Научная статья на тему 'YOSHLAR ONGIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH'

YOSHLAR ONGIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
51
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
buzg‘unchi / mafkura / g‘oya / jamiyat / inson / tarix / bosqinchilik / urush / bunyodkor / vayronakor / rasizm / o‘tmish / din / kolonializm

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Matluba Munavarovna Yuldasheva, Turg’unov Biloljon O’g’li Mirzaakbar, Lazizjon Hasanboy O’g’li Raxmonov

Maqolada turli davrlarda ezgulik va bunyodkorlikka yetaklovchi qarashlar va inson xayotini izdan chiqarishga, jamiyat va ijtimoiy tizimlarning yemirilishiga zaminn yaratuvchi g‘oya va mafkuralarning tarixiy genezisiga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR ONGIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH»

YOSHLAR ONGIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH

Matluba Munavarovna Yuldasheva Turg'unov Biloljon o'g'li Mirzaakbar Lazizjon Hasanboy o'g'li Raxmonov Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Maqolada turli davrlarda ezgulik va bunyodkorlikka yetaklovchi qarashlar va inson xayotini izdan chiqarishga, jamiyat va ijtimoiy tizimlarning yemirilishiga zaminn yaratuvchi g'oya va mafkuralarning tarixiy genezisiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: buzg'unchi, mafkura, g'oya, jamiyat, inson, tarix, bosqinchilik, urush, bunyodkor, vayronakor, rasizm, o'tmish, din, kolonializm

FOCUSES ON THE FORMATION OF IDEOLOGICAL IMMUNITY IN THE

MINDS OF YOUNG PEOPLE

Matluba Munavarovna Yuldasheva Mirzaakbar Biloljon oglu Turgunov Lazizjon Hasanboy oglu Raxmonov Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: The article focuses on the historical genesis of ideas and ideologies that lead to goodness and creativity in different eras and undermine human life, the collapse of society and social systems.

Keywords: destructive, ideology, idea, society, man, history, aggression, war, constructive, destructive, racism, past, religion, colonialism

Kishilik jamiyatining ko'p ming yillik tarixi barcha davrlarda ezgulik va bunyodkorlikka yetaklovchi qarashlar, g'oya va mafkuralar bilan bir qatorda, ularga qarama-qarshi bo'lgan, inson hayotini izdan chiqarish, jamiyat va ijtimoiy tizimlarning yemirilishiga, tanazzulga yuz tutishiga zamin yaratgan buzg'unchi va vayronkor qarashlar, g'oya va mafkuralar ham mavjud bo'lganidan dalolat beradi.

Tarixdan ma'lumki, bosqinchilik va urushlar buzg'unchi mafkuralar asosida bo'lgani va keyingi besh ming yil mobaynida odamzot o'n besh mingdan ziyod katta-kichik urushlarni boshidan kechirganini bilamiz.Urushlarni yoklaydigan, bosqinlarni, odamlar va butun boshli xalqlarni qirg'in qilishni oqlaydigan manfur mafkuralar ham bo'lgan.

Zéro, diniy ta'limotlarda bosqinchilik va odam o'idirish qat'iy qoralanadi. Binobarin, gumanistik mohiyatga ega diniy aqidalar tinchlik, totuvlik va bag'rikenglikni yoklaydi. Lekin diniy jaholatparastlik okibatida inkvizitsiya hukm surgani, salb yurishlari, «Varfolomey tuni» kabi qirg'inlarning sodir bo'lgani ham ma'lum?! Bu holat hozirda ham diniy aqidaparastlik, ekstremizm tarzida namoyon bo'lmokda.

Boshqacha aytganda, bunyodkor inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan g'oyalar singari ularga nisbatan tahdidlar, buzg'unchi g'oya va mafkuralarning siyosiy maqsadlari tarkib topmoqda. Ya'ni, "muayyan g'oyani ilgari suruvchi, targ'ibot va tashviqotning turli usul, vositalari orqali odamlar ongi, ruhiyatiga ta'sir etuvchi kishilar uyushmasi, ta^kilot yoki muassasalar" [1] borligini inkor qila olmaymiz.

Zéro, bosqinchilik g'oyasi va mafkurasi ko'p asrlar mobaynida qonli urushlarga, xalklarni qirish va asoratga solish, yurtlarni vayron qilish, boyliklarini egallashga xizmat qildi. Qadimda ham bunday tajovuzkorlik turli sabablar bilan oqlanar, go'yo "adolat o'rnatish", "vahshiy xalqlarni madaniyatga o'rgatish", "g'ayridinlarni to'g'ri yo'lga solish" kabi bahonalar bilan niqoblanar edi.

Turon zamin ham qadim-qadimdan turli bosqinchilik yurishlaridan aziyat chekkani tarixdan ma'lum. Biz uchun zaminimizni nafaqat dushmanning quroli, balki uning yot va begona, buzg'unchi mafkuradan himoya qilishni hayotining mazmuni, deb bilgan Shiroq, To'maris, Spitamen, Torobiy kabi erksevarlarning, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur singari sarkardalarning vatanparvarligi ibrat namunasidir. Binobarin, yosh avlodni faqat o'tmish bilan faxrlanish emas, buyuk ajdodlarga munosib bo'lishga da'vat qilish, jahon e'tirof etgan ishlarga undash juda muhimdir.

"Insoniyatning, jumladan O'zbekiston hududining necha yuz yillik solnomasida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo'rlik, kulfat urug'larini sochish va qon to'kilishiga sabab bo'lgan buzg'unchi g'oyalar va mafkuralarning halokatli ta'siri bilan bog'liq qayg'uli sahifalar ko'p, deb yozadi tarixchi olima D.Alimova. Bu g'oyalar o'zlarida siyosiy bo- sqinchilik va mustabidlik intilishlarini goh oshkora ifodalagan holda diniy, milliy, sinfiy shiorlarni bayroq qilib maydonga chiqqanini ko'ramiz. Lekin mohiyat hamisha o'zgarmay qolavergan. Ya'ni, ular millatlar va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati, an'ana va urf-odatlarini kuch bilan o'zgartirishga, keng xalq ommasini boshqalarning siyosiy irodasiga bo'ysundirish va mafkuraviy asoratga solishga, o'zaro adovatga asoslangan ijtimoiy tartiblarni qaror toptirishga, millatga yot mafkuraviy tasavvurlarni tiqishtirishga intilgan" [2].

Zero, turli g'oya va qarashlar tizimida o'z ifodasini topadigan mafkuraviy taxdidlar makon va zamon nuqtai nazaridan ham mazmuni, ham shakliga ko'ra o'zgarib, takomillashib boradi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy rivojlanish o'zgaruvchan, birok, doimiy xarakterini saqlaydi. Chunonchi, kolonializm ayrim

davlatlar tomonidan turli mintaqa va xududlarda istiqomat qiladigan xalq elat va millatlarni mustalaka xolatiga tushirish yani o'ziga xar tomonlama bog'liq qaram qilib olish mafkurasi sifatida qadim davrlarda ko'plab xarbiy urushlarga sabab bo'lgan.

XX asrga kelib xalqaro munosabatlarda hududiy daxlsizlik tamoyilining mustaqkamlanishi, ochikdan-ochiq agressiv xarbiy qarakatlarni olib borish ta'qiqlandi. O'zaro munosabatlarda tenglik, hurmat va manfaatli hamkorlik qilish qoidalariri rasmiylashdi. Biroq, bu bilan ayrim davat va kuchlarda boshqa xalqlar, hududlar, ulardagi yer osti va yer usti boyliklari va boshqa resurslarni tasarruf etish mayli susaygani yo'q. Bu esa mustabidchilik mafkurasining yangi mazmundagi g'oyalar bilan boyishiga zamonaviy shakllarda namoyon bo'lishiga olib keldi?!

O'z navbatida, "urush" tushunchasining ham mazmuni kengayib bordi. V.Slipchenkoning fikriga ko'ra, bugungi kunga kelib, urush murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisa bo'lib, turli ko'rinishdagi kurashlar majmuasini tashkil etadi. Davlatlar va turli sotsial tizimlar o'rtasida kechadigan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, axborot va boshqa shakldagi kurashlar shular jymlacidandip [3]. Geografik hududlar zo'ravonlik yo'li bilan bosib olingach uning ustidan ijtimoiy siyosiy nazorat bevosita turli g'oyaviy va mafkuraviy siyosat orqali mustahkamlangan. Shu o'rinda kolonializm mafkurasining geografik determinizm tamoyili ustuvor bo'lgan geosiyosiy ta'limot va qarashlardan g'oyaviy ozuqa olganini ham ta'kidlash lozim.

Davlat chegaralarining yangi geografik hududlar hisobiga kengayib borishini tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin etishga asoslangan geosiyosatning ushbu agressiv nazariyasi Yangi va Eng yangi davrda G'arbiy yevropalik turli olimlar ijodidan keng o'rin egalladi. Jumladan, "geosiyosat" atamasining muallifi R.CHellen (1864-1922) tarixan davlatning tabiatiga organik o'sish xos ekanini, kuchli, birok, cheklangan xududlarga ega davlatlarni bosib olish va mustamlaka qilish yo'llari orqali xayot uchun zarur hududiy makonni kengaytirish" tamoyiliga amal qilishini ta'kidlagan [3]. Geosiyosiy qarashlarida "hayotiy makon" tushunchasini maxsus tadqiq etgan F.Rattsel (1844-1904) esa shunday yozadi: "Davlat organizmdir..."

Uning hududiy o'sib borishi umumjahon, universal tendentsiya hisoblanadi. Odamlar o'rtasidagi kontakt, almashinuv, savdo-sotiqning rivojlanishi mustamlaka qilinadigan yangi hududlarda siyosiy nazorat o'rnatish uchun kirishishni anglatadi [4].

Ta'kidlash joizki, bir tomondan, geosiyosat ilmiy bilimlar tizimi sifatida rasmiylashib borishi insoniyat ilmiy salohiyatining o'sishini, ikkinchi tomondan, mafkuraviy taxdidlar rivojlanishida yangi sifat bosqichini boshlab berdi.

Insoniyat tinchligiga taxdid solib kelayotgan buzg'unchi mafkuralardan yana biri - rasizm (irqchilik) dir.

Mazkur g'oyaviy oqim XVII asrdan boshlab Yevropada "oq tanli''larning vakillaridan ustunligini, o'zgalarning ustidan hukmron bo'lishi lozim ligini yokdaydigan ta'limot sifatida rivojlanib keladi. Irqchilik milliy mansubligi va

terisining rangiga ko'ra ajralib turuvchi kishilarga taziyq o'tkazish, ularni haqorat lash, azoblash va o'ldirish kabi harakat-hodi salarda yaqqol namoyon bo'ladi [5].

Shuningdek, irqchilik kabi g'oyaviy tahdidlar tizimini ifoda etuvchi shovinizm, agressiv millatchilik mafkuralari ham falsafiy adabiyotlarda atroflicha yoritilgan, ularning hozirgi davrdagi mazmuni va talqini, ijtimoiy xavfi birinchi Prezident I.A.Karimovning "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" [6] nomli fundamental asarida batafsil bayon etilgan. Jumladan, asarda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik "... muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo'ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy xukmronlik deb yoki millatlararo va - davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unta intilish" [7], deb ta'riflanadi.

Shovnizm va agressiv millatchilik mafkurasi haqida gap ketganda, mazkur ikki tushuncha ham, avvalo g'oyalarning nomlari ekanini ta'kidlash joiz. SHuningdek, ushbu g'oyalarning agressiv mafkuraviy harakatlarga asos bo'lishining ham tarixiy sabablari mavjud. Ma'lumki, shovnizm Napoleon Bonapart (1769-1821) armiyasining ofitseri, agressiv millatchilikning timsoli sifatida SHoven bilan bog'liq. Bu davrda jaxondagi ko'plab etnoslar shu jumladan fransuzlarning xam rivojlanish darajasi millat bosqichiga kirgan edi. Boshqacha aytganda siyosiy xayotda milliy davlatchilik fenomeni shakllanib kelayotgan edi.

Yer yuzidagi xududlar va undagi resurslarga egalik qilish boshqa millatlar o'rtasidagi raqobat bosqinchilik va mustamlakachilik xarakatlariga yangicha mafkuraviy "bo'yoq" berilishini talab etar edi. Fransuz millatining boshqalardan xar jixatdan ustunligi va buni boshqalarga agressiv xarbiy yurishlar orqali isbotlash tarixiy missiya ekani xaqidagi g'oya fransuz xarbiylariga juda juda chuqur singdirildi. Natijada ming-minglab askarlar agressiv mexanizmni amalga oshirishning xarbiy mexanizmlariga aylandi.Bu borada Britaniyaning "buyoq" degan nom ostida boshqa millatlar xaq-xuquqlarining toptalishi va "Buyuk Britaniya" bu nafaqat davlat nomi balki ayni paytda g'oya bo'lganini Germaniyada Gitlerning nemislar oliy irq yekanini xaqidagi millatchilik mafkurasi Italiyada B.Mussolinining siyosiy qarashlari shovinstik agressiv millatchilik mafkurasining yangi ko'rinishlari edi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

Darhaqiqat shovinzm va agressiv millatchilik aslida amaliyotning manfur ko'rinishi sifatida turli shakllarda hozirgi kungacha ham davom etib kelmoqda. Xususan Yevropada bugungi kunda ayrim jamiyat rivojlanishining ob'ektiv sabablaridan kelib chiqqan milliy davlatchilik g'oyasining mutloqlashtirilishi hamda singdirilishining oqibatidir. Bu yo'nalishdagi vayronkor mafkuralar tasirining oldini olish xaqida gap ketganda milliy davlatlarining tashkil etilishi va jaxon xamjamiyatida tenglik asosida o'z o'rnini topishga xuquqiy asos sifatida ishlab chiqilgan davlat faoliyatining barcha miqyoslarida amal qiladigan qoidalar demokratik mazmundagi

umumetiraf etilgan normativ-xuquqiy tamoyillar ustuvorligini taminlash zarur. Bu ayni globallashuv sharoitida o'zining dolzarbligini yanada kuchaytira boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ma'naviyat asosiy tushunchalar izohli lug'ati. // Q.Nazarov tahriri ostida. - T.: G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2009. 293-6

2. Alimova D. Insoniyat tarixi — g'oya va mafkuralar tarixidir. — T.: Yangi asr avlodi, 2001. 18-19-6.

3. Слипченко В. Войта бyдyщегo (прогностический aHanro). - М.: гло6ус, 2001. - С. 5.

4. Шртов Н.А. Геoпoлитикa: Учебник для вузов. — М.: ЮНИТИ. 2000. - С.

47.

5. Pam^b Ф. Человечество KaK жизненное явление Ha земле. — М.: Атадем книгa, 1991. - С. 105-106.

6. Alimova D. Insoniyat tarixi - g'oya va mafkuralar tarixidir. - T.: Yangi asr avlodi, 2001. 22-6

7. Karimov I.A. O'zbekistan XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. // O'zbekistan buyuk kelajak sari. - T.: O'zbekiston, 1997. 49-65 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.