Научная статья на тему '“YIRINGLI-YALLIG’LANISH KASALLIKLARINI KELTIRIB CHIKARUVCHI MIKROORGANIZMLAR KELTIRIB CHIKARADIGAN KASALLIKLARNING LABORATORIYA TASHXISI.”MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLANILISHI'

“YIRINGLI-YALLIG’LANISH KASALLIKLARINI KELTIRIB CHIKARUVCHI MIKROORGANIZMLAR KELTIRIB CHIKARADIGAN KASALLIKLARNING LABORATORIYA TASHXISI.”MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
55
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar / o‘zlashtirish / davomat / sifat ko‘rsatkichlari / tabalarning faolligi / Ilg‘or pedagogik texnologiyalar / o‘zlashtirish / davomat / sifat ko‘rsatkichlari / tabalarning faolligi

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Boltayeva Klara

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar hozirgi davrda ta’lim jarayonini yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylandi. Pedagogik texnologiyalar asosida rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda mavzuning mazmunini barcha talabalar o‘zlarining o‘zlashtirish darajasiga mos holda loyihalashtirishlari mumkin bo‘ladi. Har bir talaba ularni o‘zlarining qiziqishi va imkoniyatiga mos darajasini tanlaydi va o‘zlashtirishi past bo‘lgan talaba ham mavzuni o‘rta yoki undan yuqori darajada bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli ham, Alfraganus universitetining dars jarayoniga yangi pedagogik texnologiya usullarini qo‘llanilishi talabalarning o‘zlashtirishi va davomatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"CAUSING PURULOUS-INFLAMMATORY DISEASES EXTRACTORS ARE PRODUCED BY MICROORGANISMS LABORATORY DIAGNOSIS OF DISEASES." SUBJECT USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar hozirgi davrda ta’lim jarayonini yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylandi. Pedagogik texnologiyalar asosida rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda mavzuning mazmunini barcha talabalar o‘zlarining o‘zlashtirish darajasiga mos holda loyihalashtirishlari mumkin bo‘ladi. Har bir talaba ularni o‘zlarining qiziqishi va imkoniyatiga mos darajasini tanlaydi va o‘zlashtirishi past bo‘lgan talaba ham mavzuni o‘rta yoki undan yuqori darajada bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli ham, Alfraganus universitetining dars jarayoniga yangi pedagogik texnologiya usullarini qo‘llanilishi talabalarning o‘zlashtirishi va davomatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda

Текст научной работы на тему «“YIRINGLI-YALLIG’LANISH KASALLIKLARINI KELTIRIB CHIKARUVCHI MIKROORGANIZMLAR KELTIRIB CHIKARADIGAN KASALLIKLARNING LABORATORIYA TASHXISI.”MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLANILISHI»

UDK: 61:378

"YIRINGLI-YALLIG' LANISH KASALLIKLARINI KELTIRIB CHIKARUVCHI MIKROORGANIZMLAR KELTIRIB CHIKARADIGAN

KASALLIKLARNING LABORATORIYA TASHXISI."MAVZUSINI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLANILISHI.

Boltayeva Klara

Alfraganus universiteti Tibbiyot kafedrasi dotsenti

Annotatsiya

Ilg'or pedagogik texnologiyalar hozirgi davrda ta'lim jarayonini yangi sifat ko'rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo'lgan metodlar tizimiga aylandi. Pedagogik texnologiyalar asosida rejalashtirilgan mashg'ulotlarda mavzuning mazmunini barcha talabalar o'zlarining o'zlashtirish darajasiga mos holda loyihalashtirishlari mumkin bo'ladi. Har bir talaba ularni o'zlarining qiziqishi va imkoniyatiga mos darajasini tanlaydi va o'zlashtirishi past bo'lgan talaba ham mavzuni o'rta yoki undan yuqori darajada bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu sababli ham, Alfraganus universitetining dars jarayoniga yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llanilishi talabalarning o'zlashtirishi va davomatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Shu universitetning davolash va pediatriya yo'nalishi 2 kurs talabalariga yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llab dars o'tilganda talabalarning davomati va o'zlashtirish darajasi yuqori bo'lmoqda.

Demak, yuqorida zikir qilingan mavzuni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llanilishi tabalarning faolligi, bilim egallashga intilishi va o'zlashtirish darajasining sezilarli darajada oritishiga ko'maklashadi.

Kalit so'zlar: Ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'zlashtirish, davomat, sifat ko'rsatkichlari, tabalarning faolligi.

Ilg'or pedagogik texnologiyalar hozirgi davrda ta'lim jarayonini yangi sifat ko'rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo'lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tajribasi, ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda talabalarni bilim olishga bo'lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali mutaxassislar yetishtirish vazifalarini ham hal qilmoqda.[1[

O'zbekistonda bu yo'nalishda so'ngi yillarda bir qancha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. "Ta'lim to'g'risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi" islohatlar uchun ilmiy nazariy asos bo'lib xizmat qilmoqda. Pedagogik jarayonlarning mazmuni, mohiyati, metodlari, ayniqsa vositalari keskin o'zgardi va o'quv tizimiga test hamda reyting usullari keng ko'lamda joriy etildi.

Pedagogik texnologiyalar turlicha ta'riflanayotgan bo'lsada, ularning mohiyatini o'quv jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo'yish va rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy bog'langan komponentlar majmui deb tushunish mumkin.[2[

Pedagogik texnologiyalar asosida rejalashtirilgan mashg'ulotlarda mavzuning mazmunini barcha talabalar o'zlarining o'zlashtirish darajasiga mos holda loyihalashtirishlari mumkin bo'ladi. Har bir talaba ularni o'zlarining qiziqishi va imkoniyatiga mos darajasini tanlaydi va o'zlashtirishi past bo'lgan talaba ham mavzuni o'rta yoki undan yuqori darajada bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi.[3]

Shu sababli ham, Alfraganus universitetining dars jarayoniga yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llanilishi talabalarning o'zlashtirishi va davomatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Masalan, shu universitetning davolash va pediatriya yo'nalishi 2 kurs talabalariga yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llab dars o'tilganda talabalarning davomati va o'zlashtirish darajasi yuqori bo'lmoqda.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, universitetning Tibbiyot kafedrasida o'qitilayotgan "Yiringli-yallig'lanish kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarning laboratoriya tashhisi." mavzusini pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga quyidagicha o'tishni tavsiya qilamiz. 1. Darsning maqsadi:

Tabiatda kokklar keng tarqalgan, ammo ularning faqat ma'lum bir qismigina odam uchun patogen hisoblanadi, qolganlari saprofitlardir. Patogen kokklarga stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, gonokokk va meningokokklar kiradi. Ular ma'lum bir xususiyatlari bilan bir-biriga o'xshash, ya'ni yiringli yallig'lanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ularni piogen (yiring hosil qiluvchi) kokklar ham deyiladi. Bu shu guruhdagi kokklarning doimiy belgisi hisoblanadi. Ba'zan yiringli jarayonlami boshqa mikroorganizmlar (ichak tayoqchasi, ich terlama, ko'k yiring va boshqa bakteriyalar) ham qo'zg'atishi mumkin, lekin ularning bu xususiyatlari doimiy boimay, o'zgarib turadi. Stafilokokklar doimo yiringli yallig'lanishlarni keltirib chiqarsa, streptokokklar saramas, o'tkir revmatizm, skarlatina va angina kabi

kasalliklami qo'z- g'atadi. Pnevmokokk, meningokokk, gonokokklar ham o 'ziga xos zotiljam, meningit, so'zak kabi kasalliklarga sabab bo'ladi. Patogen kokklar tashqi muhitga chidamliligi bilan ham bir-biridan farq qiladi, jumladan, stafilokokklar juda ham chidamli, mermingokokk va gonokokklar esa chidamsiz. Shuning uchun ular inson organizmidan tashqarida tezda nobud bo'ladi. Berjining (1994-y.) bakteriyalar tasnifiga binoan Eubacterialis sistemasiga quyidagi oilalar biriktirilgan: Micrococcaceae, Streptococcaceae, Neisseriaceae, Peptococcaceae. Hujayra devorining tuzilishi va kimyoviy tarkibiga ko'ra kokklar grammusbat va grammanfiy bo'ladi. Shu tufayli mazkur darsning maqsadi talabalarga kasallik chaqiruvchi kokklar haqida ma'lumot berish,ularni mikrobiologik hususiyatlarini yoritish. Kokklar chaqiradigan kasalliklar haqida ma'lumot berishdan iborat.[4]

2. Darsning vazifasi:

Mazkur darsda talabalarga kokklar chaqiradigan kasalliklarga mikrobiologiya usullarda tashxis qo'yish usullari o'rgatiladi.

3. O'quv jarayonining mazmuni:

4. Kasallik chakiruvchi stafilokokklarning ta'rifi (toksin xosil kilishi, shakli, tinktorial va kultural xususiyatlari);

5. Meningokokklar, gonokokklar chaqiruvchi kasalliklar haqida ma'lumot;

6. Patogen streptokokklar infektsiyalarini mikrobiologik diagnostika asoslari;

7. Stafilokokklar chaqiruvchi kasalliklarni davolash va profilaktika choralari;

8. Kasallik chaqiruvchi meningokokklar, gonokokklar ta'rifi (toksin hosil qilish, shakli, tinktorial va kultural hususiyatlari);

9. Stafilokokklar chaqiruvchi kasalliklar haqida ma'lumot;

10. Patogen pnevmokokklar chaqiruvchi infektsialarning mikrobiologik diagnostika asoslari;

11. Meningo-gonokokklar chaqiruvchi kasalliklarni davolash va profilaktika choralari.

12. Patogen meningokokk chaqiruvchi infektsiyalarning mikrobiologik diag-nostika asoslari;

13. Kokklarning xarakteristikasi: toksonomik, tinktorial hususiyatlari;

14. Kasallik chaqiruvchi pnevmokokk va streptokokklarning ta'rifi (toksin hosil qilishi, shakli, tinktorial va kultural hususiyatlari);

15. Streptokokklar va pnevmokokklar chaqiruvchi kasalliklar haqida ma'lumot;

16. Patogen gonokokklar chiqaruvchi infektsialarning mikrobiologik diagnostika asoslari;

17. Pnevmokokk va streptokokklar chaqiruvchi kasalliklarni davolash va profilaktika choralari.

4. O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma ya'ni shakl, vosita, usul, nazorat, baholash):

a) Darsning turi - suhbat;

1. b) Metod: VARK o'qitish strategiyasi; «Plyus, minus, qiziqarli» креатив усули

v) Forma (shakl) - guruh;

g) Vosita - doska, tarqatma material, jadval, slaydlar, tayyor preparat, gerbariy, biotexnologiya laboratoriyasining asbob - uskunalari; d) Usul - nutqli; ye) Nazorat - kuzatish;

j) Baholash - o'z - o'zini va umumiy baholash.

5. Metod: 1. VARK o'qitish strategiyasi

Talabalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda ular vizuallar, audiallar, kinestetiklar, diskretlar, multimodallar toifalariga ajratilib, ularga mavzu bo'yicha muammolar takdim etiladi. Talabalar tomonidan ajratilgan vaqtda mavzu o'rganilganidan so'ng muammolar mu муаммолар muxokamasi boshlanadi. Bunda VARK strategiyasiga monan ravishda har bir talaba o'z imkoniyatlari va kobiliyatlaridan kelib chiqqan xolda materialni taqdim qilishadi. O'qituvchi muxokamada faol qatnashib, kerakli tuzatishlar va fikrlarni berib turadi. Talabalar 4 ta guruhga ajratiladi.

► 1-guruhg o'tayo'tgan mavzu bo'yicha atlasdan rasmlar chizishadi.

► 2-guruh audial tarzda shu kungi mavzuga oid videorolik ko'radi va eshitadi.

► 3-guruh men bergan savollarni o'qib, keyin javoblarni yo'zishadi.

► 4-guruh mavzuga mos preparatlarni mikroskop ostida ko'rishadi..

► Keyin guruhlar bir birlari bilan fikr almashadi va xulosa qilinadi.

2. «Plyus, minus, qiziqarli» креатив усули

* «Plus, minus, qiziqarli» strategiyasi juda qulay, chunki u o'yin-mashqga o'xshaydi. Matn nafaqat jumlalar to'plami, balki musbat va manfiy tomonlarni topish uchun ma'lumot platformasiga aylanadi.

* Yozma tarzda baj arish uchun uchta ustundan iborat j advalni to 'ldirish taklif etiladi.

* «P» - «plyus» ustunida darsda yoqib qolgan, ijobiy his-tuyg'ularni keltirib chiqargan ma'lumotlar va ish shakllari, yoki talabaning fikriga ko'ra, ba'zi maqsadlarga erishish uchun foydali bo'lishi mumkin barcha narsalar yoziladi.

* «M» - «minus» ustunida darsda yoqmagan, zerikarli tuyulgan, adovatni keltirib chiqargan, tushunarsiz bo'lib qolgan yoki talabaning fikriga ko'ra u uchun keraksiz bo'lib qolgan, hayotiy vaziyatlarni hal qilish nuqtai nazaridan foydasiz bo'lgan barcha narsalar yoziladi.

* «Q» - «qiziqarli» ustuniga talabalar darsda o'rgangan barcha qiziq faktlarni va ushbu masalada yana nimalarni bilishni xohlashlarini, o'qituvchiga savollarni kiritadilar.

* "Plyus, minus, qiziqarli" kreativ texnologiyasi natijasida muammoni baholash va tahlil qilish hamda uning yechimlari variantlarini shakllantirish imkoni paydo bo'ladi.

3.KWHL - kreativ usul.

Mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni taxlil qilish, bilimlarni mustahkamlash,taqrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Tipik KWL-diagrammasida uchta ustuncha bor: K - Men nimani bilaman? W - Men nimani bilishim kerak? L - Men nimani bildim? Majburiy bo'lmagan «H» ustuncha (H - Men qanday o'qiyman?) xam bor.

Bunda KWHL-diagrammasi xosil bo'ladi.

* Ushbu strategiya izoxli matnlar bilan yaxshi ishlaydi. O'qituvchi doskada cxema tuzadi. Talabalar xam jadval tayyo'rlashadi.

K (Know) W (Want) H (How) L (Learn)

Men nimani Men nimani bilishim Men qanday Men nimani

bilaman? kerak? o'qiyman? bildim

Kokklar Kokklar biokimyoviy Ma 'ruza va Kokklarnin

chaqiradigan xususiyatlarini amaliy, g pigment

kasallklarga o 'rganish usullarini. laboratoriya xosil

laboratoriya tashxis mashg 'ulotlard qilishini

qo 'yishni. an,darslik, aniqlashni

o 'quv

qo 'llanma va

ilmiy adabiyotlardan.

CARJISM -3 (7)-

1. KWL/KWHL diagrammasi talabalarning mavzu bo'yicha dastlabki bilimlarini tekshirish, Ma'lumotlarni izlash va to'plashda talabalar uchun qulay usul.

6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar

O'qituvchidan yiring solingan probirkani olib Petri kosasidagi qonli agarga bakteriologik ilgak yordamida eking T37°S termostatga 24 soatga qo'ying. Stafilokokklar tilla rang (St aureus) oq rangli, sariq limon pigmentli koloniyalar hosil qiladi.Tilla rang pigmentning borligi stafilokokkning kasallik chaqiruvchi ekanligini isbotlaydi, qonli agarda ham koloniyalar atrofida gemoliz borligini ko'ramiz. Koloniyaning bir qismidan surtma preparat tayyorlab Gramm usuli bo'yicha bo'yaymiz. Mikroskopda gramm-musbat kokklarni ko'ramiz. Ular uzum shingili holida joylashgan bo'ladi. Koloniyaning qolgan qismlari toza kultura olish uchun qiya tayyorlangan agarga ekiladi. Streptokokklarni aniqlash uchun yutqundan olingan yiringni, shilliq modda huddi shu tarzda qonli agarga ekish kerak.Unda atroflari gemoliz bo'lgan mayda koloniyalarni Str.piogenis hosil qiladi, yoki har xil toksin va fermentlar hosil qiluvchi gemolitik streptokokk (fibrinolizin, gialuronidaza, strertolizin) va boshqalar o'sib chiqadi.[5]

Gemolitik strertokokkni qonli agarda o'stirganda koloniya atrofida agarning yashillanish holatlarini farqlash mumkin, oxiri 3-chi xil gemolitik bo'lmagan streptokokk bo'lishi mumkin, u qonli agarni o'zgartirmaydi gemoliz xosil qilmaydi. Boshqa tekshiruvlar stafilokokklardagiday davom ettiriladi.

Material Tekshirish metodi Natija javobi

Yiring, yutqundan olingan. Qon Bakteriologik Gramm usulida bo'yalishi. Qonli agarga ekish. Tuxum sariqli va tuzli agarga ekish. Qandli bulondan olib qaytadan qonli agarga ekish. 1 va 2 koloniyalarni tayyorlangan surtmalar mikroskopda ko'riladi. Stafilokokk topilsa kasallik chaqirish darajasi tekshiriladi. Gramm musbat kokklar Gemolizli yoki gemolizsiz koloniyalar Loyqalangan stafilokokk yoki streptokokk yoki-bakteriyalar o'smagan doiraning borligi.

a) letsitinaza aktivligi

b) plazmakoagulaza aktivligi v) mannit bijg'itishi Antibiotiklarga tasirchanligi aniq-lanadi , bakteriyalar o'smagan doira o'lchanadi.

1. Tayyor demonstratsiya qilinadigan preparatlari: orqa miya suyuqligidagi meningokokk, yiringdan gonokokk (tugallanmagan fagotsitoz ko'rib, ularning rasmini chizish) slaydlar ko'rsatiladi.

2. Meningit va gonoreya kasalliklarini bakteriologik diagnostika sxemasini o'rganib daftarga yozib oling.

3. Serologik diagnostika metodlari.

4. Davolash va profilaktika yo'llari bilan tanishish va o'zlashtirish. Tayyor pre -paratlarni olib immersion mikroskopga joylashtiring. Birinchi surtmadagi-gramm manfiy diplokokklarga etiboringizni qarating. Morfologiyasini (loviyasimon juft kokklar) rasmini daftarga chizing.

Ikkinchi surtmadagi katta ovalsimon hujayralar leykotsitlarni ko'ring, ular juft kokklar bilan to'lgan. Tugallanmagan fagotsitoz, ko'p gonokokklar, leykotsitlar esa parchalanmagan. Daftaringizga chizing.

Ekranda rangli rasmlarni ko'ring.

1. Miningokokkli meningit.

2. Meningokokkli infektsiya orqa miya suyuqligi, meningokokklarning hujayra ichida joylashishiga e'tibor bering.

3. Ensa muskullarining qotishi (rigidligi).

4. Meningokokkemiya, bitish paytidagi nekroz.

5. Orqa miyadan suyuqlik olish qoidasi.

6. Orqa miya suyuqligi, tiniq likvor.

7. Orqa miya suyuqligi loyqalangan bo'lsa bu kasallikni davolatish. Tablitsadan foydalangan holda meningokokk va gonokokk diagnostikasi sxemasini o'rganib oling. Daftarga yozing.

7. Mustaqil ishlash tartibi

1.Yiringni qonli agar solingan Petri kosachaga ekish. Yiringdan tayyorlangan surtmani Gramm usulida bo'yash, mikroskopiyalash, rasmini chizish.

2.Qog'oz disklari metodida stafilokokklarning antibiotiklarga chidamlilik darajasini aniqlash.

3.Stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, meningokokklar, gonokokklar chaqiradigan kasalliklarini bakteriologik diagnostikasi sxemasini yozish va o'zlashtirish.

4.Patogen stafilokokklarning kultural va bioximik xususiyatlari tilla rang pigmentining borligi va plazmokoagulazaning namoyishi. Serologik diagnostika metodlarini o'rganish.

5.Profilaktika va davolash uchun ishlatiladigan preparatlar bilan tanishtirish.

6.Ekranda patogen kokklarga bag'ishlangan slaydlarni ko'rish.

7.Vitrinadagi davolash va profilaktika preparatlari bilan tanishish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Kuzatiladigan natijalar

O'qituvchi:

a) Mavzu bo'yicha maqsadni tushuntirish,

b) Talabalarda qiziqish uyg'otish,

v) Yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash.

Talaba:

a) Talabalarning mavzu bo'yicha to'la ma'lumot olishi, b) Talabalar bilimini shakllantirish, v) Talabalarning materialni qiziqish bilan qabul qilishi.

9. Kelgusi rejalar

a) O'qituvchining internetdan yangi ma'lumotlar olishi va ulardan foydalanishini mukammallashtirishi;

b) Materiallarni yangilash va joriy etish;

v) Kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish.

a) Talaba ushbu ma'lumotlarni o'zlashtirishi, konspekt yozishi, mustaqil ishlashi; b) Adabiyotlar bilan ishlashi;

v) Yangi texnologiyalarga yondashuvi.

Xulosa Demak, yuqorida zikir qilingan mavzuni o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llanilishi tabalarning faolligi, bilim egallashga intilishi va o'zlashtirish darajasining sezilarli darajada oritishiga ko'maklashadi.

Adabiyotlar

1.Golish L.B. Faol o'qitish usullari: mazmun, tanlash va amalga oshirish. Eksprss qo'llanma T.: TASISS, 2001 yil

2.FarbermanB.L. «Ilg'or pedagogic texnologiyalar» Toshkent-2000 yil

3. Saidaxmedov N. «Yangi pedagogik texnologiya» Toshkent. 2003 yil 4.I.M.Muhamedov,E.Eshboyev,N.Zokirov, M.Zokirov MLkrobiologiya.Immunologiya.Virusologiya.T.2002 yil 5.N.R.Elinov,N.A.Zaikina,I.P.Sokolova "Mikrobiologiya fanidan amaliy mashg;ulot uchun o'quv qo'llanma T.2007 yil."

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.