Научная статья на тему 'YARIMO‘TKAZGICHLI LAZERNING PARAMERTLARINI MAGNIT MAYDON TA’SIRIDA O‘RGANISH'

YARIMO‘TKAZGICHLI LAZERNING PARAMERTLARINI MAGNIT MAYDON TA’SIRIDA O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

165
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Magnit maydon / yarimo„tkazuvchi lazer / aktiv muhit / nurning qutblanishi / injeksiya tok oqimi / chegara tok oqimi / Magnetic field / semiconductor laser / active medium / light polarization / injection current / boundary current.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Feruza Rahmadjanovna Achilova, Ivan Aleksandrovich Salovev, Elyor Abil Ogli Tursunqulov

Ushbu tadqiqodda biz zaif magnit maydonining ta'sirida yarimo„tkazgichli lazer nurining qutblanishiga ta'sirini o„rganib chiqdik. Tatqiqotda S-2S turidagi yarimo„tkazgichli lazeriga magnit maydon(70mT) perependikulyar ravishda qo„yildi (o„rnatildi) va biz yarimo„tkazgichli lazer nurining qublanishini oz miqdorda o„zgarish bo„lgani kuzatildi. Ushbu tadqiqod bir qator laboratoriya tajribalarida nurlanish manbai sifatida yarimo„tkazgichli lazerlarni turli xil ish rejimda muammosiz qo„llash undan tashqari optik aloqa uzatish va malumotlarni o„qish tizimi manbai sifatida xam foydalanish imkonini beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this study, we examined the effect of a weak magnetic field on the polarization of a semiconductor laser beam. In the study, a magnetic field (70mT) was placed perpendicular to the S-2S semiconductor laser, and we observed a small change in the reception of the semiconductor laser beam. This study allows the seamless use of semiconductor lasers as a source of radiation in a number of laboratory experiments, as well as the use of optical communication and data reading systems.

Текст научной работы на тему «YARIMO‘TKAZGICHLI LAZERNING PARAMERTLARINI MAGNIT MAYDON TA’SIRIDA O‘RGANISH»

YARIMO'TKAZGICHLI LAZERNING PARAMERTLARINI MAGNIT MAYDON TA'SIRIDA O'RGANISH

Feruza Rahmadjanovna Achilova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti mezon8326@gmail.com

Ivan Aleksandrovich Salovev

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti,fotonika kafedrasi Soloviev1964@mail.ru

Ushbu tadqiqodda biz zaif magnit maydonining ta'sirida yarimo„tkazgichli lazer nurining qutblanishiga ta'sirini o„rganib chiqdik. Tatqiqotda S-2S turidagi yarimo„tkazgichli lazeriga magnit maydon(70mT) perependikulyar ravishda qo„yildi (o„rnatildi) va biz yarimo„tkazgichli lazer nurining qublanishini oz miqdorda o„zgarish bo„lgani kuzatildi. Ushbu tadqiqod bir qator laboratoriya tajribalarida nurlanish manbai sifatida yarimo„tkazgichli lazerlarni turli xil ish rejimda muammosiz qo„llash undan tashqari optik aloqa uzatish va malumotlarni o„qish tizimi manbai sifatida xam foydalanish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Magnit maydon, yarimo„tkazuvchi lazer,aktiv muhit, nurning qutblanishi, injeksiya tok oqimi, chegara tok oqimi.

In this study, we examined the effect of a weak magnetic field on the polarization of a semiconductor laser beam. In the study, a magnetic field (70mT) was placed perpendicular to the S-2S semiconductor laser, and we observed a small change in the reception of the semiconductor laser beam. This study allows the seamless use of semiconductor lasers as a source of radiation in a number of laboratory experiments, as well as the use of optical communication and data reading systems.

Keywords: Magnetic field, semiconductor laser, active medium, light polarization, injection current, boundary current.

Elyor Abil o'g'li Tursunqulov

elyortursunqulov 1 @gmail.com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May, 2022

KIRISH

Hozirgi kunda fan va texnikaning tez rivojlanayotgan texnologik jarayonlar qatorida lazer texnologiyalari rivojlanishi ham muhim o'rin egallaydi. Yarimo'kagichli lazer diodining ixtirosi o'tgan asrning ikkinchi yarmidagi fizika sohasidagi eng yaxshi yutuqlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ularning maishiy, sanoat va harbiy sohalarda qo'llanilishi yuqori samaradorligini ko'rsatmoqda.[1]

Lazer diodlarining ishlash mexanizmidagi eng muhim omillardan biri bu chegara tok oqimining zichligi hisoblanadi. Lazer diodlar elektron juftlari (elektron-kovak) generatsiyasining yutilish jarayonlari tufayli tok oqimi kritik qiymatiga etib bormagunicha nurlanish chiqarmaydi, bu emissiya jarayonlarida ustunlik qiladi.

Rag'batlantirish emissiya ustunlik qilgaligi uchun chegara tok oqimida kuchaytirish koeffisent yoqotishlarga teng bo'ladi. Tok oqimini oshirishimiz bilan chegara tok oqiming og'ish samaradorligi oshadi va nurlanish spektr kengligi ortadi.

Lazer diodlarining chiqish quvvatiga, chegara tok oqimiga qutblanishiga in'jektsiya tok oqimi, harorat va faol qatlam qalinligi ta'sir qiladi. Lekin, u magnit maydon va bosimga bog'liqligi ham ma'lum. Buning sababi yutilishdagi yo'qotishlar, tok oqimi. va quvvatning to'yinganligidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Magnit maydonning ta'siri to'siqning kuchlanishiga yaqin qiymatda sodir bo'ladi, bu magnit maydon Fermi darajasiga ta'sir qiladi. Magnit maydon faol qatlam bo'ylab tashuvchilarning tarqalishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu jarayon Lazer diodlar tarqalish atrofidagi to'siq potentsialining kuchlanishi yaqinida namoyon bo'ladi. Magnit maydon lazer diodining tok oqimining zichligiga ta'sir qiladi va shu bilan faol qatlam yaqinidagi haroratga ta'sir qiladi. Natijada, lazer diodining tashqi quvvati, qutblanishi va chegara oqimi o'zgaradi. Lazer diodlariga magnit maydon ta'sir qilganda, Lorents kuchi ta'sirida tok va tok oqiming zichligi, hamda faol qatlamda ichki va tashqi harorat o'zgarishlar yuzaga keladi.[2]

Ushbu tadqiqotda magnit maydonda yarimo'tkazgichli lazer nurlanishining qutblanishni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot ob'ekti - S-2S tipidagi, moduli d9x21mm, chiziqli, qizil, to'lqin uzunligi 650 nm, nurlanish quvvati 5 mW bo'lgan yarimo'tkazgichli lazer(ishlab chiqaruvchi - "Komoloff", Rossiya). 1-rasmda eksperimental qurilma tasvirlangan.

May, 2022

1-rasm. 1 - elektr ta'minot manbai ulangan 2 - voltmetr o'lchash moslamasi, 3 - ampermetr, 4 - yarimo'tkazgichli lazer (LD), 5 - fotodiod (FD-7K), 6 - fotodiodda hosil bo'lgan elektr tokini o'lchash uchun ampermetr, 7 - uzib ulagich, 8-analizator iborat.

Natijalar kuchlanishi 3 V, doimiy o'zgarmas toki 25 mA va magnit maydonni B=70 mT bo'lganda olindi. Quyidagi 2-rasmda eksperimental qurilma tasvirlangan:

2-rasm. 1 - elektr ta'minot manbai ulangan 2 - voltmetr o'lchash moslamasi, 3 -ampermetr, 4 - yarimo'tkazgichli lazer (LD), 5 - fotodiod (FD-7K), 6 - Fotodiodda hosil bo'lgan elektr tokini o'lchash uchun ampermetr 7 - uzib ulagichda, 8-analizator, 9 - doimiy magnitlar (NdFeB) iborat.

May, 2022'

627

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Tajribada yarimo'tkazgichli lazerni nurlanishining magnit maydonda va magnit maydonsiz qutblanish darajasi aniqlandi. Quyida grafikda tajriba natijalari keltirilgan.

3-rasm. Yarimo'tkazgichli lazerning paramertlarini magnit maydon ta'sirida

o'rganish natijalari

pr _ ¡max-¡min _^ ^g g % P' = Irnax~Imin —~ 20%

¡max^^min ¡max^^min

O'lchov natijasida kichik zaif magnit maydon lazerning faol muhitiga juda oz miqdorda ta'sir qilganligi ko 'rishimiz mumkin.

XULOSA

Yarimo'tkazgichli lazerga magnit maydon perpendikulyar proektsiyalangan(o'rnatilgan)da lazer nurining qutblanishi o'rganildi. Biz o'rgangan ta'sir lazer nurining qutblaishiga aynan magnit maydon tomonidan ekanini ko'rish uchun har qanday o'lchov natijalari maxsus parametr(tok kuchi va kuchlanish)larini o'zgarishsiz bo'lishi ta'minlash kerak.

Biz shunu kuzatdikki, yarimo'tkazgichli lazerga magnit maydon qo'yilganda oz miqdorda 0,2 ga o'zgarish bo'lganini ko'ramiz.

REFERENCES

1. https://ledjournal.info/spravochnik/lazernye-diody.html

d ©

May, 20221

628

2.https://www.researchgate.net/publication/337051803_Characteristics_of_Semicond uctors_Laser_Under_Influence_of_Magnetic_Field

3.Grishanov.V.N."Lazerli o'lchovlar" [Elektron resurs]: Masofaviy ta'lim tizimidagi ilmiy-o 'quv moduli - Samara, 2012 y.

4. Zvelto O. Lazerlar tamoyillari. M.: Mir, 1984.2008

5. E.N. Nazirov, D.E. Nazirov, A.T. Teshaboyev.YARIMO'TKAZGICHLAR FIZIKASI LUG'ATI. Toshkent.«Universitet» 2008

6.https://cyberleninka.ru/article/n/issledovanie-parametrov-poluprovodniko-vyh-lazerov.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.