Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON AVLODLARINI KOMIL SHAXS BO‘LIB RIVOJLANISHLARIDA TARBIYANING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON AVLODLARINI KOMIL SHAXS BO‘LIB RIVOJLANISHLARIDA TARBIYANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
168
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
barkamol inson / ota-ona / oila / pedogog / maktab / odob-axloq / tarbiya / ma’naviy-axloqiy qadriyatlar / milliy qadriyatlar / jamiyat / millat / xalq. / mature person / parents / family / pedagogue / school / morality / upbringing / spiritual and moral values / national values / society / nation / people.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O. Kasimova, Q. Axmetov, N. Nazarova

Mazkur maqolada yurtimiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi mazmun-mohiyati, tarbiya jarayononi ta’lim berish bilan birgalikda olib borishda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF THE NEW GENERATION OF UZBEKISTAN AS A PERFECT HUMAN

In this article, the organization of the educational process in the educational system of our country is discussed.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON AVLODLARINI KOMIL SHAXS BO‘LIB RIVOJLANISHLARIDA TARBIYANING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YANGI O'ZBEKISTON AVLODLARINI KOMIL SHAXS BO'LIB RIVOJLANISHLARIDA TARBIYANING O'RNI O.Kasimova Q. Axmetov N.Nazarova

Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlang'ich ta'limda matematika va uni o'qitish metodikasi"

kafedrasi o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7378384

Annotatsiya. Mazkur maqolada yurtimiz ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi mazmun-mohiyati, tarbiya jarayononi ta'lim berish bilan birgalikda olib borishda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: barkamol inson, ota-ona, oila, pedogog, maktab, odob-axloq, tarbiya, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, jamiyat, millat, xalq.

РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА

КАК СОВЕРШЕННОЙ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация. В данной статье говорится о сущности организации воспитательного процесса в системе образования нашей страны, работе, проводимой в процессе воспитания вместе с воспитанием.

Ключевые слова: совершенный человек, родители, семья, педагог, школа, нравы, воспитание, духовно-нравственные ценности, национальные ценности, общество, нация, народ.

THE ROLE OF EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF THE NEW GENERATION

OF UZBEKISTAN AS A PERFECT HUMAN

Abstract. In this article, the organization of the educational process in the educational system of our country is discussed.

Keywords: mature person, parents, family, pedagogue, school, morality, upbringing, spiritual and moral values, national values, society, nation, people.

Mamlakatimizda ta'lim mazmuni, uning samaradorligiga katta ahamiyat berilib, davlat ta'lim standarti o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi ko'rinishlari tajriba sifatida amaliyotga joriy etilmoqda. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimida mustaqillik yillarida yosh avlodni aqliy, axloqiy, ma'naviy, ma'rifiy va jismoniy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazishni mujassam etuvchi milliy tarbiya yo'nalishlari qayta tiklandi. Ularni o'rganish va o'rgatish jarayonida nazarda tutilgan jihatlarini namoyon etish jarayonida ushbu sohaning samaradorligiga e'tibor qaratilmoqda.

Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma'lum ma'noda shu islohatlarning natijasiga bog'liq.

Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o'qituvchi-murabbiylarga ko'p jihatdan bog'liqdir. O'quv-tarbiya ishlari jarayonida o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, o'zgaruvchan vaziyatlarga o'rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg'ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari, elektrondarsliklar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir.

So'nggi yillarda mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog'cha tarbiyalanuvchilari, o'quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko'nikmalarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shakllantirish, ta'lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o'rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng pedgogika sohasida darslarni innovatsion yondoshuv asosida tashkil etish, o'quvchining nutqiy faoliyatini yanada rivojlantirib, sifat va samaradorlikka erishish yo'lida qator salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ijtimoiy mavzuning zamonaviy jamiyat uchun ahamiyati va muammoning ilmiy tadqiqotli holati bugungi kunda yaqqol ko'rinadi. Davlatimiz rivojlanishi bilan bir qatorda zamonaviy jamiyat taqdim etishida lingvistik shaxsni shakllantirish, rivojlantirish, buning uchun maxsus talablari nutq orqali insonning intellektual qobiliyatlarini shakllantirish yo'lga qo'yilgan. Shu bilan birga, maktab o'quv dasturidagi ushbu rivojlanish boshlang'ich bosqichidan boshlanishi kerakligi o'ta muhim hisoblanadi. Ayni paytda, ushbu sohadagi tadqiqotlar shuni ma'lum qiladiki, nutqning yaxlitligi va izchilligini shakllantirishi yetarli darajada rivojlanmaganligi, nutqning fikrlash rivojlanishi bilan ushbu ikki xususiyati o'rtasidagi munosabatlar tushunchasi, bu nutqning izchilligini rivojlantirishdan ko'ra kengroq tushunchaga ega ekanligini ma'lum qiladi. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda ta'lim jarayonida shunday o'qitish metodlarini tatbiq etish joizki, ular oxir-oqibatda o'quvchilarni mustaqil o'qish, fikrlashga, ilmiy-texnikaviy axborotlar bilan ijodiy ishlashga o'rgatsin, o'quvchi-talabalarni o'ziga xos fikrlashga yo'llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o'qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o'z ish faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o'zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko'nikmalarini shakllantirsin. Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek bajarishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish o'sish bo'ladi. Har bir dars qanday mazmun va ko'rinishda bo'lishidan qat'iy nazar, ta'lim mazmunining joriy etilishini ta'minlovchi barcha turdagi o'qitish texnologiyalarini o'zida mujassamlashuvini talab etadi. Bu hol bejiz emas, albatta. Barkamol avlod tarbiyasi mazkur holni talab etish bilan birga uni o'ziga xos tarzda qo'llab-quvvatlaydi. Darsni tashkil etish imkoniyatini beruvchi alohida jihatni ifodalaydi hamda o'qitishning tegishli metodlaridan foydalanishni talab etadi. Shu bilan birga har bir zamonaviy dars jarayonida o'quvchining ritorik qobiliyatini rivojlantirib, qaysi o'quv predmetiga taalluqli bo'lishidan qat'iy nazar, ma'lum yoshdagi, bilim va malaka darajalari yaqin bo'lgan o'quvchilar guruhining o'quv-bilish faoliyatlarining faol va rejali bo'lishini ta'minlovchi tashkiliy jarayon hisoblanadi.

Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'qish va faolligini hamda ta'lim-tarbiya samaraligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida boy tajribalar to'plangan. Ushbu tajribalar eng birinchi navbatda dars jarayonini, ta'lim samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi va shu bilan birga o'quvchilarni har tomonlama tarbiyalash xususiyatini o'zida namoyish etadi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: "...Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz degan da'vat ularning qalbida doim aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidandir..." deya baralla aytgan fikrlari nechog'lik ahamiyatli ekani hech kimga sir emas. Yurt, jamiyat taqdiri albattaki yosh avlod qo'lida bo'larkan, kelajagimiz, faxrimiz bo'lgan bolalarimizni o'z

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yo'lidan og'ishmay, to'g'ri yo'lni ko'ra oladigan, halol, pok, vijdonli, or-nomusli, Ona Vatanga cheksiz mehr va sadoqat kabi tuyg'ularni tarbiyalash va yuzaga chiqarish jarayonida asosiy suyanchig'imiz albattaki maktab va o'qituvchilar hisoblanadi. O'qituvchining mashaqqatli mehnati natijalari doim o'quvchilarda o'z aksini topadi.Shu sababdan maktablarda olib boriladigan darslarning izchilligi, uzviyligi va uyg'unlashuviga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish, uning mazmuni, maqsad va vazifalarini belgilash, o'quvchilarni mustaqil fikrlash, o'z-o'zini baholash, voqelikni anglashga o'rgatish kabi muammolarni hal etish, ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni joriy etish xususida ustozlar Sh.A.Abdullayeva, Sh.E.Ne'matov, B.X.Xodjayev, G.Q.Hasanova, F.M.Qo'chqorova, M.H.Mahmudov, Y.M.Asadovlar tomonidan tadbiq qilingan.

Xorijda O'qituvchi va uning professional sifatlari chet ellik olimlar Y.A.Komenskiy, Djon Lokk, I.G.Pestalotstsi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, G.Spenser, Demokrit kabilarning asarlarida o'z ifodasini topgan.G'arb mutafakkrlari g'oyalarining vorislari sifatida L.I.Gertsen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishvskiylar ham bu borada o'z fikrlarini bildirganlar.

MDH olimlaridan L.V.Golish, B.L.Farberman, V.S.Bezrukova, V.P.Bespalko, L.I.Fishman, I.Shumpeterlar ta'lim va tarbiya jarayonni yaxlit holatda amalga oshirilish mexanizmlari va strukturalari bo'yicha ilmiy izlanishlarni amalga oshirganlar.

Pedagogik nuqtai nazarni shaklantirishning alohida muammolari va yechimlari V.I.Arshinov, O.A.Abdullina, V.G.Budanov, V.G.Vinenko, V.A.Ignatova, Y.N.Knyazeva, L.M.Talanchuk, L.N.Markova, Yu.V.Sharonin, S.S.Shevelova,V.V.Matkinlarning ilmiy izlanishlarida aks etganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha modellarini yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo'llashga doir ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda. Jadallik bilan rivojlanayotgan, o'zgarayotgan dunyoda o'quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli ravishda ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatlilik, diniy va milliy bag'rikenglik, ma'naviy, fuqaroviy, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish asosiy masalalarga aylanib bormoqda. Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" turkumiga kiruvchi fanlarni o'qitish ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda.

Jumladan, yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to'g'ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to'g'ri qaror qabul qilish, hayotda o'z o'rnini topish bilan bog'liq bo'lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o'rgatish, buning natijasi o'laroq, oila-jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, "ommaviy madaniyat"ning turli ko'rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi. Bu, o'z o'rnida, O'zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'naviy rivojlantirishning muhim omili bo'lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuskorligida davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini inobatga olib, ushbu yo'nalishdagi prinsipial yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qiladi. Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashdagi asosiy prinsiplar quyidagilar hisoblanadi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

-milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi; -ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish; -sohadagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish; -ochiqlik va shaffoflik;

- tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;

- tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi va mutanosibligi.

Umuman olganda boshlang'ich sinf "Tarbiya" darslarini loyihalash jarayonida o'quvchilar xohishi, qiziqishlari, psixologik holatlari, yoshi va individual qiziqishlariga tayangan holda ish ko'rish darslardagi samaraning mukammalligiga, o'quvchilarning ushbu fan bo'yicha oladigan bilimlarining puxta, aniq, mukammal darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmay qolmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida" farmoni.PF-134-son 11.05.2022.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori. Toshkent shahri, 2022-yil,11-may

3. Asqarova O', Nishonova M, Xayitbaev M Pedagogika T., "Talqin" 2012 y

4. Avliyoqulov N.X.Musayeva N. Pedagogik texnologiyalar.-T.,2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.