¿>
I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2
YANGI O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY VA HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR VAZIFALARI
Obbosxonov A.A. -
O'zMU tadqiqotchisi
Yoshlarning o'z-xohish irodasini erkin namoyon etishi, bilimi, intelektual salohiyati, hayotiy tajribasi, huquqiy savodxonligi va o'z huquqlarini himoya qilishi ularning jamiyatdagi mavqeini belgilab berishning, muhim omilidir.Yoshlarga oid institutsional tuzilmalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohatlat jarayonlaari bilan bog'liq ravishda mustahkamlanib bormoqda. Davlatamiz bu jarayonlarda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ular salohiyatining yorqin namoyon bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda. Yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlartirish ma'naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg'unligida amalga oshirishni davr taqozo qilmoqda.Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta'kidlaganidek "Mafkura sohasida bo'shliq degan narsaning o'zi xech qachon bo'lmaydi. Chunki qalbi, miyasi, ongu tafakkuri xech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta'sirlanishdan tuxtamaydi. Demak, unga ma'naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o'zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo'ladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yo'l qo'ymasligimiz kerak."
2023-yilning 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19 milliondan ortiq yoki aholining 55 foizini tashkil qiladi. Mehnat bozoriga har yili 600 ming yoshlar kirib kelayotgan bo'lsa, kelgusi 10 yilda bu raqam 1 millionga etadi. Shu bois yoshlarga sifatli ta'lim berish, kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ishlarni mahallada tashkil etish bo'yicha vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 500 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor yoshlar yetakchilari tayinlandi. Bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi, ularni manzilli qo'llab-quvvatlash amalga oshirildi. Shu bois yoshlarga sifatli ta'lim berish, kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ishlarni mahallada tashkil etish bo'yicha vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 500 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor yoshlar yetakchilari tayinlandi. Bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi, ularni manzilli qo'llab-quvvatlash yo'lga qo'yildi.
Videoselektor yig'ilishida ma'naviy targ'ibotning qamrovi va ta'sirchanligi pastligi, yoshlarning qiziqishlari inobatga olinmayotgani ko'rsatib o'tildi.
Shu bois Ma'naviyat va ma'rifat markazi faoliyatini takomillashtirish, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilib, ularga sog'lom fikr beradigan manbalarni ko'paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Umuman, bu sohadagi davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan "Yangi O'zbekiston yoshlari" dasturini ishlab chiqish, qonunchilikni o'zgartirish vazifalari belgilandi.
Prezidentimiz yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi ekanini ta'kidladi.
Tadqiqotchilar O'zbekistonda shakllangan siyosiy madaniyatning quyidagi umumiy xususiyatlari mavjud, deb ko'rsatishadi:
-Alohida olingan shaxs manfaatlarining davlat va jamiyat an'analariga hamohangligi;
-Ijtimoiy muammolarni hal etishda davlat va jamiyatming halq qiluvchi ahamiyatga molik roli e'tirof etilishi;
-Hokimiyatga hurmat bilan munosabatda bo'lish an'anasining mavjudligi rahbarlarning ma'naviy qiyofasiga yuksak talab qo'yish;
-Parlament va boshqa vakillik organlarining ijtimoiy hatotdagi roliga e'tiborli munosabatning mavjudligi;
-Deyarli siyosiy partiyalar vakillariga xos bo'lgan xislat- o'z g'oy va tamoyillarning to'g'riligiga qat'iy ishonch.
¿>
I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2
"Shaxs-davlat-jamiyat tizimida manfaatlarni uyg'unlashtirish nafaqat siyosiy jarayonlarni ratsional boshqarish ehtiyojidan, shu bilan birga, sharqona axlob-odob va demokratiya talablaridan ham kelib chiqadi. Demokratik taraqqiyotning manfaatlar rang-barangligi kengaygan sharoitda ularni mutanosiblashtirish, utg'unlashtirish siyosiy faoliyatning bosh vazivasiga aylanadi.Alohida olingan har bir shaxs va guruhning maanfatlarini rad etmagan holda, ularni sintezlash vas hu tariqa uyg'unlikka erishish-g'oyat murakkab vazifa, ammo bu vazifanihal etishni ratsional usulini topmay fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurib bo'lmaydi".
Ijtimoiy faollik kishilarning xususiy extiyojlarini qondirish maqsadi bilan bog'liq xatti-harakat bo'lsada, uni ratsional tashkil qilish kerak. Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishga qaratilgan faoliyat destruktiv, betartib, o'zboshimchalik ifodasi bo'lishi mumkin emas. Uyushtirilganlik va ratsionallik har qanday ijtimoiy-siyosiy faoliyatning xususiyati sifatida ixtiyoriy, ommaviy xatti harakatlarni sotsium manfaatlari bilan uyg'unlashtirish imkonini beradi. Bunday tashkilotchilik funksiyasini fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari yoki nodavlat tashkilotlari bajaradi "Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tish" tamoyili ham ana shu uyushgan yoki tashkil etilhan fuqarolik institutlari orqali amalga oshiriladi.
Yoshlarning Mahalla ma'naviy-madaniy hayotini tashkil etish va boshqarishda ishtirok qilish ularda ijtimoiy faollikni shakllantiradi, undagi o'zining ijodiy tashkilotchilik qobiliyatini o'stiradi. Aholi bilan muloqot esa kishilarda munosabatlarni mustahkamlaydi, bir-biriga yordam berish, ahil bo'lib yashash, kommunitar turmush tarzining afzalligini tuyish imkonini beradi.
Milliy o'zlikni anglash ijtimoiy rivojlanishning obyektiv sharoitlarida shakllanadi va rivojlanadi. Vatanga sadoqat milliy o'zlikning anglasgning shakllanishi va rivojlanishi uchun muattan zami n yaratadi va u siyosiy madaniyatda o'z ifodasini topadi. Agar xalqlarning mental xususiyatlaridan kelib chiqib fikr yuritadigan bo'lsak, bizga malumki, o'zbek xalqi g'ururi, oriyati, ma'naviyati baland xalq hisoblanadi. Bu hech shubhasiz, katta boylik Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu boylikni yo'qotib qo'ysak, kelgusi avlodlar bizni also kechirmaydi.
Bugungi kundagi siyosiy madaniyat va milliy o'zlikni anglashning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bunda har qanday ijobiy omil faqat salbiy omilning nisbati sifatidagina mavjud bo'lishini unutmaslik kerak. Milliy o'zlikni anglash o'zining betakrorligi va o'ziga xosligi bilan ximoya qilar ekan, agar u millatchilikni ozgina bo'lsa ham himoya qilsa va unda o'zining salbiy ziddini ko'rmasa, amalda rivojlana olmaydi. Yangi milliy tuzulmalarning vujudga kelishi bilan hisoblashishni istamaydigan kuchlar ham, milliy omillarni targ'ib qiluvchi, boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni uzuvchi kuchlar ham teng darajada xavflidir. Shaxsda milliy o'zlikni anglash hissining shakllanishi va rivojlanishi obyektiv jaraon bo'lib, u sirtdan ta'sirlarga bo'ysunmaydi.
Bizning fikrimizcha,siyosiy madaniyat o'zini o'zi tartibga soluvchi mexanizm sifatida amal qilinishi ikki darajada rivojlanishi mumkin: birinchi -milliy birlikning o'zgarayotgan vaziyatga moslashivuni nazarda tutuvchi moslashish darajasida; ikkinchi-milliy tuzilmalar faoliyatining u yoki bu jihatlari faol tus olishidan iborat bo'lgan moslashish darajasida.
Shaxsning siyosiy madaniyati darajasining madaniy yuksalishini ta'minlovchi milliy uyg'onishda ma'rifa va vatanparvarlik ulkan ro'l o'ynaydi. Aynan shu omillar uning poklanishiga, soxta ideallar va g'oyaviy illyuziyalardan xalos bo'lishiga ko'maklashishi, halollik, ezguli va haqiqatning qaror topishiga imkoniyat yaratish mumkin Ma'rifat va vatanparvarlikdan xalqni kamsitgan va kamsituvchi hamma narsaga chuqur nafrat shakkalrini topish va targ'ib qilishgina emas, balki ezgulik va oliyjanoblik urug'ini sochuvchi hamma narsani ulug'lashni ham kutish o'rinli bo'ladi
Tajriba milliy omillarni tushunmaslik, ularni e'tiborga olmaslik yoki ularga loqaydlik, milliy hayotning barcha sohalarini yangilash asoslari haqidagi dogmatic fikrlash uslubi, ushbu jarayonda mavjud jiddiyatlarga e'tiborsizlik, milliy va vatanparvarlik asoslarining rivojlanishi yo'lida sun'iy to'siqlar yaratish milliy rivojlanish uchungina emas, balki umuminsoniy qadriyatlar taraqqiyoti uchun ham zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Siyosiy madaniyat, milliy o'zlikni anglash, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar yaxlit hodisa- inson ma'naviy dunyosinig muhim omillaridir. Tahlil bu erda o'rganilmagan jihatlar hali
bisyor ekanligini ko'rsatadi. Siyosiy madaniyat, milliy o'zlilni anglash va vatanparvarlikning rivojlanishi bilan bog'liq real vaziyatdan kelib chiqib a) milliy rivojlanish jarayoning demokratiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, siyosiy madaniyat, milliy o'zlikni anglash va vatanparvarlik sohasidan barcha oh'riqlar chiqib ketishiga to'sqinlik qilmaslik; b) moddiy va ma'naviy qadriyatlarni o'zaro ayiraboshlash, ma'naviy qadriyatlarni targ'ib qilish shakllari va usullari doirasining kengayishi uchun zamin yaratish muhimdir.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga O'zbekistonda yoshlar soni (14 - 30 yoshdagi) 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.
«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan o'tkazilganyoshlar qay darajada o'z huquqlarini biladi degan ijtimoiy so'rovnomada Yoshlar orasida o'z huquqini bilmaydiganlar 36,5 foizni, huquqlarining aksariyatini biladiganlar 50,6 foizni tashkil etadi. Faqatgina 1,7 foizi yoshlargina o'z haq-huquqlari xususida to'liq ma'lumotga ega. Mazkur statistik ma'luotlar «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan «Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatga moyil yoshlarni aniqlash» mavzusida o'tkazilgan tadqiqot natijalari sifatida taqdim etildi. Tadqiqot davomida yoshlarning huquqiy savodxonlik, jinoyatchilik haqidagi tasavvurlari so'rovnoma asosida tahlil qilindi.So'rovnoma natijalariga ko'ra, yoshlarning 41,3 foizi huquq haqidagi bilimlarini ommaviy axborot vositalaridan, 38,5 foizi o'qituvchi va ustozlaridan, 35,1 foizi huquq fani o'qitilishi davomida beriladigan ma'lumotlardan oladi.Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning 72,4 foizi ba'zi hollarda o'z huquqini bilmasligini his qilishini ko'rsatib o'tgan.«Jinoyat qilishga moyil bo'lgan yoshlarning asosiy xususiyati nima?» degan savolga 47 foiz respondent ko'p vaqtini ko'chada o'tkazish, 42,1 foizi alkogol va giyohvand moddalarni iste'mol qilish, 34,9 foizi agressivlikni asosiy xususiyat sifatida qayd etgan.Shuningdek, tadqiqot davomida huquqiy savodxonlikning pastligiga sabablar ham sanab o'tilgan. Yoshlarda huquqiy bilimning etarli emasligiga tadqiqot ishtirokchilarinng 43,9 foizi shaxsiy qiziqishning yo'qligini, 22,8 foizi huquqiy tarbiya tizimining nomukammaligini, 14,2 foizi yoshlarni huquqiy ma'lumotlar bilan ta'minlash tizimining samarasiz ekanligini sabab sifatida ko'rsatib o'tgan.
"Yoshlar daftari"ga 396 mingdan ziyod yoshlar kiritilib, 278 ming nafari yoki o'tgan yilning mos davriga nisbatan 70 ming nafardan ortiq yoshga 430 milliard so'mlik yordam ko'rsatildi. Yoshlar etakchilari tavsiyasi bilan 44 mig nafar talabaga 130 milliard so'm kantrakt pullari to'lab berildi va 257 ming nafariga 3,2 trillion so'mlik imtiyozli ta'lim kreditlari ajratildi.
Shu bilan birga, 2023-yilning o'tgan davri mobaynida yoshlar va sport sohasiga oid jami 25ta normativ-huquqiy hujjat (O'zbekiston Respublikasining qonuni- 1 ta, Prezident farmoni-1 ta va qarori-7 ta Vazirlar mahkamasi qarori-11 ta va farmoyishi-3 ta hamda idoraviy normativ huquqiy-hujjat-2 ta) qabul qilindi Xulosa qilib aytganda jamiyatga yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun yoshlarni siyosiy va huquqiy madaniyatlarini shakllantirish muhim omillardan biri bo'lib, ijtimoiy faollikni ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida siyosiy-huquqiy bilimlarni talab etadi. Faqat siyosiy-huquqiy bilimga va madaniyatga ega shaxsgina jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol qatnashadi, ijtimoiy faollikni o'zining fuqarolik burchi deb bilad. Yoshlarda milliy o'zlikni anglash kabi tushunchalarni paydo qilish uchun uchun moddiy va madaniy meroslarni chuqur o'rganish ham talab etilmoqda. Bu fazilarlarni uyg'un ravishda shakllantirishni va rivojlantirishni O'zbekistonda uchinchi Renesans poydevorini yaratish asosiy mezonlardan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR:
1.Ш.Мирзиёевнинг Янги Узбекистан стратегияси.-Тошкент Узбекистан, 2021-йил 274-бет.
2.Президент Ш.Мирзиёев раислигида 2023-йил 11-апрел куни ёшлар сиёсати сохдсидаги ишлар натижадорлигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йигилиши.
3.Узбекистан Республикасининг давлат мустакиллиги тугрисидаги хужжатлар. -Т,1991; Мустакиллик тарихи- Тошкент: Шарк; 2000;
4.Отамуродов С. Ёшлар сиёсий маданиятини ривожлантириш омиллари. Тошкент "Узбекистан" 2015
5. Муминов А.Г. "Ижтимоий-гуманитар фанларни ук;итишда Президент Ш. Мирзиёвнинг "Янги Узбекистон стратегияси" асаридан фойдаланиш". Журнал: Academic research in educational sciences, 2022, №3, 70-76 бетлар
REZYUME:
Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonda yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalari, shuningdek yoshlarda vatanparvarlik, milliy o'zlikni anglash, daxldorlik hislarini shakllantirish masalalarini tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: siyosiy ong, siyosiy madaniyat, jamiyat, qadriyat, huquqiy madaniyat, fuqaroviy ong, daxldorlik, milliy o'zlikni anglash, vatanparvarlik.
РЕЗЮМЕ:
В данной статье анализируются приоритетные задачи развития правовой и политической культуры молодежи Нового Узбекистана, а также вопросы формирования патриотизма, национальной идентичности и чувства принадлежности среди молодежи.
Ключевые слова: политическое сознание, политическая культура, общество, ценности, правовая культура, гражданственность, вовлеченность, осознание национальной идентичности, патриотизм.
RESUME:
This article analyzes the priority tasks of developing the legal and political culture of young people in New Uzbekistan, as well as the issues of forming patriotism, national identity, and sense of belonging among young people.
Key words: political consciousness, political culture, society, value, legal culture, civic consciousness, involvement, awareness of national identity, patriotism.