Научная статья на тему 'YOSH FAOLLIGI – RAHBAR KADRLAR TAYYORLASHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA'

YOSH FAOLLIGI – RAHBAR KADRLAR TAYYORLASHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

30
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH FAOLLIGI – RAHBAR KADRLAR TAYYORLASHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA»

YOSH FAOLLIGI - RAHBAR KADRLAR TAYYORLASHNING ASOSIY

OMILI SIFATIDA

G'. R. Tulishev

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi

Mamlakatimizda ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish jarayonlarga yanada kengroq jalb qilish, ularning islohotlardagi faolligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur sohadagi jarayonlar quyidagi tendensiyalar bilan belgilanadi: Birinchidan, yangi asrga kelib, yoshlarga munosabat masalasida dunyo taraqqiyoti uchun umumiy bo'lgan qonuniyatning mavjudligi ayon bo'ldi, ya'ni, yoshlar endi nisbatan ustuvor ahamiyatga ega shaxsdan jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan, uni amalga oshiradigan etakchi kuchga aylanmoqda.

Ikkinchidan, yoshlarning intellektual qobiliyatlari, kasbiy malakasi, ma'nan va ruhan barkamollik kabi ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Uchinchidan, bunday tendensiyalar yoshlarning alohida ijtimoiy demografik qatlam sifatida jamiyat hayotining faol sub'ektiga aylanib borayotganini ko'rsatadi.

Xuddi ana shu omilni nazarda tutib, O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev: "Yurtimiz yoshlarining munosib vakillari, ertangi kunimiz egalari bo'lgan siz, aziz o'g'il-qizlarimiz davrasida yoshimiz, lavozimdagi farqlarga e'tibor bermasdan, xuddiki sizlar bilan teng bo'lib, chin dildan, samimiy bir suhbat qurishni anchadan beri orzu qilib kelar edim. Bugun sizlarning qalbingiz, yuragingizdagi o'y-fikrlar, maqsad-muddaolar, kerak bo'lsa, ushalmay turgan niyatlar bilan yaqindan tanishish, shu asosda yoshlar siyosati bo'yicha olib borayotgan ishlarimizni tanqidiy baholab, tegishli qarorlar qabul qilishni men o'z faoliyatim uchun g'oyat muhim deb hisoblayman. Ma'lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda"1. deb ta'kidlagan edilar. Shu munosabat bilan,

1 www. uza.uz/ Jismoniy va ma'naviy etuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir// Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi/ 01.06.2018

hozirgi davrda o'sib kelayotgan avlodning qiziqish va ehtiyojlarini tahlil qilish va shu asosda mavjud muammolarni chuqur o'rganish hamda ularning echimini topish ehtiyoji tobora ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish strategik maqsadi qilib belgilagan. Ushbu maqsadga erishishning asosiy omillari yoshlarning manan yreukligi, yoshlarning huquqiy ongi, madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirishdir. Su bilan birga yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonida sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirish davr talabi.

Har bir yosh kishi uchun ma'lum bir kasb egasi bo'lish masalasi muhim ahamiyatga ega, bu - hayotiy masaladir. Aslida, mazkur muammo yoshlarning kasbiy tayyorgarligi bilan emas, balki ularning dunyoqarashi bilan bog'liq. Uni oqilona echish uchun inson o'zining ichki olamini tartibga solishi, qiziqishlarini aniqlab olishi kerak2.

Biz yosh avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarish maqsadida "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunni yangi tahrirda qabul qildik. Shu asosda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilmoqda. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta'lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o'z yo'lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo'lmay yashayotganlari ham ko'p. Lekin Vatan sog'inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o'rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo'lganlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur.

Shu maqsadda O'zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak. Yoshlarimiz xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo'lishlari maqsadga muvofiq. Bu ularning o'z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Shuning uchun kelgusi yili Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o'tkazish ko'zda tutilmoqda3.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida mustaqil davlatda siyosiy faollik, huquqiy savodxonlik, ijtimoiy jarayonlarga faol munosabatda bo'lishning asoslariga qaratilgan siyosatda ko'rishimiz mumkin. Sh.M.Mirziyoyevning nutqlarida har bir fuqaro, har bir inson o'z haq-huquqini yaxshi

2 Bobomurodov E., Bobomurodova SH. O'zbekiston yoshlarining ijtimoiy psixologiyasi. Toshkent: O'zbekiston, 2010. 136 b.

3www. uza.uz/ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi

bilishi va uni himoya qila olishi, jamiyatning har qaysi a'zosi o'z huquqi, burchi va mas'uliyatini puxta bilishi shartligi hamda uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamasa, olib borilayotgan islohotlar, yangilanish haqidagi barcha so'zlar, sa'y-harakatlar besamara ketaverishi haqida ta'kidlanadi.

Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bo'lib qolmoqda. Bugungi tez o'zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko'rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G'arazli kuchlar sodda, g'o'r bolalarni o'z ota-onasiga, o'z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo'lmoqda.

Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning zamonaviy bilim va taraqqiyot cho'qqilarini egallash, o'z qobiliyati va iqtidorini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu jarayonda o'sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularni xalqimizning milliy an'ana va qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy olamini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.