Научная статья на тему 'YO’L GIPNOZIGA OLIB KELADIGAN OMILLAR'

YO’L GIPNOZIGA OLIB KELADIGAN OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo’l / harakat / yo’l chizig’i / mоnоtоn / gipnоz / xaydоvchi / radar / tuman / charchash / uyqu / chalg’itish / yurish / tezlik / road / movement / road line / monotony / hypnosis / driver / radar / fog / fatigue / sleep / distraction / walking / speed

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Normirzayev A., Ustaboyev A., Ataxonov X., Mamadalimov A

Maqоlada yo’lda harakatlanayotgan xaydоvchini uzоq vaqt avtоmоil bоshqarganda yo’l va tashqi muhitning salbiy ta`siri оqibatida va chalg’ituvchi оmillar yo’l mоnоtоnligi, yo’l chiziqdari, yo’ldagi radarlar, tuman, yo’l chizig’ining yorug’likda miltillashi kabi оmillar uni yo’l gipnоziga tushishi оqibatlari keltirilgan. Bu muammоni yechish yo’llari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Factories influencing road hypnosis

The article describes the long-term driving of a driver on the road due to the negative impact of the road and the external environment, as well as distractions such as monotony of the road, lanes, traffic radars, fog, flickering traffic lights, etc. The ways of solving this problem are analyzed.

Текст научной работы на тему «YO’L GIPNOZIGA OLIB KELADIGAN OMILLAR»

Хулоса

Утказилган дастлабки синовларда ишлаб чикилган машина ерёнгокни ковлаб ва дуккакларини поясидан ажратишни талаб даражасида бажаришини курсатди хдмда бу жараёнлардаги кул мех,нати батамом бартараф этишни таъминлади.

АДАБИЁТЛАР

1. Отаханов Б. С., Пайзиев Г. К., Хожиев Б. Р. Варианты воздействия рабочего органа ротационной машины на почвенные глыбы и комки // Научная жизнь. - Москва, 2014. - №2. - С.75-80.

2. Mansurov M, Otahanov B, Nishonov F, Xojiyev B. Adaptive peanut harvester stripper design // IJIAET International of innovative analyses and emerging. №4, 2021 y. 140

3. Mansurov M, Otahanov B, Xojiyev B. Advanced peanut harvesting technology // IJIAET International of innovative analyses and emerging. №4, 2021 y. 114

4. Рустамов Р, Отаханов Б, Нишонов Ф, Хожиев Б. Усовершенствованная технология уборки арахиса // Механика ва технология илмий журнал. №3, 2021 йил. Наманган. 57 бет.

5. Мансуров М, Отаханов Б, Нишонов Ф, Хожиев Б. Адаптивная конструкция очесывателя арахисоуборочного комбайна // Механика ва технология илмий журнал. №3, 2021 йил. Наманган. 62 бет.

YO'L GIPNOZIGA OLIB KELADIGAN OMILLAR.

Normirzayev A., Ustaboyev A., Ataxonov X., Mamadalimov A.

Annotasiya: Maqоlada yo'lda harakatlanayotgan xaydоvchini uzоq vaqt а^отоП bоshqarganda yo'l va tashqi muhitning salbiy ta siri оqibatida va chalg'ituvchi отПкг yo'l топоШп^, yo'l chiziqdari, yo'ldagi radarlar, tuman, yo'l chi zig'ining yorug'likda miltillashi kabi оmillar uni yo'l gipnоziga tushishi оqibatlari keltirilgan. Bu тшттош yechish yo'llari tahlil etilgan.

Анннотация: В статье описывается длительное вождение водителя по дороге из-за негативного воздействия дороги и внешней среды, а также отвлекающих факторов, таких как монотонность дороги, полосы движения, дорожные радары, туман, мерцание светофоров и т.д. Анализируются пути решения этой проблемы.

Annotation: The article describes the long-term driving of a driver on the road due to the negative impact of the road and the external environment, as well as distractions such as monotony of the road, lanes, traffic radars, fog, flickering traffic lights, etc. The ways of solving this problem are analyzed.

Kalit so'zlar: yo'l, harakat, yo'l chizig'i, mоnоtоn, gipnоz, xaydоvchi, radar, tuman, charchash, uyqu, chalg'itish, yurish, tezlik.

Ключевые слова: дорога, движение, линия дороги, монотонность, гипноз, водитель, радар, туман, утомляемость, сон, отвлечение, ходьба, скорость.

Key words: road, movement, road line, monotony, hypnosis, driver, radar, fog, fatigue, sleep, distraction, walking, speed.

Harakat xavfsizligini ta'minlashda inson yo'l harakatining asosiy ishtirokchisi: haydovchi, yo'lovchi, piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida qatnashadi. Bularning ichida haydovchi alohida o'rin egallaydi, shuning uchun harakatni tashkil qilishda uning psixologik, fiziologik va biologik imkoniyatlarini e'tiborga olish zarur. Harakatlanish davomida

haydovchiga har xil noxush omillar ta'sir etadi: avtomobil saloniga kirayotgan chiqindi gazlar, transport shovqini, vibratsiya, qishning sovuq va yozning issiq havosi, yomg'ir, qor, tuman, yo'l sharoiti, avtomobilning holati, harakat ishtirokchilarining tartibsiz harakatlanishi va hokazolar [1].

Rivojlangan davlatlarda va ayniqsa poytaxt hisoblangan shaharlarda avtotransportlarning turi va soni o'sib borishi sababli maydoni kengayib boradigan shaharning avtomobillari yuradigan ko'chalari qanchalik keng bo'lmasin ularning harakati juda ham qiyinlashib bo rishi hammaga malum. Har bir avtotransport egasi (haydovchisi) o'z manziliga kam vaqt va yoqilg'i sarflab borish uchun eng qisqa yo'lni tanlab oladi. Lekin, choraxalarda tirbandlik sababli yo'lda ko'p vaqt sarf qilishga olib keladi.

Avtomobil yo'llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi mexanik bo'lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki harakatda bo'lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizimi mavjuddir. Bu tizim yo'l harakati deb ataladi. Yo'l harakati muammolari va maxsus tomonlari eng avvalo «A-H-Y-P» (Avtomobil -Haydovchi-Yo'l-Piyoda) tizimi orqali belgilanadi. Ular o'z navbatida atrof-muhitda (M) faoliyat ko'rsatadilar. Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi: A - avtomobil , H - haydovchi, Y -yo'l, P - piyoda. Bu tashkiliy qismlar muhit (M)da faoliyat ko'rsatibgina qolmasdan, atrof--muhit bilan ularning har biri chambarchas bog'liq bo'ladi. Muhit deb atrof-muhitning yo'l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta siri tushuniladi va u quyidagi faktorlardan tashkil topadi:

1) ob-havo (meteorologik ko'rinish, yog'ingarchilik, shamol temperatura);

2) tabiiy landshaft (tekislik, qir adirlik, tog'lik, yer osti, yer usti suvlari va h.k);

3) mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.).

Umumiy tomonlaridan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo'l harakat xavfsizligini

taminlashda birinchi navbatda «A-HY-P-M» tizimidagi har bir tashkil etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish orqali erishish mumkin.

Haydovchi-Avtomobil-Yo'l tizimida asosiy bo'g'in (zveno) haydovchi hisoblanadi. Avtomobilni boshqarish paytidagi haydovchining ish jarayonlarini boshqa murakkab mashinalar operatorlari faoliyatiga ham o'xshatish mumkin (uchuvchi, yagona energo tizim boshqarish pulti navbatchisi). Ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlar esa axborotlarni qayta ishlash, xulosa qilish, boshqarish, nazorat qilish amallaridir. Lekin haydovchining ish faoliyatidagi boshqarish usullari boshqa turdagi operatsiyalardan tubdan farq qiladi. Boshqa operatorlar axborotni priborlar ko'rsatmasidan olsa, haydovchi bevosita yo'l vaziyatini kuzatib boradi, priborlardan oladigan axborot u uchun ikkinchi darajali hisoblanadi. Haydovchi oladigan axborotlarning xarakteri va hajmi tez-tez o'zgarib turadi. Axborotning katta oqimi yoki uning jadal o'zgarishi, (masalan, intensiv harakatlanishda) uni o'z vaqtida qabul qilish, qayta ishlash va to'g'ri xulosa chiqarish imkonini bermasligi mumkin. Uzluksiz harakatlanish, taqiqlovchi ishoralar, yo'l belgilari, harakat ishtirokchilarining xatti-harakatlari oqibatida buzilib turadi. Haydovchining bajaradigan boshqarish amallari shunchalik ko'pki, ularni bajarishda bir qism amallar xato bajarilishi mumkin. Shaharlarda intensiv harakatlanish sharoitida yo'nalishdagi avtobus yoki taksi haydovchisi ish smenasida (7-8 soat) qariyb 5,5 ming boshqarish amallarini bajaradi. Axborotni olish qayta ishlashga vaqt yetmasligi sababli shulardan qariyb 20 foizi xato bajariladigan amallar bo'ladi. Ayniqsa, to'satdan xavfli vaziyat vujudga kelganda haydovchi vaqt tanqisligi natijasida tang ahvolda qoladi, kechikish esa yo'l -transport hodisasiga olib kelishi mumkin. Haydovchining axborot qabul qilish xususiyati, yo'lda joylashgan narsalar, yo'l holati, transport vositasi haqidagi axborotlar haydovchiga sezgi organlari orqali ta'sir etib, tevarak-atrofdagi narsalarning inson ongida alohida ko'rishishlarini namoyon etadi

Haydovchi asosiy axborotni yo'l sharoitini kuzatish orqali oladi va axborotlar uning uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Axborotlarning tavsifi va hajmi juda tez o'zgaruvchan bo'lib, u doimo haydovchidan muntazam ravishda yo'ldagi harakat sharoitini diqqat-e'tibor berib kuzatishni taqazo qiladi. Haydovchining ish faoliyati juda murakkab bo'lib, harakatlanish davomida yo'l, avtomobil, piyoda va muhit sharoitiga faol ta'sir ko'rsata olmaydi va ularning o'zgarishini oldindan aniqlay bo'lmaydi, u shunday sharoitda o'zining, yo'lovchilarning, piyodalarning hayotiga xavf tug'dirmasdan hamda avtomobilni va undagi yuklarni to'liq saqlagan holda xavfsiz harakatni ta'minlashi kerak.

Har bir kasbda insonning faoliyatini tahlil qilishdan kelib chiqib, uning muhim ruhiy-fiziologik o'ziga xosligini ajratib ko'rish mumkin. Haydovchi doimo harakatdagi barcha qatnashchilarning harakatlanish tartibi, yo'lning holati va o'lchamlari, atrof-muhit holati va boshqaruv vositalari mavjudligi, avtomobilning qism va tizimlarining holati to'g'risidagi katta hajmli axborotlarni doimiy ravishda qabul qilishi hamda qisqa muddat ichida axborotlar majmuasini qayta ishlab va tahlil qilib, qaror qabul qilish kerak. Bunday katta axborotlarni tahlil qilishda haydovchining ko'zi uyquga ketib qolmasligi va diqqati bo'linmasligi ya'ni gipnoz holatiga tushmasligi kerak.

«Yo'l gipnozi» - bu inson turli hayollarga berilgan holda, avtomobilni ongsiz boshqara olish holati. Ushbu ibora ilk bor 1921 yilgi maqolada tilga olingan bo'lib, unda haydovchining trans holatda avtomobil boshqarishi, ya'ni ma'lum bir nuqtaga tikilgan holda hayolan boshqa joyda yurgandek bo'lishi va ayni paytda avtomobilni xavfsiz boshqarish uchun barcha harakatlarni to'g'ri bajarishi ta'riflangan. Ushbu holat tez uchrab turadigan, miyaga xos bo'lgan oddiy jarayondir.

Yo'l gipnozi, haydovchi uzoq vaqt davomida avtomobil boshqarish natijasida, yo'ldagi va atrofdagi voqealarni bir vaqtning o'zida taxlil qilib borsada, lekin u keyinchalik nima qilganini eslay olmasligi mumkin [2].

Ko'rinib turibdiki, bu holatda haydovchining ongli diqqati haydash bilan bog'liq bo'lmagan begona narsalarga qaratilgan, lekin shu bilan birga uning miyasi ongsiz ravishda vaziyatga bog'liq bo'lgan katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashga qodir. Yo'l gipnozi avtomatizm hodisasining turlaridan biri, ya'ni sezilmasdan bajariladigan harakat deb taxmin qilinadi [3]. Ba'zi hollarda, haydovchining trans holati shunchalik chuqur bo'lishi mumkinki, u eshitish qobilyatini xam yo'qotib qo'yadi.

Haydovchilarda gipnoz trans g'oyasi birinchi marta 1921 yilda bildirilgan va 1929 yilda "Ko'zlar ochiq holda uxlash" maqolasi nashr etilgan bo'lib, unda ba'zi haydovchilar ko'zlarini yummay haydab ketayotganda uxlab qolishlari mumkinligi aniqlangan [4]. 1950 yilda yo'llarda sodir bo'ladigan ko'p ayanchli yo'l-transport hodisalari haydovchida yo'l gipnozi hodisasi bilan izohlash mumkin degan faraz uyg'ongan [5]. "Yo'l gipnoz" atamasi 1963 yilda paydo bo'lgan (Uilyams, 1963) [б] va yo'l transport hodisasini eksperimental tadqiqotlari 19В0 -yillarning boshlarida boshlangan.

Yo'l gipnozining sabablari. Yo'l gipnozi quyidagi omillar ta'sirida paydo bo'lishi mumkin deb taxmin qilinadi:

• deraza tashqarisidagi landshaftning monotonligi (ya'ni yo'lning o'ng va chap taraflaridagi ko'rinishlarning bir xilligi va uzoq davom etishi) [4];

• qarama-qarshi va bo'laklarni ajratuvchi oq chiziqning oq zarbalari haydovchi ko'zlari oldida miltillashi [4];

• miltillovchi yorug'lik nuri, avtomobil kapotida yoki ho'l avtomagistralda nurning aksi [7];

• dvigatelning monoton shovqini va avtomobilning tebranishi [8];

• haydovchining charchashi;

• yolg'iz yoki uxlab yotgan yo'lovchilarning yonida avtomobil boshqarish (haydovchini chalg'itadigan holatlar yo'q);

• haydovchining bo'shashgan holati yoki aksincha, og'ir stress, shuningdek, haydovchining butun e'tiborini tortadigan muammolar;

• kuchli kontsentratsiyasiz haydash qobiliyati (masalan, boshqa yo'llar bilan bir xil darajada kesishmagan va svetoforlar bo'lmagan yo'llarda [9]) yoki yo'lda avtomobillar harakati kam bo'lganda [7];

• onlayn rejimida ishlovchi radarlar;

• zamonaviy avtomobilda o'rnatilgan avtoradarlar;

• stasi onar tartibda ishl aydi gan avtoradarl ar;

Yo'l gipnozining holati tajribali haydovchilarda, shuningdek, yo'lning tanish qismlarida tez-tez sodir bo'ladi, deb taxmin qilinadi, chunki bu sizga avtomobilni avtomatik rejimda boshqarishga imkon beradi.

Zamonaviy avtomobillarga o'rnatilgan avtoradarlar mamlakatimiz yo'llarida harakatda bo'lgan paytda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchilar tezlikni oshirgan payti o'z yo'liga emas qarama-qarshi yo'nalishdagi avtomobillar ichidan radar o'rnatilgan avtoulovni qidirib harakatlanadi (1-rasm qarang) [10].

1-rasm. Zamonaviy avtomobilda o'rnatilgan avtoradarlar.

Bu esa haydovchini chalg'ishi va yo'l ishtirokchilariga e'tiborni pasayishiga olib keladi.

Respublikamiz yo'llarida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo'l -transport hodisalarining oldini olish, ayniqsa tezlikni belgilangan me'yoridan oshirish oqibatida sodir bo'layotgan yo'l transport hodisalarini oldini olish maqsadida zamonaviy, onlayn rejimida ishlovchi avtomashinaga o'rnatilgan radarlar faoliyat yuritmoqda. Radar o'rnatilgan avtomobillar haydovchilarni diqqatini tortmoqda.

Eksperimental tadqiqotlar davomida, yo'l gipnozining paydo bo'lishiga landshaftning monotonligi va yo'ldagi vaziyatning monotonligi emas, balki haydovchi uchun bu holatning bashorat qilinishi yordam berishi aniqlandi. Masalan, agar haydovchi tumanda avtomobil boshqarsa, garchi avtomobil oynasi tashqarisidagi manzara nihoyatda monoton(tuman) bo'lsada va hech narsa haydovchining e'tiborini chalg'itmasa, shunga qaramay, haydovchi yo'l gipnozini boshdan kechirmaydi [10].

Yo'l gipnozining paydo bo'lishi bilan bog'liq xavflar. Yo'l gipnozining holati yo'l -transport hodisalari sodir bo'lishining jiddiy xavf omilidir, deb taxmin qilinadi [11].

Gipnoz holatida bo'lgan haydovchi avtomobilni boshqarishga qodir bo'lsada, yo'lda kutilmagan holatlarga tez va yetarli darajada javob bera olmaydi [12].

Yo'l gipnozi paytida haydovchining tez va tez yurish tendentsiyasi bo'lishi mumkin (tezlikning psixologik inertligi) [13].

Shuningdek, yo'l gipnozi haydovchining qattiq charchashidan dalolat beradi, deb ishoniladi va bu holat haydash paytida uyquning birinchi bosqichi bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, haydovchi na charchaganini, na uxlab yotganini bilmaydi [4].

Yo'l gipnozining tashqi belgilari. Yo'l gipnozi hodisasini eksperimental tadqiq qilish natijasida haydovchining ruhiy holatiga ega bo'lgan tashqi belgilar aniqlandi [4]:

• haydovchi yo'lga diqqat bilan qaraydi va boshi oldinga egiladi yoki haydovchi to'satdan

boshini qimirlatib qo'yadi;

• haydovchi ko'zlarini yumadi;

• uning ko'zlari yarim yopiq yoki qisilgan;

• haydovchi haydash paytida xato qiladi.

Yo'l gipnozining oldini olish usullari. Aniqlanishicha, yo'l gipnozining holati ko'pincha yuqori sifatli yo'llarda sodir bo'ladi[14], ayniqsa yo'lda keskin burilishlar bo'lmasa kuzatiladi [15]. Shu sababli, ba'zida haydovchilarning hushyorligini oshirish uchun quyidagi texnik choralar qo'llaniladi: avtomagistralda tekis asfalt qo'pol shag'al bilan kesilgan bo'lib, u sezilarli tebranish beradi va yo'lning tekis, monoton uchastkalari yo'lda kutilmagan burilishlar bilan almashadi [16].

Yo'l gipnozining sabablaridan biri bu hissiy mahrumlik (monotonlik, qiziq bo'lmagan manzara (2-rasmga qarang.) bo'lgani uchun, avtomagistral yaqinida yorqin va g'ayrioddiy bezak buyumlarini o'rnatish foydalidir [15,16,17,18].

2-rasm. Monoton (birxilko'rinishdagi)yo'l.

Yo'l gipnozining holati landshaftning monotonligi yoki bo'linish chizig'ining yorug'lik akslari va oq chiziqlar "miltillashi" tufayli yuzaga keladi deb taxmin qilinadi, shuning uchun haydovchilarga vaqti-vaqti bilan nigoh yo'nalishini o'zgartirish tavsiya etiladi (masalan, yon oynalarga yoki asboblarga qarang).

Haydovchining e'tiborini oshirish uchun yo'lovchilarga u bilan gaplashish tavsiya etiladi.

Shuningdek, chaynash (saqich, quritilgan mevalar, pista va boshqalar) yo'l gipnozi xavfini ma'lum darajada kamaytiradi, deb ishoniladi [19].

Nihoyat, haydovchining sub'ektiv charchoq hissi bo'lmasa ham, har 3 soatda monoton harakatda to'xtashlar qilish tavsiya etiladi [20].

ADABIYOTLAR

1. Q.Azizov "Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari". Toshkent.: "Fan va texnologiya" нашриёти. Тошкент - 2009. 130-bet.

2. Weiten, Wayne 2004 (pp 200) Psychology Themes and Variations Sixth Edition Wadsworth/Thomson Learning, Belmont, CA, USA ISBN 0-534-59769-6

3. JL May, AG Gale.How did I get here? Driving without attention mode.— Contemporary ergonomics, 1998, 1998.— P.456.

4. Geoffrey D. M. Underwood. Traffic and transport psychology: theory and application: proceedings of the ICTTP 2004 .—Elsevier, 2005.— P. 455—456.—ISBN 978-0-08-044379-9.

5. André Muller Weitzenhoffer. The practice of hypnotism.—John Wiley and Sons, 2000.— С. 413—414.—ISBN 978-0-471-29790-1.

6. G.W. Williams, 1963, "Highway Hypnosis, " International Journal of Clinical and Experimental Hypnosis,. 103: 143—151.

7. Werthein, A.H. (1991), Expalinig highway hypnosis: experimental evidence for the role of eye mouvement. Accident Analysis and Prevention, 10(2), 111—129

8. Дорожные условия и безопасность движения. Дорожная сеть России и проблемы безопасности движения | Ситилайнс. Дата обращения: 15 сентября 2012. Архивировано 15 сентября 2014 года.

9. Другая информация к билетам ГАИ — техника безопасности вождения, медицинская помощь: Советы, рекомендации и помощь автомобилисту: УГАИ ГУМВД Украины в Харьковской области Архивная копия от 22 января 2011 на Wayback Machine

10. Thiffault,P., Bergeron, J.Monotony of road environment and driver fatigue: a simulator study (2002). Архивировано 31 октября 2012 года.

11. Williams, G., Shor, R.E., 1970, An historical note on highway hypnosis, Accident Analysis and Prevention, 2(3), 223—225

12. Советы, рекомендации и помощь автомобилисту: УГАИ ГУМВД Украины в Харьковской области Архивная копия от 22 января 2011 на Wayback Machine

13. Ingwersen, P., 1995. Tracing the problem of driver fatigue. In: Hartley, L. (Ed.), Driver Impairment, Driver Fatigue and Driving Simulation. Taylor & Francis, London, pp. 76-86

14. Moses, P.J., 1995. Fatal accidents in western Australia. In: Hartley, L.(Ed.), Driver Impairment, Driver Fatigueand Driving Simulation. Taylor & Francis, London, pp. 59-66

15. Regulatory Impact and Small Business Analysis for Hours of Service Options. Federal Motor Carrier Safety Administration. Дата обращения: 22 февраля 2008. Архивировано 31 октября 2012 года.

16. Мамадалиев С.И Нормирзаев А.Р. Транспортда интелектуал тизимларни куллаш. Andijon mashinasozlik instituti tashkil topganligining 10 yilligi va O'zbekiston avtomobil sanoati tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan "O'zbekiston va avtomobil sanoati: fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi" мавзусидаги конференция материаллари. 2021. Том 3. 53-57 стр.

17. А.Нормирзаев А.Устабоев. Тирбандлик сабаблари ва уни олдини олиш. НТЖ НамИТИ. Том 5. 2020. №1. 292-296 бетлар.

18. Б.М.Хайдаров А.Р.Нормирзаев, А.Р.Устабаев. Особенности городского движения. "Фаргона водийси ёш олимлари" III худудий илмий анжумани -2019. 2019. 232235 бетлар.

19. Дорожный гипноз // автомобильный центр Анжи.

20. Непридвиденные ситуации на дороге // spokoino.ru

УДК 631.358.

ЭКИШ СЕКЦИЯСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Ботиров А. Г., Каримов Б. Ю., Мамашаев М. А.

Аннотация: Маколада экиш технологиясини такомиллаштириш ва тупрок харакати назарий баён этилган, хамда экиш секциясининг улчамлари аникланган.

Аннотация: В статье рассмотрено усовершенствование технологии высева и движение почвы, также определены основные параметры рабочих органов.

Annotation: The article discusses the improvement of seeding technology and soil movement, and also defines the main parameters of the working bodies.

Таянч суз: Техника экинлари, уругларни экиш, экиш технологияси, сеялка эккичлари, зичлагич, куракча, эккич чангиси, экиш чукурлиги, галтак, такомиллашган тажриба нусхддаги эккич, зичлашиш коэфициенти, галтакни тупрок уюми босими, экиш фони.

Ключевые слова: Технически культуры, высев семян, технология высева, сошник, уплотнитель, загортач, полоз сошника, глубины сева, прикатка, усовершенствованный опытный сошник, коэффициент плотности, давление прикатки на почву, посевной фон.

Keywords: Technically, crops, sowing seeds, sowing technology, opener, compactor, harrow, opener runner, sowing depth, roll-in, improved experimental opener, density coefficient, roll-on pressure on the soil, seed background.

Пахта хосилдорлигини ошиши уруг сифати ва экиш усулига боглик. Энг макбул экиш усулини танлаш учун куйидаги масалаларни бажариш талаб этилади:

1. Меъёрдаги уругни экиш.

2. Уругни бир текис таксимлаб жойлаштириш.

3. Агротехник талаб асосида керакли чукурликка экиш.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Экиш усули уругларни майдон буйлаб жойлаштириш тартибини билдиради.

Уруглар агротехник талабларга асосан сеялка билан каторлаб, киркмалаб, тасмасимон каторлаб, уялаб ва доналаб экилади.

Бу усулларнинг бир-биридан фарки, х,ар бир каторда жойлаштирилган уруглар оралиги ва катор оралиги кенглигининг турлича булишидандир.

Уялаб, айникса, квадрат- уялаб ва пунктирлаб экиш илгор усул хисобланади.

Уругни доналаб экиш усулида каторлар кенглиги 45...140 см булиб, катордаги уруглар ораси 5....20 см бир-бирига тенг булади. Бу усул билан экилган экин уруги тежалади, кул мехнати сарфи камайиб, х,осилдорлик ошади.

Шунга карамай пахта сеялкаси конструкциясидаги камчиликлар сабабли хужаликларда кенг кулланилмади.

Тупрокка пахта уругини экиш учун замонавий пахта сеялкаларида турли хил технологик операцияларни бажарувчи экиш секциясидан фойдаланилади.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.