Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY HAYOTNI TAKOMILLASHTIRISHNING INNOVATSION IMKONIYATLARIDA
KITOBLARNING AHAMIYATI
Xalilov Jamoliddin Sodiqovich,
Shahrisabz davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi e-mail- j amoliddin-xalilov@mail .ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kunda ma'naviy hayotni takomilalashtirishda kitob o 'qishning ahamiyati haqida fikrlar tahlil qilingan. Bunday metod orqali jamiyatda yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishning innovatsion imkoniyatlarini ishlab chiqish borasida bir qancha fikr-mulohazlar keltirib o 'tilgan. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshiriliyatogan bu boradagi islohotlar xususida ham tahliliy va qiyosiy ma 'lumotlar bildirilgan.
Kalit so'z: ta'lim-tarbiya, ijtimoiy muhit, kitob mutolaasi, madaniy hayot, islohot, yosh kitobxon.
ABSTRACT
This article analyzes opinions about the importance of reading books in improving spiritual life today. Through such a method, a number of opinions have been brought forward regarding the development of innovative opportunities for raising the culture of reading among young people in the society. Analytical and comparative information about reforms in this regard implemented in our country was also presented.
Key words: education, social environment, book reading, cultural life, reform, young reader.
KIRISH
Yangi O'zbekistonda ma'naviy hayotni takomillashtirishning innovatsion imkoniyatlari eng avvalo kitoblar mutolaasi bilan bog'liq desak mubolag'a hisoblanmaydi. Biroq shu bilan birga hududga o'ziga xos borliq sifatida turlicha yondashiladi. Biron bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Dastlab kitoblarning jahon adiblari va o'zbek milliy adabiyoti durdonalari asosida tahlil etganda, eng avvalo ularning o'z yurtlarini ulug'lashga da'vati yoki qonga bo'yalgan tarixini ayanchli taqdiriga befarq emasligi sezilib turadi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
2017 yil 12 yanvardagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoyishi bu boradagi ishlar samaradorligini bosqichma-bosqich yuksaltirib bormoqda. O'tkazilayotgan "Eng faol bilimdon kitobxonlar" ko'rik tanlovlari nafaqat ta'lim muassasalarida, blki barcha mahallalar, oilalar qamrovida ham ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga aylanishi lozim.[1]
2017 yil 13 sentyabrida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori yoshlarda kitobxonlik va kitob mutolaasiga, shuningdek, o'zbek va jahon adabiyotlariga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga e'tibor yanada kuchaytirilmoqda.[2]
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugun yoshlar uchun ta'lim muassasalarida yaratib berilayotgan sharoitlar barkamol avlodlarni tarbiyalashga zamin yaratmoqda. Kitob insonni ezgulikka undaydi. Yaxshi-yomonni ajratishga ko'maklashadi. Eng muhimi, ishonchli sirdosh bo'ladi.
Shu o'rinda istiqlol arafasida ayrim yurtdoshlarimizda kitobga, kitobxonlikka qiziqish bir qadar susaygan vaqtlar bo'lganini eslaylik. Hozirgi paytda yurtimizda kitobxonlik, kitobsevarlik fazilati yana yuksalib bormoqda. "Kitob javoni - haqiqiy ziyolining eng ardoqli davlati", degan an'ana qaytadan urf bo'lmoqda.
Sohibqiron Amir Temur ta'biri bilan aytganda, "Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir". Shu ma'noda, shaklidan qat'iy nazar, barcha kitoblar milliy o'zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.[3;54] O'z navbatida, el-yurtimizga azaliy xos bo'lgan odamiylik, insonni qadrlash, mehr-oqibat, bag'rikenglik kabi oliyjanob qadriyatlar, insonparvarlik, xalqparvarlik va vatanparvarlik kabi yuksak tamoyillar zamondoshlarimiz qo'liga yetib borayotgan kitoblarning ahamiyati hamda qadrini yo'qotmaydigan bosh mavzulari bo'lib qolaverishiga ishonchimiz komil.
Kitob - inson umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo'lguvchi sodiq do'st. Insonning ruhiy-ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo'qdir. Shu boisdan, azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Tarbiyaning barcha mezon va unsurlari, avvalo, oilada
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda ham oilaning o'rni nihoyatda kattadir. Qush uyasida ko'rganini qiladi, degan naqlga tayansak, bu mohiyat yanada dolzarb bosqichga ko'tariladi.[4;65]
Yaqin-atrofdagi tanish oilalarimiz hayotiga sinchkov nazar tashlasak, qaysi oilada kitobxonlik madaniyati qay darajada shakllanganligiga amin bo'lamiz. Kimdir dunyoviy hodisalar ummonida suzib yurishni xush ko'rsa, kimlardir badiiy adabiyot osmonida sayr etishga ishtiyoqmand. Kimdir bir oyda bir kitob o'qishga vaqt ajratsa, yana kimlardir bir haftada bir kitob mutolaa qilishni lozim biladi. Xullas, kitob bilan hamma o'z olamida, o'z xohish va imkoniyatlari chegarasida turli holatda yuzlashadi. Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha barobar ko'p miqdorda samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-targ'ibotlar olib borilmoqda. Shunday bo'lsa ham, oilaviy muhitda kitobxonlik madaniyati takomili qoniqarli darajada emas. Yuqorida ko'rib o'tganimiz kabi kitobsevar oilalar bilan bir qatorda, ularning aksi bo'lgan oilaviy muhitni ham uchratishimiz achinarli. Ko'pgina oilalar, ota-onalar na o'zlari kitob o'qishga qiziqishadi, na farzandlarini bu borada to'g'ri yo'naltirishadi.[4;72]
Shuningdek, kitobxonlikda kitob tanlovi madaniyatiga hamma ham yetarlicha ahamiyat qaratilavermaydi. Badiiy asar tanlashda farzandining yosh va fiziologik xususiyatlari, ruhiy-ma'naviy dunyosi, qiziqish va intilishlar ko'lamini nazarda tutmas ekan, har qanday kitobsevar ota-ona bu borada ijobiy yutuqlarga erisha olmaydi. Ko'rinadiki, mutolaa madaniyatining ham o'ziga xos me'yor va talablari mavjud. Shularni e'tiborga olgan holda, kitobxonlik madaniyatiga ega bo'lish uchun quyidagi fikrlarlarni e'tiborga olish nazarda tutiladi:
- "Agar uyingizda kitob uchun javon bo 'Imasa, siz bilan suhbatlashish befoyda va men buni rad etamari' (Terri Pratchet);
- "Qayerdaki kitob yoqilsa, kun kelib o 'sha yerda inson ham yoqiladf (Genrix Geyne);
- "Yaxshi kitob o 'qib lazzatlanmagan insonni u xoh erkak yoki ayol bo 'lsin, sog'lom deyish xato" (Jeyn Austin);
- "Kitob o'qishni odat qilmagan oila - ma'naviy qashshoq oiladir (P.A.Pavlenko);
- Hayoti davomida birgina kitob o 'qigan odamlardan qo 'rqing" (Lotin xalqlari maqoli). [5]
Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinadiki, ma'naviy barkamol kitobxon avlod tarbiyasida oila muhim va mustahkam poydevor. Shu bois jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasidagi har qanday
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
faoliyatda oila bilan hamohang, hamfikr ish yuritish ko'zlangan maqsadlarga erishishga munosib zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar bir tomondan, azaldan kitobsevar xalqimiz, shu jumladan yoshlarimizning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan hozirgi zamon talablari darajasida juda keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, yaqin vaqt oralig'ida O'zbekistonimizning tom ma'noda kitobxonlar yurtiga aylanishiga xizmat qiladi. Inson hayoti uchun eng zarur narsalar qatorida birinchi non bo'lsa, ikkinchisi kitobdir. Non insonning moddiy ehtiyojini qondirsa, kitob ma'naviy boylik, o'zlikni anglash, eng muhimi insoniy tarbiyaning muhim manbai bo'lib xizmat qiladi. Aynan tarbiyaviy omilning kitobxonlik darajasi bilan bog'liqligi mutolaa ishining har qanday davrda ham davlat va jamiyat uchun asosiy masala ekanligini anglatadi. So'zimiz yakunida Gustav Lebonning fikricha "Sivilizatsiya hech qachon avom tomonidan emas, u doimo kichik intellectual qatlam tomonidan yaratilib kelingan". [7]
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. 2017 yil 12 yanvardagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi Farmoni;
2. 2017 yil 13 sentyabrida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori
3. Munavvarov. A. Pedagogika - Pedagogika Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent: O'qituvchi, 1996-2008.
4. Mahkamov. U. Axloq odob saboqlari. Toshkent: Fan, 1994.
5. Ochilov. M. Muallim - qalb me'mori. Saylanma. Toshkent: O'qituvchi, 2001. 430-b.
6. Ruqiya Idris Ali qizi. Mening mutolaa daftarim (40 kitob uchun qo'llanma). - T., 2023. - 80 b.
7. Gustav Lebon. Omma psixologiyasi. - Toshkent: "Yoshlar matbuoti", 2021. -176 b.
8. Sadikovich, K. J. (2023). CHARACTERISTICS OF THE CONTENT AND IMPLEMENTATION OF THE CONCEPT OF" PRINCIPLES OF SPIRITUAL
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
LIFE" AT A NEW STAGE IN THE DEVELOPMENT OF UZBEKISTAN. Open Access Repository, 9(5), 190-195.
9. Ахатова, Д. А. (2023). ШАРК МУТАФАККИРИ АБУ АЛИ ИБН СИНО ДУНЕКАРАШИГА КДДИМГИ ЮНОН ФАЛСАФАСИНИНГ ТАЪСИРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 227-233.
10. Ахатова, Д. А., & Ёкубов, Х. Н. У. (2023). БУЮК АЛЛОМА АБУ ^ОМИД ГАЗЗОЛИЙНИНГ ФАЛСАФИЙ, ДИНИЙ ВА МАЪНАВИЙ КАРАШЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 559-563.
11. Akhatova, D. A. (2023). THE ROLE OF THE GREAT THINKER ABU ALI IBN SINA'S PHILOSOPHICAL AND RELIGIOUS TEACHINGS IN THE EDUCATIONAL PROCESS. World Bulletin of Management and Law, 22, 22-24.
12. Aralovna, O. G. (2023). State Language: Providing Active Integration of Modern Information Technologies. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(9), 213-215.
13. Aralovna, O. G. (2023). How to Influence Your Attitude to Man. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(9), 85-88.
14. Nurillaevich, A. B. (2023). Shortage and Problem of Drinking Water in Central Asia. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(9), 504-509.
15. ОЧИЛОВА, Г. А. ЧУЧУК СУВ ТАНКИСЛИГИ МУАММОСИНИНГ МАРКАЗИЙ ОСИЁГА ХАВФИ ОМОНОВ Баходир Нуриллаевич.
16. Очилова, Г. А. (2023). ЯНГИЛАНГАН КОНСТИТУЦИЯ-ИСЛОХ,ОТ ВА ИМКОНИЯТЛАР АСОСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(11), 116-131.
17. Очилова, Г. А. (2022). ЁШЛАР ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ МАЪНАВИЙ ЭЛИТАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 1288-1294.
18. Ахатова, Д. А. (2023). ШАРК МУТАФАККИРИ АБУ АЛИ ИБН СИНО ДУНЕКАРАШИГА КДДИМГИ ЮНОН ФАЛСАФАСИНИНГ ТАЪСИРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 227-233.
19. Ахатова, Д. А., & Ёкубов, Х. Н. У. (2023). БУЮК АЛЛОМА АБУ Х,ОМИД ГАЗЗОЛИЙНИНГ ФАЛСАФИЙ, ДИНИЙ ВА МАЪНАВИЙ КАРАШЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
sciences, 3(5), 559-563.
20. Akhatova, DA. THE ROLE OF THE GREAT THINKER ABU ALI IBN SINA'S PHILOSOPHICAL AND RELIGIOUS TEACHINGS IN THE
https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=B8xGpF8 AAAAJ&citation for view=B8xGpF8AAAAJ:dfsIfKJdRG4C
21. Ochilova Guzal Aralovna. State Language: Providing Active Integration of Modern Information Technologies. https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/1415
22. Ochilova Guzal Aralovna. How to Influence Your Attitude to Man. https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/1334
23. Amonov Bakhodir Nurillaevich. Shortage and Problem of Drinking Water in Central Asia. https: //grnj ournal.us/index.php/STEM/article/view/1590
24. Очилова Гузал Араловна. ЯНГИЛАНГАН КОНСТИТУЦИЯ - ИСЛОХЩ ВА ИМКОНИЯТЛАР АСОСИ. (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
25. Очилова Г.А. ЁШЛАР - ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ МАЪНАВИЙ ЭЛИТАСИ. https://oriens.uz/journal/article/lar--ngi-zbekistonning-manaviy-elitasi
26. Ахатова, Дилдора Ахтамовна. ШАРК МУТАФАККИРИ АБУ АЛИ ИБН СИНО ДУНЁКАРАШИГА КАДИМГИ ЮНОН ФАЛСАФАСИНИНГ ТАЪСИРИ.
https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=B8xGpF8 AAAAJ&citation for view=B8xGpF8AAAAJ:4OULZ7Gr8RgC
27. Ахатова, Дилдора Ахтамовна; Ёкубов, Хайрулла Нурилла . БУЮК АЛЛОМА АБУ ^ОМИД ГАЗЗОЛИЙНИНГ ФАЛСАФИЙ, ДИНИЙ ВА МАЪНАВИЙ КАРАШЛАРИ. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=B8xGpF8 AAAAJ&citation for view=B8xGpF8AAAAJ:fPk4N6BV jEC
28. Akhatova, DA. THE ROLE OF THE GREAT THINKER ABU ALI IBN SINA'S PHILOSOPHICAL AND RELIGIOUS TEACHINGS IN THE EDUCATIONAL PROCESS. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=B8xGpF8 AAAAJ&citation for view=B8xGpF8AAAAJ:dfsIfKJdRG4C
29. Ochilova Guzal Aralovna. State Language: Providing Active Integration of Modern Information Technologies.
https: //grnj ournal .us/index.php/STEM/article/view/1415
30. Ochilova Guzal Aralovna. How to Influence Your Attitude to Man. https://grnjournal.us/index.php/STEM/article/view/1334
EDUCATIONAL
PROCESS.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
31. Amonov Bakhodir Nurillaevich. Shortage and Problem of Drinking Water in Central Asia. https: //grnj ournal.us/index.php/STEM/article/view/1590
32. Ty3an ApanoBHa. ^Y^YK CYB TAH^HCTHrH MYAMMOCHHHHr MAPKA3HH OCHErA XABOH. https: //birunij ournal .uz/ru/j ournal/articl e/chuchuk-suv-tanqisligi-muammosining-markaziy-osiyoga-xavfi/
33. OnnnoBa ry3an ApanoBHa. mrHTAHrAH KOНCTHТУЦH£ - HCTOXOT BA HMKOHH^T^AP ACOCH. (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
34. OnnnoBa r.A. Em^AP - £HrH Y3EEKHCTOHHHHT MALHABHH 3.HHTACH. https://oriens.uz/journal/article/lar--ngi-zbekistonning-manaviy-elitasi