Научная статья на тему 'YASMIQ O`SIMLIGIDAN SOF VA TABIIY LENTIL CHIPSLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH'

YASMIQ O`SIMLIGIDAN SOF VA TABIIY LENTIL CHIPSLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

38
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dukkakli don ekinlari / yasmiq / ozuqa / oqsil / immunitet / antioksidant / kasallik / sof / ekologik / tabbiy / mahsulot. / Legumes / lentils / nutrition / protein / immunity / antioxidant / disease / pure / ecological / health / product.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — F. Qodirqulova

Dunyoda yasmiq o‘simligi to‘yimli ovqatlanishni ta’minlovchi muhim bir omilga aylangan. Yasmiq o‘simligin yetishtirish orqali olinadigan iqtisodiy samaradorlik jihatidan boshqa don ekinlaridan yuqori o‘rinda turadi. Ko‘pgina boshqa dukkakli ekinlar singari oson hazm bo‘luvchi oqsil tarkibiga ega. Yasmiqning navlar urug‘larida oqsil miqdori 26-31% ni tashkil qiladi. Ushbu maqolada dukkakli don ekinlaridan biri bo‘lgan yasmiq ekinining inson organizmi uchuni ahamiyati va foydali jihatlari hamda undan olinadigan mahsulotlar keltirilgan hamda xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the world, the lentil plant has become an important factor in providing a nutritious diet. In terms of economic efficiency obtained by growing lentils, it ranks higher than other grain crops. Like many other legumes, it has an easily digestible protein content. The amount of protein in the seeds of lentil varieties is 26-31%. This article presents the importance and useful aspects of lentil, one of the legumes, for the human body, as well as the products obtained from it, and gives conclusions.

Текст научной работы на тему «YASMIQ O`SIMLIGIDAN SOF VA TABIIY LENTIL CHIPSLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

YASMIQ OSIMLIGIDAN SOF VA TABIIY LENTIL CHIPSLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH

F. Qodirqulova

TDAU Samarqand filiali talabasi

ANNOTATSIYA

Dunyoda yasmiq o'simligi to'yimli ovqatlanishni ta'minlovchi muhim bir omilga aylangan. Yasmiq o'simligin yetishtirish orqali olinadigan iqtisodiy samaradorlik jihatidan boshqa don ekinlaridan yuqori o'rinda turadi. Ko'pgina boshqa dukkakli ekinlar singari oson hazm bo'luvchi oqsil tarkibiga ega. Yasmiqning navlar urug'larida oqsil miqdori 26-31% ni tashkil qiladi.

Ushbu maqolada dukkakli don ekinlaridan biri bo'lgan yasmiq ekinining inson organizmi uchuni ahamiyati va foydali jihatlari hamda undan olinadigan mahsulotlar keltirilgan hamda xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar. Dukkakli don ekinlari, yasmiq, ozuqa, oqsil, immunitet, antioksidant, kasallik, sof, ekologik, tabbiy, mahsulot.

ABSTRACT

In the world, the lentil plant has become an important factor in providing a nutritious diet. In terms of economic efficiency obtained by growing lentils, it ranks higher than other grain crops. Like many other legumes, it has an easily digestible protein content. The amount of protein in the seeds of lentil varieties is 26-31%.

This article presents the importance and useful aspects of lentil, one of the legumes, for the human body, as well as the products obtained from it, and gives conclusions.

Keywords. Legumes, lentils, nutrition, protein, immunity, antioxidant, disease, pure, ecological, health, product.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 20202030 yillarga mo'ljanlangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida keying yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish hususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bozor munosabatlarini keng joriy qilish qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini

May 12-13

354

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mustahkamlash sohaga investitsiyalar jalb qilish, resurstejamkorlik texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning aholisini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan yetarlicha ta'minlash borasida agrar sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarning samarali tizimini yaratishni taqozo etadi [5;6].

Bu boradagi eng ustuvor vazifa donli ekinlar bilan bir qatorda tarkibida oqsil moddasi ko'p bo'lgan dukkakli don ekinlar mahsulotlarini ko'paytirish eng muhim masalalardan hisoblanadi.

Foydalanilgan materiallar: Yasmiq (chechevitsa) -dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik o'simlik bo'lib, Markaziy Osiyo va ko'pgina Yevropa mamlakatlarida qadimdan foydalanib kelingan.

Yasmiq texnika, oziq-ovqat va oziqabop ahamiyatga molik ekin hisoblanadi. Urug'i turli kolbasalar, konservalar, shirinliklar va boshqa mahsulotlar tayyorlashda qo'llaniladi. Uning urug'i tez pishadi va bu borada u fasol, no'xat va goroxdan ham ustun turadi [1;2].

Yasmiq tarkibi kalsiy, magniy, kaliy, fosfor, temir kabi foydali mikroelementlarga boy. Omega-3, omega-6 singari teri va sochlarga koni foyda bo'lgan moy kislotalari ham mavjud. Boshqa dukkaklilarga qaraganda yasmiq tarkibida foliy kislotasi mo'l. Yasmiq tarkibidagi eruvchan kletchatka ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bu mahsulotdan tayyorlangan bo'tqani muntazam iste'mol qilish organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni ko'taradi [3;4].

Olingan natijalar va ularning tahlili: Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz oqsilga boy bo'lgan yasmiq o'simligidan sof va tabiiy lentil chipslarni ishlab chiqarish bo'yicha tadqiqot tajriba ishlarini olib bormoqdamiz. Lentil chipslarning tarkibida Ca, Mg, Zn, Fe kabi makro va mikro elementlar bo'lib, bir qancha turli xildagi kasalliklarni oldini oladi. Ca elementining miqdori yuqori bo'lganligi sababli organizmdagi Ca miqdorini me'yorlashtiradi. Bolalar uchun juda foydali, bolalarga allergiya chaqirmaydi. Bundan tashqari mahsulotimiz tarkibida Mg asab va yurak xastaliklari uchun davo hisoblanadi. Mahsulotimizda oqsil miqdori yuqori bo'lib, 2335 foizni tashkil etadi. Bu esa organizmda oqsil miqdorini me'yorlashtiradi va oqsil bilan bog'liq bo'lgan xastaliklarni oldini oladi. Qandli diabet, yurak va asab xastaliklariga qarshi tavsiya qilinadi. Bundan tashqari mahsulotimizda antioksidantlar mavjud bo'lib, insonning tez tez

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

qarishini ham oldini oladi. Bu mahsulotimiz butun organizm yoshligini saqlashga yordam beradi. Antioksidantlar organizmdagi oksidlovchi stressni sekinlashtiradi, asabni tinchlantiradi, yallig'lanish va surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi [7;8]. Mahsulotimiz tarkibidagi moddalar metobolizm va oqsil almashinuvi hamda gemoglabin darajasini me'yorlashtirib turadi. Mahsulotimizni inson organizmiga zararli tomonlari mavjud emasligi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatidan ijobiy xulosalar olingan.

Xulosa. Yasmiqdan tayyorlangan taomlar turli xildagi kasalliklarni davolashda va inson organizmi uchun zarur bo'lgan oqsil muammosini hal etishda hamda ushbu o'simlikdan sof va tabiiy ekologik bo'lgan lentil chipslarni ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Bobokulov Z., Bobomurodov Z. Productivity of chikpea varieties and the effect of different planting times and depths on grain quality indicators. Nveo - natural volatiles & essential oils. 2021, 8(5): 7524- 7532.

2. Atabayeva H. N. O'simlikshunoslik. - Toshkent : Mehnat, 2000. - b.134-136.

3. Qulmatova D., S.Boboev, O.Xollev, A.Buronov, S.Buzrukov. Yasmiqning mayda urug'li xalqaro elita ko'chatzori o'simliklarida hosildorlik belgilari tahlili. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. cientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723.

4. SANAEV, S., KH, K. K., & KH, A. I. (2021). THE INFLUENCE OF IRRIGATION TECHNOLOGY ON YIELD, STORAGE QUALITY AND TRANSPORTABILITY OF POTATO. PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY, 301-306.

5. Bobokulov, Z., & Botirov, A. (2022). Teaching agricultural sciences: essence and teaching technology. Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban). Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition), 42(03), 12-17.

6. Bobomirzayev, P., & Sh, T. (2022). Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley. Journal of Hunan University (Natural Sciences) Vol, 49.

7. Z Bobokulov, J Tukhtamishova. CHICKPEA IS THE MEDICINE OF HEALTH. Journal of Agriculture & Horticulture, 2023

8. J Tukhtamishova, Z Bobokulov. Peas-Protein Source. INTERNATIONAL JOURNAL OF BIOLOGICAL ENGINEERING AND AGRICULTURE. 2022/12/29

May 12-13

356

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.