Научная статья на тему 'YOLG‘IZLIK MUAMMOSINING NAZARIY TALQINI'

YOLG‘IZLIK MUAMMOSINING NAZARIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yolg‘izlik / tanholik / psixogen omil / hissiy holat / yakkalanish / muloqot / одиночество / уединение / психогенный фактор / эмоциональное состояние / отчуждение / общение.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — М.B. Yuldasheva, Z.I. Saminjonova

yolg‘izlik muammosi doimo insoniyatni tashvishga solib kelgan holda olimlar, yozuvchilar va faylasuflarning tadqiqot predmeti bo‘lib kelgan. So‘nggi paytlarda yolg‘izlikning mohiyati, uning paydo bo‘lish sabablari, xarakterli ko‘rinishlarini va hayotning turli davrlarida har xil toifadagi odamlarga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan izlanishlar ko‘payib bormoqda. Ushbu maqola jahon tadqiqotchilari yolg‘izlik muammosiga doir amalga oshirgan ishlarining nazariy tahlilini yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A THEORETICAL OVERVIEW OF THE PROBLEM OF LONELINESS

проблема одиночества всегда волновала человечество, занимая умы ученых, писателей, философов. В последнее время ей посвящаются все новые работы, исследующие сущность одиночества, причины его возникновения, характерные проявления и влияние на различные категории людей в разные периоды жизни. Данная статья раскрывает теоретический анализ взглядов на проблему одиночества мировых исследователей.

Текст научной работы на тему «YOLG‘IZLIK MUAMMOSINING NAZARIY TALQINI»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

YOLG'IZLIK MUAMMOSINING NAZARIY TALQINI

© M.B. Yuldasheva1^ Z.I. Saminjonova2^_

12 Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: yolg'izlik muammosi doimo insoniyatni tashvishga solib kelgan holda olimlar, yozuvchilar va faylasuflarning tadqiqot predmeti bo'lib kelgan. So'nggi paytlarda yolg'izlikning mohiyati, uning paydo bo'lish sabablari, xarakterli ko'rinishlarini va hayotning turli davrlarida har xil toifadagi odamlarga ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan izlanishlar ko'payib bormoqda. Ushbu maqola jahon tadqiqotchilari yolg'izlik muammosiga doir amalga oshirgan ishlarining nazariy tahlilini yoritadi.

MAQSAD: yolg'izlik muammosining ijtimoiy psixologik xususiyatlari bo'yicha amaliy tavsiyalar berish

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Ijtimoiy yolg'izlikning o'sishi jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlar bilan uzviy ravishda bog'liq. Xususan, ijtimoiylashuv jarayonining jamiyatdagi o'zgarishlarga mos ravishda taraqqiy etishi, mobillik, guruhlarning qisqa muddatga tuzilishi, ijtimoiy kutishlarning real vaziyatlarga mos tushmasligi bilan bog'liq. Ijtimoiy mavqeiga nisbatan xavotirlik hissi insonlarni ijtimoiy faoliyat mahsuli hisoblanmish muloqotga undaydi. Shaxslararo yolg'izlik ijtimoiy yolg'izlik bilan bog'liq va insonning shaxsiy ahamiyatining u uchun qadrli bo'lgan insonlar tomonidan tan olinmasligi natijasida kelib chiqadi.

XULOSA: yolg'izlik jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlariga xos ko'p o'lchovli hodisa bo'lib, uning nazariy tadqiq etilishi qadimgi ildizlarga borib taqaladi. Yolg'izlikni tahlil qilishning murakkabligi inson mavjudligining qarama-qarshiliklarga to'la bo'lgan individual hamda ijtimoiy qobig'idan kelib chiqadi. Bu borada g'oyalar, fikr-mulohazalarning rang-barangligi mazkur hodisaga oid izlanishlarning jahon psixologiya fani negizida keng qamrovli ekanligidan dalolat beradi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Kalit so'zlar: yolg'izlik, tanholik, psixogen omil, hissiy holat, yakkalanish, muloqot

Iqtibos uchun: M.B. Yuldasheva, Z.I. Saminjonova. Yolg'izlik muammosining nazariy talqini. // Inter education & global study. 2024. №4. B.430-437.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ ОБЗОР ПРОБЛЕМЫ ОДИНОЧЕСТВА

© М.Б. Юлдашева1^, З.И. Саминжонова2Н

12 Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан_

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: проблема одиночества всегда волновала человечество, занимая умы ученых, писателей, философов. В последнее время ей посвящаются все новые работы, исследующие сущность одиночества, причины его возникновения, характерные проявления и влияние на различные категории людей в разные периоды жизни. Данная статья раскрывает теоретический анализ взглядов на проблему одиночества мировых исследователей.

ЦЕЛЬ: дать практические рекомендации по социально-психологическим особенностям проблемы одиночества

Материалы и методы: в ходе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а степень статистической достоверности полученных результатов подтверждалась факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: рост социального одиночества неразрывно связан с изменениями, происходящими в обществе. В частности, развитие процесса социализации в соответствии с изменениями в обществе связано с мобильностью, кратковременной структурой групп, несоответствием социальных ожиданий реальным ситуациям. Чувство тревоги по поводу своего социального положения побуждает людей к общению, которое считается продуктом социальной деятельности. Межличностное одиночество связано с социальным одиночеством и является результатом отсутствия признания личностной значимости человека ценными для него людьми.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: одиночество-многомерное явление, присущее всем социальным системам общества, теоретические исследования которого уходят корнями в глубокую древность. Сложность анализа одиночества проистекает из индивидуальной, а также социальной оболочки человеческого существования, полной противоречий. Не будет преувеличением сказать, что разнообразие представлений, мнений по этому поводу свидетельствует о широком охвате исследований данного явления мировой психологической наукой.

Ключевые слова: одиночество, уединение, психогенный фактор, эмоциональное состояние, отчуждение, общение.

Для цитирования: Юлдашева М.Б., Саминжонова З.И. Теоретический обзор проблемы одиночества. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 430-437.

A THEORETICAL OVERVIEW OF THE PROBLEM OF LONELINESS

© Ма1лУуо B. Yuldasheva1H, Zulayho I. Saminjonova2H

12 Ferghana State University, Ferghana, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the problem of loneliness has always worried mankind, occupying the minds of scientists, writers, and philosophers. Recently, more and more new works have been devoted to her, exploring the essence of loneliness, the causes of its occurrence, its characteristic manifestations and its impact on various categories of people

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

in different periods of life. This article reveals the theoretical analysis of world researchers' views on the problem of loneliness.

AIM: to give practical recommendations on the socio-psychological characteristics of the problem of loneliness

Materials and methods: in the course of the study, such methods as conversation, socio-psychological survey, observation were used, and the degree of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: the growth of social loneliness is inextricably linked to the changes taking place in society. In particular, the development of the socialization process in accordance with changes in society is associated with mobility, short-term group structure, and the discrepancy between social expectations and real situations. The feeling of anxiety about their social status encourages people to communicate, which is considered a product of social activity. Interpersonal loneliness is associated with social loneliness and is the result of a lack of recognition of a person's personal importance by people who are valuable to him.

CONCLUSION: loneliness is a multidimensional phenomenon inherent in all social systems of society, the theoretical research of which goes back to ancient times. The complexity of the analysis of loneliness stems from the individual, as well as the social shell of human existence, full of contradictions. It would not be an exaggeration to say that the variety of ideas and opinions on this issue indicates the wide coverage of research on this phenomenon by world psychological science.

Key words: loneliness, solitude, psychogenic factor, emotional state, alienation, communication

Yolg'izlik inson boshidan kechiradigan holatlardan biri bo'lib, u hayot davomida turlicha namoyon bo'ladi. Ba'zan mazmunli shaxslararo munosabatlarni o'rnatish, o'z ijtimoiy tajribasini to'plash, do'stona aloqalarni kengaytirish, tan olinish istagining mavjudligi natilasida yolg'izlik hissini namoyon qilish keskinlikdan iborat bo'ladi, Yolg'izlik hissi turli xil ko'rinishlarni o'z ichiga olgan murakkab ijtimoiy-psixologik hodisadir. Mazkur fenomen insonning ijtimoiylashuvi va shaxsiy shakllanishi jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, ijtimoiy nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan yolg'izlikning mazmuniy mohiyatini tushunish katta ahamiyatga ega. Shu o'rinda "yolg'izlik" atamasini izohlash borasida mavjud ta'riflarning ba'zilarini tahlil qilib chiqamiz. Vikipediyada berilgan: "Yolg'izlik - ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida insonning emotsional holati bo'lib, u yaqinlarning yo'qligi, ijtimoiy yakkalanishning mavjud psixologik sabablari natijasida yuzaga keladigan ijobiy munosabatlar yoki ularni yo'qotishdan qo'rqish bilan bog'liq. Uning tarkibida ikkita ko'rinish: ijobiy (tanholik) yolg'izlik va salbiy (yakkalanish) yolg'izlik mavjud" [7]. Mazkur ta'rif yolg'izlik hissini psixologiya nuqtai nazaridan ko'rib chiqish, inson

For citation: Mahliyo B. Yuldasheva, Zulayho I. Saminjonova. (2024) 'A theoretical overview of the problem of loneliness', Inter education & global study, (4(1)), pp. 430437. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

emotsional holatlarining turlicha yuzaga kelish sabablari va mohiyatini anglash, yolg'izlik hissini ijobiy va salbiy ko'rinishlarda tahlil qilish an'anasini ajratib ko'rsatish zaruratini belgilaydi. Bundan tashqari keltirilgan ta'rif "yolg'izlik" atamasi bilan bir qatorda "tanholik" va "yakkalanish" atamalarining ham qo'llanilishi lozimligini e'tirof etadi.

O'zbek tilining izohli lug'atida yolg'izlik "yolg'iz inson" ma'nosida "yolg'iz yashaydigan odam" tushunchasi bilan taqqoslanadi: "Yolg'iz - birorta ham sherigi yo'q, bir o'zi, yakka, tanho" [6]. Demak, insonning jismoniy mavjudligi sifatida "Yolg'izlik" atamasiga nisbatan "Tanholik" atamasi farqli ravishda ontologik mazmunga ega. Ya'ni "tanholik" ijtimoiy hayotning moddiy shakli sifatida insonning o'z-o'zi bilan qolishi natijasida ijodkorlik bilan shug'ullanishini bildiradi.

Yolg'izlik hissini talqin qilish borasida ba'zi tadqiqotchilar "Tanholik" va "Yakkalanish" tushunchalaridan farqli ravishda "Yolg'izlik" maxsus ichki hissiy ma'noni anglatuvchi kechinma ekanligini ta'kidlasalar, ba'zi tadqiqotchilar esa bu tushunchalar o'zaro sinonim sifatida qo'llanilishi mumkin ekanligini ta'kidlaydilar. Mazkur atamalar o'rtasidagi mazmuniy chegaralarni yanada aniqlashtirish uchun ularning etimologiyasiga (atamalarning kelib chiqishiga) e'tiboringizni qaratamiz.

"Yolg'izlik", "Tanholik" va "Yakkalanish" tushunchalari o'zaro sinonim tushunchalar emasligi haqida S.G.Trubnikova shunday yozadi: "Yakkalanish" insonning ijtimoiy borliqqa nisbatan munosabatidagi jismoniy, fazoviy va davomli joylashuviga bog'liq, u tashqi namoyon bo'ladigan hodisa, lekin ichki psixik kechinma emas" [5].

U.Sadler va T.Djonslarning fikricha: "Jismoniy yakkalanishni aniqlash uchun ko'z bilan ko'rish kifoya, lekin yolg'izlikni anglash uchun uni his qilib ko'rish lozim" [5]. Bizning fikrimizcha, "yakkalanish" haqida so'z ketar ekan, "insonning jamiyatdan, oilasidan yakkalanishi" iborasini qo'llash o'rinli, lekin "yolg'izlik" atamasini izohlashda bunday deyish noo'rin. "Yolg'izlik" bilan doimo ijtimoiy "yakkalanish" hamnafas emas. Yolg'izlikni his qilish odamlar ichida bo'lib ham ro'y berishi mumkin. Tashqi ijtimoiy yakkalanish yolg'izlikni anglatmaydi, balki mazkur hisning paydo bo'lishi uchun zamin yaratishi yoki uning alomatlarini chuqurlashtirishi mumkin. Yolg'izlik tashqi yakkalanishdan farqli ravishda insonning jamiyat bilan, o'z-o'zi bilan ichki munosabatlarini aks ettiradi va stress, qoniqmaslik, azoblanish, inqiroz kabi salbiy emotsiyalar bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, "Yolg'izlik" va "Yakkalanish" identik (aynan, o'xshash) tushuncha emas.

Zamonaviy rus tadqiqotchilaridan G.M.Tixonov "Yolg'izlik-tanholik" juft tushunchalarini qutbiy mazmunda tahlil qiladi. "Yolg'izlik" atamasi tahqirlangan, tashlab ketilgan, bir-biridan ajralgan, kommunikativ ojizlikni bildiradi, ya'ni jamiyatdan istisno qilingan sharoitda - subyektiv kechinmalar belgisidir. "Tanholik" atamasini subyektiv his-tuyg'u sifatida insonning obyektiv tarzdagi o'zgalardan jismonan uzoqlashishi, deb urg'u beradi muallif [4].

D.A.Mateyev ikki juft tushunchalar "Yakkalanish-yolg'izlik" va "Tanholik-yolg'izlik" tushunchalarini antinomiyalar, ya'ni to'g'ri deb qabul qilingan ikki holat o'rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik, deb ataydi. Olimning yozishicha, "Yakkalanish" subyektning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

atrofidagi qurshovdan majburan uzilishi, o'zgalardan jismoniy uzoqlashishidir. Agar "Yakkalanish" tashqi tomondan namoyon bo'ladigan majburiyat bo'lsa, "Yolg'izlik" - ichki subyektiv kechinma. "Tanholik" esa vaqtinchalik yuzaga keladigan kommunikatsiyaning uzilishi va u jamiyatning bir qismi sifatidagi individning muayyan maqsadlarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatini belgilaydi [5].

Yolg'izlik - doimiy muloqotning buzilishi, insonning atrof-muhitdan og'riqli uzilishi, o'z olamiga o'xshamasligini anglashidir. Mazkur tahlil fanga G.I.Kolesnikova tomonidan kiritilgan bo'lib, u "Yolg'izlik"ni ekzistensial mazmun-mohiyatdan yiroq bo'lgan og'riqli holat deb ataydi [3], ya'ni olima yolg'izlik tushunchasiga semantik jihatdan ta'rif bergan.

Tadqiqotchilar yolg'izlik hissini tahlil qilishda ikkita an'anani ajratishadi; ulardan biri salbiy yo'nalishdagi yolg'izlik bo'lsa, ikkinchisi ijobiy yo'nalishdagi yolg'izlik. Inson turmush tarziga yolg'izlik hissining ta'siri masalasini aniqlashtirish yolg'izlikni antinomik ko'rinishda tahlil qilishga imkon beradi, bu bir tomondan shaxsning destruktiv bosqichi sifatida, ikkinchi tomondan yaratuvchanlik sifatidagi o'z-o'zini anglash bosqichini namoyon qiladi. Qarashlardagi turli-tumanlik esa hozirgi kunda yolg'izlik muammosi va uning psixologik determinantlari yetarli darajada o'rganilmaganligidan dalolat beradi.

E.N.Zavorotnix yolg'izlikni turli ijobiy va salbiy hissiyotlar, emotsiyalarni yuzaga keltiradigan subyektiv kechinma, deb ataydi. Muallif yolg'izlikning aniqlashtiruvchi mezonlarini ko'rsatib o'tadi. Ular: yolg'izlik hissi namoyon bo'lish kuchining subyektiv bahosi; individ tomonidan yolg'izlikning tan olinish darajasi; yolg'izlikning emotsional ko'rinishi. Tadqiqotchi yolg'izlik hissining turlarini ham farqlaydi, ya'ni: inkor qilinuvchi yolg'izlik - shaxs yolg'izlik kechinmasiga e'tibor qilmaydi; qulay yolg'izlik - u orqali shaxs o'z hayotida muvaffaqiyatga erishadi; destruktiv yolg'izlik - bunda inson yolg'izlik kechinmasini tiklashga harakat qiladi [2].

Sotsiologik hamda psixologik tahlillar olib borgan mualliflardan N.Ye.Pokrovskiy va G.V. Ivanchenkolar, "yolg'izlik" tushunchasini serqirra ta'rifu-tavsiflarga ega bo'lgan atama sifatida unga "o'ta ekzistensial moddiy xarakterga ega" bo'lganligi uchun universal ta'rif berish mumkin emas, deb tan oladilar. Ba'zi tadqiqotchilar yolg'izlik hissining ijtimoiy hodisa sifatidagi talqini hozirgi kunda yetarli darajada asoslanmaganligini uqtirishadi. Xo'sh, buning sababi nimada? Albatta, zamonaviy jamiyat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning chiziqli rivojlanishidagi shart-sharoitlarda yolg'izlik hissini o'rganish biroz murakkablikni tug'diradi. Modomiki, jamiyatimizdagi bir holatdan boshqa holatga o'tish jarayonida yolg'izlik bir qator omillar ta'siriga tushib qoladi.

Yolg'izlik hissini tushuntirishdagi qarama-qarshi qarashlar qamrovi, uning ko'pqirrali ifodalanishi, ijtimoiy hodisa sifatidagi o'lchovining murakkabligi, muammoga oid ishlab chiqilgan metodikalarning nisbatan kamligi mazkur muammoning yechimini topishda qiyinchilik tug'diradi. G.M.Tixonov "yolg'izlik" tushunchasining tahlilidagi murakkablik uning binarliligidan, ya'ni ikki tomonlamaligidan deb ta'kidlaydi. Bu, bir tomondan, inson mavjudligining individualligi bo'lsa, ikkinchi tomondan individning shaxslararo munosabatlarga ehtiyoj sezadigan jamiyat a'zosi sifatidagi qarama-qarshiliklarning mavjudligidandir. Bir qator olimlar, yolg'izlikni o'z tarkibiga ko'plab shakllar va shu

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

shakllarning har bir insonda turlicha his qilinishini namoyon qiladigan kechinma, deb atashadi. Sotsiologiyaga oid izohli lug'atda "yolg'izlik - yakkalanish va ijtimoiy munosabatlarning mavjud emasligi" deb ta'riflanadi [4].

Bir qator tadqiqotchilar, yolg'izlik individning tashqi olamdan yakkalanish holati, deb urg'u berishadi. Bunda yolg'izlik hissi insonning ijtimoiy borliqqa birikmasligi va moslashmasligining ko'rsatkichi, deb hisoblanadi. Yolg'izlikka holat sifatida ta'rif berilganda subyektiv va obyektiv o'ziga xoslik farqlanadi. Subyektiv holatga g'am-g'ussa, xavotirlik, to'liqsizlik hissi, tashlab qo'yilganlik, deprivatsiya ko'rinishlaridan - ishonch va o'zaro tushunishning yetishmasligi kiradi. Obyektiv holat esa majburiy jismoniy yoki ijtimoiy yakkalanishdan, shaxslararo munosabatlarning to'xtatilishi bilan bog'liq vaziyatlar sababli yuzaga keladi.

G.R.Shagivaleyeva, yolg'izlik turlarini insonning ijtimoiy muhit bilan o'zaro munosabatlaridan kelib chiqib farqlaydi: a) insonning voqelikdagi narsa-hodisalar bilan o'zaro munosabatlari nuqtai nazaridan: jismoniy, kommunikativ, emotsional, ma'naviy yolg'izlik; b) vaqt davomiyligi nuqtai nazaridan: onda-sonda va surunkali yuz beradigan yolg'izlik; v) kelib chiqishi nuqtai nazaridan: ixtiyoriy va majburiy yolg'izlik; s) holat sifatidagi mezon bo'yicha: yoqimsiz yolg'izlik, yoqimli yolg'izlik, majburiy yolg'izlik, ekzistensial yolg'izlik [3].

E.N.Klimentyeva yolg'izlikning asosiy shakllari sifatida jismoniy yolg'izlikni obyektiv vaziyat deb qaragan. Unda inson majburiy yoki ixtiyoriy tarzda yolg'iz qoladi. Olimaning fikricha, ruhiy yolg'izlik o'zgalar tomonidan qabul qilinmaslikni his qilish holatini bildiradi.

D.I.Yang yolg'izlik shakllarini ajratishda uning davomiyligiga e'tiborni qaratgan. Olim yolg'izlikning uchta shaklini farqlab bergan: uzoq vaqt davomida ijtimoiy aloqalarning buzilishidan kelib chiqadigan surunkali yolg'izlik; hayotdagi stress hodisalar (yaqinlarni yo'qotish yoki o'lim, ajrashish) natijasida yuzaga keladigan vaziyatli yolg'izlik; qisqa muddatli va tez-tez takrorlanadigan o'tkinchi yolg'izlik [1].

Yolg'izlik psixologik hodisa sifatida hissiyot (emotsiya, affekt), kechinma, holat, jarayon, munosabat kabi tushunchalar bilan bog'laniladi. Yolg'izlik hissiyot sifatida bir insonning boshqa insondan farqli tomonini anglatadi, bu esa muloqot jarayonida psixologik to'siqni yaratadi. Atrofdagilar tomonidan qabul qilinmaslik hissi mehr-muhabbat, do'stlik, o'zaro tushunish kabi yaqin munosabatlarning mavjud emasligiga bog'lanadi. Yolg'izlik jarayon sifatida umume'tirof etilgan me'yorlar, an'analar va qadriyatlar tizimining shaxs tomonidan inkor etilishi natijasida individning ijtimoiy hayotda subyektiv mavqeini yo'qotishiga olib keladi. Yolg'izlik munosabat sifatida borliqni qadr-qimmatga yo'naltirilgan obyekt sifatida qabul qilmasligini ifodalaydi. Individ shaxslararo munosabatlarini tahlil qila olmas ekan, o'zini jamiyatning bir bo'lagi sifatida idrok qila olmaydi. Yolg'izlik ehtiyoj sifatida borliq va undagi insonlar bilan yaqin, do'stona munosabatlarni yo'lga qo'yishni ongli darajada xohlamaslikni ifodalaydi. Yolg'izlik holat sifatida individning ichki ruhiy yaxlitligining yo'qotilishidir. Bunda tashqi olam bilan o'zaro munosabatlar izdan chiqadi, real hamda istalgan ijtimoiy aloqalar o'rtasidagi uyg'unlik yo'qoladi. Yolg'izlik holati zerikish, tushkunlik, ichki bo'shliqni his qilish, xavotirlik kabi turli psixik ko'rinishlar bilan bog'liq

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ravishda yuzaga Ikeiadi. Bunda hattoki patologik xarakterdagi psixik buzilishlar va gallyutsinasiyalar ham ro'y berishi mumkin. Yaqqol ko'rinishlarda u muloqotga o'ta zaruriy ehtiyojlarni ifodaiaydi. Muloqotga ehtiyoj qondiriimagan holatlarda inson xayoiiy tarzda reallikdan uzoqlashgan ko'rinishlarda suhbatdoshlar obrazini yaratadi. Bu xatti-harakatlar inson hayotini to'ldiruvchi mezon sifatida qabul qilinadi va me'yor deb baholanadi.

Yolg'izlikni insonning psixik holati bilan bog'liqlikdagi tavsiflari ko'plab mualliflar tomonidan o'rganilgan. Jumladan, ekzistensial yondashuvga ko'ra, olamda o'z shaxsiyatining ahamiyati va qimmatini ko'rsatish hissi V.A.Andrusenko tomonidan; kognitiv yondashuvga ko'ra, ichki ruhiy o'z-o'zini anglashda odamovilik olamiga yashirinish hodisasi sifatida S.Kyerkegor tomonidan; gender yondashuv bo'yicha, dilkash bog'liqlikning yetishmasligi sifatida R.Veys tomonidan; kommunikativ yondashuvga ko'ra, ijtimoiy aloqalarning yo'qligi muammosi sifatida D.Yang tomonidan izlanishlar olib borilgan.

Yolg'izlikning muloqotdagi muammo sifatidagi tahlilini K.A.Abulxanova-Slavskaya, A.G.Ambraumova, G.P.Orlov, I.S.Kon, A.A.Leontyevlar olib borishgan. Mazkur tadqiqotlarning mazmun-mohiyati individni shaxslararo muloqot jarayonida suhbatdoshidan o'zi uchun kerakli hissiy-emotsional xayrixohlik hissini topa olmasligi va natijada yolg'izlikni his qilishidan iborat bo'lgan.

Zamonaviy jamiyatda insondagi yolg'izlik hissi majburiy ravishdagi muloqotga kirishganida ko'proq namoyon bo'ladi. Bunday holatlarni ishda, oila davrasida, do'stlar orasida yoki begonalar davrasida ham kuzatishimiz mumkin. Ijtimoiy aloqalarning kattagina qismi haqiqiy muloqotning ko'rsatkichi sanalmaydi, bu atrofdagilar bilan uyg'unlikdan dalolat bermaydi. O'zaro munosabatlarning kengayishi - muloqotning tashqi tomoni hisoblanadi va u muloqot mazmuniga sifatiy ko'rinish bermaydi.

Amerikalik psixologlar U.A.Sadler va T.B.Jonson "Yolg'izlikdan anomiyagacha" deb nomlangan tadqiqot ishlarida yolg'izlikning to'rt darajali o'lchovini taklif qilganlar[5].

Koinot yolg'izligi murakkab tur sifatida tahlil qilinadi va idrok qilinishi jihatidan uchta shakldan iborat: "1) o'z-o'zini tabiat va koinot bilan taqqoslagan holda yaxlit reallik sifatida fahmlash; 2) hayotning Xudoga yaqinlashtiruvchi sirli, mistik qirralariga daxldorlik; 3) o'z taqdirining noyobligi va buyuk tarixiy maqsadlarga aloqadorligiga ishonch hissi. Koinot yolg'izligining uchinchi shakli shaxsiy noyobliligi va o'z taqdirining ulug'vorligidan qoniqmagan insonlarda kuzatiladi".

"Madaniy yolg'izlik - shaxsiy madaniy meros, an'anaviy me'yorlar va qadriyatlar o'rtasidagi munosabatlarning izdan chiqishi bilan belgilanadi. Modomiki, aynan mana shu qirralar insonning o'zi haqidagi, borliq va unda egallagan o'rni haqidagi tasavvurlarni bildiradi. Mazkur tur migratsiya hodisasi, ijtimoiy-madaniy o'zgarishlar, qadriyatlar tizimidagi transformatsiyalar, shaxsning intellektual va axloqiy taraqqiyoti bilan bog'lanadi. Bu esa insonda yaqin odamlari bilan bo'lgan muloqotni murakkablashtirishga olib keladi.

Ijtimoiy yolg'izlik shaxslararo va guruhlararo munosabatlarda namoyon bo'ladi. Unda ijtimoiy yakkalanishning ostrakizm (quvg'inlik), surib chiqarish, zid munosabatlarda bo'lmoq kabi ko'rinishlari ifodalanadi. Natijada inson o'zini begona, yolg'iz, ortiqcha va o'z gardaniga mas'uliyatni olishga qodir bo'lmagan odamdek his qiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Гольман, Т.И. Социальное одиночество студенческой молодежи в транзитивном обществе: управленческий аспект: дис. ... канд. соц. наук: 22.00.08 / Гольман Татьяна Ивановна. - Новосибирск, 2008. - c. 190

2. Заворотных Е. Н. Социально-психологические особенности одиночества как субъективного переживания: автореф. дис. канд. психол. наук. — СПб., 2009

3. Неумоева Е. В. Одиночество как психический феномен и ресурс развития личности в юношеском возрасте: автореф. дис канд. психол. наук. — Тюмень,

4. Юлдашева, М. Б. (2022). Талабалардаги ёл^злик х,исси ва х,аётга бардошлилигининг узаро муносабати: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.8. 08.043 Юлдашева Мах,лиё Бахтиёровна, Психология кафедраси укитувчиси Саминжонова Зулайх,о Иброх,имжон кизи, Амалий психология йуналиши талабаси, Фарюна давлат университети. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 300-306.

5. Yuldasheva M.B. Talabalarda yolg'izlik hissining ijtimoiy-psixologik determinantlari. Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. 19.00.05 / Yuldasheva Mahliyo Baxtiyorovna. - Toshkent, 2022. - 121 b.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati: 2 tomli./S.F.Akabirov, T.A.Aliqulov, S.I.Ibragimov va boshq.; Z^^gr^ tahriri ostida .- M.:Rus.yaz.,1981. 1 tom. А-R. 632 b. 256-bet.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HMahliyo Baxtiyorovna Yuldasheva, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD, [Юлдашева Махлие Бахтияровна, доктор психологических наук, доктор философии(Р1^)], ^hliyo B. Yuldasheva, Doctor of Psychological Sciences, Doctor of Philosophy]; manzil: 150100, O'zbekiston, Farg'ona, Murabbiylar ko'chasi (sobiq Usmon Xo'jayev), 19 [адрес: 150100, Узбекистан, город: Фергана, ул. Мураббийлар (бывш. Усмана Ходжаева), 19], [address: 150100, Uzbekistan, City: Ferghana, Street Murabbiylar (former Usman Khodjayev), 19]

HZulayho Ibrohimjon qizi Saminjonova, Amaliy psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi, [Саминжонова Зулайхо Иброхимжон кизи, Студент 3-го курса направления прикладная психология], [Zulayho I. Saminjonova, 3rd year student of Applied Psychology]; manzil: 150100, O'zbekiston, Farg'ona, Murabbiylar ko'chasi (sobiq Usmon Xo'jayev), 19 [адрес: 150100, Узбекистан, город: Фергана, ул. Мураббийлар (бывш. Усмана Ходжаева), 19], [address: 150100, Uzbekistan, City: Ferghana, Street Murabbiylar (former Usman Khodjayev), 19]

2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.