Научная статья на тему 'YOSHLAR MAʼNAVIY XAVFSIZLIGI VA BAG‘RIKENGLIK TUYG‘USIGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI TAHDIDLAR'

YOSHLAR MAʼNAVIY XAVFSIZLIGI VA BAG‘RIKENGLIK TUYG‘USIGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI TAHDIDLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
42
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
мaʼnaviyat / madaniyat / bag‘rikenglik / globallashuv / jamiyat / ijtimoiy hayot / духовность / культура / терпимость / глобализация / социальная жизнь

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Aripov Alisher Abdumalikovich

Maqolada yoshlar maʼnaviy xavfsizligiga ta’sir ediuvchi tahdidlar o‘rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNAL AND EXTERNAL THREATS AFFECTING YOUNG PEOPLE'S SPIRITUAL SECURITY AND SENSE OF TOLERANCE

В статье изучены угрозы влияющие на духовную безопасноть молодёжи

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MAʼNAVIY XAVFSIZLIGI VA BAG‘RIKENGLIK TUYG‘USIGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI TAHDIDLAR»

YOSHLAR MA'NAVIY XAVFSIZLIGI VA BAG'RIKENGLIK TUYG'USIGA SALBIY TA'SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI TAHDIDLAR

A.A. Aripov -

"Milliy tiklanish"partiyasiMarkaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi bo'limi boshlig'i

d http s : //doi. or g/10.24412/2181 -7294-2023 -2-102-106

Globallashgan va texnogen sivilizatsiya sharoitida jamiyatda inson ijtimoiy hayoti, dunyoqarashi va ongini turli tahdidlar qamrab olmoqda. Shaxs, jamiyat va davlat bilan uzluksiz bog'liq bo'lgan hayotiy muhim manfaatlariga nisbatan xavf va tahdidlar zamon va makon nuqtai nazari bilan, ijtimoiy-iqtisodiy hayot takomillashgan sayin kuchayib bormoqda. Mazkur tahdidlar ko'pincha zamirida dunyoda hududlar, resurslar, kapital va intellektual mulklarga ega chiqish, boshqalarning manfaatlarini yo'qqa chiqarish evaziga farovon yashash uchun kurash bilan bog'liq bo'lib keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta'kidlashicha, "Bugun biz xalqaro munosabatlarda nizolarning kuchayishi, mamlakatlar o'rtasidagi ishonch va hamkorlik darajasining pasayishiga guvoh bo'lib turibmiz. Ayni damda dunyoning turli mintaqalarida keskinlik o'choqlari saqlanib qolmoqda, qurolli to'qnashuvlar davom etmoqda. Ijtimoiy hayot va iqtisodiy faoliyatning barcha jabhalariga zarar keltirgan pandemiya BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga o'ta salbiy ta'sir qilmoqda. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi inqirozli hodisalar dunyodagi tengsizlikni kuchaytirmoqda, nizolarning keskinlashuvi xavfini jiddiy oshirmoqda va shu asnoda terrorizm g'oyalarining tarqalishi uchun qulay muhit yaratmoqda. Shunday murakkab sharoitlarda tobora ortib borayotgan global va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish yo'lida dunyo hamjamiyatining sa'y-harakatlarini birlashtirish muhim ahamiyatga ega" [2].

Mazkur tahdidlar tabiatini tahlil qiladigan bo'lsak, dunyo amaliyotida kishilarning yashash tarzi va turmush kechirishi uchun kuchlar va resurslarlarning teng taqsimlanmaganligi ham xavflar va salbiy omillarning kuchayishiga olib keladi. Dunyoda yer, suv, tabiat zahiralarining barcha hududlarda turlicha ekanligi, qaysidir davlatlar undan ko'p miqdorda, qaysidir mamlakatlar kam hajmda foydalanayotganligi mojarolar o'choqlarini kengayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, tahdidlar va mojarolar tabiati bir xil holatda kuzatilmaydi, balki, ular turlicha mezonlar, tashqi va ichki ko'lamdagi xususiyatlar ta'sirida o'z ko'rinishi, mazmuni va mohiyatini o'zgartirib boradi. Mazkur tahdidlarning xususiyatlarini to'g'ri aniqlash, ularni buguni va istiqbolini aniq tahlil etish va ularning yechimi bo'yicha to'g'ri qarorlar qabul qilish lozim hisoblanadi.

Xavfsizlikning jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy tizimida vujudga kelishi, uning davlat siyosatining hayot mamot tarziga aylanishi mavjud bo'lgan va ta'sir etishi muqarrar bo'lgan xavf va tahdidlarning namoyon bo'lishidir. Ular, dunyo subyektlari, davlatlar va individlarning hayot kechirishining barcha jarayonlarida uchraydi va rivojlanish tamoyillariga to'siq bo'lib keladi. Davlat va jamiyatning asosiy vazifasi tahdidlar va salbiy holatlarga sababchi bo'ladigan asosiy xususiyatlar va omillarga nisbatan e'tiborsiz munosabatda bo'lmaslik hisoblanadi.

Jamiyat ma'naviy xavfsizligiga tahdidlarga har qanday e'tiborsizlikning oqibati esa, mamlakatda milliy manfaatlarga nisbatan ichki va tashqi ko'rinishdagi salbiy omillar, destruktiv g'oyalar ta'sirining kuchayib borishi, uning barcha tizimlarda tomir otishiga olib keladi. M.Kaxarovaning bu xususda ta'kidlashicha, "Xavfsizlikning to'la qaror topishida bir kishining yoki bir guruh insonlarning intilishlari kamlik qiladi. Mamlakat xavfsizligi yo'lida jamiyat birlashishi zarur. Har bir fuqaro ma'naviy, ilmiy, amaliy, aqliy ishlarga kirishmas ekan, to'la xavfsizlikka erishib bo'lmasligini globallashuv asri voqealari ko'rsatib turibdi"[5].

Tahdid ko'lamining makon va zamon xususiyatlariga ko'ra oshib borishini hisobga olsak, har ikkala ko'rinishdagi, ichki va tashqi xususiyatlarga ega bo'lgan salbiy omillarga qarshi

jamiyatda doimiy ravishdagi kurash tendensiyasi mavjud bo'lishi lozim. Nafaqat jamiyatning bu boradagi sa'y-harakatlari, balki fuqarolarning ham tahdidlarga qarshi kurashda ongli munosabatlarini shakllantirish qo'yilgan vazifalarni o'z vaqtida hal bo'lishiga ko'maklashadi. I.Karimov ta'kidlaganidek, "Mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashda tashqi tahdidlardan himoyalanish va ularni oldini olish bilan birga ichki xavfsizlik muammolariga ham g'oyat jiddiy e'tibor qaratishimiz shart. Bu jarayonda o'tmishdan salbiy meros bo'lib qolgan nuqson va illatlardan xalos bo'lish, korrupsiya, millatchilik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik ko'rinishlariga qarshi kurashish va albatta, jamiyatni erkinlashtirish yo'lidagi islohotlarni izchil davom ettirish va chuqurlashtirish ayniqsa zarur"[6].

Jamiyatda ma'naviy xavfsizlik ta'minlash uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi, milliy taraqqiyot tamoyillarini ro'yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash shu bilan ahamiyatga egaki, u jamiyat va inson munosabatlari barqarorligi va ijtimoiy-ma'naviy muhit sog'lomligini doimiy ta'minlashga qaratilgan salbiy omillarni oldini oladi, ijtimoiy-siyosiy tizimda istiqbolga qaratilgan milliy taraqqiyot tamoyillarini ro'yobga chiqarishda muhim rol o'ynaydi. Jamiyatda ta'lim-tarbiya, san'at va madaniy-ma'rifiy sohalar, sport va sog'lomlashtirish ishi kabi yo'nalishlarda uchraydigan muammolar, salbiy omillarga qarshi muhim va Ustuvor chora-tadbirlarni belgilanishi va ijtimoiy hayotda amal qilinishi ma'naviy xavfsizlikni ta'minlanishimda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat ma'naviy jarayonlariga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi tahdidlar darajasini tahlil etish jarayonida, tahdidlarni vujudga kelishida asosiy omillarni aniqlash, ularni rivojlanish yoki kamayish tendensiyalarini doimiy ravishda monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'naviy tahdidlar va salbiy omillarni mamlakat milliy manfaatlariga zarar keltirish darajalarini aniqlash, ularning istiqbolda inson va jamiyat hayot-mamot xususiyatlarini barqaror mavjud bo'lish jarayoniga salbiy ta'sirlarini kuzatib borish zaruriy shartlardan hisoblanadi. Davlat ijtimoiy-siyosiy tizimida boshqaruv organlari, jamoatchilik va ijtimoiy guruhlar va boshqa tuzilmalar tomonidan kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar tizimini belgilab, amalga oshirilib borilishi zarur.

Jamiyat tahdidbardoshlik tizimida ilmiy ishlar olib borgan Sh.Paxrutdinovning ta'kidlashicha, "Bevosita tahdidga javob barcha davlatlarda uchrashi mumkin bo'lgan to'rtta ehtimoliy natijaga olib keladi. Bular:

1) chora-tadbirlar to'laqonli samara bersa, faol siyosiy taraqqiyot va barqarorlik ta'minlanadi;

2) chora-tadbirlar talab darajasida amalga oshirilmasa, tahdidning ildizi bilan bog'liq siyosiy noaniq vaziyat vujudga kelib, qaltis holat saqlanib qoladi;

3) chora-tadbirlar amaliy natija bermasa, permonent mojarolar, xavfli ta'sirlar muayyan davlatning siyosiy jihatdan zaiflashishiga olib keladi;

4) chora-tadbirlar umuman ko'rilmasligi yoki ularning samarasizligi davlat siyosiy taraqqiyotining batamom izdan chiqishiga, sifat jihatdan salbiy holatga o'tishiga olib keladi"[7].

Ma'naviy xavfsizlik jamiyatda ijtimoiy-axloqiy yuksalish va bunyodkorlikka qaratilgan ma'naviy muhit barqarorligi, ijtimoiy hayotda subyektlar o'rtasidagi o'zaro tinch-totuv ijtimoiy munosabatlarini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. Ma'naviy xavfsizlik jamiyatdagi barcha islohotlarning sifatli amalga oshishi, inson turmush tarzi yuksalishi va farovonligining ta'minlanishi, shaxs dunyoqarashi va tafakkurining bunyodkorlikka qaratilgan xususiyatlar bilan doimiy boyib borishi, fuqaro va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy manfaatlarining ta'minlanishi, fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida o'zaro kelishuvning doimiy ta'minlanishi kabi muhim jarayonlarni o'z ichiga oladi.

Zamonaviy sharoitda dunyoda geosiyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning inqirozga uchrayotganligi, bugungi kun insoni shaxsiga katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda, uning ma'naviy va g'oyaviy muhitiga buzg'unchilik asosida ta'sir ko'rsatmoqda, bu esa, ko'plab zararli oqibatlarga olib kelayotganligi kuzatilmoqda. "Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko'payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan

ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Xususan, oila, mahalla va ta'lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo'shilib qolish, milliy qadriyatlarga e'tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e'tiborni talab etmoqda"[8], deyiladi Prezidentimizning ma'naviyatga oid qarorida.

Jamiyat va uning ma'naviy sohasiga tahdidlar va salbiy omillarni aniqlash, uni bartaraf etish yo'llarini qidirish va amaliy natijalarga erishish jamiyat ma'naviy xavfsizligini ta'minlash uchun muhim hisoblanadi. Jamiyat va uning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy tizimlarining hech qanday ijtimoiy larzalarsiz, bir tekisda takomilga yetib borishi uning kelajak barqaror taraqqiyotini ta'minlaydi va bunyodkorlik an'analarini namoyon etadi. Umuman olganda tahdidlar - kategoriya sifatida jamiyatning barcha tizimlarini rivojlanishiga, jamiyat taraqqiyotiga, milliy manfaatlarga real zarar yetkazadigan, unga konkret to'sqinlik qiladigan, ijtimoiy hayot sohalarini ichdan yemirish qobiliyatiga ega bo'lgan shart-sharoitlar hamda omillar majmuasidir.

Mamlakatlar tashqarisidan yoki ichkaridan turib ba'zi destruktiv kuchlarning yoshlarning ma'naviy hayotini izdan chiqarish, ijtimoiy faolligi va mas'uliyatini so'ndirish, ularning ma'naviy tafakkuriga, bag'rikenglik va insoniylik tuyg'ulariga putur yetkazish ayniqsa, geomafkuraviy nuqtai nazardagi turli aldovlar va g'ayritabiiy xatti-harakatlarni amalga oshirib, ma'naviy qaram qilib olishga intilish, mamlakatda inson salohiyati va resurslarini izdan chiqarish muammolari doimiy davom etib borayotgan jarayondir. Bu voqelik yoshlarning endilikda hushyor va sergak bo'lishga, mamlakat ishi uchun doimo sobitqadamlik bilan harakat qilishga undaydi. N.Umarovaning ta'kidlashicha, "Shunday ekan, o'zligimizdan mahrum qilishga intilishlarning payini qirqishimiz, onggimizni boshqarishga bo'lgan urinishlarga yo'l qo'ymasligimiz kerak"[9].

Jamiyat ma'naviy xavfsizligini va ijtimoiy barqarorligini ta'minlash jarayonlarida yoshlarning ma'naviy olamiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan tashqi omillarni o'ziga xos tomonlarini quyidagicha izohlash mumkin:

- jahon geosiyosiy va geomafkuraviy jarayonlari orqali vujudga keladigan mafkuraviy va siyosiy tahdidlar;

- inson va jamiyat ma'naviy hayoti va ijtimoiy hayotiy manfaatlariga doimiy xavf soladigan ma'naviy tahdidlar;

- globallashuv jarayonlari orqali paydo bo'ladigan inson va jamiyat qadriyatlarini izdan chiqarishga xizmat qiladigan g'ayrimilliy tahdidlar;

- internet olami, ommaviy kommunikatsiyalar va boshqa axborot resurslari orqali kirib keladigan axborot tahdidlari.

Mazkur global ma'naviy tahdidlar yoshlar ijtimoiy hayotini normal tarzini izdan chiqarishi bugungi kunda sir bo'lmay qoldi. Ayniqsa, internet orqali kirib kelayotgan salbiy tarzdagi ma'lumotlar va ularning manbalari yoshlar ma'naviy va psixologik kayfiyatlariga destruktiv ta'sir ko'rsatmoqda.

Jamiyatda yoshlar ma'naviy xavfsizligini ta'minlash va ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashda muhim dasturiy va istiqbolga mo'ljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Chunki qisqa chora-tadbirlar, uzuq-yuluq targ'ibot jarayonlari ma'naviy tahdidlarni oldini olish va ularni bartaraf etishda kutilgan natijalarni beravermaydi. Agar iqtisodiyot, ijtimoiy soha va siyosiy tizimlar birgalikda va uyg'unlikda masalani hal etishga kirishilsa, ma'naviy hayot barqarorligini ta'minlash va salbiy omillarga qarshi kurash kutilgan samarani beradi. Ma'naviy xavfsizlik bir butun jamiyatga daxldor bo'lgan masalalarni hal etuvchi jarayon bo'lib, jamiyatning barcha sohalarini taraqqiy ettirish va mustahkam bir butunligi, barqarorligi, tinch-totuvligi va osoyishtaligini ta'minlashdan iboratdir.

Yoshlar ma'naviy bag'rikengligi darajasini tadqiq etish borasida o'tkazilgan sotsiologik tadqiqotda "Globallashuv davrida yoshlarda bag'rikenglik tuyg'usining yuksalishiga turli xildagi

tahdidlar ta'sir etadi, deb o'ylaysizmi?", degan savol yoshlar hukmiga havola etildi[12]. Mazkur savolga 66 % yoshlar "Turli xildagi tahdidlar ta'sir etadi", 19 % yoshlar "Tahdidlar deyarli ta'sir etmaydi", 8 % yoshlar "Tahdidlar ta'sir etmaydi", 7 % yoshlar "Bu haqda bir narsa deyishim qiyin", degan javoblarni berishgan. Mazkur javoblardan ko'rinib turibdiki, yoshlar bugungi kunda o'zlariga taalluqli ma'naviy jarayonlarga turli tahdidlarning ta'sir etishini tasdiqlashgan.

Bundan ko'rinib turibdiki, Jamiyatda yoshlar ma'naviy xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish borasidagi chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish uchun xilma-xil nazariy va amaliy vazifalar doimiy ravishda bajarilib borilishi lozim, masalan:

Nazariy vazifa: ma'naviyatga tahdidlarni bartaraf etish va jamiyat ma'naviy xavfsizligini, barqarorligini ta'minlash va mustahkamlash yo'llarini aniqlab beradigan, bu yo'nalishda ilmiy asoslangan dasturlar, me'yorlar va strategiyalar ishlab chiqishga ko'maklashadi. Bu borada aniq yo'naltirilgan, qat'iy asoslangan vazifalar qo'yilishi lozim.

Amaliy vazifa: ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qabul qilingan dasturlar va qarorlarni hayotda izchillik bilan amalga oshirish, butun jamiyatni turli-tuman ma'naviy tahdidlar, illatlardan va salbiy vaziyatlardan tozalashdir. Chunki bu vazifa ijtimoiy hayotda to'laqonli ravishda amalga oshirilmas ekan, unda jamiyat ma'naviy xavfsizligiga erishib bo'lmaydi.

Jamiyat ma'naviy xavfsizligi va yoshlarning bag'rikenglik tuyg'usiga tahdidlar va salbiy omilarning vujudga kelishi oqibatida ma'naviy munosabatlar mazmunida va me'yorida nomutanosiblik paydo bo'ladi, ayrim yoshlar toifalari ruhiyatida loqaydlik, befarqlik, boqimandalik, xudbinlik, o'zibo'larchilik, mas'uliyatsizlik, laganbardorlik va guruhbozlik kabi illatlar o'rnashib qoladi. Bu voqelik jamiyat ma'naviy sohasi rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ijtimoiy munosabatlarga ma'lum ma'noda izdan chiqarishga xizmat qiladi. Shuningdek, o'zaro aloqadorlik jarayoni tufayli jamiyatning barcha sohalarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va jamiyat milliy manfaatlariga xavf soluvchi holatlar vujudga keladi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyat ma'naviy xavfsizlik tizimi va yoshlar bag'rikenglik tuyg'usiga zarar keltiradigan tahdidlarni bartaraf etishda quyidagi vazifalarni hal etish va chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

- ma'naviy tahdidlarni o'rganish, tadqiq va tahlil etish ishlarini doimiy, davomli hamda tizimli ravishda olib borish;

- tahdidlar va salbiy omillarning amalda kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy hayotda vujudga kelish shart-sharoitlarini o'rganish, uning manbalari va rivojlanish sabablarini tahlil etish;

- tahdidlar va salbiy omillarning jamiyat ma'naviy sohasiga qanday ta'sir etishi va qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi borasida izlanishlar olib borish;

- jamiyatning ma'naviy tizimida salbiy ta'sir ko'rsatadigan tahdidlar va ijtimoiy muammolarni turlari va tipologiyasini ajratib borish va har biri bo'yicha tegishli o'rganishlar olib borish hamda tegishli xulosalar chiqarish.

ADABIYOTLAR:

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi. 1-modda, 3-band. // Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar/. Mas'ul muharrir A.Saidov. - T., 2004. -B. 3.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-sonli "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi Qarori. https://lex.uz/docs/4071203

3.Mirziyoyev Sh.M. Global aksilterror strategiyasi bo'yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati 2022 yil 3 mart. https://rn.kun.uz/news/2022/03/03.

4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent.: Ma'naviyat, 2008. - B. 96.

5. Karimov I.A. Biz tanlagan yo'l demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo'li. -T., 11.-Toshkent: O'zbekiston, 2003. -B.21.

6. Paxrutdinov Sh. Taraqqiyotga tahdid: nazariya va amaliyot. -Toshkent.: Akademiya, 2006. -B. 19.

7. Kaxarova M. Xavfsizlik tushunchasining mazmuni, mohiyati va ahamiyati. //Demokratlashtirish va inson huquqlari. №1, 2022 y. -B. 41.

8. Paxrutdinov Sh. Tahdidbardoshlik-barqaror jamiyat asosi //Jamiyat va boshqaruv. -Toshkent, 2007. -№2. -B 31.

9. Umarova N. Madaniy vasvasa yoxud axloqning globallashuvi. Jamiyat va boshqaruv. 2007 2-son, 37 B.

10. Sanaqulov A. Axborotlashgan jamiyatda virtual reallik fenomeni (ijtimoiy-falsafiy tahlil). Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand., 2022. -B. 17.

11. To'rayev B. Millatlararo hamjihatlikka destruktiv ta'sir ko'rsatuvchi ma'naviy tahdidlar. "O'zbekistonda millatlararo totuvlik, milliy, diniy va siyosiy bag'rikenglikni yana-da rivojlantirishning ijtimoiy, falsafiy masalalari" respublika ilmiy - amaliy konferensiyasi. Toshkent, TDIU, 2020. -B. 33.

12. "Istiqbol" Mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan tasdiqlangan sotsiologik tadqiqot dasturi asosida o'tkazilgan so'rov natijalari. 2022-yil 22-sentyabr.

REZYUME:

Maqolada yoshlar ma'naviy xavfsizligiga ta'sir ediuvchi tahdidlar o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Ma'naviyat, madaniyat, bag'rikenglik, globallashuv, jamiyat, ijtimoiy hayot.

РЕЗЮМЕ:

В статье изучены угрозы влияющие на духовную безопасноть молодёжи. Ключевые слова: духовность, культура, терпимость, глобализация, социальная

жизнь.

RESUME:

The article examines the threats of the influence factor on the spiritual security of youth. Key words: spirituality, culture, tolerance, globalization, social life.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.