Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM-TARBIYA MUTANOSIBLIGINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM-TARBIYA MUTANOSIBLIGINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

63
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / tarbiya uyg„unligi / milliy rivojlanish / ma‟rifatli jamiyat / intellektual mulkni / Uchinchi Renessans / aqlli iqtisodiyot / “Bir million dasturchi”. / education / harmony of education / national development / enlightened society / intellectual property / Third Renaissance / smart economy / "One million developers".

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Pozilov Abrorjon Raximjon o'g'li, Shaturayeva Sevara Tashmuratovna

Maqolada bugungi jamiyatimizda barqaror taraqqiyotni ta‟minlashdagi asosiy omil sifatida ta‟lim-tarbiya uyg„unligini ta‟minlash masalalari yoritilgan. Tarixiy manbalar asosida mutaffakkirlarning ilm, ilm egallash haqidagi qarashlari tahlil etilgan. Yangi O„zbekistonda ta‟lim-tarbiya tizimida e‟tibor qaratish lozim bo„lgan jixatlar hayotiy misollar bilan bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article highlights the issues of ensuring the harmony of education as the main factor in ensuring sustainable development in our society today. On the basis of historical sources, the views of thinkers on knowledge and acquiring knowledge are analyzed. Aspects that should be paid attention to in the education system in new Uzbekistan are described with real examples

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM-TARBIYA MUTANOSIBLIGINI TA’MINLASH ISTIQBOLLARI»

YANGI O'ZBEKISTONDA TA'LIM-TARBIYA MUTANOSIBLIGINI

TA'MINLASH ISTIQBOLLARI

Abrorjon Raximjon o'g'li Pozilov Shaturayeva Sevara Tashmuratovna

Toshkent davlat agrar universiteti Huquq va turizm fakulteti Ijtimoiy gumanitar

fanlar kafedrasi o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungi jamiyatimizda barqaror taraqqiyotni ta'minlashdagi asosiy omil sifatida ta'lim-tarbiya uyg'unligini ta'minlash masalalari yoritilgan. Tarixiy manbalar asosida mutaffakkirlarning ilm, ilm egallash haqidagi qarashlari tahlil etilgan. Yangi O'zbekistonda ta'lim-tarbiya tizimida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jixatlar hayotiy misollar bilan bayon qilingan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya uyg'unligi, milliy rivojlanish, ma'rifatli jamiyat, intellektual mulkni, Uchinchi Renessans, aqlli iqtisodiyot, "Bir million dasturchi"

ABSTRACT

The article highlights the issues of ensuring the harmony of education as the main factor in ensuring sustainable development in our society today. On the basis of historical sources, the views of thinkers on knowledge and acquiring knowledge are analyzed. Aspects that should be paid attention to in the education system in new Uzbekistan are described with real examples.

Keywords: education, harmony of education, national development, enlightened society, intellectual property, Third Renaissance, smart economy, "One million developers".

KIRISH

Ta'lim bilan tarbiyani barobar olib borish, uyg'unlashtirish har doim va hamma davrlarda dolzarb masala bo'lib kelgan. Ya'ni yuqori ilm egasi bo'la turib, tarbiya bo'lmasa, undan jamiyat naf ko'rmaydi, aksincha tarbiyali shaxsda ilm bo'lmasa, u yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirishga qodir bo'lmaydi. Ta'lim-tarbiya - bu insonlarda ijobiy hislatlarni tarkib topishiga xizmat qiluvchi eng taraqqiyparvar omil. Ma'lumki, makon va zamonlar osha insonlar o'rtasida ilmsizlik, bilimsizlik rishtalari o'rniga johiliyatni keltirib chiqaruvchi salbiy holat sifatida qoralab kelingan[1].

Milliy o'zlikni anglashda ajdodlar qoldirgan meros qadrli

November, 2023

44

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

va ta'sirchan, izchil milliy dasturiy namuna bo'lib kelgan. Ammo hayotning shavqatsiz siyosiy ta'siri natijasida, mafkuraviy tazyiq oqibatida ta'lim-tarbiya uzviyligida ma'lum muddat ortga chekinish holatlari ham kuzatilgan. Milliy rivojlanish tizimida ta'lim-tarbiyaning hozirgi va o'tmishdagi holatini o'rganishda ular o'rtasida o'zaro sababiyat, bog'liqlik bor. Milliy mustaqillik, milliy o'zlikni anglash tushunchasini ifodalashda, xususan, tarbiya uzviyligini ta'minlashda - kuchli ilm, ma'rifiy makon va zamonning o'rni ilmiy jihatdan asoslashda e'tibor qaratiladigan omillar ko'rsatib o'tilgan. "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan ta'lim-tarbiyaning mutanosib tashkil etish vazifalari va bajarilishi kerak bo'lgan masalalarga e'tibor qaratilgan.

ADABiYOTLAR TAHLiLi VA METODOLOGiYA

Ta'lim-tarbiya jarayonida insoniylikning turli qirralari o'rgatib kelinganki, bunda ta'lim bilan tarbiya masalalari o'ziga xos juftlik tarzida shakllansa kuchli va foydali bo'ladi. Ta'lim bilan tarbiyani barobar olib borish, uyg'unlashtirish har doim va hamma davrlarda dolzarb masala bo'lib kelgan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar ilm-fan, ta'lim-tarbiyaga aloqador muammolarni aniqlash, ommaga yetkazishni bugungi davr talab etmoqda. Milliy an'ana va qadriyatlarga hurmat mezoni asosida, ta'lim-tarbiya mutanosibligi o'rganishda - ilm, ma'rifiy makon va zamonning o'rni va ahamiyatini ko'rib o'tish o'rinlidir. Ta'lim-tarbiya mutanosibligini makon va zamondan ayro holda tavsiflash mumkin bo'lmaganidek, bu jarayonda o'ziga yarasha yutuqlar bilan birga muammolar, ularning yechimi bo'yicha taklif va tavsiyalar berib o'tish ham maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumotlarga ko'ra, intellektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020-yilning 12-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan yig'ilish ham «Intellektual mulkni himoya qilish - Uchinchi uyg'onish davri uchun ishonchli poydevor bo'lib xizmat qiladi» mavzusiga bag'ishlangan edi.

Ta'lim-tarbiya uzviyligi va ko'rsatkichlarini yuqoriga olib chiqish bo'yicha O'zbekistonni 2030 yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta yetakchi davlatlari qatoriga kiritish bo'yicha ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja

belgilab olingan.

November, 2023

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobida "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" degan jumlalarni o'qish mumkin, bundan ma'lum bo'ladi-ki, maktab faqat ta'lim beradigan maskan emas, balki barcha uchun yuksak ma'naviyat beshigi, o'quvchi yoshlarni bolalikdan boshlab kasbga o'rgatuvchi dargohga aylansagina o'z maqsadiga erishishi mumkin. [2]

Insoniyat tarixida bilish faoliyati ilm fandan, voqelikni ma'naviy- amaliy o'zlashtirishning o'ziga xos usuli sifatida paydo bo'lishidan ancha ilgari shakllangan. Ilmiy bilishning tabiatini talqin qilish qancha xilma- xil bo'lsa, ilmni bilish ham shuncha xil bo'lishi mumkin. Arab faylasufi Makkiy o'z tasnifida keltirgan ilmlarning soni 125 tadan ko'p bo'lib, hajm jihatidan bugungi kunga kelib turli-tuman va tasnifiga ko'ra bir necha yuzlab turlarga bo'linib ketadi.

Ilmlar va bilim umuman borliq mahsuli sifatida subyektiv xohishdan vujudga kelmay, balki sekin-asta va muttasil ravishda insonlarning ularga bo'lgan ehtiyoji paydo bo'lishi natijasida vujudga keladi. Ilm - bir narsaning haqiqatini bilish, idrok qilishdir. Ilm - o'qish-o'rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko'nikma, ma'lumot degani. Bilim arab tilidagi ilm kalimasining tarjimasidir. Ilm va bilim tushunchasini birinchi ma'nodan farq qilish uchun ikkinchisini "ilm-fan" deb atalsa ish oydinlashadi. Birinchi ma'noda ilm (bilim) shaxs ma'naviyatining tarkibiy jihati hisoblanadi, ikkinchi ma'noda madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ma'naviyatning moddiy voqelikdagi izlari shaklida o'zligini namoyon qiladi[3].

Qadim zamonlarda barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar asoslarini o'z ichiga olgan yagona - falsafa ilmi bo'lgani holda tabiiyki, hech qanday ilmlar tasnifi haqida gap bo'lmagan. Antik davrda qadimgi Yunon mutafakkirlari Demokrit, Aflotun va ayniqsa Arastu asarlarining vujudga kelishi, progressiv ahamiyatga ega bo'ldi. O'rta Osiyo tarixi bo'yicha eng qadimgi yozma manbasi bo'lgan "Avesto"da dastlabki tafakkur durdonalari o'z aksini topgan. Islom dinining yoyilishi va uning muqaddas kitobi Qur'onda umumbashariy tafakkurdan ilmiy tafakkurga o'tishning e'tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. O'rta Osiyodan dovrug'i dunyoga ketgan ulug' olimlar yetishib chiqishi, ma'lum ma'noda ta'lim-tarbiya to'g'risidagi ilmiy xazinalarni boyitishga xizmat qildi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Hafs Nasafiy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Marg'inoniy, Abu Mansur Moturidiy kabi olim va mutafakkirlarning yaratgan boy ilmiy merosi jahon madaniyati va tammaduniga bebaho xazina bo'lib qo'shildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda ilm, ma'rifiy makon, zamon va tarbiya

November, 2023

46

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

haqida dolzarb muammolarni «jahonshumul» miqyosda javob berishga behuda urinmasdan, yaqin o'tmishdagi ilm olish, ta'lim-tarbiya masalalari tarixiy tahlilidagi yutuq va muammolarni inobatga olib reja tuzib va muammolar yechimini topishga harakat qilinsa o'rinli bo'lardi.

Ilmlarning borgan sari rivojlanishi ularning tasnifini taqozo qildi. Bu esa ilmiy bilish masalalarini har tomonlama o'rganishga katta zamin yaratdi, ya'ni yaratilgan ta'limotning negizida ilmlar oddiydan murakkabga, umumiydan yakkaga o'tish tartibida joylashgan edi. Qadimgi dunyo bashariyatning borliq haqidagi tasavvurlari asosan asotir tafakkur doirasida kechgan. Bu hodisa ushbu davrga oid ilmiy adabiyotlarda ko'p ta'kidlangan. Aslida bugungi kun odami uchun asotir yo'q, faqat afsona bor. Asotirning afsonadan farqi shundaki, ibtidoiy odam o'z ongida shakllangan asotirni haqiqat deb qabul qilgan, uning qahramonlarini voqeiy zotlar deb bilgan. Agar ularni g'ayb olamiga taalluqli deb bilsa, ularga sig'inib, ibodatxonalar qurgan, ular sharafiga qurbonliklar keltirgan.

Islom dinining muqaddas kitobi Qur'onda inson ongi, ta'lim-tarbiyasi va hayoti haqidagi cho'pchaklardan asotir tafakkurdan ilmiy tafakkurga o'tishning e'tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. Xususan, Allohning Qur'onning Oli Imron surasi, 18-oyatida kelgan quyidagi so'zi ilmning fazilatli ekaniga dalildir: "Alloh, farishtalar va ilm ahillari - adolat bilan hukm qiluvchi yolg'iz Allohdan o'zga hech qanday tangri yo'q, faqat Uning o'zi borligiga guvohlik berdilar"[4].

Ma'lum bo'lishicha, Qur'onda "imon" so'zi, uning hosilalari 811 marta keladi. Shuningdek, "ilm" so'zi 782 marta, "ma'rifat" so'zi 29 marta takrorlangan. "Ilm", "ma'rifat" so'zlarining sonini qo'shsak (782 + 29), 811 bo'ladi. Ya'ni, ilm, ma'rifat qancha bo'lsa, imon shunchadir. Qadr surasida 30 so'z bor. Qadr kechasini o'z ichiga olgan ramazon oyida ham 30 kun bor. Qadr kechasi ramazon oyining 27-tuni ekanini ko'pchilik e'tirof etadi. Shunisi hayratlanarliki, mazkur surada qadr kechasini ko'rsatuvchi "u" 27-so'zdir. Ma'lumki, Muhammad (s.a.v.) Makkada o'sgan, o'qish-yozishni o'rganmagan omi odam edi. U yerda ilm-ma'rifat, madrasa yoki ilmiy muassasa degan narsa aslo bo'lmagan.

Bu esa Muhammad (s.a.v.) ilmiy masalalardan mutlaqo bexabar edi, degan xulosani keltirib chiqarmasligi kerak. Lekin shunga qaramay, Qur'onda shunday ilmiy masalalar zikr qilingan-ki, ularning sirini o'sha vaqtda ham, undan keyingi vaqtlarda ham hech kim bilmagan. Faqat ilm-fan nihoyatda taraqqiy etgan davrga kelib, ular ayon bo'ldi.

Ilm olish fazilati haqida Qur'onning Tavba surasi 122-oyatida shunday deyiladi: «Mo'minlar yoppasiga (jangga)

chiqishlari shart emas. Ularning har bir guruhidan bir toifa

November, 2023

chiqmaydimi?! (Qolganlari Payg'ambardan) dinni o'rganib, qavmlari ularga (jangdan) qaytib kelgach, (gunohdan) saqlanishlari uchun ularni ogohlantirmaydilarmi? !».

Bu oyatdan ko'zlangan maqsad ta'lim berish va to'g'ri yo'l ko'rsatishdir. Alloh Oli Imron surasining 187-oyatida shunday deydi:

"Eslang (Ey Muhammad!) Alloh ahli kitoblardan, uni (Tavrot va Injilni) odamlarga, albatta, aniq bayon qilasiz, uni (hech kimdan) sir tutmaysiz deb ahd olgan edi" Bu oyat ta'lim berishning vojibligiga dalolatdir.

Inson qobiliyatini bilim va tajriba bilan oshiradi. Bilim ozuqadir. Aql va qalb u bilan oziqlanadi. Insonning qadri ilm bilan yuksaladi. Tarbiya - bu juda katta ilm. Tarbiya ilmini egallagan inson ahloqan go'zal bo'ladi. Alisher Navoiyning: Elga sharaf bo'lmadi johu nasab, Lek sharaf keldi hayovu adab. ya'ni, insonga nasl-nasabi va boyligi emas, hayo va odobi shon-sharaf keltiradi, - degan hikmatli so'zi juda ham ibratlidir.

Islom dinida bayon qilingan fikrlar, hadis, pand-nasihatlar borasida yetarlicha bilimga ega bo'lishlariga imkoniyat yaratishga qaratilgan. Ta'lim-tarbiya - bu insonlarda ijobiy xislatlarni tarkib topishiga xizmat qiluvchi eng taraqqiyparvar omil. Shunga ko'ra mehnatsevarlik va muttasil ishlash kabi fazilatlar faqat tarbiya natijasida orttiriladigan fazilatlardir. Xitoy donishmandi Syun-Szi "Chaqaloqlar hamma yerda bir xil yig'lashadi. Katta bo'lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu -tarbiyaning oqibati", - deb yozgan edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant o'z asarida "Inson faqat tarbiya orqali inson bo'ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir", -degan fikrni bildiradi.

Ilmning ulug'ligi shu darajadaki, kim ilm talab qilish yo'lida yursa u jannat yo'lida yurgan deb e'tibor qilinadi. Muhammad (s.a.v.) bir kuni Hilol ismli kishidan: «Qalaming bormi?» - deb so'radilar. Yo'q javobini eshitgach: «Qalamsiz yurma, ey Hilol. Chunki, ezgulik undadir. Qiyomatgacha unga sodiq bo'lganlar chiqadi. Insonlar qalam bilan yuksaladi. Olim qo'lidagi qalamning siyohi shahidning qoni bilan tengdir». Yana Muhammad (s.a.v.) so'zlariga ko'ra, ilm egalari o'liklar orasida yurgan tiriklar bilan tengdir. Zubayr Kuduzalp: «Bilimli inson quyoshga o'xshaydi, kirgan joyini yoritadi», - deydi.[5] Ilm qorong'uliklarni yorituvchi mash'aladir. Qorong'ulikda qolgan har bir kishi unga muhtoj. Yuksak pog'onalarga ilm narvoni bilan chiqiladi. Taraqqiy etishni va kamol topishni istagan ilmning etagini mahkam ushlasin.

Ali ibn Abu Tolib ilm xususida: «Ilm pastda turganlarni yuqori darajaga ko'taradi. Bilimsizlik esa tepada turganlarni pastga tushiradi. Ilm mol-davlatdan ustun, chunki boylikni sen

November, 2023

48

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

asraysan. Ilm esa seni asraydi», - degan. Sahoba, olim va mutafakkirlarning ham ilm fazilati haqidagi ko'plab rivoyatlari, xabar va so'zlari kelgan. Quyida shulardan ayrimlarini keltiriladi.

Muoz ibn Jabalning mana bu so'zi ilmning fazilatiga eng yaxshi dalillardan biri: "Ilm tanholikda hamroh, hilvatda do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi mayoq, xursandchilig-u hafagarchilikda ulfat, do'stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do'st, jannat yo'lining minorasidir".

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Yangi O'zbekistonni barpo etish strategiyasi xalqning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga javob bera oladigan obyektiv zarurat ta'lim-tarbiya rivojining mutanosibligini ta'minlashga qaratilgan dasturul-amaldir.

Yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifaga aylantirish masalasini 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risidagi" Qonunda ham aks etgan. Mamlakatni yangi taraqqiyotga olib chiqishda, barcha kuch-g'ayratni birlashtirish va fidokorona mehnat qilish orqali Yangi O'zbekistonni - Uchinchi Renessansni bunyod etish mumkin.

Yangi O'zbekistonda ta'lim-tarbiya mutanosibligi ijtimoiy mohiyati masalalarni hal etishda quyidagi omillarni hisobga olish lozim:

fuqarolik mas'uliyati va zamonaviy dunyoqarashga ega bo'lgan barkamol avlod tarbiyasiga e'tibor qaratish;

"Uchinchi Renassans poydevorni yaratish" g'oyasi tasodifiy emas, balki tub tarixiy qiyofani dunyoga tarannum qiluvchi omil ekanini asoslab berishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ta'lim-tarbiya uzviyligi ta'minlanishida - ilm, ma'rifiy makon va zamonning o'rni va ahamiyatini ko'rib chiqishda uning o'zagini tashkil qiluvchi tarixiy-ma'naviy omillarga sanab o'tish o'rinli va ular quyidagilardan iborat:

a) xalqning ulkan madaniy merosi,

b) intellektual salohiyati,

v) azaliy allomalar va tarixiy shaxslar bo'lgan olimu-fuzalolar yashagan yurti bo'lgani.

Turon zamini Birinchi va Ikkinchi Renesans beshigi bo'lganini ortiqcha tavsiflashga zarurat yo'q. Bu ishonchni yanada mustahkamlashda ilm, ma'rifiy makon va zamon, unda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va siyosiy sohalardagi o'zgarishlarni anglab yetishda quyidagi mezonlarga amal qilinishi kerak:

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Birinchidan, iqtisodiyot - jamiyat hayotining tanasi ekanini teran anglashda O'zbekiston iqtisodiyotini tashkil etgan barcha sohalarida keng qo'llanilayotgan "Aqlli iqtisodiyot", "Innovatsion iqtisodiyot", "Yashil iqtisodiyot" mediamakoni haqida tushunchalarini to'g'ri talqini bo'yicha xalqaro tajribalarga mos keluvchi izlanishlar va ularning samaradorligi bo'yicha ma'lumotlardan doimo xabardor qilish.

Ikkinchidan, ma'naviy uyg'oqlikka chorlovchi Burhoniddin Marg'inoniyning "Hidoya" asari; Mahmud Ustrushoniyning (XIII asr) "Jomi' ahkom as-sig'ar" (Bola huquqlari Kodeksi) va hozirgi zamon inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirish sohasi bo'yicha faktlar keltiriladi.

Uchinchidan, ilm, ma'rifiy makon va zamon mavzusini yoritishda qonun va adolat - ustivorligi bo'yicha Amir Temurning Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan "Adolat - davlatning asosi va hukmdor shoiridir" so'ziga amal qilgan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklif va tavsiyasiga ko'ra ta'lim-tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan rejalashtiriladigan ulkan ishning bir qismi ekanini anglatish kerak. Yuqoridagi talablarga muvofiq tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalaridan kelib chiqib tashkil etish lozim.

To'rtinchidan, Sh.Mirziyoyevning "Ilmni qadrlang, ilmga intiling" degan jumlasiga muvofiq "Yoshlar siymosida eng qimmatli va o'ta muhim resurslar mujassam bo'lib, unga har qancha investitsiya kiritsa arziydi. Chunki bu sarmoyalar bir necha barobar bo'lib qaytadi"; "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasi; dunyoni ezgulik, mehr-shavqat, insoniylik qutqaradi; "Tarbiyada tanaffus bo'lmaydi" kabi so'zlarida mujassam bo'lgan qiziqarli savollarga javob bo'ladigan ma'lumotlar yetkazishi bo'yicha mulohaza va amaliy natijalar bo'yicha ma'lumotlar bazasi havola qilinsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xususan, mamlakatdagi eng muhim tarbiya o'chog'i bo'lgan mahalla tizimi, OAV, raqamli iqtisodiyot (mobil va simli Interet tarmog'i), "Bir million dasturchi" loyihasi, robototexnika va IT parklar, sog'lom turmush tarzi, "Ta'lim va tarbiya beshikdan boshlanadi", "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi". Maktab faqat ta'lim beradigan maskan emas, barcha uchun yuksak ma'naviyat beshigiga, farzandlarni bolalikdan boshlab kasbga o'rgatuvchi dargohga aylanishi bo'yicha muhim ma'lumotlar yangilab borish talab etiladi.

Hammaga ma'lumki, inson tafakkuridan ta'lim va tarbiya ajralmasdir, - degan g'oya chuqur joy olgan. Ta'lim islohotlarida shakl va vositalarga emas, sifatning tub markazida yotuvchi mazmun va mohiyatga ko'proq e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiq.

November, 2023

XULOSA

Har kim o'z fikrini to'g'ri deb turib olsa faqat shunga amal qilish kerak, desa ham ilm-fan, tarbiya va ma'rifiy dunyoda makon va zamonda o'z o'rnini topa olmaydi va rivojlana olmaydi. Chunki biz tajribasizlik qilish, natijada xatoga yo'l qo'yib yo'ldan adashish mumkin bo'ladi. Ikkinchisidan esa ajdodlar tomonidan yetib kelgan g'oya, ilm, ma'naviyat hozirgi zamon shaxsiga mos kelmasligi ehtimoldan holi emas.

Ta'lim-tarbiya qushning ikki qanoti singari bo'lib, hozirgi makon va zamonda uning bir qanotini sindirib, yuksak parvozga erishib bo'lmaydi. Barchasini uzviy aloqadorlikda mutanosiblikda tashkil etilsa maqsadga erishiladi.

REFERENCES

1. Muhammadjon Imomnazarov. Ma'naviyatning ilmiy asoslari. - Toshkent, 2008. -B. 154.

2. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti, 2020. - B. 223.

3. Muhammadjon Imomnazarov. Ma'naviyatning ilmiy asoslari. - Toshkent, 2008. -B. 8.

4. Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tafsiri / tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. - Toshkent. Toshkent islom universiteti, 2018. - B. 544.

5. Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G'azzoliy. Ihyou ulumid- din (Din ilmlarini jonlantirish). 1-kitob. Ilm kitobi. - Toshkent. Movarounnahr, 2003. B. 39-41

6. F.A.Ibrohimov. Din va huquq. Academic research in educational sciences. 2023. № 1.

7. Ibroximov Farxodjon Anvarjon o'g'li. Huquqiy fanlarni o'qitilishidagi uzviylik va uzluksizlikning mavjud holati. FarDU.Ilmiy xabarlar. 2023. № 1.

8. Ibroximov Farxodjon Anvarjon o'g'liro Mafkuraviy immunitet va uning zarurati. FarDU.Ilmiy xabarlar. 2023. № 1.

November, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

51

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.