Научная статья на тему 'BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI: NOʻXAT (CICER ARIENTINUM L)'

BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI: NOʻXAT (CICER ARIENTINUM L) Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
726
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dukkak / noʻxat / don / oqsil / tugunak bakteriya

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Ergasheva Hulkar Dilshod Qizi, Karshibayeva Dano Nazm Qizi

Noʻxat oʻzining ozuqabopligi bilan boshqa bir qator dukkakli don ekinlar donidan ustun boʻlib, doni tarkibida 20,1-32,4% gacha oqsil boʻladi. Hozirgi kunga kelib qurgʻoqchilik yildan yilga kuchayib borishi tufayli olimlar oldida suvsizlikga chidamli yangi navlar yaratish, tuproq organik massasini koʻpaytirish uchun azot toʻplovchi oʻsimlik turlari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish zarurati dolzarb masalaga aylanmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI: NOʻXAT (CICER ARIENTINUM L)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI: NO'XAT (CICER

ARIENTINUM L) 1Ergasheva Hulkar Dilshod qizi, 2Karshibayeva Dano Nazm qizi

12CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti

1xulkar745@gmail.com 2donokarshibayeva99@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7999794

Annotatsiya. No'xat o'zining ozuqabopligi bilan boshqa bir qator dukkakli don ekinlar donidan ustun bo'lib, doni tarkibida 20,1-32,4% gacha oqsil bo'ladi. Hozirgi kunga kelib qurg'oqchilik yildan yilga kuchayib borishi tufayli olimlar oldida suvsizlikga chidamli yangi navlar yaratish, tuproq organik massasini ko'paytirish uchun azot to'plovchi o'simlik turlari bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish zarurati dolzarb masalaga aylanmoqda.

Kalit so'zlar: dukkak, no'xat, don, oqsil, tugunak bakteriya.

Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 - sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi "da qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish ham maqsad qilib olingan [1]. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holatda bugungi kunda biotik hamda abiotik ta'sirlarga chidamli o'simliklar navlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Yuqori sifatli o'simlik oqsili hamda kletchatka saqlovchi no'xat o'simligi dukkaklilar oilasiga mansub don ekini hisoblanadi. Vatani Osiyo. burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga Yer sharining deyarli barcha qismida tarqalgan 12000 ga yaqin o'simlik turlari kiradi. Bu oila vakillarining ko'pchiligi bir, ikki va ko'p yillik o'tlardan iborat. Oila vakillarining ildizi - o'q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o'simliklar ildizida yashab, havodagi erkin azotni o'zlashtiradi. No'xat (Cicer) turkumining 30 dan ortiq, asosan, ko'p yillik turlari Yevrosiyo, Shimoliy va Sharqiy Afrikada uchraydi. Juda qadimdan bir yillik madaniy turi (C. arietinum) Hindiston, Italiya, Ukraina janubi, Zakavkazye, Qozog'iston, O'rta Osiyo, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Turkiya va Eronda ekiladi.

Asosiy qism: No'xat burchoqdoshlar yoki dukkakdoshlar oilasining madaniy o'simligi hisoblanadi. No'xat - poyasi o'tsimon, tik o'sadi, dag'al, qovurg'ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo'ladi. Boshqa dukkakli o'simliklarga nisbatan qurg'oqchilik va sho'rga chidamli. Urug'i 2-5° C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o'sadi. Maysasi bahorgi -6-8° C gacha sovuqqa chidaydi. Namlik me'yordan ortiq bo'lsa kasallanadi, shona va guli to'kiladi. O'zidan changlanadi. O'suv davri 70-190 kun. Don rangi oq, pushti, to'q sariq, issiq sevar va yorug'sevar, bahorgi ekin. Don tarkibida 19-33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-0,4 % kul, 48-61% azotsiz ekstrativ moddalar, 2-12% klechatka, vitaminlar hamda aminokislotalar mavjud. Bir mavsumda bir gektar yerda no'xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot to'playdi. Keng qatorlab (qator orasi 15 sm), ba'zan sepma usulida 5-10sm chuqurlikda ekiladi. O'zbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Gullash davrida suvni kam me'yorda berish yaxshi natija beradi, to'liq pishganda guli to'kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosil don kombaynlarida yig'ib olinadi [5].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Hozirgi kunda O'zbekistonda no'xotning 11 navi yetishtiriladi.

Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan no'xot o'simligi Avstraliya, Ozarboyjan, Afg'anistan, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Iroq, Eron, Qozog'iston, Qatar, Xitoy, Koreya, Qirg'iziston, Latviya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinadi.

No'xot navlari O'zbekiston Don ilmiy-tekshirish instituti tomonidan ko'p marta yakka tanlash yo'li bilan yaratilgan. Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining sug'orilmaydigan yerlari uchun iqlimlashtirilgan. Gullari oq, yirik, dukkaklari 1-2 urug'li, urug'lari burishgan, oq rangli.

1000 ta urug'ining og'irligi 372-305 gramm o'rta pishar nav bo'lib to'liq unib chiqqanidan texnik yetilishgacha bo'lgan davr 78-79 kunni tashkil etadi. Oqsil miqdori 24,4-26 %. Askaxitoz bilan kasallanmaydi. Qurg'oqchilikka chidamli, dukkaklari yorilmaydi. Muhofaza qilish uchun no'xotning eng yaxshi turlari tanlab olinadi. No'xotning silliq, ajinli shakllari mavjud. To'liq donli navlar sovuqqa chidamli va erta hosil bilan mashhur. Kichkina no'xatlar shirin tami bilan ajralib turadi, lekin sovuq va zararkunandalarga nisbatan qarshilik ko'rsatish uchun yumaloq shaklga ega bo'lgan raqiblarga nisbatan biroz past bo'ladi.

No'xotlarning yaxshi donli navlari: Erta yashil 33, Meteor, Avval Feltham, Ambrosia, Sabzavot mo'jizasi, Dakota.

No'xatning buruq navlari: Zhegalov 112, Alderman, Telegraf, Mo'jiza qalloblari, Shuger snap. Kabi yana bir qancha navlari mavjud [5]. O'simliklarda, shu jumladan, no'xat o'simligida hosildorlikni oshirish fiziologik-biokimyoviy xususiyatlar bilan bog'liqdir [8]. No'xot Cicer arietinum L. avlodiga mansub oqsilga boy bir yillik o'simlik hisoblanadi. No'xot o'simligining ozuqaviyligi yuqori bo'lib doni tarkibida o'rtacha 19-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% azotsiz ekstraktov moddalar , 2,4-12,8% kletchatka , 0,2-4% kul va shuningdek, Bi vitamini hamda mineral tuzlar mavjud [9]. No'xat o'simligining ildizida tugunak bakteriyalarning ko'payshi o'simliklarda pigmentatsiya jarayonlarini kuchaytirib, hosildorlikni oshirgan [2]. No'xatning yashil barglarida xlorofill xloroplastning asosiy kamponenttlaridan biri hisoblanadi hamda uning tarkibidagi xlorofill "a" va "b" pigmentlari fatosintez jarayonida ishtirok etib, o'simlikning o'sishi va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi [9]. Yashil barglarda xlorofill "a" miqdori xlorofill "b" miqdoriga nisbatan 20-40% ga yuqori bo'lib, fotosintezda asosiy rol o'ynaydi. Karotinoidlar esa quyosh nurlaridan ko'k va binafsha nurlarni yutib, xlorofill "a" ga uzatadi. shu bilan birga xlorofillarni kuchli yorug'likdan himoya qiladi [3, 6].

Ma'lumki dukkakli o'simliklar ildizidagi tuganak bakteriyalar havodagi erkin azotni o'zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi. No'xat boshqa dukkakli o'simliklar singari ildizida joylashgan azot to'plovchi bakteriyalar (Rizobium cicer) yordamida tuproqni azot birikmalari bilan boyitib, unumdorligini oshiradi. Tuganaklari turli kattalik va shaklda bo'ladi. Ular o'simlik ildizida qanchalik ko'p bo'lsa, tuproqda shunchalik ko'p azot to'planadi. O'simliklar hosil qilgan azotning 75% ni o'zlashtirib, qolgan qismini tuproqda qoldiradi. Undan tashqari urug' tarkibida hosil bo'lgan oqsil moddasi o'rtacha 5-7% tuganak bakteriyalar hisobidan bo'ladi.

No'xat ildizlari va rizosferada faoliyat ko'rsatadigan tuganak bakteriyalar (Rizobium) yordamida atmosferadagi erkin azotni biologik yo'l bilan o'zlashtirib, tuproqni azot bilan boyitadi, umuman azot muvozanatini yaxshilaydi, qator oralari ishlanadigan, makkajo'xori, boshoqli don ekinlari hosildorligi ortib, sifati yaxshilanadi [7].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Xulosa: No'xat o'simligining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga tashqi muhit omillari bilan chambarchas bog'liqdir. Shuning uchun no'xat yetishtirishda navlarni tanlashda yetarli tashqi muhit omillarini taminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Sug'oriladigan yerlarda no'xat yetishtirishda mineral, xususan azotli o'g'itlarni qo'llanilishi hosilning tarkibiy elementlarini oshishini taminlaydi. Hozirgi kunda Respublikamizda qishloq xo'jaligini rivojlantirishda qator islohotlar amalga oshirilishi, xalqimizning sifatli, oqsilga boy va ekologik sof hamda arzon oziq ovqat mahsulotlari bilan taminlanishiga zamin yaratilishi lozim. O'zbekiston sharoitida yaratilgan navlar asosan o'rta muddatlarda ekilish hosildorligi va boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga ega ekanligini hisobga olgan holda yaratilayotgan har bir navni potensial hosildorligini aniqlashda ekish muddat va me'yorlarini aniqlash dolzarb masala hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi"gi PF-60-son Qarori // Elektron manba: lex.uz/docs/5841063.

2. Andrew Lareen, Frances Burton, Patrick Schafer 1,2 Plant root-microbe communication in shaping root microbiomes. Plant Mol Biol (2016) 90:575-578.

3. Beknazarov B. O. "O'simliklar fiziologiyasi". Toshkent - "Aloqachi"-2009.172-173 betlar.

4. Boboxo'jayev I., Uzoqov P. Tuproqshunoslik.- T.: Mehnat. 1995. -146-149-b.

5. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/No%CA%BBxat

6. Isaqov K.T, Umurzaqov A.A. No'xatni erta ekish mo'l hosil garovi. //O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. -Toshkent, 2019. № 3. - B. 10.

7. M. Abdullayeva, M. G'aybullayeva // No'xatni fotosintez jadalligi va mahsuldorligiga ekologik omillar ta'siri // Vol. 2 No. 22 (2022): IJODKOR O'QITUVCHI. 341-346-b.

8. Nayek S., Choudhury I.H., Jaishe N., Roy S. Spectrophotometry analysis of Chlorophylls

and carotenoids from Commonly Grown Ferm Species by Using Various Extracting Solvents//"Internetional Science Congrees, Journal of Chemical Sceinces. 2014. P. 63-69.

9. H. Otaboeva, 3. Umarov, H. Bo'riev, S. Do'stmuradova, G'. Qurbonov, A. Alimov, G'. Rahimov, I. Massino, O. Qodirxo'jayev // "O'simlikshunoslik"(darslik) //Toshkent-"Mehnat" 2000. 132 bet.

10. Taiz L., Zeiger E. Plant Physiology, 4 th Ed., Sinaure Associates Inc. Publishers. Massachusetts.2006. pp. 126-128.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.