Научная статья на тему 'CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH DAVR-TALABI'

CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH DAVR-TALABI Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

2421
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yashil makon / ekotexnopark / utilizatsiya / avtomatlashtirish / minimal / poligon solig„i / loyhalashtirish / moliyalashtirish / infratuzilma / yashil makon / Green space / ecotechnological park / utilization / automation / minimal / landfill tax / planning / financing / infrastructure / green space

Аннотация научной статьи по промышленным биотехнологиям, автор научной работы — Nurjaxon Odilovna Raxmonova

Mazkur maqolada chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi, qayta ishlashdagi moliyaviy va infratuzilmaviy muammolar va Prezidentimiz tomonidan amalga oshrilgan qonun va loyhalarga keng to„xtaldik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, we focused on waste processing technology, financial and infrastructural problems in processing, and laws and projects implemented by our President

Текст научной работы на тему «CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH DAVR-TALABI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 10 | 2022

CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH DAVR-TALABI

Nurjaxon Odilovna Raxmonova

Toshkent davlat transport universiteti talabasi raxmonovanurj axon54gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi, qayta ishlashdagi moliyaviy va infratuzilmaviy muammolar va Prezidentimiz tomonidan amalga oshrilgan qonun va loyhalarga keng to'xtaldik.

Kalit so'zlar: Yashil makon, ekotexnopark, utilizatsiya, avtomatlashtirish, minimal, poligon solig'i, loyhalashtirish, moliyalashtirish, infratuzilma, yashil makon

ABSTRACT

In this article, we focused on waste processing technology, financial and infrastructural problems in processing, and laws and projects implemented by our President

Keywords: Green space, ecotechnological park, utilization, automation, minimal, landfill tax, planning, financing, infrastructure, green space.

KIRISH

Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatimizga do'stona munosabatda bo'lish, asrab avaylash har bir insoning vazifasidir.Shunindek tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini ko'zlab ongli ravishda o'zgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning go'zalligini, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitshga bor kuch bilimimzni safarbar qilishimiz zarur. Turli xil kimyoviy moddalarning ko'p qo'llanilishi, transport vositalarning ortiqcha ko'payib ketishi shaharlarning yiriklashuvi, atrof-muhitning buzilishiga, ayrim joylarning haddan tashqari ifloslanib ketishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilish muayyan o'lka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormoqda.Yerning ozon pardasidagi o'zgarishlar, dunyoda havo-haroratining ko'tarilib borishi, qutbiy va tog' muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Chiqindilarni qayta ishlash chiqindilarni boshqarish siyosatida eng muhim chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. So'nggi

October, 2022

377

yillarda mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlash masalasiga alohida e'tibor berilmoqda.

Birinchidan, respublikamizda chiqindilarni qayta ishlash jarayonini qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy va infratuzilmaviy muammolar mavjud.Chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishda tushgan mablag'lar miqdori chiqindilarini qayta ishlash bo'yicha to'liq mintaqaviy infratuzilmani yaratishga imkon bermaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 2-fevral kuni chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo'yicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishida maishiy chiqindi to'plash qamrovini 95% ga, qayta ishlash hajmini 40% ga yetkazish vazifasi qo'yilgan. Biroq, chiqindilarni qayta ishlash sohasida quyidagi muammolar saqlanib qolmoqda:

Respublika hududida 2019-yil holatiga ko'ra, umumiy quvvati yiliga 894 ming tonna qattiq maishiy chiqindilarni qaytda ishlaydigan 183 ta korxona mavjud. Taqqoslash uchun, Fransiyada 2,3 mln tonna quvvatga ega 300 dan ortiq korxona faoliyat yuritadi.

Shu sababli mazkur rag'batlantirish xalqaro moliya institutlarning imtiyozli mablag'lari hisobidan amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 2-fevral kun o'tkazilgan yig'ilishda import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismalar bojxona bojidan 3 yil muddatga ozod etilishi, saralash va qayta ishlash texnikalari xaridi uchun 5 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratilishi va ularning qayta moliyalashtirilishi stavkasidan oshgan qismi qoplab berilishi, bu ishlar uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag'lari hisobidan 5 yil muddatga bosqichma-bosqich 500 mlrd so'm kredit ajratilishi belgilab berilgan.

Shu sababli mazkur rag'batlantirish xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag'lari hisobidan amalga oshirib kelinmoqda.

Ikkinchidan, chiqindilarni qayta ishlash sohasida raqobat muhitini yaratish, chiqindilardan qayta ishlangan mahsulotlarga nisbatan talabni rag'batlantirish mexanizmlari mavjud emas.

Xorijiy davlatlarda qayta ishlangan materiallardan foydalangan holda olingan tovar va xizmatlar bozorini rag'batlantirish maqsadida ushbu mahsulotlarga nisbatan davlatning "yashil xaridi" tizimidan foydalanish imkoniyatlarini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratilgan.

Masalan, Xitoyda chiqindilarni qayta ishlash va qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanishga ko'maklashish

October, 2022

378

maqsadida davlat idoralari, davlat maktablari, davlat korxonalari va tashkilotlari hamda harbiy idoralar imtiyozli ravishda qayta ishlangan mahsulotlarni sotib olishi qonun bilan belgilangan.

Uchinchidan, chiqindilarni qayta ishlashdan ko'ra ularni yo'q qilishning boshqa muqobil usullaridan foydalanish amaliyoti saqlanib qolmoqda.

Xususan, mamlakatimizda chiqindilarni asosan poligonlarga joylashtirish yoki ularni yoqish usullaridan keng foydalaniladi. Qayd etish kerakki, poligonlarga chiqindilarni joylashtirish muammoning yechimi bo'lmaydi. Sababi poligonlarga joylashtirilgan chiqindilar atrof-muhitga zarar keltiruvchi asosiy manbalardan biridir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2028-yillarda O'zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish Strategiyasida umumiy maydoni 1 108,6 gektarga teng 167 ta poligonni yopish va rekultivatsiya qilish bilan bir qatorda, faoliyat yuritayotgan poligonlar o'rnida umumiy maydoni 693,3 gektarga teng 54 ta modernizatsiyalashgan poligon yaratish va umumiy maydoni 80 gektarg teng 5 ta poligon qurish vazifasi belgilangan.

Biroq, xorijiy davlatlarda poligonlarni sonini kamaytirish maqsadida optimal yechimlar ishlab chiqilgan va huquqiy mexanizmlar belgilangan. Masalan, Filippinda 2000-yilda "Qattiq chiqindilarni ekologik boshqarish to'g'risida"gi qonun kuchga kirgandan so'ng ochiq chiqindixonalarni tashkil etish va boshqarish taqiqlangan. Barcha ochiq chiqindixonalar uch yilgacha boshqariladigan chiqindixonalarga aylantirilishi va boshqariladigan chiqindixonalar esa besh yil ichida yopilishi kerakligi belgilangan. Faqatgina chiqindilarni qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan qoldiq chiqindilarni to'plash uchun sanitariya talablariga javob beradigan poligonlar qurilishiga ruxsat berilgan.

Shuningdek, Yevopaning ko'plab davlatlarida (Niderlandiya, Belgiya)da poligon solig'i joriy etilgan. Estoniyada 2009-yilda qayta ishlanmagan chiqindilarni ko'mish taqiqlangan va qat'iy jazo choralari o'rnatilgan. 2019-yildan Rossiyada ham qayta ishlanmagan chiqindilarni yoqish taqiqlangan.

Respublikamizda chiqindilarni yoqish esa poligonlarning o'zida amalga oshrilishi atrof-muhitga , aholi salomatligiga jiddiy xavf tug'dirmoqda.

Ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2019-yil 17-oktyabrdagi 12-son bilan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarni loyihalashtirish va ulardan foydalanish bo'yicha yo'riqnomada poligonlarning atmosferaga chiqarilayotgan

tashlamalarni monitoring qilish yoki energiya oilsh maqsadida

October, 2022

gazni faol ajratib olish tizimini o'rnatish maqsadga muvofiqligi keltirilgan xolos majburiyat sifatida o'rnatildi.

Rivojlanayotgan davlatlarda chiqindilarni yoqish va ulardan muqobil energiya manbalari olish majburiyat usulidan keng foydalaniladi.

Jumladan, Fransiyada qayta ishlanmaydigan chiqindilarni yoqish uchun 130 ga yaqin zavodlar mavjud. O'z o'rnida yoqishda hosil bo'lgan kul yo'l qurilishida, jarayonda hosil bo'ladigan issiqlik esa uylarni issiqlik bilan ta'minlashda foydalaniladi. Ayrim korxonalar yer ostida joylashgan bo'lib, ular tutun, badbo'y hid tarqatmaydigan texnologiyalardan foydalanadi.

Shvetsiya har yili o'rtacha 461 kg chiqindilarni ishlab chiqaradi, ammo yiliga 2 mln tonnadan ortiq chiqindilarni yoqib yuboradigan yoqish dasturidan foydalanadi. Bu esa mamlakat chiqindilarining yarmini energiyaga aylantirishni ta'minlaydi, buning uchun WtE zavodlari (chiqindi-energetika, WtE) mavjud. Shvetsiyada chiqindilarni energiyaga aylantirish dasturi 1940-yilda boshlangan. Zamonaviy chiqindilarni yoqish zavodlari to'liq avtomatlashtirilgan va minimal darajada xodimlarni jalb qiladi. Chiqindilarni yoqish bo'yicha qoidalar ham ishlab chiqilgan. Shvetsiyada chiqindilarni xomashyo sifatida yoqish uchun sertifikatlangan 32 ta issiqlik zavodlari mavjud. Ularning markazlashtirilgan issiqlik energiyasi bozoridagi ulushi 42% ni tashkil qiladi. Chiqindini yoqishdan hosil bo'lgan kuldan metallar ham olinadi. Hatto kanalizatsiyaga tashlanadigan organik moddalar ham energiyaga aylantiriladi, bunday chiqindilardan tarkibida metan bo'lgan biogaz, so'ngra shahar transporti uchun bioyoqilg'i ishlab chiqariladi. Natijada Shvetsiyada chiqindilar massasining atigi 1 foizi tashlandi.

Xorijiy mamlakatlarda chiqindilarni qayta ishlash sohasida "funksional jihatdan bog'liq ishlab chiqarish va texnologik infratuzilma obektlari majmuasi" bo'lgan ekotexnoparklardan foydalanish ham keng tarqalgan bo'lib, ular chiqindilarni qayta ishlash darajasini oshirish, chiqindilarni utilizatsiya qilish hajmini qisqartirish, yangi ish o'rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Masalan, mutaxassislarning fikriga ko'ra, Rossiya Federatsiyasida ekotexnoparklarning tashkil etilishi 2030-yilga kelib chiqindilarni qayta ishlash darajasini 10% dan 80% gacha oshirishga va qayta ishlangan mahsulotlarga bo'lgan talabni oshirishga yordam beradi.

Chiqindilarni qayta ishlash darajasini oshirish maqsadida quyidagilar taklif

etildi:

- chiqindilar sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun undiriladigan jarimalar, ruxsatnoma va litsenziya uchun to'langan mablag'lar, xorijiy va mahalliy grantlar, subsidiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan va faqat chiqindilarni boshqarish dasturlarini amalga oshirish uchun

October, 2022

380

sarflanadigan chiqindilarni boshqarish jamg'armasini tashkil etish;

- chiqindilardan qayta ishlangan mahsulotlarga nisbatan talabni rag'batlantirish mexanizmlarini, shu jumladan, davlatning "yashil xaridi" tizimini ishlab chiqish;

- qoldiq chiqindilarni joylashtirish uchungina poligonlar faoliyatiga ruxsat berish, poligonlar ochishni taqiqlash;

- qayta ishlanmagan chiqindilarni ko'mishni taqiqlash;

- Shvetsiya tajribasidan kelib chiqib, chiqindilarni yoqish va ulardan muqobil energiya manbalari olish imkoniyatlarini kengaytirish;

- chiqindilarni qayta ishlash sohasida ekotexnoparklar tashkil etish;

- mahalliy hokimiyat organlari tomonidan xo'jalik yurituvchi subektlarga ko'rsatilayotgan lizing xizmatlari ko'lamini yangi ekologik texnologiyalar, chiqindilarni boshqarishni optimallashtirish uchun mashina va uskunalarni sotib olish nuqtayi nazaridan kengaytirish;

- chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini maqsadli qurish (modernizatsiya qilish), texnologik qayta jihozlash uchun ekologik to'lovdan foydalanish imkoniyatlarini ko'rib chiqish;

- chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida turli xil chiqindilarni qayta ishlash bilan bog'liq atrof-muhitga yetkazilgan zararga qarab tabaqalashtirilgan soliqqa tortish tizimini joriy etish;

- maqsadli investitsiya loyihalari, shu jumladan chiqindilarni qayta ishlash kompleksini yaratish uchun kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini subsidiyalash;

- chiqindilarni qayta ishlashning yangi texnologiyalarini o'zlashtirgan korxonalarga soliq imtiyozlarini qo'llash;

- ikkilamchi moddiy resurslardan tayyorlangan mahsulotlarga nisbatan QQSni bekor qilish.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, inson tabiatning ajralmas bir bo'lagi. Tabiatimizni asrab - avaylash bugun har qachongidan muximroqdir. Har bir insonda ekologik bilim ko'nikmalrni, ekologik ongni shakillantirsh bugungi kunda eng muhim dolzarb muammolardan biridir va atrof-muhitdan oqilona foydalanish va tabiatga do'stona munosabatda bo'lish,har bir insonning burchidir. Kam chiqindili texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

REFERENCES

1. Qudratov O. Sanoat Ekologiyasi T: 000 y TTESI qoshidagi

XULOSA

nashriyot.

October, 2022

2. O'zbekiston Respublikasining "CHiqindilar to'g'risida"gi Qonuni (2002 yil 5 aprel № 362-II).

3. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. -T.: Saodat RIA, 1997.

4. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.

5. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. -Qarshi: Nasaf, 2003.

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.