Научная статья на тему 'YANGI O`ZBEKISTONDA ME’MORIY YODGORLIKLARNI ASRASH ZARURATI'

YANGI O`ZBEKISTONDA ME’MORIY YODGORLIKLARNI ASRASH ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

361
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X. M. Yakubov

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Mustaqillik yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo„qon, Shahrisabz kabi azim shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste‟dodi va tafakkuri bilan bunyod etilgan obidalar o„zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta‟mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo„nalishlaridan biriga aylandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O`ZBEKISTONDA ME’MORIY YODGORLIKLARNI ASRASH ZARURATI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

g

YANGI OZBEKISTONDA ME'MORIY YODGORLIKLARNI ASRASH

ZARURATI

X. M. Yakubov

ChDPU Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Mustaqillik yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo'qon, Shahrisabz kabi azim shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi va tafakkuri bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Tarixiy obida, ziyoratgoh, me'moriy obyektlarni asrash insoniylik hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan fuqarolik burchlaridan biri hamdir. Bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida quyidagicha ko'rsatilgan:

O'zbekiston Respublikasidagi qadimiy shaharlarning yubileylari, jumladan, 1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002-yilda Termiz shahrining 2500-yilligi, 2003-yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2004-yilda Qarshi (Naxshab) shahrining 2700 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750-yilligi, Marg'ilon shahrining 2000 yilligi, 2009-yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan mazkur shaharlardagi tarixiy me'moriy obidalarning ta'mirlandi, madaniy meros obyektlari qayta tiklandi.

Shuni aytib o'tish lozimki, O'zbekiston Respulikasi hududida joylashgan tarixiy obidalar nafaqat O'zbekiston Respublikasi Davlat muhofazasiga olingan, balki 4000 dan ziyod moddiy-ma'naviy obidalar umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro'yhatiga kiritildi. O'zbekiston Respublikasidagi bu ro'yhatga kirmagan moddiy-ma'naviy obidalar bilan hisoblaganda ro'yhat ancha kengaygan bolar edi. Bu O'zbekiston oldidagi hal etilishi lozim bo'lgan masalalardan biridir. Birgina Andijon viloyatining o'zida mahalliy va respublika ahamiyatiga molik 371 ta tarixiy va madaniy meros obyektlari (manba) ro'yhatga olingan. Ulardan 114 tasi arxeologik, 66 tasi me'moriy yodgorlik, 117 tasi mahobatli san'at yodgorliklari-haykallar hamda 74 tasi diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlardir. O'zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi Qonuni va Vazirlar

Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi "Madaniy meros

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori tarixiy madaniy obidalarga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirdi.

Hozirgi kunda O'zbekiston YUNESKOning 1972-yil 16-noyabrdagi "Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish umumjahon Konvensiyasi"ga qo'shilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 49-moddasi ham xalqaro huquq normalariga to'liq javob beradi.

O'zbekiston Respublikasi 2005-yil 25-26-noyabr kunlari Toshkentda Tokio Xirayama nomidagi xalqaro karvonsaroyda "Markaziy Osiyo mintaqasida tarixiy madaniy merosni tiklash muammolari, rivojlantirishning asosiy tamoyili" deb nomlangan xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Anjuman Fond Forum, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi YUNESKO, "Chegarasiz restavratorlar" xalqaro tashkiloti hamkorligida o'tkazildi. Maqsad esa tarixiy-madaniy merosni tiklash sohasida jahon tajribasini o'rganish, mazkur sohadagi yangi yo'nalishlarni kashf etish, Markaziy Osiyo hududida mintaqaviy restavratsiya markazini tashkil etish, shuningdek sohada hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. Anjumanda jahonning turli mamlakatlaridan soha mutaxassislari, ular orasida Gretsiya, Turkiya, Fransiya, Bolgariya, Rossiya, Qozog'iston va boshqa mamlakatlarning xalqaro tashkilotlari rahbarlari va olimlar ishtirok etishdi. Anjuman yakunlariga ko'ra, Markaziy Osiyo mintaqasida restavratsiya markazini Toshkentda ochish bo'yicha deklaratsiyaga imzo chekildi.

Davlat tarixiy va madaniy obidalarni muhofaza qilish b o'yicha butun tadbirlar majmuini amalga oshirmoqda. Bu ularni hisobga olishni tashkil qilish, ulardan foydalanish va muhofaza qilishni nazorat etish, yodgorliklarni yo'q qilish, buzish va shikast yetkazishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, tarmoq qonunlarida tarixiy, ma'naviy va madaniy qadriyatlarni saqlash bo' yicha majburiyatlarni buzayotgan muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning javobgarligini belgilab qo'yish hamdir. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 64- moddasida tarixiy yoki madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini qasddan buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravariga, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilab qo'yilgan.

Basharti shaxs davlat muhofazasiga olingan tarixiy yoki madaniy yodgorliklarni qasddan nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazishni shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin qaytadan sodir etgan bo'lsa, u holda unga nisbatan Jinoyat

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

787

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

g

kodeksi 132- moddasining 1-qismi boyicha eng kam oylik ish haqqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq jazosi bilan jazolash belgilanadi.

Basharti bu harakatlar natijasida ko p miqdorda, ya'ni eng kam oylik ish haqqining ottiz barobari va undan kop miqdorda shikast yetkazilgan bolsa, shaxs oldin ma'muriy jazoga tortilgan-tortilmaganidan qat'i nazar, Jinoyat kodeksi 132-moddasining 2-qismiga binoan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunday qilmishlar uchun eng kam oylik ish haqqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tarixiy, ma'naviy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish maqsadida fuqarolik-huquqiy choralar ham qollaniladi. Masalan, Fuqarolik kodeksining 190-moddasiga muvofiq, agar mulkdor oziga qarashli tarixiy va madaniy yodgorliklarga xojasizlarcha munosabatda bo lsa va uning yaxshi saqlanishini ta'minlamasa, zimmasida yodgorliklarni saqlash vazifasi bo lgan davlat organlari mulkdorni yodgorlikka xojasizlarcha munosabatda bolishni toxtatish togrisida ogohlantiradilar. Agar ogohlantirish natija bermasa, sud tegishli organlarning da'vosiga binoan yodgorlikni olib qoyish haqida qaror chiqarishi mumkin va bu yodgorlik davlat mulkiga otadi.

Ozbekiston xalqining madaniy merosini saqlash bilan bogliq munosabatlarni tartibga solish, madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib chiqib ketish va olib chiqishdan himoya qilish maqsadida 1998-yil 29-avgustda Ozbekiston Respublikasining "Madaniy boyliklarni mamlakatdan olib chiqish va olib kirish togrisida"gi Qonuni qabul qilindi.

Qisqa qilib aytganda, otmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, osori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk otmishi, yashyotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan. Milliy davlatchiligimiz tarixni o zida aks ettirgan va kelajak avlodlarga moziydan xabar beruvchi bunday arxeologik yodgorliklarni, tarixiy-madaniy obidalarni asrash har bir fuqaroning burchidir.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.