Научная статья на тему 'XUDOYBERDI TO‘XTABOYEVNING “MUNGLI KO‘ZLAR” ASARI HAQIDA MUNGLI SATRLAR'

XUDOYBERDI TO‘XTABOYEVNING “MUNGLI KO‘ZLAR” ASARI HAQIDA MUNGLI SATRLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6213
309
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xudoyberdi To‘xtaboyev / “Mungli ko‘zlar” / muhit / ota-ona / farzand / oila / mol-mulk / jamiyat / tarbiya / boylik / ustoz / fojia / ruhiyat / kibr. / Khudoyberdi Tokhtaboyev / "Mungli ko‘zlar" / environment / parents / children / family / property / society / education / wealth / teacher / tragedy / spirit / arrogance.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Sayfullayeva

Ushbu maqolada sevimli va hassos yozuvchimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Mungli ko‘zlar” asarining voqealar rivoji va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SAD LINES ABOUT " SAD EYES" BY KHUDOYBERDI TUKHTABOYEV

This article reflects on the development of the events of the work "Mungli kozlar" by our beloved and sensitive writer Khudoyberdi Tokhtabayev and its specific features.

Текст научной работы на тему «XUDOYBERDI TO‘XTABOYEVNING “MUNGLI KO‘ZLAR” ASARI HAQIDA MUNGLI SATRLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XUDOYBERDI TO'XTABOYEVNING "MUNGLI KO'ZLAR" ASARI HAQIDA

MUNGLI SATRLAR Dilnoza Dilshod Qizi Sayfullayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyotshunoslik mutaxassisligi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7445242

Annotatsiya. Ushbu maqolada sevimli va hassos yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asarining voqealar rivoji va uning o 'ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Xudoyberdi To'xtaboyev, "Mungli ko'zlar", muhit, ota-ona, farzand, oila, mol-mulk, jamiyat, tarbiya, boylik, ustoz, fojia, ruhiyat, kibr.

ГРУСТНЫЕ СТРОКИ О "ГРУСТНЫХ ОКАХ" ХУДОЙБЕРДЫ ТУХТАБОЕВА

Аннотация. В данной статье отражено развитие событий произведения «Мунгли козлар» нашего любимого и чуткого писателя Худойберди Тохтабаева и его особенности.

Ключевые слова: Худойберди Тохтабоев, «Мунгли козлар», среда, родители, дети, семья, имущество, общество, воспитание, богатство, учитель, трагедия, дух, гордыня.

SAD LINES ABOUT " SAD EYES" BY KHUDOYBERDI TUKHTABOYEV

Abstract. This article reflects on the development of the events of the work "Mungli kozlar" by our beloved and sensitive writer Khudoyberdi Tokhtabayev and its specific features.

Keywords: Khudoyberdi Tokhtaboyev, "Mungli ko'zlar", environment, parents, children, family, property, society, education, wealth, teacher, tragedy, spirit, arrogance.

KIRISH

Ota-ona - yangi insonni kamol toptirish mas'ulligini chuqur his qiluvchi, "farzand" deb atalmish Olloh mukofotiga muyassar buyuk hislar og'ushidagi insonlar hamkorligidir. Ota-onaga farzandining baxtidan bo'lak ne'mat kerak emas. Agar mana shu tushunchaga zarracha putur yetadigan bo'lsa, nafaqat kelajak avlod, hatto ota-onaning hayoti ham izdan chiqishi tabiiydir. Xuddi shuningdek, farzand ham eng baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo'lgisi, baxtini ular bilan baham ko'rgisi keladi. Ular ota-ona diydori, ota-ona mehr-muhabbatini har narsadan aziz biladilar. Sevimli va hassos yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asarida xuddi mana shu mavzu ilgari surilganligi bilan afzallik kasb etadi. Shu sababli ham asar yozilganiga oradan ancha fursat o'tgan bo'lsa-da, u badiiy qimmatini hamon yo'qotmagan. Bugungi kunda ham har bir o'quvchi mazkur asarni har gal qo'liga o'zgacha mehr va iztirob bilan oladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Insonning o'smirlik davri oiladagi va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar hosilasi mahsuli hisoblanadi. Chunki u doimo turli vaziyatlarda insonlar davrasida, ular bilan o'zaro ta'sir doirasida bo'ladi. Shunday ekan , yosh avlodning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta o'rin tutadi. Inson hayotining dastlabki qismida bo'lib o'tgan voqealar uning qarashlarida, odatlarida zohir bo'ladi deyishadi. Hayotdagi quvonch-u tashvishlarni ko'rib, barchasiga emotsiya bildirish inson harakatlari va ayniqsa ko'z qorachiqlarida namoyon bo'ladi. Buning isbotini asardagi Akbar obrazi orqali ko'rishimiz mumkin. Chunki asarlar ham hayotiy haqiqatlarga asoslanishi barchaga ayon. Ko'p ko'rganmiz, aksariyat boy hamda o'ziga to'q

2265

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oilalarning farzandlari hayotidan mamnun, xayollaridagi barcha istaklari ro'yobga chiqqanidan g'oyat sarmast va xushnud bo'lib yurishadi. Ular uchun imkonsiz narsaning o'zi yo'qdek tuyuladi. Asarda yozuvchi aynan shunday bolalar holati va ruhiyatini ochishga harakat qiladi.

"Mungli ko'zlar" romanining qahramonlari o'ziga xos yangicha ma'no kasb etadi va shu jihati bilan ijodkorning bundan avval yaratgan asar qahramonlariga sira o'xshamaydi. Romandagi bolalar shaharda ulg'ayib, hech qanday muhtojlik ko'rmagan arzanda bolalar bo'lib, yozuvchi unda bir oilaning tanazullini ko'rsatib beradi. Moliyaviy yutuqlarga ega bo'lgan ota-onalarining aytgan gapi barcha yerga o'tar, shu sababdan ham bolalar ruhiyatida kibr - dimog' yaqqol ko'zga tashlanadi. Asar qahramoni Zafarda hatto o'zidan yaxshi o'qiydigan sinfdoshlarini ko'rolmaslik va g'arazli munosabatlarga egaligini ko'rish mumkin.

Dastlab bolalarning ongi oq qog'ozdek bo'ladi. Oila kattalari unda nimani chizsa bola ruhiyatida shu narsa bo'y ko'rsatadi. Har bir oilada bo'lganidek, farzandlarning tarbiyaisida ota-onalari Said va Yoqutxonning ta'siri katta. Bolalar oHzlariga ota-onalari ko'proq e'tibor berishlarini xohlashardi, ulardan haqiqiy samimiylik kutishardi. Ammo ota-ona farzand oldidagi burchlari faqat ularni yedirish va kiydirishdan iborat deb bilar edilar. uning ota-onasi mol-mulkka o'ch bo'lib pul, oltin yig'ishardi. Muhimi, ular boyiganlari sayin o'zlarini boshqara olmay qoladilar.

TADQIQOT NATIJALARI

Zafar ota-onasi bilan faxrlanar, qalbi g'ururga to'la bo'lib ularga o'xshashni juda istardi. Oilaning to'ng'ich farzandi Akbar esa tug'ma nogiron bo'lsa-da, ularning bu ishlari uzoqqa bormasligini ich-ichidan his qilardi. Shuning uchun ham qaysarlik qilib ovqat yemas, oyisi olib bergan kiyimlarni ham kiymas edi. Akbar qalbi butun va sergak bola edi. U to'g'riso'zlikni, halollikni muallimi Atoullo Isayevichdan o'rgangan edi. Akbar shu sababli oiladisidagi manmanlik ustun bo'lgan muhitni deyarli qabul qilolmasdi. Chunki Akbar halol mehnat mevasini ko'rish gashtini ustozidan o'rgangan edi. Ko'pchilik farzandlar qatori Akbar ham Zafar gam ota-onalarini birdek yaxshi ko'rishar, hurmatlarini joyiga qo'yishardi. Faqat Akbargina otasining poraxo'r, onasining esa chayqovchi ekanligini sira ham hazm qilolmasdi. Akbar qachondir bu ishlarning oqibati yaxshi bo'lmasligidan qo'rqib yashaydi.

Said va Yoqutxonlarning mol-mulklari atrofdagilarning do'st-dushmanligini tanib olishda asosiy omil sanaladi: Yoqutxonning qadrdon ulfatlari Qo'mondon, Qozi xolalar eng tuban illatlarga qul bo'ladilar; ota pora bilan qo'lga tushadi, noqulay savdo bilan shug'ullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh bo'la boshlaydi. Oqibatda, bu ishlarga chek qo'yish maqsadida, ya'ni ota-onasini xavfdan saqlab qolish uchun ularning ustidan yuqoriga yozib yuboradi. Akbar oilasiga faqat yaxshilikni ravo ko'rardi. U bu harakati bilan shunchaki o'z haqiqatini anglatmoqchi edi. Ammo fojia ustiga fojea yuz beradi; onasi vafot etadi, otasi esa uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

MUHOKAMA

Oilada yuz bergan keskin hodisalar bolalar ruhiyatiga jiddiy zarba berdi. Zafar dam xolasi, dam pochchasiga, hali u mahkamaga, hali bu idoraga murojaat qiladi. Zufar o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qoladi. Nigora ham e'tiborsiz qolib ketadi. Ayniqsa, Akbarga qattiq ta'sir qiladi, u o'zini aybdor kabi his etadi. Uning maqsadi oilasidagi muhitni o'zgartirish edi. Ammo voqealar oqimi boshqa tomonga burilib ketadi. Fojea chuqurlashadi: ona qamoqxonada vafot etadi. Bolalar go'yo osmondan yerga qulaydilar... qon qaqshab yetim qoladilar. Boy oilaning boshiga tushgan bu savdolar oila atalmish qo'rg'onni parokanda qiladi.

2266

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolalarning ruhi cho'kadi. Nigora ham og'ir xastalikka yo'liqadi. Zufar esa ortiqcha kibrga berilib xatosi tufayli fojiali halok bo'ladi. To'g'ri, Zafarga ham bu voqealar ta'sir qilmay qolmaydi, u o'zgara boshlaydi. U garchand boy bo'lishmasa ham ustozi Atoullo muallim xonadonida xotirjamlikni, bir muddat ammasinikida yashaganida u yerda halol mehnat qilish gashtini ko'radi. Uni garchi nohaq bo'lsa-da ma'lum muddatga axloq tuzatish mahkamasiga yuborishadi. Zafar u yerda ko'pgina achchiq qismat egalarining taqdirini ko'radi, yaxshigina xulosalar chiqaradi, hunar o'rganadi. Uning fikrlari butunlay o'zgarib endi xulqi ijobiy tomonga o'zgara boradi. Shunday bo'lsa-da u ota-onasining xotiralari oldida o'zini aybdor his qilar va ezilardi. Shu o'ylar girdobida uning nazdida oilasining barbod bo'lishiga "hissa qo'shgan" ikki yirik boyning uyiga o't qo'yadi va o'z oyoqlari bilan mahkamaga boradi. Ammo uning ruhiyatini zo'riqqanlikda, natijada asablari charchab jinni bo'lganlikka yo'yadilar. Oqibatda ruhiy kasallar shifoxonasi bemoriga aylanadi va ko'p ko'rguliklarni boshidan kechiradi. Bu voqealar atrofida akasi Akbar ham o'ziga o't qo'yadi. Zafar hamma narsasini: dang'illama uyini, ota-onasini, o'smirlik davrini, akasi Akbarni, ukasi Zufarni yo'qotadi. Boy paytida "do'stim" deb yurganlarning xiyonatiga uchraydi, aksincha, dushman deb yurgan Atoullo muallimdan esa ko'p marhamat ko'radi, ammasining mehribonchiligini ko'rib yonida suyanadigan tog'i borligini his etadi. Zafar asar nihoyasida shunday iqrorga keladi:"... Bu yerdan eson-omon chiqsam, sen orzu qilgandek, halol yashayman, eshityapsanmi, akajon halol yashayman! Bu gapni men senga, mana, yig'lab aytyapman. Haromxo'rlikka qarshi kurashaman, ehtimol, orzum ushalib, prokuror bo'larman. Lekin kurashaman, qattiq kurashaman..."

XULOSA

Ko'rinib turibdiki, asarda bugungi kunda jamiyatimizning eng og'riqli jihatlaridan biri bo'lgan korrupsiya va firibgarlik kabi illatlar ham kishilar hayotida salbiy oqibatlarning yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkinligiga e'tibor qaratiladi. U jamiyatning qon-qoniga singib ketgan bo'lsa, bu davlatni tanazzulga yetaklaydi. Kichik do'konchidan, huquqni himoya qiladigan tashkilot boshlig'igacha poraxo'rlik botqog'iga botgan jamiyatda yovuzlikning kuni tug'adi, inson o'z nafsini quliga aylanadi, halollik anqoning urug'iga aylanadi. O'quvchi asarni o'qish jarayonida har xil vindonli, vijdonsiz qahramonlarga duch keladi va o'ziga kerakli xulosa chiqara oladi.

Yozuvchini boylikka hirs qo'yish, ta'magirlik, odamlar haqqini yeyish, insonga hech qachon mutloq baxt bermasligi, aksincha inson boshga bitmas-tuganmas azob-uqubat olib kelishi mumkinligini yorqin misollar bilan tasvirlanganligi bugungi kun uchun ham dolzar mavzu hisoblanadi. Ota-onasining mol-mulk yo'lida turli azoblarga duchor bo'lishi har bir farzand uchun dahshatdan boshqa narsa emas. Bu holat ularning qalbini larzaga soladi, armon-alamga to'ldiradi, ko'zlarini mungga to'ldiradi... Mung va fojealar esa inson ruhiyatini salbiy oqibatlarga olib kelishi tabiiy ekanligi ushbu asarda o'z ifodasini topganligi bilan xarakterlidir.

REFERENCES

1. Xudoyberdi To'xtaboyev, "Mungli ko'zlar", Toshkent «Yangi asr avlodi», 2010.

2. Umarali Normatov, "Sarguzasht sardori" "Sharq yulduzi", 2012-4

3. Rasulov, A. (2008), "G'aroyib saltanat" "Jahon adabiyoti" jurnali, 6-son.

4. https://kitobxon.com/oz/kitob/mungli-kozlar

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Mungli_ko'zlar

6. https://rn.facebook.com > profile

2267

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.