Научная статья на тему 'YER TUZISH LOYIHASINI JOYGA KO’CHIRISH, RASMIYLASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH UCHUN ILMIY AMALIY VAZIFALAR'

YER TUZISH LOYIHASINI JOYGA KO’CHIRISH, RASMIYLASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH UCHUN ILMIY AMALIY VAZIFALAR Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
43
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yer tuzishni loyihalash qismlari / loyihani joyga ko’chirish va rasmiylashtirish / hayotga tadbiq etish / Landscaping design parts / relocation and formalization of the project / implementation

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Tursunov A.A., Davlatov A.D.

Har qanday mamlakatda, uning milliy boyligi hisoblangan yerdan foydalanishni samarali tashkil etish, birinchi navbatda, uni shu joyda tashkil etilgan maxsus organlar yordamida oqilona tashkil etishni talab etadi. Bu qoida respublikamiz yer maydonlariga ham tegishli bo‘lib, ular umumxalq mulki, mamlakatning milliy boyligidir. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2023-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 44892,4 ming gektarni tashkil etib, uning 58,44% ga yaqini qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar hisoblanadi. Hududni tashkil etish hisobiga olinadigan sof daromad o‘sishining mos loyiha va qidiruv ishlari xarajatlariga, kapital xarajatlarga, ishlab chiqarishning joriy xarajatlariga nisbati loyihani amalga oshirish uchun zarur tashkiliy-hududiy tadbirlar, kapital xarajatlar samaradorligini baholash imkonini beradi. Yer tuzishni loyihalash O`zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi" asosida olib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC PRACTICAL TASKS FOR LOCATION, OFFICIALIZATION AND IMPLEMENTATION OF THE LANDSCAPE PROJECT

In any country, effective organization of the use of land, which is considered its national wealth, first of all, requires its rational organization with the help of special bodies established in this place. This rule also applies to the land areas of our republic, which are public property, national wealth of the country. According to official data, as of January 1, 2023, the total land area of the Republic of Uzbekistan is 44,892.4 thousand hectares, and about 58.44% of it is agricultural land. The ratio of the increase in net income due to the establishment of the territory to the costs of appropriate projects and exploration, capital costs, and current costs of production allows to assess the effectiveness of the necessary organizational and territorial measures and capital costs for the implementation of the project. conducted on the basis of the "Land Code".

Текст научной работы на тему «YER TUZISH LOYIHASINI JOYGA KO’CHIRISH, RASMIYLASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH UCHUN ILMIY AMALIY VAZIFALAR»

Tursunov A.A. Stj.o'qituvchisi Davlatov A.D. talabasi

"TIQXMMI" MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

YER TUZISH LOYIHASINI JOYGA KO'CHIRISH, RASMIYLASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH UCHUN ILMIY

AMALIY VAZIFALAR

Annotasiya. Har qanday mamlakatda, uning milliy boyligi hisoblangan yerdan foydalanishni samarali tashkil etish, birinchi navbatda, uni shu joyda tashkil etilgan maxsus organlaryordamida oqilona tashkil etishni talab etadi. Bu qoida respublikamizyer maydonlariga ham tegishli bo 'lib, ular umumxalq mulki, mamlakatning milliy boyligidir. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 2023-yil 1-yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 44892,4 ming gektarni tashkil etib, uning 58,44% ga yaqini qishloq xo'jaligiga mo 'ljallangan yerlar hisoblanadi. Hududni tashkil etish hisobiga olinadigan sof daromad o'sishining mos loyiha va qidiruv ishlari xarajatlariga, kapital xarajatlarga, ishlab chiqarishning joriy xarajatlariga nisbati loyihani amalga oshirish uchun zarur tashkiliy-hududiy tadbirlar, kapital xarajatlar samaradorligini baholash imkonini beradi. Yer tuzishni loyihalash O^zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi" asosida olib boriladi.

Kalit so 'zlar: Yer tuzishni loyihalash qismlari, loyihani joyga ko 'chirish va rasmiylashtirish, hayotga tadbiq etish.

Tursunov A.A.

stj. teacher Davlatov A.D. student

""TIQXMMI" MTU Anti-irrigation and Institute of Agricultural Technologies

SCIENTIFIC PRACTICAL TASKS FOR LOCATION, OFFICIALIZATION AND IMPLEMENTATION OF THE LANDSCAPE

PROJECT

Annotation. In any country, effective organization of the use of land, which is considered its national wealth, first of all, requires its rational organization with the help of special bodies established in this place. This rule also applies to the land areas of our republic, which are public property, national wealth of the country. According to official data, as of January 1, 2023, the total land area of

the Republic of Uzbekistan is 44,892.4 thousand hectares, and about 58.44% of it is agricultural land. The ratio of the increase in net income due to the establishment of the territory to the costs of appropriate projects and exploration, capital costs, and current costs of production allows to assess the effectiveness of the necessary organizational and territorial measures and capital costs for the implementation of the project. conducted on the basis of the "Land Code".

Key words: Landscaping design parts, relocation and formalization of the project, implementation.

Yer tuzish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo'lib, u doimiy ravishda rivojlanib boradi. Shuning uchun ham, u bir marta o'tkaziladigan tadbir emas. Yer tuzish loyihalari ma'lum davrlardan keyin yangilanib turishi kerak. Yer tuzishni loyihalash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

❖ yer tuzish ishlarini belgilash;

❖ yer tuzish ishlarini o'tkazish (tayyorgarlik ishlari, loyiha tuzish va uni yer tuzish qatnashchilariga taqdim etish);

❖ loyihani tasdiqlash va amalga oshirish (joylarda chegara belgilarini o'rnatish, loyiha elementlarini joylarga ko'chirish va boshq.);

❖ yer tuzish qatnashchilariga beriladigan hujjatlarni tayyorlash va berish.

Yer tuzish loyihasi 4 qismdan iborat:

❖ tushuntirish xati

❖ hisob jadvallari

❖ loyiha chizmalari

❖ xuquqiy xujjatlar

Taklif va tavsiyalar. Loyihani joyiga ko'chirish uchun tayyorlangan ishchi chizma yangi chegaralarni kerakli aniqlikda yerga tushirish imkonini berishi kerak. Xo'jalik chegaralari davlat geodeziya tarmoqlariga bog'lanadi. Joylarga ko'chirilgan xo'jaliklar chegaralari yer tuzilayotgan xo'jalik vakillariga ko'rsatiladi va topshiriladi. Loyihani joylarga ko'chirish dalolatnoma bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomada chegaralarning yerdagi o'rni ta'riflangan bo'ladi. Unga belgilangan chegaralarning aniq o'rinlari (koordinatalar) ko'rsatilgan chizma qo'shimcha qilinadi.Loyihani joylarga planda yaxshi va aniq belgilangan tasvir elementlari (kanallar, yo'llar, daryochalar va sh.o'.) bo'yicha ham ko'chirish mumkin. Ochiq tasvir elementlari yo'q joylarda teodolit yo'llarini o'tkazish kerak bo'ladi. Loyihani joylarga ko'chirish uchun 1:5000,1:2000,1:1000 va 1:500 mashtabdagi planlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Chunki planda barcha ma'lumotlar aniq tasvirlanadi hamda joyga ko'chirish aniqligi ortadi.

Loyiha joyga ko'chirib bo'lingandan so'ng va xo'jalik chegaralari belgilangandan keyin, xo'jalikka yerdan foydalanish yoki unga egalik qilish huquqini beruvchi Davlat dalolatnomasi beriladi. Yer turlarining tarkibi va maydoni ko'pchilik hollarda xo'jaliklarning ixtisosligini, paxta, don, yem-xashak, boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishning mumkin bo'lgan hajmlarini,

'^KOHOMHKa h ^HyMM №10(113)-1 2023

www.iupr.ru

278

chorvachilik tarmoqlarining joylashishini aniqlaydi. Masalan, haydalma yerlarning nisbati yuqori bo'lsa, paxtachilik va g'allachilik ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun eng qulay sharoit yaratiladi; bunda birinchi navbatda e'tibor dalalarni to'g'ri tashkil etishga qaratiladi. Yaylov va pichanzorlarning katta maydonlarida birinchi qatorga ular yerlarini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, hududni yaylov va pichanzor almashishlarini, poda, otar uchastkalarini, navbat bilan mollar boqiladigan uchastkalarni, mollar haydaladigan yo'llarni joylashtirish hisoblanadi. Barcha vaziyatlarda boshqa qimmatbaho turdagi yerlarga transformatsiyalanadigan yerlar izlab topiladi, xo'jaliklarning o'zida yetarlik pul, mehnat va texnik resurslar mavjud bo'lsa, o'zlashtirilishi yoki yaxshilanishi mumkin bo'lgan yerlarni ichiga oluvchi meliorativ yer fondi aniqlanadi. Bunda xo'jalikka biriktirilgan yerlarni iqtisodiy baholash materiallaridan foydalaniladi. Iqtisodiy baholashda nafaqat tuproqlar sifati, balki, xo'jaliklarning mahsulotlarni sotish bozoridan va moddiy-texnik ta'minot punktlaridan, yer uchastkalarining - aholi yashash joylari va xo'jalik markazlaridan uzoqligi, uchastkalarning texnologik xususiyatlari va boshqa dehqonchilik va chorvachilikning samaradorligini aniqlovchi sharoitlar hisobga olinadi.

Xulosa qilib aytganda yer tuzishda iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni hisobga olish hamda uni loyiha yechimlarida asoslash yer munosabatlarini rivojlantirish, ishlovchilarning moddiy talablarini qondirish, mehnat, turmush, aholiga madaniymaishiy xizmat ko'rsatish sharoitlarini yaxshilash masalalarini o'zida mujassamlashtiradi. Yer tuzish loyihalarini ijtimoiy-iqtisodiy asoslash orqali butun yer tuzishning samaradorligini oshirish hozirgi yer islohoti sharoitida agrosanoat majmuasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi - T.: O'zbekiston, 1998

2. Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 9 yanvar «Fermer xo'jaliklari va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo'jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 14-sonli qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi qarori "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 22-sonli qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli farmoni.

5. S.Avezbayev,S.N.Volkov Yer tuzishni loyihalash O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashryoti Toshkent-2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.