Научная статья на тему 'YAROQSIZ HOLATGA KELGAN TRANSFORMATOR MOYLARNING EKOLOGIK YECHIMLARI'

YAROQSIZ HOLATGA KELGAN TRANSFORMATOR MOYLARNING EKOLOGIK YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Tansformator moyi / noturar joy binolar isitish / tabiiy muhit / tozalash / qayta ishlash / utilizatsiya / filtrlash / ekologik muammo

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Raximov M.N.

Ushbu maqolada yaroqsiz transformator moyining atrof-muhitga yetkazadigan zararlari va ularni ekologik jihatdan zararsiz qayta ishlash usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada transformator moyining chiqindilarini kamaytirish va ulardan samarali foydalanish uchun muqobil yechimlar taklif qilingan. Transformator moyini qayta ishlash va tozalash jarayonlarining iqtisodiy va ekologik samaradorligi tahlil qilinadi. Avvalo, transformator moylarini yoqish va utilizatsiya qilishning atrof-muhitga salbiy ta’sirlari muhokama qilinadi. Keyinchalik, transformator moylarini past quvvatli isitish tizimlarida va noturar joy binolarini isitishda foydalanish haqida tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YAROQSIZ HOLATGA KELGAN TRANSFORMATOR MOYLARNING EKOLOGIK YECHIMLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

YAROQSIZ HOLATGA KELGAN TRANSFORMATOR MOYLARNING

EKOLOGIK YECHIMLARI

Raximov M.N.

Farg'ona Palitexnika instituti, 2-kurs tayanch doktoranti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13382698 Annotatsiya Ushbu maqolada yaroqsiz transformator moyining atrof-muhitga yetkazadigan zararlari va ularni ekologik jihatdan zararsiz qayta ishlash usullari ko'rib chiqilgan. Maqolada transformator moyining chiqindilarini kamaytirish va ulardan samarali foydalanish uchun muqobil yechimlar taklif qilingan. Transformator moyini qayta ishlash va tozalash jarayonlarining iqtisodiy va ekologik samaradorligi tahlil qilinadi. Avvalo, transformator moylarini yoqish va utilizatsiya qilishning atrof-muhitga salbiy ta'sirlari muhokama qilinadi. Keyinchalik, transformator moylarini past quvvatli isitish tizimlarida va noturar joy binolarini isitishda foydalanish haqida tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Tansformator moyi, noturar joy binolar isitish,, tabiiy muhit, tozalash, qayta ishlash, utilizatsiya, filtrlash, ekologik muammo

1 KIRISH

Transformator moylari qayta tozalab yillar davomida foydalanish bilan moy o'zini texnik xususiyatlarini yo'qotishi munkin, ya'ni transformatorlarga qayta-qayta tozalashdan keyin moy butunlay yaroqsiz holga kelishi mumkin. Bu holatlarda transformator moylari qayta ishlashdan olinadigan foyda kamayadi, chunki qayta ishlashga sarflanadigan vaqt va mablag' ham keskin ortishi mumkin. Shuning uchun transformator moylari qayta ishlash o'rniga uni qayta ishlatish usulini qo'llash energiya resusr tejamkor maqdsadlarda ishlatishda maqsadga muvofiq yechim bo'lishi mumkin.

Neft va neft mahsulotlarini qazib olish, tashish, qayta ishlash muhitida moyning isroflari va ulardan foydalanish jarayonida yiliga 50 million tonnaga yaqin moy yo'qotiladi. Bor-yo'g'i 0,2^0,4 mg/l moyning mavjudligi suvni xlorlangan va filtrlanganda ham o'ziga xos hid beradi. Bir gramm moy 1 m3 suvda barcha tirik mavjudotlarni o'ldiradi. Bir tomchi neft suv yuzasida diametri 150 sm bo'lgan dog'ni qoldiradi, bu havo va suv o'rtasidagi gaz almashinuviga sezilarli to'sqinlik hosil qiladi [2].

Umuman olganda Yevropa ittifoqi mamlakatlarida chiqindi moylarning taxminan 75 % G'arbiy Yevropa mamlakatlarida to'planadi, 25 % i qayta ishlanadi va 50 % i yoqilg'i sifatida ishlatiladi [1].

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Yaroqsiz holatga kelgan moyni yoqish orqali

utilizatsiya qilish, bu holatda, chiqindi moylar atrof-muhitga katta zarar keltirmoqda. Hozirgi vaqtda tabiiy muhitning neftni qayta ishlash sanoati chiqindilari bilan ifloslanishi dolzarb muammoga aylanmoqda. Odamlar tabiatni tiklash uchun utilizatsiya jarayonlarini kamaytirish o'rniga, unga katta zarar yetkazishda

davom etmoqda. Bu atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi. Transformator moylarini filtrlash va qayta tiklashdan so'ng yog'ning fizik xususiyatlari keskin pasayadi, shuning uchun uni qayta tiklashdan ko'ra transformator moyini ikkilamchi mahsulot sifatida ishlatish foydaliroqdir. Yuqorida aytib o'tilganidek, ishlatilgan transformator moylarini utilizatsiya qilish, yoqish yoki yerga va suv havzalariga tashlash orqali yo'q qilinamoqda.

1.1-rasm. Ishlatilgan transformator moyini qayta tozalab ishlatish algoritmi

XL-Transformator moyi.

XI- Yaroqsiz holatga kegan transformator moyi.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR

TAHLILI

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. О-в MAY 2024

www.in-academy.uz

Yaroqsiz holatga kelgan transformator moylarining quyidagi muammolari majud; moylarni yoqish - atrof muhitga zararli gazlarni hosil qilishi; suv havzalariga oqizish - suv yuzasida qatlam xosil qilib suv ostidagi jonzotlarga kislorod o'tmasligi olib keladi. Yuqoridagi utilizatsiya qilish usullari ekologik muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shuning uchun transformator moyini utilizatsiya qilishda zamonaviy usullardan foydalanishni kerak. 1-jadvalga asosan 1.1-rasmda ishlatilib bo'lingan transformator moyini qayta tozalash ishlatish algoritmi keltirilgan, bunda Xl - transformator moyi, Xi - yaroqsiz holatga kelgan transformator moyi. Moyni elektr mustahkamligi Xl > 60 kV bo'lsa 220-500 kV kuchlanishli transformatorlarga qo'llash munkin. Transformator moyining teshilish kuchlanishi Xl < 30 kV bo'lsa transformator moyi Xi-yaroqsiz holatga bo'lib uni utilizatsiya qilish kerak. Faraz qilaylik, bitta moyli kuch transformatori bakidagi moy bir necha yil ichida utilizatsiyaga chiqariladi va yo'q qilinadi [3]. Utilizatsiyaga chiqarilgan transformator moyi yoqilganda atmosferaga chiqadigan zararli gazlar miqdorini hisoblab chiqamiz. 4 TAHLIL VA NATIJALAR E = M •K1 •TNZ •K2 • 44/12 (1.1) bu yerda

E-og'irlik birliklarida CO2 ning yillik chiqarilishi (tonna/yil);

M-yiliga haqiqiy yoqilg'i sarfi (tonna/yil); K:-yoqilg'i tarkibidagi uglerodning oksidlanish koeffitsienti (kuygan uglerodning ulushini ko'rsatadi), 1-jadval;

TNZ-kalorifik qiymati (J/tonna); K2-uglerod chiqindilari koeffitsienti (tonna/J;) 44/12-uglerodni karbonat angidridga aylantirish koeffitsienti (molekulyar og'irliklar mos ravishda: uglerod - 12 g/mol)

44

E = M •K1 • TNZ •K2^— = 1 2 12

44

= 1 • 0.99 • 40.12 • 20.31 •44 == 2957,86 t/y [3]

Shunday qilib, yuqoridagi (1.1) formuladagi hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, agar yiliga kamida 1600 kVA quvvatli transformator moyini yoqish natijasida atrof-muhitga bir xil miqdorda (yiliga 2957,86 tonna) zararli moddalar ajralib chiqsa, u holda global miqyosda moyni yoqish jiddiy zarar ekanligini ko'rishimiz mumkin. Atrof-muhitga zarar yetkazishimiz salbiy oqibatlarga olib keladi [3].

Utilizatsiyaga chiqarilgan transformator moylarini ekologik muammolarni oldini olish uchun quyidagi yechimni taklif qilamiz. Yuqori quvvatli transformatorlarning ishlatilgan yaroqsiz holatdagi moylarini qayta ishlash va bosqichma-bosqich

tozalashdan so'ng past quvvatli transformatorlarda foydalanish mumkin (1.1-rasm). Biz ushbu moyni noturar joy binolarini isitish tizimida ishlatishning eng samarali usulini ko'rib chiqamiz (moyli isitish qurulmalari) [4].

Transformator moyi uchun eng past elektr mustahkamlik kuchlanishi. 1.1-jadval

Moyli uskunaning ish kuchlanishi, kV Moyning elektr mustahkamlik kuchlanishi, kV

15 kV gacha (shu jumladan) 30

15 dan 35 kV gacha (shu jumladan) 35

60 dan 150 kV gacha (shu jumladan) 55

220 dan 500 kVgacha (shu jumladan) 60

5 XULOSA VA TAKLIFLAR

Ishlatilgan transformator moyini utilizatsiya qilish oqibatida atrof-muhitga zarar yetkazmasdan oqilona foydalanish yuqorida qayd etilgan ekologik muammolarni, uning yer yuzasiga, suv havzalariga tushishi bilan o'simlik va hayvonot dunyosiga yetkazadigan zararni ijobiy hal etish mumkin. Vaqt o'tishi bilan transformator moyi yoqilganda atmosferaga chiqadigan zaharli va zararli moddalar tabiiatga ziyon keltiriadi. Ishlatilgan transformator moyidan noturar joy binolarni isitishda foydalanilsa moyni yoqishda yuzaga keladigan ekalogik muamolarga yechim bo'lishi munkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Григорьев А. В. Отопление на отработанном масле //Промышленные и отопительные котельные и мини-ТЭЦ. - 2011. - №. 2. - С. 22.

[2] https://ief-usfeu.ru/

[3] Дехнич В. С., Дронин Н. М. Расчет выбросов парниковых газов коммунальным сектором г. Астана //Вестник Московского университета. Серия 5. География. - 2015. - №. 3. - С. 35-40.

[4] Смекалов В.В., Долин А.П., Першина Н.Ф. Condition assessment and lifetime extension of power transformers. (Оценка состояния и продление срока службы силовых трансформато-ров). Доклад СИГРЭ, 2002 г. -С. 102-107

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.