical education.

DISCUSSION AND RESULTS: Movement exercises can only be performed with motor skills and motor skills. These skills and abilities are ways of managing actions. When a person accumulates experience and knowledge of movement and develops physically to the required level, the opportunity to solve the problem of movement is created. Motor skills, acquired on the basis of knowledge and experience, are the ability to voluntarily perform actions during motor activity. So, the ability to know actions and be able to perform them can be an action skill.

CONCLUSION: in the process of continuous education, along with the formation of physical movements, skills and abilities, physical qualities are improved, the biological functions of the body, weight gain, height growth, improvement of the musculoskeletal system and physical development are improved. . does. As a result of this, the following results are achieved in raising physically healthy youth with high working ability.

- additional flexibility of the whole body;

- reduction of tension, improvement of muscle response;

- improvement of learning ability and intelligence;

- lowering blood pressure, improving blood circulation;

- creaking of the spine and joints and reduction of spinal tension;

- reduction of colds and joint pain;

- reduction of tension in the nervous system;

- a feeling of restored health and improved general condition.

Key words: physical movement, competence, skill, research, physical education, lifelong education, modernization of education, educational institutions, physical development, physical training, physical qualities, organism, biological functions, body weight, height, musculoskeletal system, ability to work, mechanism, physically healthy, labor, ability to work, training, efficiency, testing, biological function.

Yosh avlodni sog'lom va barkamol inson qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi sog'lomlashtirish bo'lib jismoniy tarbiya tadbirlari sog'lomlashtiruvchi ta'siriga egadir. Ayniqsa ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari va toza havoda o'tkaziladigan tadbirlar, sayrlar, turizm mashg'ulotlarining sog'lomlashtiruvchi kuchi keng hisoblanadi. Bunda organizmga quyosh, havo va suv

For citation: Izzatillo I. Saidov. (2024) 'Stages and needs of physical activity, formation of competencies and skills in youth', Inter education & global study, (5), pp. 429-438. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

muolajalari chiniqtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Bu bilan organizmning kasalliklarga chidamlilik qobiliyati ortadi.

Manbalardagi tahlillar natijasiga ko'ra, uzluksiz ta'lim jarayonida jismoniy tarbiya darslari jismoniy qobiliyatlarni, harakatlanish ko'nikmalari va malakalarini shakllantirishga qaratilgan, biroq o'quvchilarda sog'lom turmush tarzi asoslari shakllanishi ta'minlanmagan.

Bundan tashqari, maktablarda o'qitiladigan jismoniy tarbiya darslarining mavjud uslubiyatida bu fanning ta'lim-tarbiya, sog'lomlash-tirishdagi ahamiyati ochib berilmagan. Tahlillar uzluksiz ta'lim jarayonida an'anaviy tashkillashtirilgan jismoniy tarbiya darslari o'quvchilarda nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda qiyinchiliklar tug'dirishini ko'rsatmoqda. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil oluvchi o'quvchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan jismoniy tarbiya dasturining o'ziga xos tashkiliy-uslubiy xususiyatlariga asoslangan uslubiyat takomil-lashtirish;

- jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilarning salomatligini mustahkamlaydigan aerobika, egiluvchanlik va mushaklar cho'ziluvchanligini yaxshilashga xizmat qiluvchi stretching mashqlarini qo'llash mexanizmi ishlab chiqish;

- har xil darajadagi individual qobiliyat va tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilar uchun vazifalar belgilab olinib, ularning jismoniy tayyorgarligini nazarda tutgan holda jismoniy tarbiya darslarini tashkillashtirish metodikasi takomillashtirish

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularda jismoniy tarbiyaning harakat amallariga o'rgatish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy rivojlanganlik va funksional tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati takomillashtirishni taqazo etmoqda.

Ta'lim muassasalari o'quvchilarida jismoniy harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirishning bosqichlari va ularga qo'yiladigan talablarni jismoniy tarbiya va sport tadbirlari orqali yo'lga qo'yish, shu bilan birga malaka va ko'nikmalariga o'rgatishning samarali usullari tadbiq qilinib bu jarayonni takomillashtirish shakllari o'rganib chiqiladi. Sungi yillarda ta'lim tizimida o'quvchi-yoshlarni jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalarini, aholini jismoniy tarbiyasi bo'yicha bir qator muammolarni yurtimizning yetakchi mutaxassislari, va xorijiy tajribali olimlar tomonidan nazariy jihatdan o'rganilgan. Ta'lim muassasalarida bugungi kunda o'quvchilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, harakat sifatlarining usishi bo'yicha bajarilishi muhim bo'lgan ishlar ko'zga tashlanadi. Jismoniy tarbiyaning muxim muammolaridan biri harakat faoliyatiga o'rgatishning yangi uslub va shakllarini yaratishdan iboratdir.

Ta'lim muassasalarida o'quvchi, talaba yoshlarni jismoniy harakat, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bosqichlari va ularga qo'yiladigan talablarni takominlashtirilgan metodikasini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni hal qilishga to'g'ri keladi. Ta'lim muassasalarida o'quvchi, talaba yoshlarni jismoniy harakat, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bosqichlari xususiyatlarini aniqlash;

- ta'lim muassasalarida jismoniy harakat malaka va ko'nikmalarni shakllantirish tadbirlarini qo'llash mexanizmining takomillashtirilgan metodikasini ishlab chiqish;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

- ta'lim muassasalarida jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya darslari, sport bayramlari, sport to'garaklaridagi mashg'ulotlar hamda jismoniy mashq bilan mustaqil shug'ullanish metodikasini takomillashtirish;

- jismoniy tarbiya darslari, sport bayramlari, sport to'garaklaridagi mashg'ulotlar bilan shug'ullanish orqali o'quvchi, talaba yoshlarni harakatlarga o'rgatish, jismoniy harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish;

Harakatli mashqlarni harakat malakasi va harakat ko'nikmalari bo'lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu malaka va ko'nikmalar harakatlarni boshqarish usullarini ifoda etadi.

Insonda harakat tajribasi va bilimlari to'planib, jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, harakat vazifasini hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bilim va tajribalar asosida egallagan harakat malakalari-harakat faoliyati jarayonida harakatlarni ixtiyoriy bajarish qobiliyatidir. Demak, harakatlarni bilish, ularni bajara olish qobiliyati harakat malakasi bo'la oladi. Dastlabki o'rganish-bu o'rganish jarayonida harakatni umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi. O'rgatishning bu bosqichidagi maqsad harakat faoliyatini umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O'rganuvchilar yangi harakat texnikasining negizini o'zlashtirib olishi kerak. Bir xil holda bunday malakalar jismoniy tayyorgarlik jarayonida hosil qilinganda mustaqil ahamiyatga ega bo'lib texnika takomillashmagan sharoitda ham ko'nikmaga aylanish mumkin. Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihati bu bosqich davomida miya po'stlog'idagi dinamik stereotipning asosi yaratiladi.

Bunda yaroqli tug'ma va orttirilgan reflekslarni tanlash, shuningdek, o'rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida bo'lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo'ladi. Natijada bosqich oxirida o'rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat reflekslari sistemasi tarkib topadi. Bu bosqichning o'ziga xos xususiyatlari:

- harakatlarning fazo va vaqt jihatidan yetarli darajada aniq bo'lmasligi, muskul harakatlarining aniq emasligi;

- harakat akti ritmining barqaror emasligi; keraksiz qo'shimcha harakatlarning mavjudligi; murakkab harakat fazalari o'rtasida yaqinlikning yo'qligidir.

O'rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar qo'yiladi:

1. Harakat akti haqida bir butun tasavvur paydo qilish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Yangi harakatlarini o'zlashtirish uchun kerak bo'lgan elementlar bilan to'ldirish.

3. Harakatlarni to'la bajarishga erishish.

4. Keraksiz harakatlarni yo'q qilish.

Harakatlarni o'rganishning boshlang'ich payti shu harakatlar bilan oldindan tanishib chiqish hisoblanadi. Bunga harakatlarning ahamiyati va xususiyatini so'zlab berish, namoyish etish, harakat texnikasining asosini qisqacha tushuntirib berish, shuningdek, amalda bajarib ko'rsatish orqali erishiladi. Harakatni dastlabki o'rganishda o'qitishning ko'rgazmali bo'lishi harakatning asosiy fazalari haqida his va tasavvur qilish imkonini beruvchi xilma-xil uslub va usullar yordami bilan ta'minlanadi. Ta'lim muassasalarida yoshlarni jismoniy harakat, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bosqichlari va ularning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xususiyatlari aniqlashtirilib, jismoniy harakat, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish tadbirlari va uni amaliyotga qo'llash metodikasining takomillashtirilgan mexanizmi joriy qilinadi. Ta'lim muassasalarida jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya darslari, sport bayramlari, sport to'garaklaridagi mashg'ulotlar hamda jismoniy mashq bilan mustaqil shug'ullanish metodikasi to'g'risidagi nazariy bilimlar shakllantiriladi.

Uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchi-yoshlarda jismoniy harakatlar, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga, jismoniy fazilatlarni takomillashtiriladi, organizmni biologik funksiyalari, tana vaznini ortishi, bo'y o'sishi, tayanch harakat apparati tizimini takomillashuvi va jismoniy rivojlanishini amalga oshiradi. Buning natijasida jismonan sog'lom va ish qobiliyati yuqori bo'lgan yoshlar tarbiyalanib quyidagi natijalarga erishiladi.

- butun tananing qo'shimcha egiluvchanligi;

- zo'riqishning kamayishi, mushaklar reaksiyasining yaxshilanishi;

- o'zlashtirib olishning yaxshilanishi va abjirlik;

- bosimning pasayishi, qon aylanishining yaxshilanishi;

- umurtqa pog'onasi va bo'g'imlar g'ichirlashi va umurtqa pog'onasi zo'riqishining pasayishi;

- shamollash va bo'g'imlar og'rishining pasayishi;

- asab tizimidagi zo'riqishlarning pasayishi;

- sog'liq tiklanganligini his qilish va umumiy holatning yaxshilanishi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Узбекистан Республикасининг "Жисмоний тарбия ва спорт т^рисида"ги конун (янги тахрири). - Тошкент, 2015 йил 4 сентябрь. Lex.uz

2. Узбекистан Республикаси Президентининг 2018 йил 5 сентябрдаги «Халк, таълимини бошкариш тизимини такомиллаштириш буйича кушимча чора-тадбирлар т^рисида»ги ПФ-5538-сон Фармони. Lex.uz

3. Курамшина Ю.Ф., . Попова В.И.Теория и методика физической культуры / Под ред.

- СПб.: СПбГАФК им. П.Ф. Лесгафта, - 1999. - 374 с.

4. Хоули Э.Т., Френкс Б.Д. Оздоровительный фитнесс: Пер. с англ. - К.: Олимпийская литература, 2000. - 368 с

5. Керимов Ф.А. Спортда илмий тадкикотлар. - Т.: Ilmiy texnika axboroti press nashriyoti, 2018. - 388 b.

6. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний кобилиятларини ривожлантириш. Укув кулланма. - Т., 2018. - 172 с.

7. Абу Али ибн Сино. Тиб конунлари. 1-жилд // Таржимон: Расулов А. Р. каюмов А. П.

- Т.: Мухаррир, 2013. - 692 б.

8. Saidov I.I. Management of system of preparation of high qualification wrestlers with use innovative pedagogical technologies. Advanced Sciense and technollogy. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 11s, (2020), pp. 1962-1965

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

9. Saidov I.I. Formation of a healthy lifestyle in the modern educational space. Pedagogical education and science. Scientific and methodical journal.

10. International Academy of Sciences of Pedagogical Education (MANPE) Moscow. 2019 .№6. 140-144 p.

11. Istamovich S. I. et al. Methodology of Organizing and Holding Sports and Wellness Events //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. -2024. - T. 4. - №. 4. - C. 145-148.

12. Istamovich S. I. et al. Scientific-Pedagogical Basis of Forming a Healthy Lifestyle in Students by Providing General School Physical Education Classes //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. - 2024. - T. 4. - №. 4. -C. 149-152.

13. Saidov I. I., Sobir o'g'li R. S. JISMONIY TARBIYA DARSLARINI SOG 'LOMLASHTIRISHGA YO 'NALTIRILGAN METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (BOSHLANG 'ICH SINFLAR MISOLIDA) //Scientific Impulse. - 2023. - T. 1. - №. 9. -C. 1709-1712.

14. SAIDOV I. I., TURSUNOV M. S. THE ROLE OF STUDENTS'PHYSICAL TRAINING AND HEALTH CARE IN THEIR COMPREHENSIVE PHYSICAL DEVELOPMENT //E-Conference Globe. - 2021. - C. 52-58.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Saidov Izzatillo Istamovich, o'qituvchi, [Иззатилло Истамович Саидов, педагог], [Izzatillo I. Saidov, teacher]; manzil: O'zbekiston, Buxoro sh., Piridastgir ko'chasi, 11-uy [Адрес: Узбекистан, г. Бухара, улица Пиридастгир, 11.], [Address: 11, Piridastgir Street, Bukhara, Uzbekistan.]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.