Научная статья на тему 'YOSHLAR TARBIYASIDA SPORT MUSOBAQALARINING O‘RNI'

YOSHLAR TARBIYASIDA SPORT MUSOBAQALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
34
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport musobaqalari / jismoniy tarbiya / raqibga nisbatan munosabat / o‘zaro tushunish / bir-birini qo‘llab-quvvatlash / intizom / mas’uliyat hissi. / sports competitions / physical education / attitude towards an opponent / mutual understanding / mutual assistance / discipline / sense of responsibility.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Azizov S.V., Azizova R.I.

Ushbu maqola maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalarining ahamiyatiga, yosh sportchilarning musobaqalar jarayonida axloqiy va ruhiy tarbiyasiga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SPORTS COMPETITIONS IN YOUTH EDUCATION

This article is devoted to influence of sports competitions to schoolchildren as well as bringing sportsman up by morality and spirituality in the process of competitions.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR TARBIYASIDA SPORT MUSOBAQALARINING O‘RNI»

Azizov S. V. Azizova R.I.

Namangan davlat pedagogika instituti

YOSHLAR TARBIYASIDA SPORT MUSOBAQALARINING O'RNI

ANNOTATSIYA. Ushbu maqola maktab o'quvchilari o'rtasida sport musobaqalarining ahamiyatiga, yosh sportchilarning musobaqalar jarayonida axloqiy va ruhiy tarbiyasiga bag 'ishlangan.

Kalit so'zlar: sport musobaqalari, jismoniy tarbiya, raqibga nisbatan munosabat, o 'zaro tushunish, bir-birini qo 'llab-quvvatlash, intizom, mas 'uliyat hissi.

Azizov S. V. Azizova R.I.

Namangan State Pedagogical Institute

THE ROLE OF SPORTS COMPETITIONS IN YOUTH EDUCATION

ANNOTATION. This article is devoted to influence of sports competitions to schoolchildren as well as bringing sportsman up by morality and spirituality in the process of competitions.

Key words: sports competitions, physical education, attitude towards an opponent, mutual understanding, mutual assistance, discipline, sense of responsibility.

KIRISH

Yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berilar ekan, ta'lim-tarbiya sohasida faoliyat ko'rsatayotgan pedagoglarimiz zimmasiga yuklangan ma'suliyat yanada oshadi. Yoshlarni sog'lom turmush tarziga o'rgatish, jamiyatimizda sog'lom muhitni yaratish, yoshlarni jismoniy, ruxiy va aqliy, bir so'z bilan aytganda ularni komil inson qilib tarbiyalash, biz pedagoglar oldida turgan va amalga oshirishimiz zarur bo'lgan eng muhim vazifalardan biridir. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya bo'yicha ishlarning bir shakli, ya'ni sport musobaqalari yoshlar tarbiyasi uchun muhim o'rin tutadi. Sport bilan shug'ullanish va musobaqalarda qatnashish jarayonlari o'quvchi yoshlarimizda intizomlilik, o'zini tuta bilish, maqsadga intilish, qa'tiyatlilik, mustaqillik, o'z kuchiga ishonch, tashabbuskorlik, mardlik, chidamlilik va juda ko'p shular kabi sifatlarni shakllantirishga sharoit yaratib beradi. Shuning uchun sport musobaqalarini tashkil qilish va unumli o'tkazish jarayonlariga katta e'tibor qaratiladi. Yana shunga e'tibor berish kerak-ki, bolalarda musobaqalarga qiziqish uyg'otish bilan birga raqibiga bo'lgan hurmatni shakllantirish ham eng muhim vazifalardan biridir.

Qaysi sport turini olmaylik hamisha musobaqalarda raqibni hurmat qilish talab etiladi, lekin bu har-bir sport turida o'ziga xos xususiyatga ega. Masalan, kurash sport turida raqibga ta'zim qilish uni hurmat qilishimizni, qolaversa raqibning shaxsiga va jamoasiga bo'lgan hurmatini namoyon qiladi. Shuningdek, musobaqa jarayoni qanchalik keskin va murosasiz jangovar su'ratda o'tmasin, uning so'nggida mag'lubiyatga uchragan kurashchi o'z raqibini hammadan birinchi bo'lib chin ko'ngildan qutlaydi, albatta, uning bu harakati kelgusi o'tkaziladigan musobaqalarda oliy o'rinlar olish uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, musobaqa jarayonida sportchining barcha qobiliyatlari va sifatlari shakllanadi hamda namoyon bo'ladi. Musobaqalar ko'pincha yuqori emotsional tarzda o'tkazilganligi sababli hatto tomoshabinlar ham o'z xulqi bilan salbiy, ba'zida ijobiy ta'sir ko'rsatishadi. Shunday sharoitda musobaqalar yoshlarda biri-biriga yordam berish, bir jamoa bo'lib musobaqa qoidalarini ahil bajarishda, umumiy maqsadlarga erishishda o'zaro javobgarligining shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan sport turlari bo'yicha musobaqalarning sifatiga katta e'tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Musobaqalar rivojlantiradi, agar:

a) ular bolaning yosh xususiyatlariga va uning imkoniyatlariga mos kelsa;

b) shu bilan birga musobaqa murakkabligi bolalar imkoniyatlaridan biroz yuqoriroq bo'lsa.

Albatta, bu turdagi musobaqalar bolaning o'zi uchun qiziqarli va jozibali bo'lishi lozim.

Birinchidan, musobaqalar bolalarning ichki motivatsiyasini va yuqori natijalarga erishish istagini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar musobaqalarda qatnashganda, muvaffaqiyatlarga erishish o'zlarining sa'yi-harakatlari va qat'iyatliligiga bog'liqligini tushunishadi. Ular intizom, mehnatsevarlik va mas'uliyatni o'rganadilar, bu esa bunday ko'nikmalarni hayotning boshqa sohalarida qo'llashlariga imkoniyat yaratadi.

Ikkinchidan, musobaqalar bolalarni jamoada ishlashga o'rgatadi. Qaysi sport turi yoki o'yin bilan shug'ullanmasin, bolalar hamkorlik, muloqot va bir-birlarini qo'llab-quvvatlashning ahamiyati haqida bilib olishadi. Ular sheriklar bilan birgalikda qaror qabul qilishni o'rganadilar va zamonaviy jamiyatda ajralmas bo'lgan jamoaviy ish ko'nikmalarini rivojlantiradilar.

Uchinchidan, musobaqalar bolalarning sport va jismoniy ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ular muvofiqlashtirish, moslashuvchanlik, kuch va chidamlilikni yaxshilashga yordam beradi. Muntazam mashg'ulotlar va musobaqalarga tayyorgarlik bolalarga sog'lom turmush tarzini saqlashga va butun hayoti davomida olib boradigan ijobiy odatlarni shakllantirishga yordam beradi. Va nihoyat, musobaqalar stressni boshqarish va muvaffaqiyatsizlikni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Hayotda har doim sinovlar xamda muvaffaqiyatsizliklar bo'ladi,shuning uchun musobaqalarga o'rganib qolgan

bolalar ulami shaxsiy o'sish va rivojlanish uchun imkoniyat sifatida qabul qilishni o'rganadilar. Ular muammolarni qanday hal qilishni va yangi vaziyatlarga moslashishni o'rganadilar, shuningdek, keyingi harakatlar uchun motivatsiya va kuch topadilar.

XULOSA

Shunday qilib, musobaqalar bolalarning rivojlanishida juda muxim rol o'ynaydi. Ular ichki motivatsiya, jamoaviy ish qobiliyatlari, jismoniy faollik va stressni boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Shuning uchun bolalarni musobaqalarda ishtirok yetishni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ularning o'sishi va o'zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratish muhimdir. Musobaqalarda, tanlovlarda ishtirok etishning foydali tomonlari shunda ki, ular bolalarning imkoniyatlarni tekshirishga yordam beradi, tayyorgarlik darajasini baholaydi, o'zini- o'zi tartibga solishni va qobiliyatlarini namoyish etishga sharoit yaratadi. Musobaqa davomida yangi do'stlar orttiradi. Bundan tashqari, yaxshi tashkil etilgan musobaqalar tayyorgarlikdagi ( texnik-taktik, ruxiy, aqliy va boshqa) "muammoli" jihatlarni ochib beradi.

Yosh sportchilar o'zlarining faoliyatlari muximligini, kerakliligini xis etishlari uchun oldilariga qo'ygan maqsadlari aniq bo'lishi kerak. Usha maqsadlariga intilgan holda ular qiziqish bilan shug'ullanadilar. Sportdagi muvaffaqiyatlarga intilish yosh sportchilardan mashaqqatlarni yengib o'tish, o'z oldiga buyuk bir maqsadni qo'yib, ya'ni o'z Vatanining himoya qilish, tug'ilib o'sgan mamlakat madxiyasini baralla yangratish, sportchi uchun bundan ulug' baxt yo'qligini xis qilishi kerak. Agarda jaxon chempionatlarida g'olib bo'lgan sportchilarimiz shoxsupa ustiga chiqqanda ko'rsangiz, ularning ko'zlari ichki his tuyg'ularini izxor qiladi.

Mana shunday xis tuyg'ularni yosh sportchilar ongiga singdirish, bu buyuk maqsadlar sari doimo olg'a intilishda ruxiy tomondan quvvat beradi. O'quv mashg'ulotlar va musobaqalar yordamida sportchi yoshlarimizni ma'naviy jixatdan yetuk, komil inson qilib tarbiyalash eng muxim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

Azizov S. V., Mahmudjonov A. A., Oripov A. F. SPRINTERLARNI

TAYYORLASHDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING AHAMIYATI

//Ekonomika i sotsium. - 2024. - №. 6-2 (121). - S. 85-90.

Azizov S. V., Gabdullina A. Z. TYeXNOLOGIYa POVblShYeNIYa

SKOROSTNO-SILOVOY PODGOTOVLYeNNOSTI SPRINTYeROV

//Scientific Impulse. - 2024. - T. 2. - №. 19. - S. 120-124.

Azizov S. V., Boltabayev S. A. Zhakhongirov Sh //Zh THE STUD THE STUDY

OF THE PECULI Y OF THE PECULIARITIES OF INDUVICALL TIES OF

INDUVICALLYPSYCHOLOGICAL AND SPECIFICALLY STRESSOGENIC

CONDITIONS OF SPORTSMEN. VOLUMA. - T. 1.

Azizova R. I. Razvitiye kreativnosti u detey mladshego shkolnogo vozrasta posredstvom podvijnLix igr. "O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy

tadqiqotlar" jurnali. 29 son, 9-14. Azizova R. I. Sport va harakatli o 'yinlarni o 'qitish metodikasi //Oquv qollanma T. - 2010.

Azizova, Rushen Ismoilovna (2019) "PECULIAR FEATURES INHERENT IN COACHING IN WOMEN'S TEAMS," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 1 : Iss. 11 , Article 44.

Bazarova, I. Sh., & Azizova, R. I. (2024). POVBIShYeNIYE INTYeLLYeKTUALNOGO POTYeNSIALA STUDYeNTOV I FORMIROVANIYE U NIX NAVBIKOV K NAUChNOY DYeYaTYeLNOSTI. WORLD OF SCIENCE, 7(4), 108-113. Boltaboyev S. A. Sport tibbiyoti, davolash jismoniy madaniyati va jismoniy tarbiya ginetikasi //Ukuv kullanma. - 2015. - T. 185.

Boltobayev, S. A., Azizov, S. V., Jurayev, T. J., Raxmanov, M. U., Jaxangirov, Sh. J., & Muxtorjonova, N. (2013). VLIYaNIYE PYeRYeJIVANIY, TRYeVOGI I STRYeSSA NA SORYeVNOVATYeLNUYu USPYeShNOST U SPORTSMYeNOV I IX PRYeODOLYeNIYE. SCIENCE AND WORLD, 24. Kostikova O. V., Kurbangaliyeva L. M., Azizova R. I. Rezultatbi kompleksnogo testirovaniya v jenskoy basketbolnoy studencheskoy komande //Aktualntie problems gumanitarntix i yestestvenntix nauk. - 2012. - №. 5. - S. 235. 9. Kostikova O. V. ZNAChYeNIYE ShTRAFNOGO BROSKA V BASKYeTBOLYe FIBA 3X3 //Ekonomika i sotsium. - 2024. - №. 6-1 (121). -S. 1167-1173.

Rushen A., Zarina D. THE IMPACT OF PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENCE ON PHYSICAL EDUCATION: AN INTEGRATIVE REVIEW //European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. - 2023. - T. 3. - №. 12. -S. 162-167.

Sportivnaya psixologiya. Xrestomatiya. Sankt-Peterburg, Izdatelskiy dom "Piter", 2002.

Tuxtaboyeva N., Yoqubova O. ZAMONAVIY VOLEYBOL MUSOBOQALARIDA TURLI ZONALARDAN HUJUM QILISH NATIJADORLIGINI OPTIMALLASHTIRISHDA MUSOBOQALARGA MUVOFIQ O'ZGARTIRISHLAR KIRITISH //Talqin va tadqiqotlar. - 2024. -№. 8 (45).

Valiyevich A. S. Methodology for monitoring the effectiveness of throwing techniques in the jump of handball players of different qualifications //Research Focus. - 2023. - T. 2. - №. 11. - C. 45-49.

Xolodov J.K. Kuznetsov V.S. Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya i sporta.M.: Akadema, 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.