YANGI STRUKTURALI GAZLAMALARDAN KOMBINATSIYALASHGAN KIYIM MODELI UCHUN MATERIAL XUSUSIYATLARI TAHLILI
D. M. Abdujabborova
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti
G. G. Bazarbaeva
Ilmiy rahbar, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti
Ushbu maqolada yangi strukturadagi gazlamalardan kombinatsiyalashgan kiyim modelini loyixalash uchun tola tarkibi bir biriga yaqin bo'lgan djinsi materiali va trikotaj polotnolarini xususiyatlari taxlil qilingan.
В данной статье анализируются свойства джинсовой ткани и трикотажного полотна с аналогичным волокнистым составом для проектирования комбинированной модели одежды из тканей новой структуры. This article analyzes the properties of a denim material and a knitted fabric with a similar fibrous composition for the design of a combined clothing model from fabrics of a new structure.
Kalit so'zlar: rambinatsiyalash, kiyim modellari, tolalari tarkibi, kiyimning sifati, djinsi gazlamasi, trikotaj matosi, modellarini loyixalash, materiallarning xususiyati.
Kombinatsiyalashgan kiyim modellari - ikki yoki undan ortiq va tarkibi bir -biriga yaqin bo'lgan gazlamalardan tikiladi. So'nggi yillarda dunyo bo'yicha kombinatsiyalashgan kiyim modellari urf bo'la boshladi. Bazi kiyim modellari bir necha turdagi gazlamalardan foydalanib yaratilganladi. Bunda albatta foydalanilayotgan gazlamalatning tolalari tarkibi, hususiyatlari o'rganib chiqilishi zarur. Chunki kiyimga materiallarni kombinatsiyalashda gazlama hususiyatini etiborga olish zarur, sababi inson dinamik harakatini cheklamasligi, tana a'zolariga shikast yetkazmasligi, kiyimga tehnologik ishlov berish jarayonida kiyimning sifati buzilmasligi lozim.
ANNOTATSIYA
KIRISH
May, 2022
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Djinsi gazlamasi XIX asrda paydo bo'lgan bo'lib, gazlama dastlab 100% paxtadan qilingan. So'nggi yillarda sintetik tolalar qushilgan djinsi gazlamalari ham tobora ommalashib bormoqda - birinchi navbatda elastan, uni ba'zan laykra (lycra) va spandex (spandeks) deb atashadi. Bu uchta atamaning barchasi bir xil materialga tegishli, shunchaki "elastan" so'zi Evropada, "spandeks" so'zi esa Shimoliy Amerikada keng tarqalgan; laykra bu spandex / elastan brendlaridan biridir. Amerikada shunday bir o'simlik - "Yukka" o'simligi mavjud. Yukka doimiy yashil o'simlik Asparagaceae oilasiga mansub. Amerika Qo'shma Shtatlarida hozirgi kunga qadar ham djinsi gazlamasini tayyorlashda gazlama tarkibiga qo'shiladi. Yukka o'simligi ipi djinsi gazlamasining mustaxkamligini oshirish borasida ijobiy hususiyatga ega.[1, 2].
Jins gazlamasiga ishlov berish jarayonlari. 1-rasm.
Tahlil qilinayotgan djinsi gazlamasi stretch tola tarkibli bo'lib - ozgina cho'ziluvchan va ko'p yuvishga chidamli, qulay va hozirgi moda tendensiyasiga mos. Bu djinsi gazlamasi kiyganda
cho'ziladi ammo yuvilganda yana avvalgidek hajmiga qaytadi. Bu djinsi gazlamasining tarkibi
quyidagicha: Paxta 78.5% Poilester 30% Elastan 1.5% Rangli va qulay jinsilar, uzoq vaqt davomida kiyiladi. Klassik djinsi shimlardagi yon choklarning barcha ichki tomonlari tikuv mashinalarida tikilgan biriktirma choklar bilan tavsiflanadi. Ba'zan (juda kamdan-kam hollarda) ular boshqacha tarzda qayta ishlanadi.
"Klassik jinsi to'quv dastgohlarida to'qiladi va odatda juda bardoshli, mustahkam va sifatli bo'ladi. Ushbu matoning rulonlari ko'pincha tor bo'ladi, garchi ba'zi mashinalar djinsini o'xshash qirrali va keng rulonlarga to'qishi mumkin. Klassik djinsi oddiy djinsidan ko'ra ko'proq qadrlanadi, chunki djinsi sifati va chidamliligi ko'p jihatdan u xom
May, 2022
319
ashyoning xususiyatlari bilan ifodalanadi. 2-Rasm. Kiyim modeli.
Yuvilmagan va zavod ishlovisiz tayyorlangan djinsilar yuvilgandan keyin juda qisqarishi mumkin, shuning uchun ular bilan ishlayotganda djinsining bu hususiyatini hisobga olish kerak. Yuvilgan djinsi 7-8% ga kirishadi. Qisqarishning taxminiy foizini ishlab chiqaruvchidan yoki material hususiyatlari tajribalari natijalaridan bilish mumkin. Yuvilmagan djinsi gazlama "xom" gazlama deb ataladi. Bu djinsi gazlamasi bilan trikotaj gazlamalarini kombinatsiyalashtirib loyihalangan model uchun shu tanlangan djinsi gazlamasiga mos hususiyatli trikotaj matosini ham tanlab olish zarur. 2-rasm.
Trikotaj (fr. trikotaj) - trikotaj to'qimachilik materiali yoki trikotaj matodan tayyor mahsulot, shuningdek, bir qismli trikotaj mahsulot bo'lib, uning tuzilishi gazlamadan farqi, bir-biriga boglangan iplardan iborat matodir: Trikotaj mato cho'zilish, elastiklik va yumshoqlik kabi hususiyatlar bilan ajralib turadi. Trikotaj matolarni ishlab chiqarishda sintetik, paxta, jun va ipak tolalari sof shaklda yoki turli xil kombinatsiyalarda, shu jumladan elastan qo'shib ham ishlab chiqariladi.
Trikotajda turli toifadagi to'quvlarni birlashtirish usuliga ko'ra, oddiy, hosilaviy-kombinatsiyalangan, naqshli va murakkab kombinatsiyalangan trikotajlar farqlanadi. Trikotaj yuvilganda 6-8% ga kirishadi. Trikotaj, shuningdek, cho'zilish, mustahkamlik, bo'shashmaslik (to'qish yonalishi bo'yicha ham, unga qarshi ham), qirralarning buralishi, tikuv ustunlari va qatorlarida ilmoqlarning yo'nalishi, sirt zichligi bilan ajralib turadi. Trikotaj matolarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida turli xil materiallar qo'llaniladi: tabiiy (paxta, jun, zig'ir, ipak); suniy (atsetat, viskoza va uning navlari) sintetik (laykra, polester, elastan). [3, 4].
Trikotajning tehnologik xususiyatlarini oshirish uchun kompozitsiyaga malum foiz sintetik tolalar qo'shiladi. Misol uchun, sof paxta juda ko'p kirishishi mumkin, ammo agar kompozitsiyaga 5% likra qo'shilsa, material "elastik" bo'ladi - u cho'ziladi va cho'zilgandan keyin avvalgi shaklini olish oson bo'ladi. Taxlil qilinayotgan trikotajning tarkibida paxta 70%, poliyester 30% va u trikotajning "Pike" turi hisoblanadi. Polyiester tanlangan ikkita gazlama tarkibida ham bo'lib, u gazlamaning mustahkamligini oshiradi.
Kombinatsiyalashgan kiyim modellarini loyixalash jarayonida materiallar strukturasi, tola tarkibi, fizik - mexanik
XULOSA
xususiyatlarini e'tiborga olish zarur. Tayyor kiyim sifati
May, 2022
texnologik ishlov berilish darajasi bilan bir qatorda tanlangan materiallarning xususiyati bilan bog'liq.
REFERENCES
1. А.Г.Коган. Теоретические и технологические основы формирования комбинированных текстильных материалов. Дисс. на соиск. д.т.н. 2019.М.
2. Я.Н.Николаевна. "Теоретические и технологические основы формирования комбинированных текстильных материалов". "Технология текстильной промышленности". 2020. 42-45стр.
3. Л.В.Орленко, Н.И.Гаврилова. Конфекционирование материалов для одежды. М. Форум. 2020. 61-66стр.
4. В.Ю.Туханова. Разработка технологии проектирования устойчивых конструкций швейных изделий. Дисс. на соиск. к.т.н. 2019.М.
® о
May, 2022|
©
ф'